Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tanakan tab. 40mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гинкго двулопастного листьев экстракт сухой
Страна производитель
Франция
Дозировка
40 мг
Производитель
Beaufour-Ipsen International
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tanakan® EGb761
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 40 mg 24% ginkgo glikozidlari va 6% ginkgolidlar-bilobalidlar saqlovchi standartlangan ginkgo biloba ekstrakti (EGb 761),
yordamchi moddalar laktoza, mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy, tal'k, magniy stearati.
Qobiq tarkibi makrogol 400, gipromeloza, makrogol 6000, titan dioksidi (E171), temir III oksidi (E172).
Ta'rifi Ikki tomoni qavariq shaklli, dumaloq, qizg‘ish rangli qobiq bilan qoplangan, sindirilganda – to‘q sariq rangli tabletkalar. Hidi o‘ziga xos.
Farmakoterapevtik guruhi
dementsiyalarni davolash uchun boshqa preparatlar.
ATX kodi N06DX02
Farmakologik xususiyatlari
Xujayralardagi moddalar almashinuvi jarayonlari, qonning reologik xususiyatlari va mikrotsirkulyatsiya, shuningdek qon tomirlarning vazomotor reaktsiyalariga ta'sir qiluvchi o‘simlik preparati.
Preparat bosh miya qon aylanishini va bosh miyaning kislorod va glyukoza bilan ta'minlanishini yaxshilaydi.
Barcha qon tomirlar tizimiga arteriyalar, venalar, kapillyarlarga qon tomirlarni boshqaruvchi ta'sirga ega.
Qon oqimini yaxshilanishiga yordam beradi, eritrotsitlarning agregatsiyasiga to‘sqinlik qiladi (anti – sludge effect).
Trombotsitlarni faollashish omiliga (anti – PAF effect) tormozlovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Metabolik jarayonlarni normallashtiradi, to‘qimalarga antigipoksik ta'sir ko‘rsatadi.
Erkin radikallarning hosil bo‘lishiga va hujayra membranalari lipidlarining perekisli oksidlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Bosh miya darajasida ham, periferiyada ham yaqqol shishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Neyromediatorlarni (noradrenalin, dopamin, atsetilxolinni) ajralib chiqishiga, qayta qamrab olinishiga va katabolizmiga va ularning membrana retseptorlari bilan bog‘lanish qobiliyatiga ta'sir qiladi.
Qo‘llanilishi
-turli genezli kognitiv va neyrosensor tanqislik (Altsgeymer kasalligi va turli etiologiyali dementsiyalardan tashqari);
-oyoqlarning surunkali obliterirlovchi arteriopatiyalaridagi o‘zgarib turuvchi cho‘loqlik (Fonteyn bo‘yicha 2 daraja);
-tomir genezli ko‘rishni buzilishlari, uning o‘tkirligini pasayishi;
-eshitishni buzilishi, quloqlarda jaranglash, asosan tomir genezli bosh aylanishi va koordinatsiyani buzilishi;
-Reyno kasalligi va sindromida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, 1 tabletkadan sutkada 3 marta ovqatlanish vaqtida, ½ stakan suv bilan birga buyuriladi.
Davolashning davomiyligi 1 oydan 3 oygacha.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda
- ovqat hazm bo‘lishini buzilishlari;
- teri allergik reaktsiyalari;
- bosh og‘riqlari.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Holatning yaxshilanishini birinchi belgilari davolash boshlanganidan keyin 1 oy o‘tgach namoyon bo‘ladi.
Preparat laktoza saqlashi tufayli, tug‘ma galaktozemiya, glyukoza yoki galaktozaning mal'absorbtsiya sindromi yoki laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarda qo‘llash mumkin emas. Dori vositasini transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir etish hususiyati
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari noma'lum.
Chiqarilish shakli
15 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 2 yoki
6 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Bofur Ipsen Indastri, Fransiya
Beaufour Ipsen Industrie –
28100 Dreux (France)
Qayd etish guvohnoma egasining nomi va mamlakati
Ipsen Pharma SAS, Frantsiya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
100179, Toshkent sh., Olmazor tumani, Chimboy Mavzesi 5 A,
Tel. +99871 229 27 09.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.