Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Карсил Форте капс. 90мг №30 (48E24##2 453) |
UZS 84 000
UZS 87 500
-4%
Экономия UZS 3 500
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Силимарин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Bolgariya
Dozasi
90 мг
Производитель
Sopharma PLC
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Капсулы
Karsil Forte kaps. 90mg №30 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ta'rifi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
KARSIL FORTE Ta'sir etuvchi modda (XPN) silimarin (silymarin)
Dori shakli
qattiq kapsulalar.
Tarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi; faol modda silibin (NRLS) shaklidagi 90,0 mg silimaringa ekvivalent 163,6-225,0 mg tozalangan va standartlashtirilgan dog‘li Rastoropsha mevalarining quruq ekstrakti (Silybi mariani fructus extractum siccum); yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, bug‘doy kraxmali, povidon, polisorbat 80; suvsiz kolloid kremniy dioksidi; mannitol, krospovidon, natriy gidrogenkarbonati, magniy stearati; qattiq jelatin kapsula (jelatin, titan dioksidi (E 171), temir (II, III) oksidi (E 172), temir (III) oksidi (E 172), temir (II) oksidi (E 172).
Ta'rifi
Silindrik, och-jigarrang rangli, qattiq jelatin kapsula №0. Kapsula ichidagisi och-sariqdan to sarg‘ish-jigarrang rangligacha bo‘lgan, kuchsiz o‘ziga xos hidli, aglomeratlari bo‘lgan kukunsimon massa.
Farmakoterapevtik guruhi
gepatoprotektor. ATX kodi AO5VAOZ
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Karsil Forte – faol tarkibiy qismi dog‘li Rastoropsha o‘simligidan ajratib olingan silimarin saqlovchi dori preparatidir. Silimarin jigarning jarohatlangan xujayralarida oqsillar va fosfolipidlar sintezini faollashtiradi, ularning xujayra membranasini mustahkamlaydi, erkin radikallarni bog‘laydi (antioksidant ta'siri), shunday qalib, jigar xujayralarini zararli omillardan himoya qiladi va ularni tiklanishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi peroral qo‘llanganidan so‘ng silimarin me'da-ichak yo‘llarida sekin so‘riladi. Ichak-jigar sirkulyatsiyasiga uchraydi. To‘planmaydi. Taqsimlanishi; 14C nishonlangan silibinin bilan tadqiqotlar o‘tkazilganida eng yuqori kontsentratsiyalari jigarda va juda arzimagan miqdorlari buyraklarda, o‘pkada, yurakda va boshqa a'zolarda aniqlanadi. Metabolizmi; jigarda kon'yugatsiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. O‘t-safroda metabolitlari sifatida glyukuronidlari va sul'fatlari aniqlangan. Chiqarilishi; yarim chiqarilish davri 6 soatni tashkil qiladi. Asosan o‘t-safro bilan (taxminan 80%) glyukuronidlari va sulfatlar ko‘rinishida va oz miqdorda (taxminan 5%) siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Karsil Forte quyidagilarda qo‘llanadi jigarning zaharli shikastlanishlarida; o‘tkazilgan o‘tkir gepatitdan keyingi holatlarda; virusli bo‘lmagan surunkali gepatitda;jigarning yog‘li degeneratsiyasida, jigar sirrozini majmuaviy davolashda; dori vositalari, alkogolni davomli qabul qilishda, surunkali intoksikatsiyalarda (shu jumladan kasbiy) jigar shikastlanishlarini oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Karsil Forteni har doim sizga shifokor qanday buyurgan bo‘lsa, shunday qabul qiling. Agarda Sizni biron-bir narsaga ishonchingiz komil bo‘lmasa, o‘zingizning shifokoringiz yoki farmatsevtdan so‘rang. Kapsulalar yetarli miqdordagi suv bilan ichga qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar Jigarning og‘ir shikastlanishlarini davolash 1 kapsula sutkada 3 marta dozadan boshlanadi. Yengilroq va o‘rtacha og‘irlikdagi hollarda 1 kapsuladan sutkada 1-2 marta qo‘llanadi. Kimyoviy zaharlanishlarni oldini olish uchun – sutkada 1-2 kapsula. Davolash kursi kamida 3 oy davom etadi. 12 yoshdan kichik bolalar Bolalarda qo‘llashning yetarli klinik ma'lumotlari yo‘q. Agar Siz Karsil Forteni qabul qilishni o‘tkazib yuborsangiz Agar Siz bitta dozani o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, imkoni boricha uni tezroq qabul qiling. Agar keyingi dozaning vaqti kelgan bo‘lsa, uni xuddi odatdagidek qabul qiling.Unutilgan dozaning o‘rnini qoplash uchun ikkilangan doza qabul qilmang. Dori Sizga qanday buyurilgan bo‘lsa, shunday qabul qilishni davom ettiring. Nojo‘ya ta'sirlari Barcha dori vositalari kabi Karsil Forte ham, garchi ular har kimda namoyon bo‘lmasada, nojo‘ya ta'sirlar chaqirishi mumkin. Karsil Forte yaxshi o‘zlashtiriladi. Kam, ayrim hollarda va shaxsiy yuqori sezuvchanlikda quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar bo‘lishi mumkin ovqat hazm qilish faoliyatini buzilishi, diareya; yakka hollarda — terida toshmalar va qichishish; kam hollarda mavjud vestibulyar buzilishlarni (ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi) kuchayishi mumkin. Nojo‘ya ta'sirlari o‘tkinchi va preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin o‘tib ketadi. Agar har qanday nojo‘ya ta'sirlari jiddiy tus olsa yoki Siz bu varaqada bayon etilmagan boshqalarini sezsangiz, bu haqda O‘zingizning davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtni xabardor qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Karsil Forteni qabul qilmang - Agar Sizda faol yoki har bir yordamchi moddasiga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa; - Bolalarda qo‘llashning yetarli klinik ma'lumotlari yo‘qligi sababli 12 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta'siri O‘zingizning davolovchi shifokoringizga Siz hozir qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan boshqa, shu jumladan retseptsiz beriladigan dori vositalari haqida xabar berishingizni so‘raymiz. Silimarin peroral kontratseptiv vositalar va estrogenlar, gormonal o‘rinbosar davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar bilan birga qo‘llanganida, oxirgilarining samaradorligini kamayishi mumkin. Silimarinning sitoxrom R450 tizimiga bostiruvchi ta'siri tufayli diazepam, al'prazolam, ketokonazol, lovastatin, vinblastin kabi dori vositalarining samarasini kuchaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Karsil Forteni qo‘llashda alohida e'tibor bering - Karsil Fortening ayrim tarkibiy qismlari haqida muhim ma'lumot agar Sizda gormonal buzilishlar (endometrioz, bachadon miomasi, sut bezi, tuxumdonlar va bachadon kartsinomasi, prostata bezining kartsinomasi) bilan kechuvchi kasalliklar bo‘lsa, silimarinning estrogensimon samarasi tufayli, Karsil Forte bilan davolashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish kerak. Dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokor bilan albatta maslahatlashish va yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqish lozim! Karsil Forte yordamchi modda laktoza saqlaydi. Agar Sizning shifokoringiz Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik mavjud degan bo‘lsa, bu preparatni qabul qilishingizdan oldin u bilan maslahatlashing. Preparat yordamchi modda bug‘doy kraxmali saqlaydi. Seliakiyali (glyuteinli enteropatiya) shaxslarga munosib hisoblanadi. Bug‘doyga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak. Homiladorlik va laktatsiya Har bir dorini qo‘llashdan oldin o‘zingizning shifokoringiz yoki farmatsevtga maslahat uchun murojaat qiling. Homiladorlik vaqtida va emizish davrida Karsil Forteni faqat tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha va ona uchun foyda, homila uchun preparatni qo‘llash oqibatidagi xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llash mumkin. Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi Karsil Forte transport vositalarini boshqarish va mashinalar bilan ishlash qobiliyatiga noxush ta'sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar Siz Karsil Fortening keragidan ko‘p dozasini qabul qilgan bo‘lsangiz Agar Siz buyurilgan dozadan ko‘prog‘ini qabul qilgan bo‘lsangiz, o‘zingizning davolovchi shifokoringizga maslahat uchun murojaat qiling.
Chiqarilish shakli
PVX plyonka va allyuminiy folgadan tayyorlangan blisterda 6 ta kapsula; 5 ta blister, bemorlar uchun tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tganidan so‘ng qabul qilinmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"SOFARMA" AJ Iliyenskoye shosse ko‘ch., 16,1220 Sofiya, Bolgariya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.