Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Декспантенол
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ukraina
Dozasi
5%
Ishlab chiqaruvchi
ООО Микрофарм
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Aerozol
Pantenol sprey 50mg/58g №1 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Pantenol azrozol'
Ta'sir etuvchi modda (XPN); dekspantenol
Dori shakli
teri yuzasiga ko‘pik
Tarkibi
1 g preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda dekspantenol - 50 mg (propellentni hisobga olmaganda) (100% moddaga qayta hisoblanganda);
yordamchi moddalar emul'gatsiyalangan setostearil spirti (A tipi), makrogol glitseril kokoati, metilparagidroksibenzoat (E 218), propilenglikol', kaliy digidrofosfati, natriy gidrofosfat dodekagidrati, tozalangan suv, tetraftoretan.
Ta'rifi oq rangli o‘ziga hos kuchsiz hidli ko‘pik.
Farmakoterapevtik guruhi
To‘qimalar trofikasi va regeneratsiyasi stimulyatori.
ATX kodi DO3AX03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Dekspantenol pantoten kislotasining spirtli apalogi hisoblanadi va xuddi pantoten kislotasi kabi, oraliqdagi modda almashinuvi tufayli, biologik samaraga ega. Pantoten kislota va uning tuzlari suvda eruvchi vitaminlar hisoblanadi, koenzim A ko‘rinishida ko‘pgina metabolik jarayonlarda qatnashadi.
Deksapantenol mahalliy qo‘llanganida shikastlangan teri va yoki shilliq qavatning pantoten kislotasiga yuqori muxtojligini to‘ldiradi.
Farmakokinetikasi
Faol substantsiya teri orqali so‘riladi. Faol moddaning teri va shilliq qavatlardagi metabolizmi haqida to‘liq tadqiqotlar o‘tqazilmagan.
Qo‘llanilishi
Har xil teri qoplamalari butunligini va shilliq qavatlar buzilishi, shu jumladan tirnalishlar, kuyishlar, operatsiyadan keyingi aseptik jarohatlar, teri transplantatlari, bullyoz va pufakchali dermatitlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
«Pantenol azrozol'» shikastlangan sohaga sutkada bir yoki bir necha marta tekis purkamoq lozim.
Preparatni qo‘llanilayotgan paytida, klapanni tepaga qaratib, konteynerni tik holatda ushlang.
Samarali ko‘pik hosil qilish uchun har bir qo‘llashdan avval konteynerni yaxshilab chayqatish lozim, ayniqsa u ko‘p vaqt davomida qo‘llanilmagan bo‘lsa. Agarda preparat birinchi marta qo‘llanilayotgan bo‘lsa, dastlab ko‘pik hosil bo‘lishiga qadar propellent purkalishi mumkin.
Uchlik shikastlangan sohaga keltiriladi va mayin bosiladi, preparat 10-20 sm masofadan 1-2 sekund davomida shikastlangan sohaga tekis sepiladi.
Davolanish davri kasallikning turi va kechishiga bog‘liq va shifokor bilan maslaxatlashgandan keyin aniqlanadi.
Agar «Pantenol azrozol'»ni yuz sohasiga qo‘llash kerak bo‘lsa, u bevosita yuzga purkalmasligi lozim. Preparat avval qo‘lga va keyin yuzning kerakli qismiga taqsimlanishi tavsiya etiladi. Preparatni ko‘zga, bevosita og‘izga yoki burun ichiga purkash taqiqlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar; juda kam hollarda terining kontaktli allergik dermatiti va terining qichishi paydo bo‘lishi mumkin, quyidagi simptomlar ko‘rinishida qichima, eritema, ekzema, toshma, yoshak yemi va vezikulalar.
Har qanday nojo‘ya ta'sirlar yoki noodatiy reaktsiyalar namoyon bo‘lganda preparatni keyingi qo‘llashni shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
«Pantenol azrozol'» preparatini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qo‘llashdan oldin allergiyaga moyil bo‘lgan odamlar shifokor bilan maslaxatlashishlari lozim!
Konteyner bosim ostida. Shuning uchun uki tushib ketishlardan, zarblardan, bevosita quyosh nurlarining ta'siridan va 50°C dan yuqori qizib ketishdan himoyalash lozim. Hattoki ko‘pik to‘lik ishlatilgandan so‘ng xam ochmaslik va yoqmaslik kerak, gaz to‘lik chiqqandan keyingina tashlab yuborilsin. Ochiq olov va qizib turgan buyumlar yaqinida sepilmasin.
Preparat birinchi marta ishlatilganda konteynerni yaxshilab silkitib, ko‘pik xosil bo‘lguncha birinchi qismini chikarib yuborib va shundan keyingina preparatni shikastlangan yuzaga surtish lozim.
Ko‘pikni ko‘zga tushishidav saqlanish lozim. Ko‘pik tasodifan ko‘zga tushgan taqdirda uni suv bilan yuvib yuborish lozim.
«Pantenol azrozol' dan foydalanganda bronxial astma yoki bronx-o‘pka yo‘llari kasalliklari bo‘lgan bemorlar propellent bilan nafas olmasligi kerak, chunki u shilliq pardalarni qo‘zg‘alishiga yoki hattoki bronxial astma xurujiga olib kelishi mumkin.
Setostearil spirt maxalliy teri reaktsiyalarni (masalan, kontaktli dermatit), propilenglikol' esa terining ta'sirlanishini keltirib chiqarishi mumkinligini nazarda tutish lozim.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Pantotenat platsenta to‘sig‘idan faol transport jarayoni orqali kirishib ko‘krak sutiga so‘rilishiga mutanosib ravishda chiqariladi.
Dekspantenolning maxalliy qo‘llanilishidan so‘ng tizimli kirishaolishligi noma'lum bo‘lganligi uchun, homiladorlik yoki ko‘krak bilan emizish paytida «Pantenol azrozol'»ni terining katta qismlarida qo‘llash zarurati bo‘lsa, preparat qo‘llanishidan ona uchun bo‘lgan foydani xomila/bola uchun mumkin bo‘lgan xavfni yaxshilab baxolash lozim. Homiladorlik paytida preparatni shifokor tavsiyasiga binoan qo‘llash mumkin. Ko‘krak bilan emizish paytida ko‘krak so‘rg‘ichlarining yoriqlarini davolashda emizishdan oldin preparatni yuvib tashlash lozim.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Maxsus ehtiyotkorliklar mavjud emas.
Yosh bolalar
Yosh bolalar preparatni shifokor ko‘rsatmasiga binoan va kattalar nazorati ostida qo‘llashlari lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
«Pantenol azrozol'» preparatini yo‘riqnomaga asoslanib qo‘llanganda dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam. Katta miqdorda ichga qabul qilinganda toksik ta'siri kutilmaydi. Me'da-ichak buzilishlari paydo bo‘lganda davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
58 g yoki 116 g dan konteynerda, karton qutida 1 konteynerdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Mikrofarm» MChJ.
Ukraina, 61013, Xar'kov sh., Shevchenko ko‘ch., 20.