Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Полиоксидоний
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
6 мг
Производитель
Петровакс ФармНПО ООО
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Shamchalar
Polioksidoniy suppozitoriylar 6 mg №10 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Polioksidoniy
Ta'sir etuvchi modda (XPH) azoksimer bromidi
Dori shakli
vaginal va rektal suppozitoriylar
Tarkibi
Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol modda azoksimer bromidi – 6 mg yoki 12 mg;
yordamchi moddalar
mannitol – 1,8 mg, povidon — 1,2 mg, kakao urug‘i moyi (kakao moyi) – 1291,0 mg (6 mg doza uchun);
mannitol — 3,6 mg, povidon — 2,4 mg, kakao urug‘i moyi (kakao moyi) – 1282,0 mg (12 mg doza uchun).
Ta'rifi torpedasimon shaklli, och-sariq rangli, kakao moyining o‘ziga hos kuchsiz hidli suppozitoriylar.
Suppozitoriylar bir xil bo‘lishi kerak. Kesilgapda havoli o‘zan yoki voronkasimon chuqurlashish bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Immunomodulyator vosita.
ATX kodi L03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Azoksimer bromidi majmuaviy ta'sirga ega immunitetni rag‘batlantiruvchi, detoksikatsiya qiluvchi, antioksidant, o‘rtacha yallig‘lanishga qarshi.
Azoksimer bromidining immunitetni rag‘batlantiruvchi ta'sirining asosiy mexanizmi fagotsitozlovchi xujayralar va tabiiy killerlarga bevosita ta'siri, shuningdek antetala hosil qilish, interferon-alvfa va interferon-gamma sintezini rag‘batlantirishdan iborat.
Azoksimer bromidining detoksikatsion va antioksidant xususiyatlari asosan
preparatning strukturasi va yuqori molekulyar tabiati bilan belgilanadi.
Azoksimer bromidi organizmni bakterial, zamburug‘li va virus etiologiyali mahalliy va tarqalgan infektsiyalarga nisbatan rezistentligini oshiradi. Turli infektsiyalar, jarohatlar, jarroxlik operatsiyalari, kuyishlar, autoimmun kasalliklar, xavfli o‘smalar, ximioterapevtik vositalar, sitostatiklar, steroid gormonlarni qo‘llash chaqirgan ikkilamchi immuntanqis xolatlarda immunityotni tiklaydi.
Azoksimer bromidi eruvchan toksik moddalar va mikrozarrachalarni bloklaydi, organizmdan toksinlar, og‘ir metall tuzlarini chiqarish qobiliyatiga ega, erkin radikallarni tutish hisobiga ham, katalitik faol G‘e2+ ionlarini eliminatsiyasi yo‘li bilan ham lipidlarning perikisli oksidlanishini ingibitsiya qiladi. Azoksimer bromidi pro- va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni sintezini normallashishi hisobiga yallig‘lanish reaktsiyasini pasaytiradi.
Azoksimer bromidi yaxshi o‘zlashtiriladi, mitogen, poliklonal faollikka ega emas, allergizatsiya qiluvchi, mutagen, embriotoksik, teratogen va kantserogen ta'sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Azoksimer bromidi sushshozitoriylari rektal yuborilganda yuborilandan keyin 1 soat o‘tgach qonda maksimai kontsentratsiyasiga erishib, yuqori biokiraolishlikka (kamida 70%) ega. Yarim taqsimlanish davri – taxminan 0,5 soat, yarim chiqarilish davri- 36,2 soat. Organizmla oligomerlargacha gidrolizga uchraydi, ular asosan buyraklar orqali chiqariladi. To‘planish samarasi yo‘q.
Qo‘llanilishi
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarda zo‘rayish va remissiya bosqichidagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini (virusli, bakterial va zamburug‘ etiologiyali) davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi.
Davolash uchun (majmuaviy davolash tarkibida)
- turli lokalizatsiyali, bakterial, virusli va zamburug‘ etiologiyali o‘tkir va surunkali qaytalanuvchi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini o‘zrayishi;
- urogenital yo‘llarining yallig‘lanishli kasalliklari (uretrit, sistit, piyelonefrit, prostatit, sal'pingooforit, endomiometrit, kolvpit, servitsit, servikoz, bakterial vaginozlar);
- o‘lka tuberkulyozining turli shakllari;
- bakterial, zamburug‘li va virusli infektsiyalar bilan asoratlangan allergik kasalliklar (shu jumladan pollinoz, bronxial astma, atopik dermatit);
- immunodepressantlarni uzoq vaqt qabul qilish fonida qaytalanuvchi bakterial, zamburug‘li va virusli infektsiyalar bilan asoratlangan revmatoid artrit;
- regenerator jarayonlarni follashtirish uchun (sinishlar, kuyishlar, trofik yaralar);
- ximio- va nur bilan davolash o‘tkazish fonida onkologik kasalliklarni majmuaviy davolashda, dori preparatlarining nefro- va gepatotoksik ta'sirini pasaytirish uchun;
Profilaktika uchun (monoterapiya)
- urogenital yo‘llarining qaytalanuvchi gerpetik infektsiyalari;
- infektsiyaning surunkali o‘choqlarini zo‘rayishi;
- immunokomprometirlangan shaxslarda epidemiyadan oldingi va epidemik davrda gripp va boshqa o‘tkir respirator infektsiyalar;
- qarilik yoki noxush omillarning ta'sirida yuzaga keluvchi ikkilamchi immuntanqisliklarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni faqat yo‘riqnomada ko‘rsatilgan ko‘rsatmalar, qo‘llash usuli va dozalarga muvofiq qo‘llang.
Agar davolagandan keyin yaxshilanish kuzatilmasa yoki simptomlar chuqurlashsa yoki yangi simptomlar paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Har kuni, kunora yoki xaftada 2 marta sutkada 1 marta rektal va vaginal yuboriladi.
Zarurati bo‘lganida 3-4 oydan keyin takroriy davolash kurslarini o‘tkazish mumkin.
Preparat takroran buyurilganda uning samaradorligi pasaymaydi.
Preparatni qo‘llashning tavsiya etilgan sxemalari
Kattalarni davolash uchun
- ichak tozalangandan keyin sutkada 1 marta 1 suppozitoriydan rektal yuboriladi;
- ginekologik kasalliklarda sutkada 1 marta (tunda) 1 suppozitoriydan vaginal yotgan holatda qinga yuboriladi.
- zo‘rayish bosqichidagi surunkali infektsion-yalliglapish kasalliklarida — 3 kun davomida har kuni sutkada 1 marta 12 mg sushozitoriylar, so‘ngra kunora. Davolash kursi – 10 suppozitoriylar.
- o‘tkir infektsion jarayonlarda va regenerator jarayonlarni faollashtirish uchun (sinishlar, kuyishlar, trofik yaralar) – har kuni sutkada 1 marta 12 mg suppozitoriylar. Davolash kursi – 10 suppozitoriylar;
- ginekologik kasalliklarda – 3 kun davomida har kuni sutkada 1 marta 12 mg suppozitoriylar, so‘ngra kunora. Davolash kursi – 10 sushpozitoriylar;
- urologik kasalliklarni zo‘rayishida (uretrit, piyelonefrit, sistit, prostatit) — har kuni sutkada 1 marta 12 mg sushozitoriylar. Davolash kursi — 10 suppozitoriylar;
- tuberkulyozning o‘shka shaklida — 3 kun davomida har kuni sutkada 1 marta 12 mg suppozitoriylar, so‘ngra kunora. Davolash kursi — 20 suppozitoriylar. Keyinchalik 2-3 oy kurs Gunman xaftada 2 marta 6 mg suppozitoriylar bilan samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni qo‘llash mumkin.
- Ximio- va nur bilan davolash o‘tkazilganda onkologik kasalliklarni majmuaviy davolaganda — ximio- va nur bilan davolashni boshlashdan 2-3 kun oldin har kuni 12 mg suppozitoriylar. Keyinchalik 20 suppozitoriylar kursi bilan xaftada 2 marta 12 mg dan;
- infektsion sindrom bilan asoratlangan allergik kasalliklarda — har kuni sutkada 1 marta 12 mg sushozitoriylar. Davolash kursi – 10 suppozitoriylar;
- revmatoid artritda – kunora 12 mg suppozitoriylar. Davolash kursi — 10 suppozitoriylar.
Profilaktika uchun (monoterapiya)
- infektsiyaning surunkali o‘choqlarini zo‘rayishi, urogenital yo‘llarining qaytalanuvchi gerpetik infektsiyasi — kunora 12 mg suppozitoriylar. Davolash kursi – 10 suppozitoriylar;
- gripp va O‘RVI – sutkada 1 marta 12 mg suppozitoriylar. Davolash kursi – 10 suppozitoriylar;
- qarilik oqibatida yuzaga keluvchi ikkilamchi immuntanqislik – xaftada 2 marta 12 mg suppozitoriylar. Davolash kursi — 10 sushpozitoriylar, yiliga 2-3 marta.
Bolalar va 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni davolash uchun
Bolalar va 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda suppozitoriylar, ichak tozalangandan keyin sutkada 1 marta 6 mg 1 suppozitoriydan rektal yuboriladi.
- zo‘rayish bosqichidagi surunkali infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida – 3 kun davomida har kuni sutkada 1 marta 6 mg suppozitoriylar, so‘ngra kunora. Davolash kursi – 10 suppozitoriylar;
- o‘tkir infektsion jarayonlarda va regenerator jarayonlarni faollashtirish uchun (sinishlar, kuyishlar, trofik yaralar) — har kuni sutkada 1 marta 6 mg suppozitoriylar. Davolash kursi – 10 suppozitoriylar;
- urologik kasalliklarni zo‘rayishida (uretrit, shiyelonefrit, sistit, prostatit) — har kuni sutkada 1 marta 6 mg suppozitoriylar. Davolash kursi – 10 suppozitoriylar;
- tuberkulyozning o‘pka shaklida — 3 kun davomida har kuni sutkada 1 marta 6 mg suppozitoriylar, so‘ngra kunora. Davolash kursi — 20 suppozitoriylar. Keyinchalik 2-3 oy kurs bilan xaftada 2 marta 6 mg suppozitoriylar bilan samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni qo‘llash mumkin;
- ximio- va nur bilan davolash o‘tkazilganda oikologik kasalliklarni majmuaviy davolaganda — ximio- va nur bilan davolashni boshlashdan 2-3 kun oldin har kuni 6 mg suppozitoriylar. Keyinchalik 20 suppozitoriylar kursi bilan xaftada 2 marta 6 mg dan;
- infektsion sindrom bilan asoratlangan allergik kasalliklarda — har kuni sutkada 1 marta 6 mg suppozitoriylar. Davolash kursi – 10 suppozitoriylar;
- revmatoid artritda — kunora 6 mg suppozitoriylar. Davolash kursi – 10 suppozitoriylar.
Profilaktika uchun (monoterapiya)
- infektsiyaning surunkali o‘choqlarini zo‘rayishi ogenital yo‘llarining qaytalanuvchi gerpetik infektsiyasi – kunora 6 mg suppozitoriylar. Davolash kursi — 10 suppozitoriylar;
- gripp va O‘RVI – sutkada 1 marta 6 mg suppozitoriylar. Davolash kursi — 10 suppozitoriylar.
Uzoq vaqt immunosupressiv davolanayotgan, nurlanish olgan onkologik, immun tizimining orttirilgan puqsoni — OITV bo‘lgan bemorlar uchun Polioksidoniy bilan 2-3 oydan 1 yilgacha uzoq vaqt samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash ko‘rsatilgan (kattalarga 12 mg dan, 6 yoshdan oshgan bolalarga – 6 mg dan xaftada 1-2 marta).
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyida Polioksidoniy preparatining klinik tadqiqotlari vaqtida va ro‘yhatdan o‘tkazilgandan keyin qo‘llash vaqtida qayd etilgan noxush reaktsiyalar tez-tezligi bo‘yicha keltirilgan
Juda kam xollarda (0,001% dan ko‘proq, ammo 0,01% dan kamroq patsiyentlarda kuzatiladi)
Tana haroratini oshishi, yuborish joyida reaktsiyalar - giperemiya, shish, qichishish.
Juda kam xollarda / yakka holatlarda va shunga o‘xshash (0,001% dan kamroq patsiyentlarda kuzatiladi)
Tarqalgan holsizlik, asteniya, qizib ketish hissi, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Agar Siz biron-bir noxush reaktsiyalar, shu jumladan yo‘riqnomada ko‘rsatilgan reaktsiyalarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- ta'sir etuvchi moddaga yoki dori preparatining har qanday yordamchi moddasiga o‘tka yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik, emizish davri;
- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- o‘tkir buyrak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Agar Sizda ushbu bo‘limda ko‘rsatilgan kasalliklar bo‘lsa, dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokorga murojaat eting
- surunkali buyrak yetishmovchiligi (xaftada 2 martadan ko‘proq buyurilmaydi).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Azoksimer bromidi sitoxrom R450 CYP1A2, CYP2C9, SUR2S9, CYP2D6 izofermentlarini ingibitsiya qilmaydi, shuning uchun preparat ko‘pgina dori vositalari, shu jumladan antibiotiklar, viruslarga qarshi, zamburug‘larga qarshi va antigistamin preparatlari, gpokokortikosteroidlar va sitostatiklar bilan mutanosib.
Agar Siz yuqorida sanab o‘tilgan yoki boshqa dori preparatlarini (shu jumladan retseptsiz beriladigan) qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Polioksidoniyni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Maxsus ko‘rsatmalar
Noxush doriga reaktsiyalar rivojlanganda Polioksidoniy preparatini qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.
Preparat bilan davolashni to‘xtatish zarurati bo‘lganida, bekor qilishni darhol amalga oshirish mumkin. Preparatning bir martalik dozasini o‘tkazib yuborilganda uni iloji boricha tezroq qabul qilish kerak, ammo agar keyingi dozani qabul qilish vaqti kelgan bo‘lsa, qabul qilishdagi doza oshirilmasin.
Preparatni yaroqsizligining vizual belgilari (o‘ram nuqsoni, suppozitoriy rangini o‘zgarishi) bo‘lganida preparatni qo‘llamang.
Homiladorlik yoki laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik Polioksidoniy preparatini qo‘llash mumkin bo‘lmagan holat bo‘lib hisoblanadi.
Polioksidoniy preparatini hayvonlarda eksperimental qo‘llanilganda embriotoksik va teratogen ta'siri, homilaga rivojlanishiga ta'siri aniqlanmagan.
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirgan bo‘lsangiz, Polioksidoniy preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Dori preparatining ta'sir etuvchi moddasi yoki yordamchi komponentlarini ayolning ko‘krak sutiga ajralishi haqida ma'lumotlar yo‘q. Ehtiyotkorlik chorasi sifatida emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalari va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Polioksidoniy preparatini qo‘llash transport vositalarini boshqarish, mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi boshqa ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi holatlari qayd etilmagan.
Chiqarilish shakli
Vaginal va rektal suppozitoriylar, 6 mg, 12 mg.
5 suppozitoriydan polivinilxlorid plyonkali kontur uyali o‘ramda. Ikkita kontur uyali o‘ramlar tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
15°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqaruvchi va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi
«HPO PetrovaksFarm» MChJ
Yuridik manzili / Iste'molchilarning e'tirozlarni yuborish uchun manzil
Rossiya Federatsiyasi, 142143, Moskva vil., Podol'sk sh., Pokrov q., Sosnovaya ko‘ch., 1 uy, tel/faks +7 (495) 926-21-07, E-mail info@petrovax.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.