Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Никотин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Производитель
Jurabek Laboratories
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Nikotin k-si amp. 1% 1ml №10 (PE) haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Nikotin kislotasi
Ta'sir etuvchi modda (XPN) nikotin kislotasi
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda nikotin kislotasi – 10 mg;
yordamchi moddalar natriy gidrokarbonati, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Vitamin
ATX kodi S10AD02
Farmakologik ta'siri
Farmakodinamika
si
Nikotin kislotasi tuzilishi bo‘yicha nikotinamidga yaqin.
Nikotin kislotasi va uning amidlari organizmning hayot faoliyati uchun muhim rol o‘ynaydi ular vodorodni tashuvchi va oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini amalga oshiruvchi fermentlar – kodegraza I (difosfopiridinnukleotid - NAD) ning va kodegidraza II (trifosfopiridinnukleotid - NADF) prostetik guruhi hisoblanadi. Kodegidraza II shuningdek fosforni o‘tkazilishida ishtirok etadi.
Nikotin kislotasi vitamin RR tanqisligini o‘rnini to‘ldiradi, qon tomirlarga kengaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. To‘qimalarni nafas olishini, uglevod va yog‘lar almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi, detoksikatsiya qiluvchi va gipoglikemik faollikka ega, xolesterinni va past zichlikdagi lipoproteidlarning umumiy darajasini pasaytiradi (asosan triglitseridlar), qon tomirlarni kengaytiradi.
Farmakokinetikasi
Nikotin kislotasini parenteral yuborilganda tez so‘riladi. Organizmning a'zo va to‘qimalari bo‘ylab bir tekis taqsimlanadi. Asosan metil guruhini qo‘shilish yo‘li bilan va kam darajada kon'yugatsiya yo‘li bilan faolsizlanadi. Qisman jigarda biotransformatsiyaga uchrab, N-metilnikotinamid, metilpiridon karboksamid, glyukuronid va glitsin bilan kompleks hosil qiladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 45 minutga teng. Asosan buyrak orqali o‘zgarmagan holda va metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Buyrak klirensi qon plazmasidagi nikotin kislotasining miqdoriga bog‘liq va plazmada uning kontsentratsiyasi yuqori bo‘lganida pasayishi mumkin.
Qo‘llanilishi
Pellagrani (RR avitaminoz) ni davolash va oldini olish;
majmuaviy davolash tarkibida qo‘l-oyoqlarning qon tomirlari kasalliklarida (obliteratsiyalovchi endarteriit, Reyno kasalligi), yuz nervini nevritida, ishemik insultda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Nikotin kislotasini kattalarga teri ostiga, mushak ichiga yoki asta-sekin vena ichiga yuboriladi.
Vena ichiga oqim bilan yuborish uchun bir martalik doza 0,9% li natriy xloridi eritmasining 10 ml da suyultiriladi, kamida 5 minut davomida (2 mg nikotin kislotasi 1 minutdan kam bo‘lmagan vaqtda) yuboriladi.
Vena ichiga tomchilab yuborilganda preparatning bir martalik dozasi 0,9% li natriy xloridi eritmasining 100-200 ml da suyultiriladi, yuborish tezligi minutiga 30-40 tomchini tashkil etadi.
Preparatni teri ostiga va mushak ichiga yuborilishi og‘riqlidir.
Pellagrada vena ichiga va mushak ichiga 1% li 1 ml eritma kuniga 1-2 marta 10-15 kun davomida yuboriladi.
Ishemik insultda vena ichiga (asta-sekin) 1% li 1 ml eritma yuboriladi.
Boshqa kasalliklardateri ostiga va mushak ichiga 10 mg (1 ml) dan kuniga 1 marta10-15 kun davomida buyuriladi. Infuzion eritmalarga qo‘shilganda 10 mg (1 ml) nikotin kislotasi 100-200 ml infuzion eritmada yuboriladi.
Yuqori dozalardavena ichiga yuborilganda bir martalik doza – 100 mg (10 ml), sutkalik doza – 300 mg (30 ml) ni tashkil etadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
-yuz va tananing yuqori qismini sanchish va achishish bilan kechuvchi giperemiyasi (yuqori sezuvchanligi bo‘lgan shaxslarda);
-eshakemi, qichishish hissi, toshmalar;
-bosh aylanishi, boshga qon oqib kelish hissi, bosh og‘rig‘i;
-ortostatik gipotenziya (vena ichiga tez yuborilganda va yuqori sezuvchanlikda).
Uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llaganda
-terini qurishi, eksfoliativ dermatit;
-anoreksiya, qusish, diareya;
-jigar faoliyatini buzilishi, shu jumladan jigar distrofiyasi, sariqlik;
-aritmiyalar;
-paresteziyalar;
-giperurikemiya;
-giperpigmentatsiya, giperkeratoz;
-glyukozaga tolerantlikni kamayishi;
-giperglikemiya;
-aspartataminotransferaza, laktatadegidrogenaza, ishqoriy fosfataza faolligini tranzitor oshishi;
-me'da-ichak yo‘llari shilliq qavatini ta'sirlanishi.
Vena ichiga tez yuborilganda
-kollaps;
-teri ostiga va mushak ichiga in'ektsiya qilingan joylarda og‘riq.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-nikotin kislotasiga yuqori sezuvchanlik
-arterial gipertenziya va aterosklerozning og‘ir shakllari (vena ichiga in'ektsiya uchun)
-me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi (xuruj davrida)
-jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari
-yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti
-dekompensatsiyalangan qandli diabet
-podagra va giperurekemiya
-homiladorlik va laktatsiya davri
-18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Peroral homilaga qarshi vositalar va izoniazid triptofanni nikotin kislotasiga aylanishini pasaytiradi, shunday qilib, nikotin kislotasiga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi.
Nikotin kislotasi barbituratlar, tuberkulyozga qarshi vositalar, sulfanilamidlarning samaradorligi va zaharliligini pasaytiradi. Sulfanilmochevina preparatlari bilan birga qo‘llanganda qonda glyukoza miqdorini oshiradi. Shuningdek, nikotin kislotasi neomitsinning toksikligini pasaytiradi va u tomondan induktsiya qilingan xolesterin va yuqori zichlikdagi lipoproteidlarning kontsentratsiyasini kamaytiradi.
Antibiotiklar nikotin kislotasi tomonidan chaqirilgan terini qizarishini kuchaytirishi mumkin.
Atsetilsalitsil kislotasi nikotin kislotasining ta'siri ostida paydo bo‘ladigan terini qizarish samarasini kamaytiradi.
Siprofibratni nikotin kislotasi bilan majmuada qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Lovastatin, pravastatin nojo‘ya reaktsiyalarini rivojlanishi xavfini oshishini nazarda tutib, nikotin kislotasi bilan majmuada qo‘llanishi tavsiya qilinmaydi.
Gipotenziv vositalar (gipotenziv ta'siri kuchayishi mumkin), antikoagulyantlar, atsetilsalitsil kislotasi bilan (gemorragiyalarni rivojlanish xavfini nazarda tutib) birga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat fibrinolitik vositalar, spazmolitiklar va yurak glikozidlarining ta'sirini, alkogolning jigarga zaharli ta'sirini potentsiya qiladi.
Tiamin xloridining eritmasi bilan aralashtirish mumkin emas (tiaminni parchalanishi yuz beradi).
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Uzoq vaqt qo‘llash jigarning yog‘li distrofiyasiga olib kelishi mumkinligi tufayli, uning oldini olish uchun bemorlarning parheziga metioninga boy mahsulotlar kiritiladi yoki metionin, lipoat kislotasi buyuriladi. Davolash jarayonida jigar faoliyatini nazorat qilish kerak. Preparatga yuqori sezuvchanlik paydo bo‘lganida (qon tomirlarni kengaytiruvchi vositalar sifatida qo‘llangan hollardan tashqari) nikotinamidga almashtirish mumkin.
Preparat giperatsid gastritda, me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida (xuruj davridan tashqari) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Preparatni qo‘llash qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda insulinga ehtiyojni oshishiga olib kelishi mumkin. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda dislipidemiyani muvofiqlashtirish uchun qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Glyukozaga tolerantlikni pasayishi tufayli, shuningdek davolashni uzoq muddatga cho‘zilishi mumkinligi sababli, qon zardobdagi glyukoza, siydik kislotasining darajasini monitoringini muntazam o‘tkazish kerak.
Glaukomada, qon ketishda, arterial gipotenziyada ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Transportni vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasi ta'sirining o‘ziga xosligi
Dori preparatining nojo‘ya ta'sirlarini hisobga olib, avtotransportni va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo‘ya ta'sirlarni kuchayishi – arterial gipotenziya, bosh og‘rig‘i, xushdan ketishi mumkin, bosh aylanishi, boshga qon oqib kelishini his qilish.
Davolash preparatni bekor qilish, dezintoksikatsion davolash, simptomatik davolash. Spetsifik antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
1,0 ml dan preparat shisha neytral ampulalarda.
5 ampuladan polivinilxlorid plyonkali kontur uyali o‘ramga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Dori vositalarini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Jurabek Laboratories» MCHJ QK
O‘zbekiston Respublikasi, 100003, Toshkent sh., Olmazor ko‘ch. 165,
tel/faks (99871) 150-03-03
Web www.jurabek.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.