Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Депротеинизированный диализат из крови молочных телят
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Makedoniya
Производитель
Meda Pharma GmbH & Co. KG
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Solkoseril sirtga qo‘llash uchun ge 20gr haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Solkoseril
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun gel va sirtga qo‘llash uchun surtma
Tarkibi
1 g Solkoseril geli va Solkoseril surtmasi quyidagilarni saqlaydi
faol modda
Solkoseril (emadigan buzoqchalarning qonidan olingan proteinsizlangan dializat),
quruq moddaga qayta hisoblaganda muvofiq 4,15 mg/g va 2,07 mg/g.
yordamchi moddalar
Solkoseril geli metilparagidroksibenzoat (E218), propilparagidroksibenzoat (E216), natriy karmelloza, propilenglikol, kaltsiy laktat pentagidrati, in'ektsiya uchun suv, sut kislotasi va/yoki natriy gidroksidi.
Solkoseril surtmasi metilparagidroksibenzoat (E218), propilparagidroksibenzoat (E216), setil spirti, xolesterol, oq vazelin, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi
Solkoseril geli gomogen, deyarli rangsiz, tiniq, zich konsistentsiyali gel. Solkoserilning o‘ziga xos yengil (go‘sht bulonining hidi) hidli.
Solkoseril surtmasi bir xil, oqdan sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan yog‘li massa. Solkoserilning o‘ziga xos yengil (go‘sht bulonining hidi) hidli va vazelin hidli.
Farmakoterapevtik guruhi
jarohatlar va yaralarni davolash uchun vosita. Jarohatlarni bitkazuvchi boshqa vositalar.
ATX kodi D03AX
Farmakologik xususiyatlari
Solkoseril deproteinizatsiyalashtirilgan gemodializat bo‘lib, kimyoviy va farmakologik xususiyatlari bugungi kunda faqat qisman ta'riflangan, preparat katta miqdorda buzoqchalarning qon hujayrasi va zardobining quyi molekulyar birikmalarini saqlaydi (dializ/ultrafiltratsiya, chegaraviy molekulyar massasi 5000 Da).
Hujayra va to‘qimalarning turli kulturalarida, a'zolarda, shuningdek hayvon organizmdagi o‘tkazilgan tadqiqotlar Solkoserilda quyidagi xususiyatlar mavjudligini ko‘rsatdi
- aerob energetik almashinuvni, shuningdek kerakli miqdordagi ozuqa moddalari bilan ta'minlangan hujayralarda oksidlanish-fosforlanish jarayonlarni bir maromda ushlab turadi va/yoki tiklaydi, va shu orqali yuqori energiyali fosfatlar bilan ta'minlanishini bir maromda ushlab turadi va/yoki tiklaydi;
-kislorodni o‘zlashtirilishini (in vitro sharoitida), shuningdek gipoksiyaga uchragan va metabolizmi sustlashgan to‘qima va hujayralarda glyukozani tashilishini oshiradi;
- shikastlangan to‘qimalarda va/yoki yetarli miqdordagi ozuqa moddalar bilan ta'minlanmagan to‘qimalarda reparativ va regenerativ jarayonlarni yaxshilaydi;
- qaytuvchan shikastlangan hujayra tizimlarida ikkilamchi degeneratsiyani va patologik o‘zgarishlarni bartaraf qiladi va/yoki kamaytiradi;
- in vitro sharoitidagi modellarda kollagen sintezini kuchaytiradi, shuningdek
- in vitro sharoitida hujayralar proliferatsiyasini va migratsiyasini rag‘batlantiradi.
Shunday qilib, Solkoseril gipoksiyaga moyil bo‘lgan to‘qimalarni va/yoki quvvatsizlanishga moyil bo‘lgan substratni himoyalaydi. Bu qaytuvchan shikastlangan to‘qima funktsiyasini tiklanishini rag‘batlantiradi, shuningdek shikastlanishlarni bitishini tezlashtiradi va ushbu jarayonning sifatli kechishini oshiradi.
Qo‘llanilishi
Solkoseril gel/surtmasi quyidagi hollarda qo‘llanadi
- ahamiyatsiz shikastlanishlar (shilinishlar, tirnalishlar, kesilishlar);
- 1 va 2 darajali kuyishlar (quyoshdan kuyish, termik kuyishlar);
- sovuq urishlar;
- qiyin bituvchi jarohatlar (shu jumladan trofik yaralar va yotoq yaralar).
Turli to‘qimalardagi trofik shikastlanishlarni davolash uchun Solkoseril faqat jarohatdan nekrozga uchragan to‘qimalarni olib tashlanganidan keyin qo‘llanadi.
Solkoseril geli davolashning boshlang‘ich bosqisida yangi jarohatlarga, nam ajralmalari bo‘lgan jarohatlarga yoki ho‘llanish ko‘rinishlari bo‘lgan yaralarga qo‘yiladi.
Solkoseril surtmasi, asosan (xo‘llanmagan) jarohatlarni davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Solkoseril mahalliy qo‘llanadi.
Kuniga 2 marta jarohatga yupqa qavat qilib qo‘llaniladi.
Qo‘llash tajribasi Solkoseril gelini ayniqsa nam ajralmalari bo‘lgan jarohatlar yoki ho‘llanish ko‘rinishlari bo‘lgan yaralar uchun yaroqli ekanligini, surtma sifatida esa ayniqsa quruq jarohatlar uchun yaroqliligini ko‘rsatdi.
Bolalar va o‘smirlar adabiyotda bolalarda Solkoserilni qo‘llash hollari ta'riflangan. Bolalarda Solkoseril surtmasini qo‘llagan afzal.
Nojo‘ya ta'sirlari
- Kam hollarda Solkoseril qo‘yilgan joyda eshakemi, chetda hosil bo‘lgan dermatit ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin. Bunday holda preparat bilan davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
- Solkoseril geli qo‘yilgan joyda qisqa muddatli achishish sezilishi mumkin. Agar achishish uzoq vaqt ichida ham o‘tmasa, Solkoseril gelini qo‘llashdan voz kechish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Allergik reaktsiyalarga moyillik bo‘lganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Solkoserilni mahalliy ta'sirga ega boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
- Solkoserilni ifloslangan jarohatga qo‘yish mumkin emas, chunki u o‘zining tarkibida mikroblarga qarshi komponentlarni saqlamaydi;
- solkoserilni, barcha boshqa dori preparatlari kabi homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash maqsadga muvofiq emas va juda zarur bo‘lganida shifokorning nazorati ostida qo‘llash mumkin;
- og‘riq xislari paydo bo‘lganda, Solkoseril qo‘yilgan joy bilan yaqin teri sohalarini qizarishida, jarohatdan ajratmalar chiqqanida, harorat oshganida darhol shifokorga murojaat qilish kerak;
- agarda Solkoseril qo‘llanganida shikastlangan sohani bitishi 2-3 haftada kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar preparatni homila uchun xavfini aniqlamagan. Solkoserilni ayollarda homiladorlikni kechishiga va homilaga ta'siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Solkoserilni homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi maqsadga muvofiq emas va uni faqat foyda xavfdan ustun bo‘lganda shifokor nazorati ostida qo‘llash mumkin.
Transport vositalarni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Tadqiqotlar o‘tqazilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozasini oshirib yuborilishi (intoksikatsiya)
Solkoseril geli/surtmasining dozasini oshirib yuborilishining oqibatlari haqida ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun Solkoseril geli.
Sirtga qo‘llash uchun Solkoseril surtmasi.
20 g dan alyumin tubalarda. Tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanasidan boshlab 5 yil.
Ochilgan tubani hona haroratida (15º-25ºS) saqlanganda yaroqlilik muddati 28 kun.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
MEDA Farmasyutikals Shveytsariya GmbX, Shveytsariya
Ishlab chiqarilgan
Legasi Farmasyutikals Shveytsariya GmbX, Shveytsariya
Ryurbergshtrasse 21, SN-4127 Birsfelden, Shveytsariya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“PHARMREGISTER” XK
O‘zbekiston Respublikasi, 100041, Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tumani, Moylisoy ko‘ch, 71