Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kuriozin gel 15 gr
Nomi | Narx | |||||
Куриозин гель 15 гр (G36040A##2 276) |
UZS 51 700
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Цинка гиалуронат
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
15 г
Производитель
Gedeon Richter PLC
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гель для наружного применения
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
KURIOZIN® (CURIOSIN®)
Xalqaro patentlanmagan nomi
(XPN) rux gialuronati (zinc hyaluronate)
Chiqarilish shakli
sirtga qo‘llash uchun gel
Tarkibi
1 g gel quyidagilarni saqlaydi
Ta'sir etuvchi moddalar 1,027 mg rux gialuronati (1,00 mg natriy gialuronatga va 0,33 mg rux xlorid aralashmasidan tashkil topgan).
Yordamchi moddalar
Kaliy sorbati, natriy gidroksidi, karbomerlar, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi
Rangsiz yoki deyarli rangsiz, deyarli hidsiz tiniq gel.
Farmakoterapevtik guruhi
Xusnbuzar toshmalarini davolash uchun sirtga qo‘llash uchun boshqa vositalar.
ATX kodi D10AX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Xusnbuzarlarni rivojlanishini ikki asosiy etiologik omillari (yog‘ bezlarinining to‘qimalarining proliferatsiyasi va ularni chiqaruvchi yo‘llarining giperkeratozi) dan tashqari Propionibacterium acnes bakteriyasi ta'siri ostida ishlab chiqariladigan biologik faol moddalar katta ahamiyatga egadir. Bunday o‘zgarishlar shikastlangan to‘qimalarda gialuron kislotasining miqdori pasaytiradi; gialuron kislotasiga bo‘lgan yuqoriehtiyoj Kuriozin gelini mahalliy qo‘llash orqali korrektsiyalanishi mumkin. Gialuron kislotasi - mukopolisaxarid turidagi tabiiy polimer bo‘lib, biriktiruvchi to‘qimaning xujayralararo matriksining muhim elementidir. Boshqa molekulalar va hujayralar bilan fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq o‘zaro ta'sirlari gialuron kislotasini ko‘pchilik biologik jarayonlarning zaruriy komponenti bo‘lishiga olib keladi. Gialuron kislotasi suv molekulalari bilan dispers matriks hosil qiladi va terining tonusi va elastikligini tutib turishga yordam beradi. Proteoglikanlarning boshqa molekulalari bilan bir qatorda gialuron kislotasi ham biriktiruvchi to‘qimaning hujayralararo moddasini barqarorlashtiradi. Preparat tarkibidagi rux P. acnes ning lipazasini faolligini bostiradi, shuningdek antibakterial ta'sir ko‘rsatadi.
Gialuron kislotasisuv molekulalari bilan dispersion matriks hosil qiladi va to‘qimaning nuqsonini to‘ldiradi, hujayralar uchun tabiiy tayanchi bo‘lib xizmat qiladi, granulotsitlar va makrofaglarning faolligini oshiradi, fibroblastlarning proliferatsiyasini va angiogenezni kuchaytiradi. Rux gialuronati natriy tuziga nisbatan bakteriyalarning ko‘pchilik shtammlariga bakteriostatik ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Ekzogen gialuron kislotasining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma'lumotlar yetarli emas. Adabiyotlardagi ma'lumotlariga ko‘ra, sog‘lom ko‘ngillilarda gialuron kislotasining zardobdagi kontsentratsiyasi 10-100 mkg/l oralig‘ida bo‘ladi. Gialuron kislotasining qon zardobidagi kontsentratsiyasi fiziologik sabablarga ko‘ra tonggi soatlarda yuqori bo‘ladi, yosh o‘tishi bilan, shuningdek jigar faoliyatini buzilishlarida uning kontsentratsiyasi oshib boradi. Gialuron kislotasi qon plazmasidan tez chiqariladi, kichik molekulyar massali komponentlarga parchalanishi asosan jigarda yuz beradi. Vena ichiga yuborilganidan keyin yarim chiqarilish davri (t1/2) 2,5-5,5 minutni tashkil qiladi. Gialuron kislotasi buyraklar orqali deyarli chiqarilmaydi (1%). 22 sog‘lom ko‘ngillilarning ma'lumotlarini baholash bo‘yicha 24 soatda 320 mkg tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Og‘irligi yengil va o‘rtacha darajadagi bo‘lgan xusnbuzar toshmalarning hamma turlarini, ayniqsa komedonlarni va papulo-pustulez xusnbuzarlarni mahalliy davolash uchun qo‘llanadi .
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
“
Tarkibi
” bo‘limidagi ta'sir etuvchi moddaga yoki yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Preparatni homiladorlik vaemizish davrida qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalari
Preparat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Gel yupqa qavat qilib kuniga ikki marta surtiladi.
Qo‘llash usuli
Oldindan yaxshilab tozalangan so‘ng terining shikastlangan sohasiga yupqa qavat qilib kuniga ikki marta surtiladi. Preparat bir necha minut davomida so‘riladi, shuning uchun bog‘lov qo‘yishning hojati yo‘q.
Nojo‘yasamaralari
Davolashni boshidayengil achishish hissi yoki qizarish aniqlanishi mumkin, biroq davolash davom ettirilganida ular asta-sekin o‘tib ketadi. Terisi quruq bo‘lgan shaxslarda “tortishish” hissi bo‘lishi mumkin.
Nojo‘ya samara
(MedDRA – SOC [tizimlar va a'zolar bo‘yicha tasnifi bo‘yicha tibiy lug‘at]Tez-tez
(>1/100-<1/10)
Teri va teri osti to‘qimlari tomonidan buzilishlar
Terini achishishi hissi
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi hollari to‘g‘risida xabar qilinmagan.
Boshqa dori preparatlar bilan o‘zaro ta'siri vao‘zaro ta'sirning boshqashakllari
Noma'lum.
Ehtiyotkorlik choralari
Kuriozin geli fotosensibilizatsiyalovchi xususiyatlarga ega emas. Teri va kiyimning rangini o‘zgartirmaydi.
Transport vositasini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Kuriozin geli transport vositasini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
O‘rami
15 g gel teshuvchi uchlikga ega oq polietilen qalpoqli yopiq alyuminiy tubalarda.
Bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil
Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyinishlatilmasin.
Berish tartibi
Shifokor retseptisiz beriladi
Ishlab chiqaruvchi
haqida ma'lumot
“Gedeon Rixter” YoAJ
1103 Budapesht, Demrei ko‘ch., 19-21, Vengriya
Ishlab chiqaruvchi
va buyurtmachining manfaatlarini ifodalovchi kompaniya
“Gedeon Rixter” YoAJ
1103 Budapesht, Demrei ko‘ch., 19-21, Vengriya
Ishonch raqami (qo‘ng‘iroq bepul) 780055500777
Elektron manzil drugsafety@g-richter.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.