Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Turkiya
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Moteris vaginal tab. 250mg. №6 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Moteris
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Askorbin kislotasi
Dori shakli
Vaginal tabletkalar.
Tarkibi
Har bir vaginal tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 250 mg askorbin kislotasi.
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, gipromelloza Ye15, gipromelloza Ye5, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.
Ta'rifi oval ikki tomonlama qavariq, och sariq tusli oq rangdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan, dog‘lari bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Qin mikroflorasining muvozanatini boshqaruvchi preparat.
ATX kodi G01AD03
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Moteris qinda bakteriyalarni o‘sishini ingibitsiya qilib, uning rN ni pasaytiradi va rN normal ko‘rsatkichlarini va qin florasini (Lactobacillus acidophilus, Lactobacillus gasseri) tiklanishiga va bir maromda tutib turishga yordam beradi.
Shunday qilib, qinning rN bir necha kun davomida pasayganida anaerob bakteriyalarni o‘sishini yaqqol susayishi, shuningdek normal florani (Lactobacillus acidophilus, Lactobacillus gasseri) tiklanishi yuz beradi.
Farmakokinetikasi
Tizimli qon oqimida juda kam miqdorda aniqlanadi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• anaerob flora (qin rN ni o‘zgarishi oqibatida) bilan bog‘liq bo‘lgan surunkali yoki qaytalanuvchi vaginit (bakterial vaginoz, nospetsifik vaginit);
• qinning buzilgan mikroflorasini normallashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Intravaginal yuborish uchun mo‘ljallangan.
1 vaginal tabletka qinga, chalqancha yotgan holatda, oyoqlarni tizza bo‘g‘imida biroz bukib, kechqurun uyqudan oldin 1 marta kiritiladi.
Davolash kursi 6 kunni tashkil etadi. Takroriy davolash kurslarini o‘tkazish mumkin. Zarurat bo‘lganida davolash kursini yanada uzoqroq muddatga uzaytirish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya samaralarni uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), juda kam hollarda (< 1/10000).
Juda kam hollarda preparatning komponentlaridan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik kuzatiladi.
Qinda achishish yoki qichishish, shilliqli ajralmalarni ajralishini kuchayishi, vulvani giperemiyasi, shishi kam kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlaridan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
• kandidozli vulvovaginit;
• bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Salitsilatlar organizmdan C vitaminini chiqarilish jarayonini rag‘batlantiradi.
Estrogenlar C vitaminining biokiraolishligini yaxshilaydi.
S vitamini antikoagulyantlarning faolligini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Moteris qinda zamburug‘li mikroflorani o‘sishini bostirmaydi.
Preparatni qo‘llashda, sikllararo yoki menstrual qon ketishlari sababli, tanaffus qilish shart emas.
S vitamini qon zardobida transaminazalar, laktat degidrogenaza va bilirubinning miqdorini o‘zgartirgani kabi, siydikda glyukozaning miqdorini ham o‘zgartiradi.
Achishish va qichishish kabi ko‘rinishlar yondosh asimptomatik zamburug‘li infektsiyani borligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday simptomlar paydo bo‘lganida zamburug‘li infektsiyani istisno qilish uchun tahlil o‘tkazish kerak.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Moteris preparatini homiladorlik va laktatsiya vaqtida qo‘llash mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
Bolalarda preparatni qo‘llash yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish holatlari ta'riflanmagan.
Chiqarilish shakli
Vaginal tabletkalar. 6 tabletka blisterda. 1 blister tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Namlikdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.