Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Галавит таблетки 25мг №20 (060424##2 459) |
UZS 111 900
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Аминодигидрофталазиндион натрия
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
25 мг
Производитель
Сэлвим
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Таблетки
Galavit tab.25 mg №20 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Galavit®
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) aminodigidroftalazindion natriy
Dori shakli
Til osti tabletkalari.
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol modda aminodigidroftalazindion natriy (Galavit®) 0,025 g,
Yordamchi moddalar 0,315 g sorbitol, 0,14 g kraxmal, 0,1 g laktoza, 0,005 g kaltsiy stearati, 0,015 g talk va 0,0001 g ratsementol (mentol).
Ta'rifi sarg‘ish tusli oq rangli, ikki tomoni qavariq, riskasiz, mentol hidli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
immunomodulyator va yallig‘lanishga qarshi vosita.
ATX kodi L03, G02.
Farmakologik xususiyatlari
Galavitning ta'sir mexanizmi makrofaglarning funktsional-metabolik faolligiga ta'sir qilish xususiyati bilan bog‘liq.
Yallig‘lanish kasalliklarida preparat yallig‘lanish reaktsiyalarining darajasini, ularning siklikligini, shuningdek intoksikatsiyaning yaqqolligini belgilovchi o‘ta yuqori faollashgan makrofaglar tomonidan o‘smalar nekrozi omili, interleykin-1va boshqa yallig‘lanishga qarshi sitokinlar, kislorodning faol shakllarini ortiqcha sintezini 6-8 soatga qaytuvchan ingibirlaydi. Makrofaglarning funktsional holatini normallashishi ularning antigenligini ifodalovchi va boshqaruvchi faoliyatini tiklanishiga va autoagressiya darajasini kamayishiga olib keladi. Preparat fagotsitozni kuchaytirib va infektsion kasalliklarga organizmning nospetsifik rezistentligini oshirib, neytrofil granulotsitlarning bakteritsid faolligini rag‘batlantiradi.
Farmakokinetikasi
Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi. Til osti qo‘llanganida yarim chiqarilish davri 30 minut. Asosiy farmakologik xususiyatlari 72 soat davomida kuzatiladi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarda immuntanqisligi holatlarini majmuaviy davolashda immunomodulyator va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida
-intoksikatsiya va/yoki diareya bilan kechuvchi ichakning infektsion kasalliklari;
-me'da va 12 barmoq ichak yara kasalligi;
-virusli gepatitlar;
-gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklar;
-odam papillomasi virusi chaqirgan kasalliklar;
-infektsion-yallig‘lanishli urogenital kasalliklar (xlamidiya va trixomonada etiologiyali uretrit, xlamidiyali prostatit, o‘tkir va surunkali salpingooforit, endometrit);
-kichik chanoq a'zolarining yiringli-yallig‘lanish kasalliklari;
-bachadon miomasi bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan keyingi reabilitatsiyasi;
-reproduktiv yoshdagi ayollarda operatsiyadan keyingi davrdagi asoratlar;
-yiringli xirurgik kasallliklar (kuyishli shikastlanishlar, surunkali osteomiyelit, omentit bilan gangrenoz appenditsit, peritonit, yiringli plevrit);
-operatsiyadan keyingi yiringli-septik asoratlar va ularni oldini olish (shu jumladan onkologik bemorlarda);
-surunkali qaytalanuvchi furunkulyoz, saramas;
-astenik holatlar, nevrotik va somatoform buzilishlar, jismoniy ishlash qobiliyatini pasayishi (shu jumladan sportchilarda), alkogolga va narkotik qaramlikdagi ruxiy, xulqiy va postabstinent buzilishlar;
-markaziy va periferik nerv tizimining yallig‘lanish va infektsion-allergik kasalliklari;
-nerv tizimining degenerativ kasalliklari;
-og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklari, paradont kasalliklari;
-nafas yo‘llari va LOR-a'zolarining bakterial va virusli etiologiyali tez-tez qaytalanuvchi kasalliklari (tez-tez O‘RVI, bronxit, pnevmoniya, surunkali tonzillit, surunkali otit, surunkali adenoidit) va ularni oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
1 tabletkadan til ostiga har kuni sutkada 4 martagacha yoki 2 tabletkadan har kuni sutkada 2 martagacha kasallikning tashxisi va og‘irligiga qarab buyuriladi.
-Diareya sindromi bilan kechuvchi o‘tkir infektsion ichak kasalliklarida boshlang‘ich doza bir marta bilan 2 tabletkani tashkil qiladi, so‘ngra 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta intoksikatsiya simptomlari yo‘qotilgunicha 3-5 kun davomida buyuriladi.
-Me'da va 12 barmoq ichak yara kasalligining o‘tkir davrida Birinchi 2 sutkada 1 tabletkadan kuniga 4 marta qo‘llanadi, so‘ngra har 3 sutkada 1 tabletkadan kuniga 4 marta qo‘llanadi, davolash kursi 2-3 hafta. Surunkali davrida 5 sutka davomida 1 tabletkadan kuniga 4 marta, so‘ngrahar 3 sutkada 1 tabletkadan kuniga 4 marta, 3 haftagacha bo‘lgan kurs bilan qo‘llanadi.
-Turli etiologiyali virusli gepatitlarda kasallikning o‘tkir davrida intoksikatsiya va yallig‘lanish simptomlari yo‘qolgunicha boshlang‘ich doza 2 tabletkalan kuniga 2 martani tashkil qiladi. Keyinchalik 1 tabletkadan kuniga 4 marta har 3 sutkada 2-3 haftalikkacha bo‘lgan kurs bilan davolash kursini davom ettirish mumkin.
-Gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklarda 1 tabletkadan kuniga 4 marta 10 kun davomida, so‘ngra 1 tabletkadan kuniga 4 marta kunora 10 kun davomida qo‘llanadi.
-Odam papillomasi virusi chaqirgan infektsiyalarda 5 kun davomida 1 tabletkadan kuniga 4 marta, so‘ngra 1 tabletkadan kuniga 4 marta kunora 2-3 haftalikkacha bo‘lgan kurs bilan qo‘llanadi.
-Urogenital kasalliklarda – xlamidiya va trixomonada etiologiyali uretritlar, xlamidiyali prostatitda birinchi kuni 2 tabletkadan kuniga 2 marta, so‘ngra 1 tabletkadan kuniga 4 marta kunora 2 haftalikkacha bo‘lgan kurs bilan (patologik jarayonning og‘irligiga qarab) qo‘llanadi.
-Salpingooforitda, endometritda o‘tkir davrida 2 kun 2 tabletkadan kuniga 2 marta, so‘ngra 3 hafta davomida 1 tabletkadan kuniga 4 marta har 3 sutkada. Surunkali davrida – 5 kun 1 tabletkadan kuniga 4 marta, so‘ngra 1 tabletkadan kuniga 4 marta har 3 sutkada 2-3 haftalikkacha bo‘lgan kurs bilan qo‘llanadi.
-Kichik chanoq a'zolarining o‘tkir va surunkali yiringli kasalliklarida o‘tkir davrida – birinchi kuni 2 tabletkadan kuniga 2 marta, so‘ngra 3 kun 1 tabletkadan kuniga 4 marta, so‘ngra 1 tabletkadan kuniga 4 marta kunora 10 kun davomida qo‘llanadi. Surunkali davrida - 5 kun 1 tabletkadan kuniga 4 marta, so‘ngra 3-4 tabletkadan har 3 sutkada 3 haftalikkacha bo‘lgan kurs bilan qo‘llanadi.
-Bachadon miomasi bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan keyingi reabilitatsiyasi uchun va reproduktiv yoshdagi ayollardagi operatsiyadan keyingi davrdagi asoratlarda 5 kun 1 tabletkadan kuniga 4 marta, so‘ngra 1 tabletkadan kuniga 4 marta kunora 2 haftalikkacha bo‘lgan kurs bilan qo‘llanadi.
-Yiringli xirurgik kasalliklarda (kuyishli shikastlanishlar, surunkali osteomiyelit, omentit bilan gangrenoz appenditsit, peritonit, yiringli plevrit) 1 tabletkadan kuniga 4 marta 5 kun davomida, so‘ngra 1 tabletkadan kuniga 4 marta kunora 15 kunlikkacha kurs bilan.
-Operatsiyadan oldingi va keyingi davrdagi xirurgik asoratlarni oldini olish va davolash uchun (shu jumladan onkologik bemorlarda) 1 tabletkadan kuniga 4 marta 5 kun davomida operatsiyagacha, operatsiyadan keyin 10 kun davomida 1 tabletkadan kuniga 4 marta kunora va 3 hafta davomida har 3 sutkada 1 tabletkadan kuniga 4 marta. Kasallikning og‘ir kechishida birinchi kuni 2 tabletkadan sutkada 2 marta buyuriladi.
-Surunkali qaytalanuvchi furunkulyozda, saramasda 5 kun 1 tabletkadan kuniga 4 marta, so‘ngra 1 tabletkadan kuniga 4 marta kunora 3 haftalikkacha bo‘lgan kurs bilan buyuriladi.
-Astenik holatlarda, nevrotik va somatoform buzilishlarda, sarosimalik, xulqiy va postabstinent buzilishlarda, alkogolli va narkotik qaramlik bo‘lgan bemorlarda 5 kun davomida 1 tabletkadan kuniga 4 marta, so‘ngra 1 tabletkadan kuniga 4 marta har 3 sutkada 3 hafta davomida. Jismoniy ish qobiliyatini oshirish uchun 1 tabletkadan kuniga 4 marta kunora 10 kun davomida, so‘ngra 1 tabletkadan kuniga 4 marta har 3 sutkada 3 haftalikkacha bo‘lgan kurs bilan qo‘llanadi.
-Markaziy va periferik nerv tizimining yallig‘lanish va infektsion-allergik kasalliklarida 5 kun 1 tabletkadan kuniga 4 marta, so‘ngra 1 tabletkadan kuniga 4 marta xar 3 sutkada 3 xaftalikkacha kurs bilan.
-Nerv tizimining degenerativ kasalliklarida 5 kun 1 tabletkadan kuniga 4 marta, so‘ngra1 tabletkadan kuniga 4 marta xar 3 sutkada 3 xaftalikkacha bo‘lgan kurs bilan buyuriladi.
-Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklarida, parodontning kasalliklarida boshlang‘ich doza 1 tabletkadan kuniga 4 marta 5 kun davomida, so‘ngra 1 tabletkadan kuniga 4 marta har 3 sutkada 3 haftalikkacha bo‘lgankurs bilan buyuriladi.
-Nafas yo‘llari va LOR-a'zolarining bakterial va virusli etiologiyali tez-tez qaytalanuvchi kasalliklarida (tez-tez O‘RVI, bronxit, pnevmoniya, surunkali tonzilit, surunkali otit, surunkali adenoit) 1 tabletkadan kuniga 4 marta 5 kun davomida, so‘ngra 1 tabletkadan kuniga 4 marta kunora 15 kunlikkacha kurs bilan. O‘tkir respirator infektsiyalar va grippni oldini olish uchun 1 tabletkadan kuniga 2 marta. Davolash kursi 5-10 kun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik; homiladorlik va laktatsiya.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llanganida antibiotiklarning kurslik dozalarini pasaytirish mumkin. Boshqa dori preparatlari bilan nomutanosiblik hollari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
25 mg Galavit® saqlovchi tabletkalar, 10 yoki 20 til osti tabletkalari polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folga kontur uyali o‘ramda. 1, 2, 3 yoki 4 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. 10, 20, 30, 40 va 50 kontur uyali o‘ramlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan guruh o‘ramida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Selvim“ MChJ, manzili 123290, Rossiya,Moskva sh. tupik Magistralniy 1-nchi, uy 5A, xona 91. Tel/faks (499) 951-30-11, 271-92-29.
Ishlab chiqarish joyining manzili
308013, Belgorod sh., Rabochaya ko‘ch., 14
E'tirozlar quyidagi manzilga jo‘natilsin
123290, Moskva sh. tupik Magistralniy 1-nchi, uy 5A, xona 91.
Tel/faks (499) 951-30-11, 271-92-29.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.