Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Фенилэфрин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ukraina
Производитель
ГНЦЛС ОЗ ООО
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Inyeksiya uchun eritma
Mezaton amp. in'ektsiya uchun eritma 10mg/ml 1ml №10 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Mezaton
Ta'sir etuvchi modda (XPN) fenilefrin gidroxloridi
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 10 mg fenilefrin gidroxloridi;
yordamchi moddalar glitserin, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
adrenergik va dopaminergik preparatlar.
ATX kodi S01C A06.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Mezaton – α1-adrenomimetik, yurakning β-adrenoretseptorlariga biroz ta'sir qiladi. Katexolamin bo‘lib hisoblanmaydi, chunki aromatik yadroda faqat bir gidroksil guruhini saqlaydi. Arteriolalarni torayishini va arterial bosimni oshishi (mumkin bo‘lgan refrektor bradikardiya bilan) chaqiradi. Norepinefrin va epinefrin bilan solishtirilganda, arterial bosimni kamroq darajada keskin oshiradi, ammo davomli ta'sir qiladi, chunki katexol-ο-metiltransferaza ta'siriga kamroq moyil. Qonning minutlik hajmini oshishiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Ta'siri yuborilgandan keyin darhol boshlanadi va vena ichiga yuborilganidan keyin 5-20 minut davomida davom etadi. Teri ostiga yuborilganida ta'siri 50 minutgacha davom etadi. Mushak ichiga yuborilganda 1-2 soatgacha davom etadi.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yuborilganidan keyin tizimli qon oqimiga tez so‘riladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi past. Jigarda deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi. Buyraklar orqali metabolitlari holida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Arterial gipotenziya.
Shok (jarohat, toksik).
Vazodilatatorlarning dozasi oshirib yuborilganida yurak yetishmovchiligi.
Mahalliy anesteziya o‘tkazishda vazokonstriktor sifatida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat kattalarga vena ichiga, mushak ichiga va teri ostiga qo‘llanadi. Kollapsda preparat vena ichiga yuborilganida bir martalik doza – 1% li eritmaning 0,1-0,3-0,5 ml ni tashkil etadi. Vena ichiga bir martalik doza 5% li glyukoza eritmasi yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasining 20 ml da suyultiriladi, sekin oqim bilan yuboriladi. Zarurati bo‘lganida takroran yuboriladi.
Preparatni vena ichiga tomchilab yuborishga ruxsat etiladi, buning uchun 1 ml 1% Mezaton eritmasi 5% li glyukoza eritmasining 250-500 ml da suyultiriladi.
Mushak ichiga va teri ostiga yuborilganida kattalar uchun bir martalik doza 1% li eritmaning 0,3-1 ml ni tashkil qiladi.
Mahalliy anesteziyada 1% li eritma 0,3-0,5 ml dan 10 ml anestetik eritmasiga qo‘shiladi.
Preparatning davomli infuziyasidan keyingi “bekor qilish” sindromini bartaraf qilish uchun (preparatni bekor qilinishiga javoban arterial bosimni takror pasayishi) dozani sekin-asta kamaytirish kerak.
Agar sistolik arterial bosimi 70-80 ml sim. ust. gacha pasaysa, infuziya qayta boshlanadi.
Kattalar uchun mushak ichiga va teri ostiga yuborilganidagi yuqori dozalari bir martalik – 10 mg, sutkalik – 50 mg. Vena ichiga yuborilganidagi yuqori dozalari bir martalik – 5 mg, sutkalik – 25 mg ni tashkil etadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan stenokardiya xurujlari, bradikardiya, arterial bosimni oshishi yoki pasayishi, taxikardiya, yurak qorinchalari aritmiyasi (ayniqsa yuqori dozalarda qo‘llanganida), yurak urishini kuchayishi.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, ta'sirchanlik, harakat bezovtaligi, bosh aylanishi, qo‘rquv hissi, bezovtalik, holsizlik, yuz terisini oqarishi, tremor, tirishishlar, bosh miyaga qon quyilishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi.
Nafas tizimi tomonidan dispnoe.
Allergik reaktsiyalar teri toshmalari, qichishish.
Ko‘rish a'zolari tomonidan ko‘zlarda og‘riq, kon'yuktivani qizarishi, qovoqlar tomonidan allergik reaktsiyalar, midriaz.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan siyishni buzilishi, siydikni tutilishi.
Boshqalar ko‘p terlash, gipersalivatsiya, oyoq-qo‘llarda sanchiq va sovuq qotish hissi, oqib kelishlar, giperglikemiya.
Preparat qitiqlovchi ta'sir ko‘rsatadi, yuborish joyida o‘zgarishlar, nekroz bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Arterial gipertenziyaning hamma turlari, kardioskleroz, galotan yoki siklopropan ishlatilgan narkoz, gipertrofik kardiomiopatiya, feoxromatsitoma, yurak qorinchalarining fibrillyatsiyasi, qon tomirlarining okklyuzion kasalliklari arterial tromboemboliya, arteroskleroz, obliteratsiyalovchi trombangiit (Byurger kasalligi), Reyno kasalligi, sovuq urishda qon tomirlarini spazmlarga moyilligi, diabetik endarteriit, tireotoksikoz, taxiaritmiya, metabolik atsidoz, giperkapniya, gipoksiya, yopiq burchakli glaukoma, aortani boshlanish qismining og‘ir stenozi, o‘tkir miokard infarkti, porfiriya, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, qandli diabetida qo‘llash mumkin emas. Siydik tutilishini yuqori xavfi mavjud bo‘lgan prostata bezi kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar. MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish va ularni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin 14 kun davomida. Keksa yoshdagi patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Diuretiklarning va gipotenziv dori vositalarining gipotenziv samarasini pasaytiradi. Neyroleptiklar, fenotiazin hosilalari preparatning gipertenziv samarasini pasaytiradi. MAO ingibitorlari, oksitotsin, shoxkuya alkaloidlari, tritsiklik antidepressantlar, metilfenidat, adrenomimetiklar Mezatonning pressor samarasini va aritmogenligini kuchaytiradi.
β-adrenoblokatorlar preparatning kardiostimulyatsiya qiluvchi faolligini kamaytiradi. Preparatni rezerpinni avvalgi qabul qilish fonida qo‘llash, adrenergik nerv oxirlarida katexolaminlarning zahirasini kamayishi va adrenomimetiklarga yuqori sezuvchanlik oqibatida gipertonik krizni rivojlanishini chaqirishi mumkin. Ingalyatsion anestetiklar (shu jumladan xloroform, enfluran, galaton, izofluron, metoksifluran) yurak bo‘lmachalari va qorinchalari og‘ir aritmiyalarini paydo bo‘lishi xavfini oshiradi, chunki miokardning simpatomimetiklarga bo‘lgan sezuvchanligini keskin oshiradi. Ergometran, ergotamin, metilergometrin, oksitotsin, doksapram vazokonstriktor samaraning yaqqolligini oshiradi. Nitratlarning antianginal samarasini pasaytiradi, ular o‘z navbatida Mezatonning pressor samarasini pasaytirishi va arterial gipotenziyani (kerakli terapevtik samaraga erishishga qarab bir vaqtda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi) paydo bo‘lish xavfini kamaytirishi mumkin. Tireoid gormonlar preparatning samaradorligini (o‘zaro) va ular bilan bog‘liq bo‘lgan koronar yetishmovchiligining (ayniqsa koronar arterosklerozda) paydo bo‘lishi xavfini oshiradi.
Mezatonni tug‘ruq vaqtida arterial gipotenziyani muvofiqlashtirish uchun tug‘ruq faoliyatini rag‘batlantiruvchi vositalarni (vazopressin, ergometrin, metilergometrin) qo‘llash fonida qo‘llash, tug‘ruq davridan keyingi davrida arterial bosimni turg‘un oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Nomutanosibligi.
Preparatni boshqa dori vositalari bilan bir idishda aralashtirish maqsadga muvofiq emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Shok holatlarini davolashni boshlashdan oldin yoki davolash vaqtida albatta gipovalemiyani, gipoksiyani, atsidozni va giperkapniyani muvofiqlashtirish kerak.
Preparat bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi, kichik qon aylanishi doirasidagi arterial gipertenziya, gipovalemiya, yurak qorinchalari aritmiyasi bo‘lganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Davolanish davrida EKG ni, arterial bosimni, qonning minutlik hajmini, oyoq-qo‘llardagi qon aylanishini va in'ektsiya joyini nazorat qilish kerak. Arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda medikamentoz kollaps holida sistolik arterial bosimini odatdagidan 30-40 mm sim. ust. past darajada tutib turish yetarlidir.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Preparatni qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Bolalar. Preparat bolalarda qo‘llanmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir etish xususiyati
Preparat qo‘llanganida avtotransportni boshqarish va boshqa xavfli mexanizmlar bilan ishlash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari yurak qorinchalari ekstrasistoliyasi, qorinchalar taxikardiyasining paroksizmlari, bosh yoki oyoq-qo‘llarda og‘irlik hissi, arterial bosimni haddan ziyod oshishi.
Davolash vena ichiga qisqa ta'sirli α-adrenoblokatorlar (fentolamin) yuboriladi. Yurak ritmini buzilishida β-adrenoblokatorlar (propranolol) yuboriladi.
Chiqarilish shakli
1 ml dan ampulalarda, 10 ampuladan qutida; 5 ampuladan blisterda, 2 blisterdan qutida; 10 ampuladan blisterda, 1 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
.
«Farmatsevticheskaya kompaniya «Zdorovye» MChJ
Qayd etish guvohnomasi berilgan yuridik shaxsning nomi
«Opitniy zavod «GNTSLS» MChJ
Manzili
Ukraina,61013, Xarkov sh., Shevchenko ko‘ch., 22
(«Farmatsevticheskaya kompaniya «Zdorovye» MChJ)
Ukraina, 61057, Xarkov sh., Vorobyev ko‘ch., 8.
(«Opitniy zavod «GNTSLS» MChJ)
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.