Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fosfogliv Urso kapsulalar №50
Nomi | Narx | |||||
Фосфоглив Урсо капсулы №50 (280823##2 369) |
UZS 154 600
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Rossiya
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Фармстандарт-Лексредства,ОАО,Россия
Chiqarish shakli
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Fosfogliv URSO
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) glitsirrizin kislotasi+ursodezoksixolat kislotasi
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Bitta kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar ureodezoksixolat kislotasi — 250,0 mg, natriy glitsirrizinati 100%
moddaga qayta hisoblanganda (glitsirrizin kislotasining uch natriyli tuzi) – 35,0 mg;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza M 101 – 30,5 mg, natriy kroskarmelloza – 6,6 mg, giproloza (gidroksipropiltsellyuloza) – 3,3 mg, magniy stearati — 2,8 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 1,8 mg.
Kapsula qobig‘i (korpusi va qopqoqchasi) tarkibi titan dioksidi (E 171)— 1,92 mg, jelatin – 94,08 mg.
Ta'rifi Qattiq jelatin kapsulalar №0. Korpusi va qopqoqchasi oq rangli. Kapsula ichidagisi — oq yoki och-sariq tusli oq rangli kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
Jigar va o‘t chaqarish yo‘llarini davolash uchun majmuaviy preparatlar.
ATX kodi AO5S
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Majmuaviy preparat, gepatoprotektor vosita, shuningdek o‘t xaydovchi, xolelitolitik, antioksidant, yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, fibrogenezga ta'sir ko‘rsatadi.
Ursodezoksixolat kislotasi
Ursodezoksixolat kislotasi o‘t xaydovchi ta'sir ko‘rsatadi. Jigarda xolesterin sintezini, uni ichakda so‘rilishini va safroda kontsentratsiyasini kamaytiradi, o‘t chiqarish tizimida xolesterinni eruvchanligini oshiradi, safro hosil bo‘lishi va ajralishini rag‘batlantiradi. Safroning litogenligini pasaytiradi, unda o‘t kislotalari miqdorini oshiradi; me'da va me'da osti bezi sekretsiyasini kuchayishini chaqiradi, lipaza faolligini kuchaytiradi, gipoglikemik ta'sir ko‘rsatadi. Enteral qo‘llanilganda xolesterin toshlarini qisman yoki to‘liq erishini chaqiradi, safroni xolesterin bilan to‘yinishini kamaytiradi, bu o‘t toshlaridan xolesterin mobilizatsiyasiga olib keladi. Immunitetni kuchaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, jigarda immunologik reaktsiyalarga ta'sir qiladi gepatotsitlar membranasida ayrim antigenlar ekspressiyasini kamaytiradi, T-limfotsitlar miqdoriga, interleykin-2 hosil bo‘lishiga ta'sir ko‘rsatadi, eozinofillar miqdorini kamaytiradi.
Glitsirrizin kislotasi
Antioksidant, yallig‘lanishga qarshi samaralari, shuningdek fibrogenezga ta'siri hisobiga gepatoprotektor ta'sir ko‘rsatadi.
Glitsirrizin kislotasi erkin kislorod radikallarini bog‘laydi va gepatotsitlarda lipidlarni perekisli oksidlanishi (LPO) amalga oshiruvchi fermentlarni ingibitsiya qiladi.
Glitsirrizin kislotasi NF-kB- va TLR4-signal yo‘llariga ingibitsiya qiluvchi ta'siri; yallig‘lanish sitokinlari (FHO α, IL-1, IL-6, IL-8) hosil bo‘lishini kamaytirish; yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni (IL-2, IL-10, IL-12) ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish hisobiga yallig‘lanishni kamaytiradi. Glitsirrizin kislotasi 11β-oksisteroiddegidrogenazani ingibitsiya qiladi, bu qonda endogen kortizol darajasini oshishiga olib keladi (soxtakortikosteroid samara).
Fibrogenezga ta'siri 1-tip kollagen geni ekspressiyasini pasayishi va jigarning yulduzsimon xujayralari (Ito xujayralari) tomonidan kollagen ishlab chiqarilishini kamayishi, shuningdek faollashgan Ito xujayralarini tabiiy killerlar tizimi orqali parchalanishi bilan bog‘liq, bu fibrozni avj olishini sekinlashishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Ursodezoksixolat kislotasi
Ursodezoksixolat kislotasi ichga qabul qilingandan keyin och ichakda va yondosh ichakning proksimal qismida passiv diffuziya, yonbosh ichakning distal qismida esa faol transport hisobiga so‘riladi. Taxminan 60-80% so‘riladi.
So‘rilgandan keyin ursodezoksixolat kislotasi jigarada glitsin va taurin bilan deyarli to‘liq kon'yugatsiyaga uchraydi va safro bilan chiqariladi. Jigar orqali birinchi marta o‘tganda 60% ga metabolizmga uchraydi.
Sutkalik doza, kasallikning turi yoki jigarning holatiga qarab safroda ursodezoksixolatat kislotasining ko‘proq yoki kamroq miqdori to‘planadi. Ayni vaqtda boshqa lipofilroq o‘t kislotalarini miqdorini nisbatan kamayishi kuzatiladi.
Ichak bakteriyalari ta'siri ostida ursodezoksixolat kislotasi 7-keto-litoxolat va litoxolat kislotalarini hosil qilib qisman parchalanadi. Odam organizmida litoxolat kislotasi faqatgina oz miqdorda so‘riladi, jigarda sul'fatizatsiyaga uchraydi, safro va axlat bilan chiqariladi.
Ursodezoksixolatat kislotasining yarim chiqarilish davri 3,5-5,8 kunni tashkil qiladi.
Glitsirrizin kislotasi
Peroral qabul qilingandan keyin ichakda normal mikroflora bakteriyalarini tomonidan ishlab chiqariladigan β-glyukuronidaza fermenti ta'siri ostida glitsirrizin kislotasidan faol metabolit - β-glitsirret kislotasi hosil bo‘ladi, u tizimli qon oqimiga so‘riladi. Qon plazmasida β-glitsirret kislotasining maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) 267,319 ng/ml ni tashkil qilib, 11 soatdan keyin erishiladi. Farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydon (AUC0-∞) - 5123,9 ngxsoat/ml ni tashkil
qiladi. Qonda β-glitsirret kislotasi al'bumin bilan bog‘lanadi va deyarli to‘liq jigarga tashiladi. β-glitsirret kislotasini chiqarilishi asosan safro bilan, qoldiq miqdorda — siydik bilan amalga oshiriladi. Yarim chiqarilish davri 19,23 soatga yetadi.
Qo‘llanilishi
- noalkogolli steatogepatit;
- jigarning alkogolli kasalligi;
- turli genezli surunkali gepatitlar;
- biliar reflyuks-gastrit;
- o‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi;
- o‘t qopidagi xolesterin toshlarini eritish;
- dekompensatsiya belgilari bo‘lmaganida jigarning birlamchi biliar sirrozi;
- birlamchi sklerozlovchi xolangitda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi. 12 yoshdan oshgan bolalar va tana vazni 47 kg dan yuqori bo‘lgan kattalar kapsulani butunligicha qabul qiladilar. Preparatni muntazam qabul qilish kerak.
Turli ko‘rsatmalar uchun dozalash tartibini qulayligi uchun ursodezoksixolat kislotasiga qayta hisoblash taqdim etilgan.
Noalkogolli steatogepatit
O‘rtacha sutkalik doza 10-15 mg/kg 2-3 marta qabul qilishda. Davolash davomiyligi 6-12 oydan va undan ko‘proqni tashkil qiladi.
Jigarning alkogolli kasalligi
O‘rtacha sutkalik doza 10-15 mg/kg 2-3 marta qabul qilishda. Davolash davomiyligi 6-12 oydan va undan ko‘proqni tashkil qiladi.
Turli genezli surunkali gepatitlarni simptomatik davolash
O‘rtacha sutkalik doza 10-15 mg/kg 2-3 marta qabul qilishda. Davolash davomiyligi 6-12 oydan va undan ko‘proqni tashkil qiladi.
Biliar reflyuks-gastrit
Preparat 1 kapsuladan kechqurun uyqudan oldin qabul qilinadi. Davolash kursi 10-14 kundan 6 oygacha, zarurati bo‘lganida – 2 yilgacha.
O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi
O‘rtacha sutkalik dozasi 10 mg/kg 2 marta qabul qilishda, 2 xaftadan 2 oygacha. Zarurati bo‘lganida davolash kursini takrorlash tavsiya etiladi.
Xolesterin o‘t toshlarini eritish
Ursodezoksixolat kislotasining o‘rtacha sutkalik dozasi sutkada 10 mg/kg ni tashkil qiladi, bu quyidagilarga muvofiq keladi
Tana vazniKapsulalar mikdori
60 kg gacha2
61-80 kg3
81-100 kg 4
˃100 kg 5
Preparatni sutkalik dozada bir marta har kuni kechqurun, uyqudan oldin qabul qilish kerak. Toshlarni eritish uchun odatda 6-24 oy talab etiladi. Agar 12 oy davolagandan keyin toshlarning o‘lchami kichraymasa, davolashni to‘xtatish kerak.
Davolash samaradorligini har 6 oyda ul'tratovush tekshiruvi yoki rentgenografiya yordamida baholash kerak. Oraliq tekshiruv jarayonida o‘tgan davr davomida toshlarni kal'tsiy bilan qoplanmaganligini baholash kerak. Toshlar kal'tsiy bilan qoplanganda davolashni to‘xtatish kerak.
Birlamchi biliar sirroz
Sutkalik doza tana vazniga bog‘liq va 2 dan 6 kapsulagachani tashkil qiladi (1 kg tana vazniga taxminan 10 dan 15 mg gacha ursodezoksixolat kislotasi).
Kapsulalarni muntazam, chaynamasdan, oz mikdordagi suv bilan qabul qilish kerak.
Birlamchi biliar sirrozni davolash uchun Fosfogliv Urso preparatini qo‘llash cheklanmagan vaqt davomida davom etishi mumkin.
Birlamchi biliar sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda kam holatlarda davolashning boshida klinik simptomlar yomonlashishi mumkin, masalan qichishish tezlashishi mumkin. Bunday holatlarda har kuni bitga kapsuladan qabul qilib, davolashni davom ettirish kerak, keyinchalik dozani tavsiya etilgan dozalashgacha erishilmaguncha asta-sekin (sutkalik dozani har xafta bitta kapsulaga oshirib) oshirish kerak.
Birlamchi sklerozlovchi xolangit
Sutkalik doza 12-15 mg/kg; zarurati bo‘lganida doza 2-3 marta qabul qilishga 20 mg/kg gacha oshirilishi mumkin. Davolash davomiyligi 6 oydan bir necha yilgachani tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush ko‘rinishlarni baholash quyidagi tasnifga asoslangan
Juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 - <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 - <1/100), kam xollarda (≥1/10000 - <1/1000), juda kam xollarda (<1/10000).
Allergik reaktsiyalar
Juda kam xollarda – eshakemi, teri toshmasi, burun orqali nafas olishni qiyinlashishi, kon'yunktivit, yo‘tal.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan juda kam xollarda — arterial bosimni tranzitor oshishi, periferik shish.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez – shakllanmagan axlat yoki diareya; juda kam xollarda – dispepsiya (kekirish, ko‘ngil aynishi, qorinni dam bo‘lishi), qorinda diskomfort, qorinning o‘ng yuqori qismida o‘tkir og‘riqlar.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda kam xollarda — o‘t toshlarini kal'tsiy bilan qoplanishi, jigar sirrozini dekompensatsiyasi (birlamchi biliar sirrozining rivojlangan bosqichlarini davolaganda), u preparat bekor qilingandan keyin o‘tib ketadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yoki boshqa o‘t kislotalariga yuqori sezuvchanlik;
- rentgenmusbat (kal'tsiy miqdori yuqori bo‘lgan) o‘t toshlari;
- o‘t qopini qisqaruvchanlik qobiliyatini buzilishi;
- o‘t sanchig‘ini tez-tez holatlari;
- o‘t chiqarish yo‘llari okklyuziyasi (umumiy o‘t chiqarish yoki o‘t qopi yo‘llari okklyuziyasi);
- o‘t qopi va o‘t chiqarish yo‘llarining o‘tkir yallig‘lanishli kasalliklari;
- dekompensatsiya bosqichidagi jigar sirrozi;
- yaqqol jigar yetishmovchiligi va yoki buyrak yetishmovchiligi;
- homiladorlik;
- emizish davri;
- 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- tana vazni 47 kg gacha bo‘lgan kattalar va bolalar (ushbu dori shakli uchun)
- muvaffaqiyatsiz bajarilgan portoznterostomiya yoki o‘t chiqarish yo‘llari atreziyasi bo‘lgan bolalarda normal o‘t chiqarishni tiklanmasligida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
- portal gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda;
- arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda.
Dozani oshirib yuborilishi
Ursodezoksixolat kislotasi dozasi oshirib yuborilganda diareya kuzatilishi mumkin. Umuman olganda, dozani oshirib yuborilishining boshqa simptomlari ehtimoli kam, chunki ursodezoksixolat kislotasining dozasi oshgan sari uni so‘rilishi pasayadi, ahlat massalari bilan chiqarilishi esa oshadi. Diareyaning oqibatlari simptomatik davolanadi (suv-elektrolit muvozanatini tiklash).
Glitsirrizin kislotasining dozasini oshirib yuborilishi holatlari hozirgi vaqtgacha aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar, 250 mg + 35 mg.
10 kapsuladan polivinilxlorid plyonka va bosma laklangan alyumin fol'gali kontur uyali o‘ramlarda.
5 kontur uyali o‘ramlar davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga yoki metall plyonkali karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Uramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ro‘yhatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasiliste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«Farmstandart-Leksredstva» Ochiq aktsionerlik jamiyati («Farmstandart-Leksredstva» OAJ), Rossiya
305022, Kursk vil., Kursk sh., 2-ya Agregatnaya ko‘ch., 1a/18 uy, tel./faks (4712) 34-03-13.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.