Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Engilen kaps. №30
Nomi | Narx | |||||
Энгилен капс №30 (0501023##2 040) |
UZS 78 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Диетические добавки для поддержания функции печени, желчевыводящих путей и желчного пузыря
Страна производитель
Украина
Производитель
Rotapharm Company S.L.R.
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Engilen, Engilen
Dori shakli
Kapsulalar.
Tarkibi
Kapsula saqlaydi
faol moddalar
oqkarrak o‘ti mevasining quruq ekstrakti140 mg;
uzun kurkuma ildizpoyasini quruq ekstrakti25 mg;
ekma artishok barglarini quruq ekstrakti200 mg;
yordamchi moddalar silifitsirlangan mikrokristallik sellyuloza, kolloid kremniy dioksidi suvsiz, magniy stearat;
kapsula titan dioksidi, karamelli bo‘yovchi, xlorofillinlarni mis kompleksi, jelatin.
Ta'rifi korpusi och-yashil rangli, oq zarrachalari bo‘lgan sariq-jigarrang bir xil kukun saqlagan o‘lchami 0, qopqoqchasi karamel rangli, jilosiz qattiq jelatin kapsulalari; saqlanish jarayonida konglomeratlarni hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
safro chiqarish yo‘llari kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar.
ATX kodi A05AX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Engilen - majmuaviy o‘simlik preparati, samarasi uning komponentlarini jamlangan ta'siri bilan aniqlanadi.
Dog‘li oqkarrak o‘tida saqlanadigan flavonoid silibinin, gepatoprotektor va antitoksik ta'sir ko‘rsatadi. Gepatotsitlarni membranalari bilan o‘zaro ta'sirlashadi va ularni barqarorlashtiradi, transaminazalarni yo‘qotilishini bartaraf qilib; erkin radikallarni bog‘laydi, lipidlarni perekisli oksidlanish jarayoninni ingibitsiya qiladi, hujayraviy strukturalarni buzilishini ogohlantiradi (bunda malon dialdegidini hosil bo‘lishini va kislorodni yutilishini kamaytiradi). Hujayraga qator gepatotoksik moddalarni kirishiga to‘sqinlik qiladi. RNK-polimerazani rag‘batlantirib, oqsillar va fosfolipidlarni biosintezini oshiradi va shikastlangan gepatotsitlarni regeneratsiyasini tezlashtiradi. Jigarni alkogolli shikastlanishlarida atsetaldegidni ishlab chiqarilishini bloklaydi va erkin radikallarni bog‘laydi, gepatotsitlarda detoksikatsiya jarayonlariga yordam beruvchi glutation zahirasini saqlaydi.
Uzun kurkumani ta'sir etuvchi moddasi - kurkumin -– safro haydovchi (ham xoleretik, ham xolekinetik) va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, safroni xolesterin bilan to‘yinishini pasayiradi, Staphylococcus aureus, Salmonella spp., Mycobacterium tuberculosis larga nisbatan bakteritsid va bakteriostatik faollikka ega.
Ekma artishok ekstrakti unda flavonoidlar, sinarin va kofeilxin kislotlarini bo‘lishi hisobiga safro haydovchi ta'sirga ega, uning diuretik ta'siri esa organizmdan ekzogen toksinlarni va metabolizmni toksik mahsulotlarini chiqarilishiga yordam beradi. Qon zardobi mochevina darajasini kamayishiga yordam beradi, gepatotsitlarni koenzimlarni ishlab chiqarish qobiliyatini oshiradi, bu xolesterin, lipidlar va keton tanachalarini metabolizmini yaxshilaydi. Yondosh antibiotik davolashda buyrak va jigarni parenximasiga dezintoksikatsion vosita sifatida ta'sir qiladi. Ichakda yuqori gaz hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.
Artishokda saqlanadigan minerallar va mikroelementlar kaltsiy, kaliy, magniy, temir, askorbin kislotasi, shuningdek karotin, vitaminlar V1 va V2, inulin almashinuv jarayonlarini normallashuviga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Engilen preparatini terapevtik samarasi uning komponentlarini jamlanma ta'siri bilan bog‘liq, shuning uchun kinetik kuzatuvlarni o‘tkazish mumkin emas; komponentlar alohida-alohida markerlar yoki biotadqiqotlar yordamida kuzatilishi mumkin emas.
Qo‘llanilishi
Preparat kompleks davolashda quyidagilarni davolashda
- jigarni toksik shikastlanishi (shu jumladan alkogolli va doridan);
- turli etiologiyali surunkali gepatit;
- jigar sirrozi;
- o‘t-safro pufagi va safro chiqarish yo‘llarini kasalliklari (surunkali xoletsistit, xolangit, o‘t-safro pufagini diskineziyasi, safro yo‘llarini dilatatsiyasi);
- postxoletsistektomik sindrom;
- me'da-ichak yo‘llari a'zolarini venalarini varikoz kengayishi (MIY);
- dispepsiya;
- surunkali buyrak yetishmovchiligi;
- surunkali nefrit;
- siydik-tosh kasalligi;
- uraturiyalar;
- ateroskleroz;
- semizlik qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Engilenni ichga, ovqatdan qabul qilishdan oldin, oz miqdordagi suyuqlikni ichgan holda qo‘llanadi.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar 1-2 kapsuladan sutkada 2-3 marta.
6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga –1 kapsuladan sutkada 1-2 marta.
6 yoshdan kichik bolalar
Preparatni 6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Davolash kursini davomiyligi 2-3 haftani tashkil qiladi.
Qayta davolash kurslari zaruratini shifokor individual aniqlaydi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatni komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- safro yo‘llarini obstruktsiyasi;
- jigarni, buyrak, safro va siydik chiqarish yo‘llarini o‘tkir kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda preparatni komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Alohida hollarda yengil susaytiruvchi ta'siri, ba'zida qorin sohasida - diskomfort. Uzoq qo‘llanganda bosh og‘rig‘i, toshma, dispeptik buzilishlar axlatni sariq rangga bo‘yalishi.
Shubha qilinadigan noxush reaktsiyalari to‘g‘risida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilinadigan noxush reaktsiyalari to‘g‘risidagi xabarlar muhim hisoblanadi. Patsiyentda dori vositasiga jiddiy noxush reaktsiyalar aniqlanganda yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiyalar paydo bo‘lganida Milliy farmakonazorat tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.
Dorilarning o‘zaro ta'sirlashuvi
O‘rganilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Safro- tosh kasalligida faqat shifokorni ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Homiladorlikda va laktatsiyada qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida, faqat ona uchun taxmin qilinadigan foyda, bola uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollarda davolovchi shifokorni kuzatuvi ostida bo‘lishi qo‘llash mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Engilen avtotransportni haydash va yuqori psixomotor reaktsiyalarni talab qiladigan ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilish holatlari ta'riflanmagan. Tasodifan preparatni ko‘p miqdorda qabul qilinganda me'dani yuvishni o‘tkazish va sorbentni buyurish (faollashtirilgan ko‘mir) lozim. Dozani oshirib yuborilish belgilari paydo bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar.
15 kapsul blisterda.
2 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Namdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarish sanasidan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugagandan keyin qo‘llanmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.