Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ursomak kaps. 300 mg №20
Nomi | Narx | |||||
Урсомак капс. 300 мг №20 (166100324##2 260) |
UZS 75 100
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Урсомак капс. 300 мг №20 (166150424##2 266) |
UZS 67 000
Stokda yetarli (7)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Урсодезоксихолевая кислота
Страна производитель
Грузия
Дозировка
300 мг
Производитель
GM Pharmaceuticals Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ursomak
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ursodezoksixol kislotasi.
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda 300 mg ursodezoksixol kislotasi;
yordamchi moddalar kraxmal, LS-gidroksipropiltsellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati, kremniy dioksidi.
Ta'rifi №0 zlchamli qattiq jelatin kapsulalar. Korpusi va qopqoqchasi – och-yashil rang. Kapsulalar ichidagi – oq poroshok.
Farmakoterapevtik guruhi
o‘t haydovchi va xolelitolitik ta'sirga ega gepatoprotektor.
ATX kodi A05AA02.
Farmakologik xususiyatlari
Gepatoprotektor. Shuningdek o‘t haydovchi, xolelitolitik, gipolipidemik, gipoxolesterinemik va biroz immunomodulyatsiya qiluvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Yuqori qutblikka ega bo‘lib, ursodezoksixol kislotasi apolyar (toksik) o‘t kislotalari bilan toksik bo‘lmagan aralash mitsellalarni hosil qiladi, bu biliar reflyuks-gastritda va reflyuks-ezofagitda me'da reflyuktatining xujayra membranalarini shikastlash qobiliyatini pasaytiradi. Bundan tashqari, ursodezoksixol kislotasi gepatotsitlar, xolangiotsitlar, me'da-ichak yo‘llarining epiteliotsitlari xujayra membranalarining tarkibiga kirib olish, ularni mustahkamlash va sitotoksik mitsellalarning ta'siriga sezmaydigan qilib qo‘yish xususiyatiga ega bo‘lgan ikkilangan molekulalarni hosil qiladi.
Gepatotsitlar uchun toksik bo‘lgan yog‘ kislotalarining kontsentratsiyasini kamaytirib va bikarbonatlarga boy xolerezni rag‘batlantirib, ursodezoksixol kislotasi jigar ichki xolestazni bartaraf etilishiga samarali yordam beradi. Safroni xolesterin bilan to‘yinishini, uning ichakda so‘rilishini susaytirishi, jigarda sintezini bostirishi va safroga sekretsiyasini pasaytirishi hisobiga kamaytiradi; safroda xolesterin bilan suyuq kristallarni hosil qilib, uning eruvchanligini oshiradi; safroning litogen indeksini kamaytiradi. Buning natijasi xolesterinli o‘t toshlarini erishi va yangi konkrementlarni hosil bo‘lishini oldini olish hisoblanadi.
Immunomodulyatsiya qiluvchi ta'siri gepatotsitlar membranasida HLA-1 va xolangiotsitlarda HLA-2 antigenlarining ekspressiyasini susayishi, limfotsitlarning tabiiy killerlik faolligini normallashishi bilan bog‘liq. Birlamchi biliar sirrozi, mukovistsedozi va alkogolli steatogepatiti bo‘lgan bemorlarda fibrozni rivojlanib borishini ishonchli sekinlashtiradi qizilo‘ngach venalarining varikoz kengayishini rivojlanish xavfini kamaytiradi. Ursodezoksixol kislotasi xujayralarni (gepatotsitlar, xolangiotsitlar) barvaqt qarishi va nobud bo‘lishi jarayonini sekinlashtiradi.
Ursodezoksixol kislotasi ingichka ichakda passiv diffuziya hisobiga (taxminan 90%), yonbosh ichakda esa faol tashilish yordamida so‘riladi. Smax ga 1-3 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi yuqori – 96-99% gacha. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali kiradi. Preparat muntazam qabul qilinganida ursodezoksixol kislotasi qon zardobining asosiy o‘t kislotasi bo‘lib qoladi va qondagi o‘t kislotalarining umumiy miqdorining 48% ni tashkil qiladi. Taurin va glitsin kon'yugatlarni hosil qilib jigarda metabolizmga uchraydi (jigar orqali birlamchi o‘tish klirensi). Hosil bo‘lgan kon'yugatlar safroga chiqariladi. Preparatning umumiy dozasining 50-70% safro bilan chiqariladi. So‘rilmagan ursodezoksixol kislotasining oz miqdori yo‘g‘on ichakka tushadi, u yerda bakteriyalar tomonidan parchalanadi.
Qo‘llanilishi
-jarroxlik yoki endoskopik usullar bilan xolesterinli o‘t toshlarini o‘t qopidan olib tashlashning imkoniyati bo‘lmaganidagi asoratlanmagan o‘t-tosh kasalligi;
-biliar sladj;
-xoletsistektomiyadan (o‘t qopini olib tashlash) keyin tosh hosil bo‘lishini oldini olish;
-surunkali faol gepatit;
-o‘tkir gepatit;
-jigarning toksik (shu jumladan dori ta'siridagi) shikastlanishlari;
-jigarning alkogolli kasalligi;
-noalkogolli steatogepatit;
-jigarning birlamchi biliar sirrozi;
-birlamchi sklerozlovchi xolangit;
-jigarning kistoz fibrozi (mukovistsidoz);
-jigar ichki o‘t chiqarish yo‘llarining atreziyasi (shu jumladan o‘t chiqarish yo‘lining tug‘ma atreziyasi);
-o‘t chiqaruvchi yo‘llarning diskineziyasi;
-biliar reflyuks-gastrit va reflyuks-ezofagit;
-biliar dispeptik sindrom (xoletsistopatiyada va o‘t chiqaruvchi yo‘llarining diskineziyasida);
oldini olish maqsadida
-gormonal kontratseptivlar va sitostatiklar ishlatilganida jigarning shikastlanishlarini oldini olish;
-semiz bemorlarda tana vaznini tez yo‘qotishda o‘t toshlarini hosil bo‘lishini oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kapsulalar chaynamasdan, yetarli miqdordagi suv bilan ichga qabul qilinadi.
Jigarning o‘tkir va surunkali kasalliklari, o‘t-tosh kasalligida (xolesterinli o‘t toshlari va biliar sladj) preparat 10-15 mg/kg sutkalik dozada uzoq muddat davomida buyuriladi.
jigarning o‘tkir va surunkali kasalliklarida preparatning sutkalik dozasi 2-3 qabulga bo‘linadi, kapsulani ovqat bilan qabul qilinadi. Jigarning surunkali kasalliklarida Ursomakni qabul qilishning davomiyligi bir necha oydan 2 yilgacha davom etishi mumkin.
o‘t tosh kasalligida sutkalik dozaning hammasi bir marta kechqurun qabul qilinadi.
Xolesterinli o‘t toshlarini eritish uchun qabul qilishning davomiyligi 6 oydan 2 yilgachani tashkil qiladi. So‘ngra yana 3 oy tosh hosil bo‘lishining qaytalanishini oldini olish uchun. Agar preparatni qabul qilish boshlanganidan so‘ng 12 oy o‘tgach o‘t toshlarini kamayishi kuzatilmasa, davolashni davom ettirish maqsadga muvofiq emas.
Biliar reflyuks-gastrit va reflyuks-ezofagitda Ursomak sutkada 300 mg dan (1 kapsula) uyqudan oldin buyuriladi. Davolash kursi – 10 -14 kun.
Xoletsistektomiyadan (o‘t qopini olib tashlash) keyin takroriy xolelitiazni oldini olish uchun tavsiya qilinadigan doza – 300 mg dan sutkada 2 marta bir necha oy davomida (o‘rtacha 3 oy).
Jigarning toksik, dorilar ta'siri natijasidagi shikastlanishlarida, jigarning alkogolli kasalligi va o‘t chiqarish yo‘llarining atreziyasida 10-15 mg/kg sutkalik doza hisobida 2-3 qabulda belgilanadi. Davolash davomiyligi 6-12 oy va ko‘proqni tashkil qiladi.
Birlamchi jigar sirrozida preparat sutkada 10-15 mg/kg (zarurati bo‘lganida – 20 mg/kg gacha) hisobida 2-3 qabulda buyuriladi. Davolash davomiyligi 6 oydan bir necha yilgachani tashkil qiladi.
Birlamchi sklerozlovchi xolangitda – sutkada 12-15 mg/kg (20 mg/kg gacha) 2-3 qabulda. Davolash davomiyligi 6 oydan bir necha yilgachani tashkil qiladi.
Noalkogolli steatogepatitda – sutkada 13-15 mg/kg 2-3 qabulda. Davolash davomiyligi 6 oydan bir necha yilgachani tashkil qiladi.
Mukovistsedozda dozasi sutkada 20-30 mg/kg hisobida 2-3 qabulda belgilanadi. Davolash davomiyligi 6 oydan bir necha yilgachani tashkil qiladi.
2 yoshdan oshgan bolalarga preparatning dozasi individual ravishda sutkada 10-20 mg/kg hisobida belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Diareya (dozaga bog‘liq bo‘lishi mumkin), belda og‘riq.
Kam hollarda o‘t toshlarini kaltsiylanishi, jigar transaminazalari faolligining o‘tkinchi oshishi, alopetsiya, qabziyat, ko‘ngil aynishi, qusish, allergik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-rentgenmusbat (kaltsiy miqdori yuqori bo‘lgan) o‘t toshlari;
-faoliyat ko‘rsatmayotgan o‘t qopi;
-o‘t qopi-me'da-ichak oqmasi;
-o‘tkir xoletsistit;
-o‘tkir xolangit;
-dekompensatsiya bosqichidagi jigar sirrozi;
-o‘t chiqarish yo‘llarining obturatsiyasi;
-o‘t qopi va o‘t chiqarish yo‘llarining o‘tkir infektsion kasalliklari;
-o‘t qopi empiyemasi;
-ingichka va yo‘g‘on ichakning yallig‘lanish kasalliklari;
-pankreatit;
-jigar yetishmovchiligi;
-buyrak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Alyuminiy saqlovchi antatsidlar va kolestiramin birga qo‘llash ursodezoksixol kislotasining so‘rilishini pasaytiradi.
Gipolipedimek dori vositalari (ayniqsa klofibrat), estrogenlar, neomitsin yoki progestinlar bilan bir vaqtda qo‘llash safroni xolesterin bilan to‘yinishini oshiradi va ursodezoksixol kislotasining xolesterinli o‘t toshlarini eritish qobiliyatini pasaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
O‘t konkrementlarini (toshlarni) eritish maqsadida preparatni qo‘llashda quyidagi shartlarga rioya qilish kerak toshlar xolesterinli bo‘lishi (rentgennegativ) bo‘lishi kerak, ularning o‘lchamlari 15-20 mm dan katta bo‘lmasligi kerak, o‘t qopi faoliyati saqlangan va yarmidan oshmagan miqdorda to‘lgan, o‘t qopi va umumiy o‘t chiqarish yo‘lining o‘tkazuvchanligi saqlangan bo‘lishi kerak.
Ursomakni uzoq muddat (1 oydan ko‘p) qabul qilishda davolashning birinchi 3 oyida har 4 haftada, keyinchalik – har 3 oyda jigar transaminazalarining faolligini aniqlash uchun qonning biokimyoviy tahlilini o‘tkazish kerak. Davolashning samaradorligini nazorati har 6 oyda o‘t chiqarish yo‘llarining UTT ma'lumotlariga asosida olib borish kerak.
Konkrementlar to‘liq eriganidan keyin, o‘lchamlarini aniqlash uchun haddan tashqari kichik bo‘lgan konkrementlarning qoldiqlarini erib ketishiga yordam berish va tosh hosil bo‘lishini qaytalanishini oldini olish uchun, preparatni qo‘llashni hech bo‘lmaganda 3 oy davomida davom ettirish tavsiya qilinadi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi, faqat ona uchun foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan holda qo‘llash mumkin.
Laktatsiya davrida preparatni qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qo‘llash avtotransport yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish hollari ta'riflanmagan.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar 300 mg dan; o‘ramida 20 kapsula.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-25oS haroratda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha!
Ishlab chiqaruvchi
GM Pharmaceuticals Ltd.
Gruziya, Tbilisi sh., Ponichala 65
Tel. +995 32 2404801/02; Faks +995 32 2404803
Sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot
«GMP» MChJ vakolatxonasi,
O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh., Mustaqillik prospekti, 75
Tel. 141-03-73
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.