Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Steklovidnoe telo 2ml №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Комбинированный препарат
Страна производитель
Беларусь
Дозировка
2 мл
Производитель
Белмедпрепараты
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Жидкость для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- ATS kodi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Steklovidnoe telo.
Dori shakli
in'ektsiya uchun suyuqlik
Bir ampulaning tarkibi
shishasimon tana – 2 ml.
Ta'rifi tiniq, biroz sarg‘ish suyuqlik.
Yengil tovlanishi, mayda kristall va to‘qimaviy osilma bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
boshqa dori vositalari.
ATS kodi
V03AX.
Farmakologik ta'siri
Farmakodinamika
si
Qoramol ko‘zlari shishasimon tanasidan olinadigan, hayvonlardan olinadigan preparatdir.
Preparatning farmakologik ta'siri suyak va biriktiruvchi to‘qimaning metabolizmini muvofiqlashtirishdan iborat. Shishasimon tana chandiq to‘qimasini yumshatish va so‘rilib ketishi, sinishlarda suyak qadog‘i hosil bo‘lishini tezlashtirish va periferik nervlar shikastlanganida og‘riqni kamaytirish uchun qo‘llanadi.
Farmakokinetikasi
O‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
-polinevrit, radikulit, nevralgiya, fantom og‘riqlar;
-operatsiyadan keyingi erta davrda biriktiruvchi to‘qimani haddan tashqari o‘sib ketishini oldini olish;
-kuygan, operatsiyadan keyingi, keloid va boshqa chandiqlarni davolash;
-bo‘g‘imlar kontrakturasi;
-sinishlarda suyak qadog‘ini hosil bo‘lishini tezlashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Har kuni 2 ml dan teri ostiga yuboriladi. Davolash kursi nevralgiyalarda – 8-10 kun, chandiq, kontraktura va sinishlarda – 25 kungachani tashkil qiladi.
Takroriy davolash kurslari bir oydan keyin yoki undan keyinroq tavsiya etiladi.
Davolash kursi davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Og‘riqni kuchayishi va yallig‘lanish shaklida allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin; eshakemi, qichishish, toshma, teri giperemiyasi, eritema, anafilaktik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Infektsion kasalliklar, o‘tkir yallig‘lanish jarayonlari, kaxeksiya, nefrit, nefroskleroz, jigar sirrozi, II va III bosqichdagi yurak yetishmovchiligi, onkologik kasalliklar. Homiladorlik va laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida salbiy ko‘rinishlari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Anamnezida og‘ir allergik holatlari bo‘lgan patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Dori vositasini homiladorlarda va emizish davrida ayollarda qo‘llash tajribasi yo‘q, shuning uchun ushbu preparatni bu davrlarda qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Aniqlanmagan.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
“Steklovidnoye telo” dori vositasini qo‘llanganida dozasini oshirib yuborilishini holatlari hozirgi vaqtgacha ta'riflanmagan.
Chiqarilish shakli
2 ml dan ampulalarda №10 o‘ramda yoki kontur uyali o‘ramda №5x1, №5x2.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
RUP «Belmedpreparati»
Belarus Respublikasi, 220007, Minsk sh,
Fabritsius ko‘ch, 30-uy, t./f. (+375 17) 220-37-16,
e-mail medic@belmedpreparaty.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.