Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Полиоксидоний таб.12мг№10 (290924##2 380) |
UZS 183 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Полиоксидоний таб.12мг№10 (290924##2 387) |
UZS 183 800
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Полиоксидоний таб.12мг№10 (290924##2 391) |
UZS 183 800
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Полиоксидоний таб.12мг№10 (290924##2 439) |
UZS 183 800
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Полиоксидоний
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Производитель
Петровакс ФармНПО ООО
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Polioksidoniy tab. 12mg №10 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Polioksidoniy®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) azoksimer bromidi
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar polioksidoniy® (azoksimer bromidi) - 12 mg yordamchi moddalar bilan bo‘lgan aralashmada mannitol, povidon, betakaroten - 18 mg gacha;
yordamchi moddalar 185 mg laktoza monogidrati, 45 mg kartoshka kraxmali, 2 mg stearin kislotasi.
Ta'rifi Sarg‘ish tusli oq ranglidan to to‘q-sariq tusli sariq rangligacha bo‘lgan, yassitsilindrik, bir tomonida faskali, riskali va boshqa tomonida «PO» yozuvli tabletkalar. To‘qroq bo‘yalgan biroz sezilarli dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
immunomodulyatsiya qiluvchi vosita
ATX kodi L03.
Farmakologik xususiyatlari
Polioksidoniy® 12 mg tabletkalari immunomodulyatsiya qiluvchi ta'sirga ega. Preparat organizmning bakterial, zamburug‘li va virusli infektsiyalarga nisbatan rezistentligini oshiradi. Polioksidoniy®ni immunomodulyatsiya qiluvchi ta'sirining asosiy mexanizmi leykotsitlarning mikroblarni fagotsitoz qilish qobiliyatini oshishi, dastlabki pasaygan ko‘rsatgichlardagi immunitetni faollashtiruvchi sitokinlarning hosil bo‘lishini rag‘batlantirishi, infektsion agentlarga nisbatan antitelolarning hosil bo‘lishini kuchaytirishidadir.
Polioksidoniy® periferik qon fagotsitlarini va mikrofaglarni faollashtiradi, bu infektsiya o‘chog‘i bo‘lganida qo‘zg‘atuvchining organizmdan yanada tezroq chiqarilishiga yordam beradi. Bundan tashqari Poliokidoniy® regionar limfoid tugunlarida bo‘lgan limfoid xujayralarni, xususan sekretorli IgA ni ishlab chiqaradigan V-xujayralarni faollashtiradi.
Polioksidoniy® sublingval qo‘llanganida burun bo‘shlig‘ida, yevstaxiyev naylarida, og‘iz-xalqumda, bronxlarda joylashgan limfoid to‘qimalarni faollashtiradi. Bundan tashqari Polioksidoniy® so‘lakning bakteritsid xususiyatlarini faolashtirdi.
Og‘iz orqali qo‘llanganida Polioksidoniy®, shuningdek ichakning limfatik tugunlarida bo‘lgan limfoid xujayralarini ham faollashtiradi.
Nafas, me'da-ichak yo‘llarini va LOR-a'zolarini infektsion agentlarga chidamliligini oshishi buning oqibati hisoblanadi.
Polioksidoniy® immunomodulyatsiya qiluvchi ta'siri bilan bir vaqtda yaqqol dezintoksikatsion va antioksidant faollikka ega, organizmdan toksinlarni, og‘ir metall tizimlarni chiqarish, lipidlarning perikisli oksidlanishini ingibitsiya qiluvchi qobiliyatiga ega. Ko‘rsatilgan xususiyatlar Polioksidoniy®ning strukturasi va yuqori molekulyar tabiati bilan belgilanadi.
Polioksidoniy®ni ikkilamchi immunotanqisligi holatlari fonida qo‘llash davolashni samarasini oshirish va davomiyligining qisqartirish, antibiotiklarning, bronxolitiklarning, glyukokortikosteroidlarning ishlatilishing ahamiyatli kamaytirish, remissiya muddatini uzaytirish imkonini beradi.
Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, mitogen, poliklonal faolikka, antigen xususiyatlarga ega emas, allergik, mutagen, embriotoksik, teratogen va kantserogen ta'sirlar ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Polioksidoniy® 12 mg tabletkalari ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, biokirishaolishligi taxminan 50% ni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga ichga qabul qilinganidan keyin 3 soat o‘tgach erishiladi. Polioksidoniy® ning farmakokinetikasi to‘g‘ri chiziqlidir (qon plazmasidagi kontsentratsiyasi qo‘llangan dozaga proportsional).
Polioksidoniy® gidrofil birikmadir. Taxminiy taqsimlanish hajmi taxminan 0,5 l/kg ni tashkil qiladi, bu preparatni asosan xujayralaro suyuqlikda taqsimlanishini ko‘rsatadi. Yarim so‘rilish davri – 35 minut, yarim chiqarilish davri – 18 soat. Organizmda oligomerlargacha gidrolizga uchraydi, ular asosan buyraklar orqali chiqariladi. To‘planish samarasi yo‘q.
Qo‘llanilishi
Polioksidoniy® 12 mg tabletkalari kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarda standart davolashga berilmaydigan davolanmaydigan infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini (virusli, bakterial va zamburug‘ etiologiyali) davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi. Polioksidoniy® zo‘rayishi bosqichida ham remissiya bosqichida ham ishlatiladi.
majmuaviy davolashda
-og‘iz-xalqum, burun oldi bo‘shliqlari, yuqori nafas yo‘llari, ichki va o‘rta quloqning o‘tkir va surunkali qaytalanuvchi infektsion-yallig‘lanish kasalliklari,
-qaytallanuvchan bakterial, zamburug‘li va virusli infektsiya bilan asoratlangan (shu jumladan pollinoz, bronxial astma) allergik kasalliklar,
-tez-tez va uzoq muddatli (yiliga 4-5 marta) kasal bo‘ladigan shaxslarni reabilitatsiyasi uchun.
monoterapiya ko‘rinishida
-qaytalanuvchan gerpetik infektsiyani oldini olish uchun,
-og‘iz-xalqum, burun oldi bo‘shliqlari, yuqori nafas yo‘llari, ichki va o‘rta otitning surunkali infektsiya o‘choqlarini zo‘rayishini mavsumiy oldini olish uchun,
-immunokomprometirlangan shaxslarda epidemiyadan oldingi davrda gripp va boshqa o‘tkir respirator infektsiyalarni oldini olish uchun,
-qarish yoki noxush omillarning ta'siri oqibatida paydo bo‘ladigan ikkilamchi immuntanqisligini muvofiqlashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Polioksidoniy® tabletkalari 12 mg har kuni ovqatdan 20-30 minut oldin peroral va sublingval sutkada 1, 2 yoki 3 marta qo‘llanadi kattalarga 12 mg yoki 24 mg dozalarda, o‘smirlarga 12 yoshdan boshlab 12 mg dozada. Qo‘llash usuli va dozalash tartibi shifokor tomonidan tashxisga, jarayonning o‘tkirligiga va og‘irligiga qarab belgilanadi.
Davolashning tavsiya etilgan sxemalari
Sublingval
• Og‘iz-xalqumning yallig‘lanish jarayonlarida (bakterial, virusli va zamburug‘ tabiatli) 1 tabletkadan kuniga 2 marta 12 soatlik oraliq bilan 10-14 kun davomida. Og‘iz bo‘shlig‘ining gerpetik va zamburug‘li infektsiyalarining og‘ir shakllarida 1 tabletkadan kuniga 3 marta 8 soatlik oraliq bilan 15 kun davomida.
• Burun oldi qo‘shimcha bo‘shliqlarining surunkali kasalliklarida va surunkali otitlarda – 1 tabletkadan kuniga 2 marta 12 soatlik oraliqlar bilan 5-10 kun davomida.
• Surunkali tonzillitda – 1 tabletkadan kuniga 3 marta 8 soatlik oraliqlar bilan 10-15 kun davomida.
• Yuqori nafas yo‘llarining surunkali kasalliklarida – kattalarga 2 tabletkadan kuniga 2 marta, o‘smirlarga 1 tabletkadan kuniga 2 marta, 12 soatlik oraliqlar bilan 10-14 kun davomida.
• Gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni oldini olish uchun O‘RK bilan kasallanuvchi immunokomprometirlangan shaxslarga yiliga 4 martadan ko‘proq epidemiya oldi davrida kattalarga 2 tabletkadan, o‘smirlarga 1 tabletkadan kuniga 2 marta har12 soatda 10-15 kun davomida tavsiya etiladi.
Peroral
• Yuqori nafas yo‘llarining surunkali kasalliklarida – kattalarga 2 tabletkadan kuniga 2 marta har 12 soatda, o‘smirlarga 1 tabletkadan kuniga 2 marta 12 soatlik oraliqlar bilan 10-14 kun davomida.
Nojo‘ya ta'sirlari
Polioksidoniy®ning nojo‘ya samaralari to‘g‘risida xabar berilmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Shaxsiy yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
O‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, shuningdek laktozani o‘zlashtiraolmaslikda, laktoza tanqisligida, glyukozo-galaktoza mal absorbtsiyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dozalar bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan. Polioksidoniyni ko‘pchilik dori vositalari bilan, shuningdek antibiotiklar, viruslarga qarshi, zamburug‘larga qarshi va antigistamin preparatlar, bronxolitiklar, glyukokortikoidsteroidlar, sitostatiklar, -adrenomimetiklar bilan qo‘llash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ko‘rsatilgan dozalarni va davolash davomiyligini oshirmaslik kerak.
Homiladorlik va emizishda qo‘llanishi
Homiladorlik va emizishda qo‘llash mumkin emas (qo‘llashning klinik tajribasi yo‘q). Polioksidoniy®ni ko‘krak suti bilan chiqarilishi o‘rganilmagan.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Polioksidoniy®ning dozasini oshirib yuborilishi xollari ma'lum emas.
Chiqarilish shakli
12 mg Polioksidoniy® saqlovchi tabletkalar, 10 donadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida, 1 yoki 2 o‘ram qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 4°S dan to 25°S gacha haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«NPO Petrovaks Farm», MCHJ
Yuridik manzil/Iste'molchilarning e'tirozlarini taqdim qilish uchun manzil
Rossiya Federatsiyasi, 142143, Moskva viloyati, Podolskiy tumani, Pokrov q., Sosnovaya ko‘ch., 1 uy, tel./faks (495) 926-21-07, e-mail info@petrovax.ru
Ishlab chiqarilgan
Rossiya Federatsiyasi, 115598, Moskva sh., Zagoryevskaya ko‘ch., 10 uy, 4 korp. tel./faks (495) 329-17-18.
Qadoqlangan
Rossiya Federatsiyasi, 142143, Moskva viloyati, Podolskiy tumani, Pokrov q., Sosnovaya ko‘ch., 1 uy, tel./faks (495) 926-21-07
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.