Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nitop tab. 30mg №30
Nomi | Narx | |||||
Нитоп таб 30мг № 30 (23F294##2 278) |
UZS 135 700
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Нимодипин
Страна производитель
Швейцария
Дозировка
30 мг
Производитель
Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Anfarm Hellas S.A.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Nitop
Ta'sir etuvchi modda (XPN) nimodipin
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 30 mg nimodipin;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza - 142,5 mg, polividon - 75,0 mg, krospovidon - 44,4 mg, kartoshka kraxmali - 37,5 mg, magniy stearati - 0,6 mg, gipromelloza - 5,4 mg, makrogol 4000 - 1,8 mg, titan dioksidi Ye171 - 1,8 mg.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
kaltsiy kanallarining selektiv blokatorlari, digidropiridin hosilalari.
ATX kodi S08SA06.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
II sinf kaltsiy kanallarining selektiv blokatori, digidropiridon hosilasi.
L tur kaltsiy kanallari bilan tanlab o‘zaro ta'sir qiladi va kaltsiy ionlarini membranalar orqali kirishini bloklaydi. Ko‘proq bosh miya qon tomirlariga tomirlarni kengaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Turli qon tomirlarni toraytiruvchi biologik faol moddalar chaqirgan qon tomirlar spazmini oldini oladi yoki bartaraf qiladi. Qon bilan ta'minlanishi yetarli bo‘lmagan (qon bilan ta'minlanishi normal bo‘lgan sohalar bilan solishtirganda) bosh miya sohalarida perfuziyani yaqqolroq oshishini chaqiradi. Subaraxnoidal qon quyilishlarda serebral qon aylanishiini yaxshilaydi. Miya neyronlarining funktsional holatini barqarorlashtiradi. Xotira va diqqatni jamlash qobiliyatini yaxshilaydi. Tizimli arterial qon bosimiga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganida me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 1 soat davomida erishiladi. Jigardan “birinchi o‘tish”da jadal metabolizmga uchraydi. Biokiraolishligi past. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 95% ni tashkil qiladi. Erta yarim chiqarilish davri 1-2 soat, yakuniy yarim chiqarilish davri - 5-9 soat. Buyraklar (1% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda) va ichak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-Anevrizmatik subaraxnoidal qon quyilishidan keyingi ishemik nevrologik buzilishlarni oldini olish.
-Bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishlari.
-Bosh miya qon aylanishining surunkali buzilishlari xotirani yomonlashishi, diqqatni jamlashni buzilishi.
-Keksa yoshli bemorlardagi yaqqol serebral buzilishlar bilan bo‘lgan ruxiy-emotsional beqarorlik.
-Migrenoz xurujlarni oldini olish.
-O‘tkazilgan insultdan keyingi holat.
-Kognitiv buzilishlar, shu jumladan tirishish sindromlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Anevrizmatik subaroxnoidal qon ketishlar va bosh miya qon aylanishini o‘tkir buzilishlari.
Kattalar tavsiya qilinadigan doza - 2 tabletka har 4 soatda (to‘liq sutkalik doza 360 mg ni tashkil qiladi), tabletkalar ozgina miqdordagi suyuqlik bilan birga butunligicha qabul qilinadi. Tabletkalarni qabul qilish subaroxnoidal qon ketishi boshlanganidan keyin to‘rt kun o‘tgach boshlanadi va 21 kun davom ettirilishi kerak. Xirurgik aralashuvlar holida Nitop tabletkalarini buyurish, 21 kunlik davolash davrini tamomlash uchun davom ettirilishi kerak (dozalash yuqoridagidek).
Nojo‘ya reaktsiyalari rivojlangan bemorlarda, zaruratga qarab doza kamaytirilishi yoki davolash bekor qilinishi kerak.
Jigar faoliyatini jiddiy buzilishlari, ayniqsa jigar sirrozi, “birinchi o‘tish” samarasini pasayishi va metabolik klirensini tushishi tufayli, nimodipinning biokiraolishligini oshishiga olib kelishi mumkin. Samaralari va nojo‘ya samaralari, masalan, qon bosimini tushishi, bunday patsiyentlarda aniqlanishi mumkin. Bunday hollarda doza kamaytirilishi kerak (qon bosimiga qarab) yoki zarurati bo‘lganida davolashni to‘xtatish kerak.
CYP 3A4 ingibitorlari yoki CYP 3A4 induktorlari bilan birga qo‘llanganida dozani tuzatish kerak.
Buyurilishi tabletkalarni butunligicha ozgina miqdordagi suyuqlik bilan, ovqat qabul qilishdan ka'tiy nazar qabul qilish kerak. Dozalar orasidagi interval 4 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Greypfrut sharbatini iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Bosh miya qon aylanishini surunkali buzilishlari 1 tabletkadan sutkada 3 marta 1-3 oy davomida buyuriladi.
Migrenoz xurujlarni oldini olish uchun sutkada 3 marta 1 tabletkadan buyuriladi.
O‘tkazilgan insultdan keyingi holatlar sutkada 3 marta 1 tabletkadan buyuriladi.
Kognitiv buzilishlar sutkada 2-3 marta 1 tabletkadan 1 oy davomida buyuriladi.
Keksa patsiyentlar bu patsiyentlar guruhida dozani o‘zgartirishning hech qanday maxsus talablari yo‘q.
Bolalar pediatrik dozalash aniqlangan emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial gipotenziya, taxikardiya, periferik shishlar, yuz giperemiyasi, qizish yoki issiqlik tuyg‘usi bo‘lishi mumkin.
Ovqat hazm kilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, dispeptik simptomlar, qon plazmasida transaminazalarning kontsentratsiyasini tranzitor oshishi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik; alohida hollarda – uyquni buzilishi, yuqori psixomotor faollik, tajovvuzkorlik, giperkinezalar, depressiya.
Qon yaratish tizimi tomonidan trombotsitopeniya.
Moddalar almashinuvi jarayonlari tomonidan ter ajralishini kuchayishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik, jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari (masalan, jigar sirrozi), rifampitsin yoki tutqanoqqa qarshi preparatlar (fenobarbital, fenitoin, karbamazepin) bilan bir vaqtda buyurish, homiladorlik, laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
-arterial gipotenziyada (sistolik arterial bosim 100 mm sim. ust. dan pastroq);
-buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari bilan birga kechuvchi patologiyasi (glomerulyar filtratsiya minutiga 20 ml dan kam) bo‘lgan keksa patsiyentlarda.
Bosh miya faoliyatini buzilishlarini davolash uchun Nitop qabul qilayotgan, og‘ir yurak yetishmovchiligi bo‘lgan keksa yoshli patsiyentlar muntazam tekshirishga muhtojdirlar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Nitop sitoxrom R450 3A4 ferment tizimi fermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi, shuning uchun jigar fermentlarining faolligini induktsiya qiluvchi yoki ingibitsiya qiluvchi preparatlar, plazmada nimodipinning kontsentratsiyasiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Boshqa sekin kaltsiy kanallarining blokatorlarini qo‘llash tajribasidan kelib chiqib, jigar fermentlarining faolligini induktori bo‘lgan rifampitsinni, nimodipinning metabolizmini tezlashtirish qobiliyatiga egaligini kutish mumkin. Rifampitsin va nimodipin bir vaqtda qo‘llanganida oxirgisining samaradorligi pasayishi mumkin. Sitoxrom R450 3A4 ferment tizimini induktsiya qilovchi tutqanoqqa qarshi preparatlar (fenobarbital, fenitoin va karbamazepin), nimodipinning biokiraolishligini ahamiyatli pasaytiradi, shuning uchun ularni birga qabul qilish mumkin emas. R450 3A4 ferment tizimining faolligini induktsiya qilovchi preparatlar, plazmada nimodipinning kontsentratsiyasini oshirishlari mumkin
• makrolidlar (masalan, eritromitsin). Tuzilishi bo‘yicha yaqin azitromitsin bunday xususiyatlarga ega emas;
• OITV-proteazalarning ingibitorlari (masalan, ritonavir);
• azolli antimikotiklar (masalan, ketokonazol);
• nefazodon va fluoksetin antidepressantlari (birga buyurilganida plazmada nimodipinning kontsentratsiyasini oshishi 50% ga yetadi);
• kvinopristin/dalfopristin;
• simetidin;
• valproat kislotasi.
Bunday preparatlar birga buyurilganida nimodipinning dozasini kamaytirilishi va arterial bosimni monitoringi ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Antidepressant nortriptilin bilan nimodipinni uzoq muddat qo‘llash qon plazmasida nimodipinning kontsentratsiyasini ahamiyatsiz oshishiga olib keladi; nortriptilinning kontsentratsiyasi o‘zgarishsiz qoladi.
Nimodipin quyidagilar bilan birga buyurilganida arterial bosimni pasaytirishi mumkin
-diuretiklar;
-beta-adrenoblokatorlar;
-AAF ingibitorlari;
-AT-1 retseptorlarining blokatorlari;
-boshqa kaltsiy antagonistlari;
-alfa-adrenoblokatorlar;
-metildopa;
-fosfodiesteraza ingibitorlari.
Nimodipin bu guruhlardan bo‘lgan preparatlar bilan birga qo‘llanganida arterial bosimni sinchiklab nazorat qilish talab qilinadi.
Galoperidol bilan uzoq muddatli davolanishda bo‘lgan patsiyentlarda, nimodipinni galoperidol bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Bir vaqtda vena ichiga zidovudin va nimodipinni buyurish, zidovudin uchun AUC ni ahamiyatli oshishiga va nimodipin qo‘llashning samaradorligini pasayishiga olib keladi.
Greypfrut sharbati digidropiridinlarning oksidlanish metabolizmini bostiradi. Greypfrut sharbati va nimodipinni qo‘shishdan saqlanish kerak, chunki bu qon plazmasida nimodipinning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ko‘plab yondosh kasalliklari, og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kalava filtratsiyasining kattaligi minutiga 20 ml dan kamroq) va og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan keksa yoshli patsiyentlarga nimodipinni buyurish, ayniqsa sinchiklab asoslangan bo‘lishi kerak. Davolash vaqtida va u tugatilganidan keyin bunday patsiyentlar muntazam shifokor kuzatuviga muxtojdirlar.
Jigar faoliyatini buzilishlarida birlamchi metabolizmi jadalligini pasayishi va metabolik faolsizlantirilishini sekinlashishi tufayli, nimodipinning biokiraolishligi va buning oqibatida asosiy va nojo‘ya ta'sirlarini oshishi mumkin. Xususan uning gipotenziv samarasi kuchayishi mumkin. Bunday hollarda preparatning dozasini arterial bosimni pasayish darajasiga qarab pasaytirish, zarurati bo‘lganida esa nimodipinni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Homiladorlik
Homilador ayollarda adekvat nazoratli tekshirishlar yo‘q. Og‘iz orqali qabul qilinganida hayvonlarda reproduktiv toksikligining tekshirishlari, garchi tekshirishlar davomida reproduktiv toksikligi aniqlangan bo‘lsada, teratogen ta'sirini ko‘rsatmagan.
Laktatsiya davri.
Nimodipin va uning metabolitlari, ko‘rsatilishicha, odam sutida mavjud bo‘ladi. Emizuvchi onalarga, ushbu dori vositasini qabul qilayotganda emizmaslik maslaxat qilinadi.
In vitro fertilligi.
In vitro kaltsiy antagonistlarini spermatozoidlarning boshchasida qaytuvchi bioximik o‘zgarishlar chaqirish qobiliyatiga ega ekanliklari namoyish qilingan, ular spermaning faoliyatini pasayishi bilan tugashi mumkin.
Bolalar pediatrik dozalari aniqlanganmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Nimodipinni qo‘llash transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatini, arterial bosimni pasayishi va bosh aylanishini paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli buzishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari arterial bosimni yaqqol pasayishi, taxikardiya yoki bradikardiya, qusish, epigastral sohada og‘riqlar, markaziy nerv tizimi faoliyatini buzilish simptomlari. Doza oshirilib yuborilgan holda preparat qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak. Davolash – simptomatik. Birinchi yordam me'dani yuvishni va faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilishni o‘z ichiga oladi. Agar arterial bosimni ahamiyatli pasayishi kuzatilsa, vena ichiga dopamin yoki norepinefrin yuborish kerak. Nimodipinning spetsifik antidotlari ma'lum emas.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 30 mg dan. O‘ramda 30 tabletkadan.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan ximoyalangan joyda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
Qayd etish guvoxnomasining egasi
“Grand Medical Group AG”, Shveytsariya.
”Anfarm Hellas S.A.”, Gretsiyada ishlab chiqarilgan.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.