Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Xofitol ichish uchun eritma 120 ml
Nomi | Narx | |||||
Хофитол сироп 120 мл (MS0868##2 252) |
UZS 97 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Артишок настоящий
Kelib chiqqan mamlakat
Fransiya
Дозировка
120 мл
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Laboratoires Rosa-Phytopharma
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Раствор для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Xofitol
Dori shakli
ichish uchun eritma
Tarkibi
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar dala Artishoki (Cynara Scolymus L) yangi barglarida mavjud bo‘lgan biologik faol moddalar majmuasi - quyuq suvli ekstrakti (dorivor o‘simlik xom ashyo/quyuq ekstrakti nisbati 15-30/1, ekstragent tozalangan suv) 20.0 g;
yordamchi moddalar etil spirti 5,1 (% ob.) 2.800 g., apel'sin sedrasining spirtli nastoykasi, glitserol (E422) 0.180 g, metilparagidroksibenzoat (E218) 0.092 g, propilparagidroksibenzoat (E216) 0.046 g, propilparagidroksibenzoat (E216), tozalangan suv (q.s. 100 mg gacha).
Dori vositasi tarkibida etil spirti 5.1 ob. 96 mavjud.
Ta'rifi Yengil sarg‘ish cho‘kmali to‘q-jigarrangli, tiniq bo‘lmagan eritma. Saqlashda ko‘p bo‘lmagan cho‘kma bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
; Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. O‘t chiqarish yo‘llari kasalliklarini davolash uchun preparatdar. O‘t chiqarish yullari kasalliklarida qo‘llanadigan boshqa vositalar.
ATX kodi A05AX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Preparatning farmakologik ta'siri dala artishokining tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalar majmuasiga bog‘lik. Farmakodinamik tadqiqotlar o‘t xaydovchi, gepatoprotektor, antioksidant, yengil diuretik, gipoxolesterinemik ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Farmakokinetika hakida ma'lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
Og‘irlik xissi, qorin dam bo‘lishi va meteorizm bilan kechadigan dispepsiya kabi xazm qilish buzilishlarini simptomatik davolash uchun dorivor vosita.
Bu ko‘rsatkichlar faqat dori vositasini uzoq muddatli qo‘llash asosida tasdiqlanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.
Kattalar 5,0 ml eritma (1 choy qoshiq) oz miqdordagi suv bilan ovqatdan oldin yoki funktsional buzilishlarda sutkada 3 marta peroral qabul qilinadi.
Davolash kursi - 2-3 hafta.
Bolalarga 0-12 oylik 0,3-0,5 ml (5-10 tomchi), 1-5 yosh 0,5-1 ml (10-20 tomchi), 6-12 yosh 2-3 ml (1/2 choy qoshiq), 12 yoshdan oshgan 1 choy qoshiqdan sutkada 3 marta qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
- dori vositasining tarkibida mavjud metilparagidroksibenzoat (E218) va propilparagidroksibenzoat (E216) bilan bog‘liq allergik ta'sirlar rivojlanishi (extimol sekinlashgan turi).
- abdominal og‘riqlar bilan kechadigan yengil diareya, ko‘ngil aynishi va jig‘ildon qaynashi kabi epigastral buzilishlar.
Nojo‘ya ta'sirlar yuzaga kelgan xolatlarda, va shu yo‘riqnomada keltirilimagan nojo‘ya ta'sirlar yuzaga kelsa xam dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, o‘t-tosh kasalligi, o‘t yo‘llari tutilishi, jigar, buyrak, o‘t- va siydik chiqarish yullarining o‘tkir kasalliklari, og‘ir darajali gepatotsellyulyar yotishmovchilikda, atsitretin bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Xofitol eritmasining 0.20 g bir choy qoshig‘i tarkibida etil spirti mavjudligi sababli, uni quyidagi dori vositalari bilan birgalikda qo‘llanishi mumkin emas
- Atsitretin
Fertil yoshdagi ayollarda teratogen xususiyatga ega bo‘lgan etretinatni atsitretinga aylanishi xavfi yuzaga keladi. Atsitretin uzoq yarim chiqarilish davriga ega (120 kungacha), shu sababli uni qo‘llash vaqtida va dori vositasini to‘xtatilgandan keyin ikki oy davomida teratogen xavfi yuzaga kelishi mumkin.
Birgalikda qo‘llash tavsiya qilinmaydi
- spirt bilan bir vaqtda qo‘llashda antabus reaktsiyani keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan dori vositalari bilan (isitma, teri ustki qatlamlari qizarishi, qusish, taxikardiya). Alkogol' saqlovchi dori vositalar va alkogolB ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlaning, Alkogol' ichimliklar yoki alkogolB saqlovchi dori vositalarni qabul qilishni qayta boshlashdan avval ularning yarim chiqarilish davriga axamiyat bering.
- Monoaminoksidaza qaytmas ingibitorlari (MAOI)
Ayrim alkogol' ichimliklar tarkibida mavjud bo‘ladigan tiraminning gipertonik va/yoki gipertermik ta'sirlari ortishi.
Tarkibi
da alkogol' saqlovchi ichimliklar va dori vositalarini iste'mol qilishdan saqlaning.
- Insulin
Yuqori gipoglikemik ta'sir (gipoglikemik koma yuzaga kelishiga sababchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan zo‘riqishini kompensatsiyalaydigan ta'sirlar).
Sedativ dori vositalari
Alkogol' bilan ushbu moddalarning sedativ ta'siri kuchayadi. Avtotransport vositalarini va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarishda hushyorlikning past darajasi xavfli bo‘lishi mumkin.
- Metformin
Alkogol' bilan kuchli zaxarlanish vaqtida laktoatsidoz yuqori xavfi, ayniqsa ochlik, to‘yib ovqatlanmaslik yoki gepatotsellyulyar yetishmaslik vaqtida.
- Gipoglikemik sul'fanilamidalar
Glibenklamid, glipitsid, tolbutamin qabul qilish vaqtida antabus effekti. Gipoglikemik komani yuzaga kelishiga sababchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yuqori gipoglikemik ta'sir (kompensatsion ta'sirlar kuchsizlanishi).
Komibaniyalarni xisobga olish zarur
- Nikotin kislotasi.
Tomir kengaytiruvchi ta'siri kuchayishi bilan bog‘liq qichishish, qizarish va issiqlik oqimlari yuzaga kelishi xavfi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Alkogol' ichimliklar is'temolidan cheklanish zarur. Dori vositasi tarkibida 5.1 ob.% etanol mavjud, ya'ni 0.2 g bir marttalik doza uchun (5 ml), bu esa 5.1 ml pivo, 2.0 ml vino dozasiga tengdir. Alkogolizm mavjud bemorlar uchun zararli. Xomilador va emiziklik onalar, bolalar va jigar va tutqanoq kasalliklari bo‘lgan yuqori xavf guruxiga kiruvchi bemorlarda ko‘llashda tarkibida etanol mavjudligini yodda tutish lozim. Agar dori vositasidan foydalanish davrida kasallik simptomlari saqlanib tursa yoki xolat yomonlashishi kuzatilsa, darxol dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish kerak va shifokorga murojaat qilish lozim.
Dori vositasi tarkibida metilparagidroksibenzoat (E218) va propilparagidroksibenzoat (E216) saqlaydi, bu esa allergik reaktsiyalar rivojlanishiga (sekinlashtirilgan turi) olib kelishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Hofitol preparatini homiladorlik vaqtida va emizishda ko‘rsatmalarga muvofiq ishlatish mumkin.
Avtomobil boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri o‘rganilmagan.
Tarkibi
da etil spirti mavjudligi sababli, dori vositasini qo‘llash diqqat buzilishiga olib kelishi va mashina yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo‘ya ta'sirlar ko‘rinishlari kuchayishi mumkin. Doza oshirib yuborilishi simptomlari yuzaga kelgan xolatlarda shifokorga murojat qilish zarur. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma. 120 ml dan ochish nazorati bo‘lgan buraladigan plastmassa qopqoqli sarg‘ish-jigarrang shisha flakonda. Flakonga etiketkali qog‘ozdan etiketka yopishtiriladi. Har bir flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yuriqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Laboratoriya ROZA-FITOFARMA,
Frantsiya 68, ryu Jan-Jak Russo 75001 Parij, Frantsiya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.