Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Odeston tab. 200mg №50
Nomi | Narx | |||||
Одестон 200 мг №50 (13102541##2 251) |
UZS 178 400
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гимекромон
Страна производитель
Польша
Дозировка
200 мг
Производитель
Pabianice Pharmaceutical Works Polfa
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Odeston, 200 mg, tabletkalar
(Hymecromonum)
Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin, yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqish kerak, chunki u patsiyent uchun muhim ma'lumotni saqlaydi.
-Ushbu yo‘riqnomani, uni zarurati bo‘lgan holda yana o‘qib chiqish imkoniyati bo‘lishi uchun saqlab qo‘yish kerak.
-Savollar yoki shubha tug‘ilganida shifokorga, farmatsevtga yoki hamshiraga murojaat qilish kerak.
-Ushbu dori vositasi qat'iy ma'lum bir shaxsga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berib yuborish mumkin emas. Bu preparat ularda xuddi shunday simptomlar bor bo‘lsa ham ularga zarar keltirishi mumkin.
-Biron-bir nohush holat og‘irlashgan hollarda yoki ilova-varaqada ta'riflanmagan noxush holatlar paydo bo‘lganida shifokorga yoki hamshiraga murojaat qilish kerak.
4-bo‘limga qarang.
Ilova-varaqaning mazmuni
1.Odeston dori preparati o‘zi nima va u qanday maqsadlarda qo‘llanadi?
2.Odeston dori preparatini qabul qilishdan oldin
3.Odeston dori preparatini qanday qabul qilish kerak?
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nohush ta'sir samaralari
5.Odeston dori vositasini qanday saqlash kerak?
6.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar

Gimekromon kumarin hosilasidir. O‘t yo‘llarining silliq mushaklariga va Oddi sfinkteriga spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi, safroni hosil bo‘lishini oshiradi va uni o‘t yo‘llari orqali chiqarilishini tezlashtiradi. Bu ta'sir safroni dimlanishini va ular bilan bog‘liq simptomlarni kamaytiradi, shuningdek xolesterinni to‘planishiga va o‘t toshlarining hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.
Qo‘llanilishi
-O‘t chiqarish yo‘llarining spastik holatlari, diskineziyalar, dispeptik buzilishlarini yordamchi simptomatik davolash,
-asoratsiz o‘t-tosh kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda o‘t chiqarish yo‘llarining funktsional buzilishlari,
-o‘t pufagi va o‘t chiqarish yo‘llaridagi jarroxlik aralashuvlardan keyingi holat, shuningdek anoreksiyada, ko‘ngil aynishi va safro ajralib chiqarilishini kamayishi bilan bog‘liq qabziyatlarda qo‘llanadi.

Odeston dori vositasini qachon qo‘llash mumkin emas
-gimekromon yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlikda,
-agar patsiyentda o‘t chiqarish yo‘llarini tutilishi diagnostika qilinsa,
-agar patsiyentda og‘ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi diagnostika qilinsa,
-nospetsifik yarali kolit va Kron kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
va ehtiyotkorlik choralari
Odeston dori prepartini qo‘llashdan oldin shifokor, farmatsevt yoki hamshira bilan maslahatlashish lozim.
Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligining simptomlari paydo bo‘lgan hollarda hollarida dori preparatini qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Agar, hatto ko‘rsatilgan ogohlantirishlar ilgari bo‘lgan bo‘lsa ham, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Odeston va boshqa preparatlarni qabul qilish
Patsiyent qabul qilayotgan yoki oxirgi vaqtlarda qabul qilgan, shuningdek patsiyent qabul qilishni rejalashtirgan barcha dori preparatlari to‘g‘risida shifokorga xabar berishi kerak.
-Morfin gimekromonning ta'sirini susaytiradi.
-Gimekromonni metoklopramid bilan bir vaqtda qo‘llanganida ikkala dori preparatning ta'siri susayadi.
Ovqat va ichimliklar bilan qo‘llanishi
Dori preparatini ovqatlanishdan yarim soat oldin qabul qilish kerak.
Odestonni buyrak va (yoki) jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar tomonidan qo‘llanilishi
Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda dori preparatini qo‘llash mumkin emas.
Odestonni keksa yoshdagi patsiyentlar tomonidan qo‘llanilishi
Keksa yoshdagi patsiyentlarda preparatning dozasini o‘zgartirishga zarurat yo‘q.
Homiladorlik va emizish
Dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokorga murojaat qilish kerak.
Dori preparatini homiladorlik davrida qo‘llash xavfsizligi xususida ma'lumotlar yo‘q.
Gimekromonni homilador ayollarga buyurilishiga, faqat dori preparatini qo‘llanganida ona uchun bo‘ladigan foyda, homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lganida ruxsat berilishi mumkin.
Dori preparatini emizish davrida qo‘llash xavfsizligi xususida ma'lumotlar yo‘q.
Dori preparatini emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish
Dori preparati psixofiziologik mehnat qobiliyatini, transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatini yomonlashishini chaqirmaydi.

Dori preparatini doimo shifokorning tavsiyalariga muvofiq qo‘llash kerak. Savollar va shubha tug‘ilgan hollarda shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qilish kerak
Shubha tug‘ilgan hollarda, yana shifokorga murojaat qilish kerak.
Kattalar ovqat qabul qilishdan yarim soat oldin 200-400 mg (1-2 tabletka) sutkada uch marta ikki hafta davomida buyuriladi.
Tabletkalarni ikkiga bo‘lish mumkin emas.
Agar Odeston dori preparatining ta'siri haddan ziyod kuchli yoki haddan ziyod kuchsizligiga shubha paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Odeston dori preparati tavsiya qilinganiga nisbatan katta dozada qo‘llanganda
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Tavsiya qilinganiga nisbatan katta dozada qabul qilingan hollarda, darhol shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qilish kerak.
Odeston preparatini qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz
Preparatning o‘tkazib yuborilgan dozasini darhol qabul qilish kerak.
O‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirish maqsadida ikki barobar dozani qo‘llash mumkin emas.
4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari
Har qanday dori preparati kabi, Odeston ham, garchi ular har bir patsiyentda yuz bermasada, nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin.
Odeston umuman yaxshi o‘zlashtiriladi. Diareya rivojlanishi, qorinda diskomfort hissi, yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari paydo bo‘lishi mumkin.
Qandaydir nohush holatlar og‘irlashgan yoki ushbu ilova-varaqada eslatib o‘tilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lgan hollarda, shifokorga, farmatsevtga yoki hamshiraga murojaat qilish lozim.
5.Odeston dori mahsulotini qanday saqlash kerak?
Dori preparatini bolalar olaolmaydigan va ko‘rmaydigan joyda saqlash kerak.
Original o‘ramda saqlansin. 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin dori preparati qo‘llanmasin.
Yaroqlilik muddati
ushbu oyning so‘nggi kunini bildiradi.
Dori preparatlarini kanalizatsiyaga yoki chiqindilar uchun uydagi yeonteynerlarga tashlab yuborish mumkin emas. Ishlatilmagan preparatni qanday utilizatsiya qilish to‘g‘risida farmatsevtdan bilib olish kerak. Bu chora-tadbirlar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
6.O‘ramning ichidagisi va boshqa ma'lumot
Odeston dori preparatining tarkibi
Dori preparatining ta'sir etuvchi moddasi gimekromondir.
Bir tabletka 200 mg gimekromon saqlaydi.
Yordamchi moddalar kartoshka kraxmali, jelatin (A turi), natriy laurilsulfati, magniy stearati.
Odeston dori preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Dumaloq, ikki tomoni yassi, bir tomonida “Ch” bo‘rtgan yozuvi bo‘lgan oq rangli yoki sarg‘ish tusli oq rangli tabletkalar.
O‘rami
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonkali va alyumin folgali kontur uyali o‘ramgayoki 50 tabletkadan kafolatli halkali tiqin bilan yopilgan polietilen flakonlarga joylangan.
5 kontur-uyali o‘ram yoki 1 flakondan rus va davlat tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Qayd etish guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
Pabyanitskiy farmatsevticheskiy zavod Polfa AJ
Marshalka Y. Pilsudskogo ko‘ch. 5, 95-200 Pabyanitse. Tel. 42 22 50 555-559

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.