Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Декспантенол
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Turkiya
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S
Spenten kremi 5% 30 gr № 1 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Spenten
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Dekspantenol
Dori shakli
Krem
Tarkibi
1 g preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda 50 mg dekspantenol;
yordamchi moddalar setil spirti, stearil spirti, gidrogenlangan lanolin, izopropil-miristat, fenoksietanol, kaliy setilfosfati, propilenglikolь, poliglitseril-6-dioleati, tozalangan suv.
Ta'rifi oq rangdan kulrang tusli oq ranggacha bo‘lgan, hidsiz, bir jinsli biroz qovushqoq krem.
Farmakoterapevtik guruhi
To‘qimalar reparatsiyasi stimulyatori
ATX kodi D03AX03
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Dekspantenol teri hujayralarida koenzim A ning tarkibiy qismi hisoblangan va shikastlangan teri qoplamlarining ham shakllanishi, ham bitishida muhim rolь o‘ynaydigan pantotenat kislotasiga tezda aylanadi; terini regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, hujayra metabolizmini normallashtiradi.
Farmakokinetikasi
Sirtga qo‘llanganida dekspantenol tezda teriga so‘riladi (tezda singadi) va pantotenat kislotasiga aylanadi, plazma oqsillari bilan (asosan β-globulin va alьbumin bilan) bog‘lanadi. Pantotenat kislotasi organizmda metabolizmga uchramaydi va organizmda o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
—teri qoplamlarining butunligi buzilganida uni qurishini oldini olish va davolash;
—chaqaloqlarda taglikdan foydalanish oqibatida rivojlangan dermatitni oldini olish va davolash;
—emizadigan ayollarda sut bezlarining so‘rg‘ichlaridagi yoriqlarni oldini olish va davolash;
—terini yengil shikastlanishlari, yengil kuyishlari, shilinishlari, ta'sirlanishlari, surunkali yaralari, yotoq yaralari, yoriqlarida, teri ko‘chirib o‘tkazilganida terini bitishi jarayonini faollashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Krem sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Krem terining shikastlangan yuzasiga yupqa qatlam qilib kuniga 1-3 marta surtiladi va yengil ishqalanadi.
Sut bezlari parvarish qilinganida krem har safar emizilgandan keyin so‘rg‘ichlari yuzasiga surtiladi. Navbatdagi emizishdan oldin so‘rg‘ichlarni yuvish lozim.
Emizikli chaqaloqlar parvarish qilinganida krem har safar taglik (plyonka) almashtirilganda surtiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush reaktsiyalarni uchrash tezligini ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlanadi juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, ammo < 1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000, ammo < 1/100); kam hollarda (≥ 1/10000, ammo < 1/1000); juda kam hollarda (< 1/10000); uchrash tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Juda kam hollarda allergik reaktsiyalar (kontakt va allergik dermatit, qichishish, ekzema, eritema, toshma, eshakemi, terini ta'sirlanishi, pufakchali toshmalar) bo‘lishi mumkin.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida, Milliy farmakologik nazorat tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatning o‘zaro ta'siri yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kremni ko‘zlarga tushishidan saqlanish kerak.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Kremni homiladorlik va emizish vaqtida ishlatish mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparat ko‘krak yoshidagi bolalarda va chaqaloqlarda qo‘llanadi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtotransportni haydash va psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilish holatlari xaqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
Krem 30 g dan epoksid qoplamli alyumin tubalarda, membrana va membranani teshish uchun o‘tkir uchligi bo‘lgan buraladigan polipropilen qalpoqcha yopilgan. 1 tuba tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.