Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
| Nomi | Narx | |||||
| Ангал пастилки со вкусом лимона №24 (61418##2 770) |
UZS 56 500
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Хлоргексидин, лидокаин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Sloveniya
Производитель
Lek d.d.
Chiqarillish shakli
Пастилки
Angal limon ta’mli pastilalar №24 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning nomi
- Preparatning savdo nomi
- Xalqaro patentlanmagan nomi
- Ta‘sir qiluvchi modda
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash mumkin holatlar
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Dorilarning o‘zaro ta‘siri
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Nojo‘ya ta‘sirlari
- Nojo‘ya ta‘sir
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- O‘rami
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalarda berish tartibi
- Ishlab chiqaruvchi
Preparatning nomi
ANGAL® LIMON
Preparatning savdo nomi
ANGAL® LIMON
Xalqaro patentlanmagan nomi
Xlorgeksidin + lidokain
Chlorhexidine + Lidocaine
Ta‘sir qiluvchi modda
Xlorgeksidin digidroxloridi + lidokain gidroxloridi
Dori shakli
Pastilkalar
Ta’rifi
Ta’rifi oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq, limon ta’mli pastilkalar.
Tarkibi
Bitta pastilka 5 mg xlorgeksidin digidroxloridi va 1 mg lidokain gidroxloridini saqlaydi.
Yordamchi moddalar ro‘yxati Sorbitol (E420), magniy stearati (E572), aspartam (E951), limon hushbo‘ylantiruvchi (benzil spirti, etanol, kaliy va natriy saqlaydi), atsesulfam kaliy (E950).
Farmakoterapevtik guruhi
Tomoqqa ta’sir qiluvchi dori vositalari.
ATX kodi R02A.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Lidokain gidroxloridi amid tipiga mansub periferik mahalliy anestetik bo‘lib hisoblanadi. U yuzaki og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Mahalliy anestetik bo‘lib, lidokain ushbu guruhga mansub boshqa preparatlarga o‘xshash ta’sir mexanizmiga ega; ular sensor, harakat va vegetativ nerv tolalarida impuls generatsiyasi va o‘tkazilishini oldini oladi. Asosan xujayra membranasiga ta’sir ko‘rsatadi, u yerda ion kanallarini bloklaydi va shu orqali membrana orqali natriy ionlarini kirishini kamaytiradi. Nerv bo‘yicha og‘riq qoldiruvchi ta’sirini avj oluvchi tarqalishi tufayli elektrik qo‘zg‘alish bosqichasi oshadi, nerv impulsini o‘tkazilishi sekinlashadi, harakat potentsialini ishlab chiqilishi susayadi; yakuniy natijada impulsni o‘tkazilishi butunlay bloklanadi. Umuman olganda mahalliy ta’sirga ega anestetiklar vegetativ nervlarni, yirik mielinizatsiyalangan tolalarga (tegish hissi, bosim) nisbatan mayda mielinizatsiyalanmagan (og‘riq hissi) va mayda mielinizatsiyalangan (og‘riq hissi, harorat) tolalarni tezroq bloklaydi.
Molekulyar darajada lidokain nofaol holatda natriy ion kanallarini bloklaydi va shu orqali harakat potentsialini shakllanishiga to‘sqinlik qiladi. Ushbu mexanizm lidokainni nerv yaqinida mahalliy qo‘llanilganda nerv impulsini o‘tkazilishini oldini oladi.
Periferik nervlarga ta’siri lidokainni mahalliy ta’sirga ega anestetik sifatida qo‘llanilganda ahamiyatga ega bo‘ladi. Samaradorlik va toksiklik nisbati ijobiy bo‘lib qoladi. Lidokainga allergik reaksiyalar juda kam hollarda uchraydi.
Periferik nervlarni o‘tkazishni bloklashdan tashqari, mahalliy anestetiklar impulslarni o‘tkazish paydo bo‘ladigan barcha a’zolarga ta’sir ko‘rsatadi. MNT, vegetativ gangliyalar, nerv-mushak birikmalari va mushak tolalarining barcha turlariga ta’siri kuzatilgan. Lidokain shuningdek Ib sinf aritmiyaga qarshi vosita bo‘lib ham hisoblanadi.
Xlorgeksidin kation bisbiguanid antiseptik bo‘lib hisoblanadi. U grammusbat (Micrococcus sp., Staphylococcus sp., Streptococcus sp., Bacillus sp.) va kamroq darajada grammanfiy mikroorganizmlarga, asosan ularning vegetativ shakllariga ta’sir ko‘rsatadi (odatdagi haroratlarda sporlarga ta’sir ko‘rsatmaydi). U shuningdek dermatofitlar va zamburug‘larga nisbatan zamburug‘larga qarshi ta’sirga ega. Ayrim lipofil viruslarning (masalan gripp, gerpes, OITV viruslari) yuqish qobiliyatini pasaytiradi. Past konsentratsiyalarda bakteriostatik, yuqori konsentratsiyalarda esa – bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi.
Xlorgeksidin molekulasi kuchli musbat zaryadga ega; shuning uchun u bakterial xujayra devorining manfiy zaryadlangan sohalarga so‘riladi. So‘rilishi spesifik va bakterial xujayra devorining fosfatlar saqlovchi maxsus sohalarda amalga oshadi, bu xujayra membranasini shikastlanishini chaqiradi va uning o‘tkazuvchanligini oshiradi. Xlorgeksidin tish, tish karashi yoki og‘iz bo‘shlig‘i yuzasiga so‘riladi va shu orqali og‘iz bo‘shlig‘ida uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Antiseptiklar va dezinfeksiya qiluvchi vositalarning samaradorligi konsentratsiya, harorat va ta’sir vaqtiga bog‘liq.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Peroral va mahalliy qo‘llanilganda xlorgeksidinni so‘rilishi past.
Xlorgeksidin shikastlanmagan teriga mahalliy qo‘llanilganda terining tashqi qavatlariga so‘riladi, bu terida uzoq vaqt mikroblarga qarshi ta’sirni ta’minlaydi. Farmakokinetik tadqiqotlar jarayonida og‘iz bo‘shlig‘ini chaygandan keyin unda taxminan 30% xlorgeksidin qolishi namoyish qilingan, u keyinchalik asta-sekin so‘lakka chiqariladi.
Taqsimlanishi
Xlorgeksidin so‘lakda oqsillar bilan yaxshi bog‘lanadi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Xlorgeksidin organizmada to‘planmaydi. Uning juda kam miqdori metabolizmga uchraydi. 300 mg xlorgeksidin glyukonati qabul qilingandan keyin dozani taxminan 90% safro orqali axlat bilan va dozani 1% dan kamrog‘i – siydik bilan chiqariladi.
Lidokain
So‘rilishi
Lidokainni so‘rilishi turlicha, u uni qo‘llash joyi va usuliga bog‘liq. U me’da-ichak yo‘llarida, shilliq qavatlar va shikastlangan teri orqali tez so‘riladi. Sog‘lom kattalarda og‘izni chayish uchun 2% li eritma qo‘llanilgandan keyin qon plazmasida lidokain aniqlanmagan. Bolalarda, shuningdek immuniteti susaygan kattalarda lidokain og‘iz shilliq qavati orqali plazmaga qayta so‘riladi. Ko‘rsatkichlar taxminan 0,2 mkg/ml ni tashkil qilgan, garchi toksik plazmadagi konsentratsiyasi 5 mkg/ml ni tashkil qiladi. Mahalliy qo‘llaganda lidokainning og‘riq qoldiruvchi ta’siri 2-5 minutdan keyin namoyon bo‘ladi va 30-45 minut davom etadi. Og‘riq qoldirish yuzaki va shilliq qavatlar ostida joylashgan strukturalarga tarqalmaydi.
Taqsimlanishi
Lidokain to‘qimalarda (buyrak, o‘pka, jigar, yurak, yog‘ to‘qimasi) yaxshi taqsimlanadi. Lidokain gematoensefalik to‘siq va yo‘ldosh orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Lidokain jigarda birlamchi metabolizmga uchraydi. Peroral qo‘llanilgandan keyin uning biokiraolishligi 35% ni tashkil qiladi. 90 % jigarda dietilizatsiyaga uchraydi. Birinchi ikkita metabolitlari farmakologik jihatdan faol. Ayrim bemorlarda ushbu ikkita metabolitlar markaziy nerv tizimiga toksik ta’sir ko‘rsatadi. Lidokain asosan metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali, 10% o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Kattalalarda lidokainning biologik yarim chiqarilish davri 1,5-2 soatni tashkil qiladi.
Lidokain metabolitlarining biologik yarim chiqarilish davri – 2 dan 10 soatgacha.
Qo‘llash mumkin holatlar
Angal Limon pastilkalari ikki tomonlama ta’sirga ega (mikroblarga qarshi va og‘riq qoldiruvchi) va shuning uchun quyidagi holatlarda qo‘llanadi
• Og‘iz bo‘shlig‘i (stomatit, gingivit) va halqum shilliq qavatini yallig‘lanishini (faringit) davolash;
• Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yallig‘lanishida og‘riqni yengillashtirish;
• Tomoqni yallig‘lanishi simptomlarini (yutganda og‘riq, ta’sirlanish) yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Angal Limon pastilkalari kattalar, o‘smirlar va 5 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan.
Qo‘llash bo'yicha tavsiyalar
Dozalar
Kattalar sutkada 6–10 pastilkalar.
Katta odam uchun maksimal bir martalik doza 5 mg xlorgeksidin digidroxloridi va 1 mg lidokain gidroxloridini tashkil qiladi.
Maksimal sutkalik doza 50 mg xlorgeksidin digidroxloridi va 10 mg lidokain gidroxloridini tashkil qiladi.
Bolalar
12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar sutkada 6–10 pastilkalar.
5-12 yoshdagi bolalar sutkada 3-5 pastilkalar.
5 yoshdan kichik bolalarda Angal Limon pastilkalari qo‘llash mumkin emas (4.3 bo‘limga qarang).
Qo‘llash usuli va dozalari
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda mahalliy qo‘llash uchun buyuriladi.
Bir marta qabul qilishda bitta pastilka og‘izda sekin shimiladi; faol moddalar sekin ajralib chiqadi va asta-sekin mahalliy ta’sir qiladi.
Angal Limon pastilkalari ko‘pincha tish pastalarida mavjud bo‘lgan ayrim moddalar bilan nomutanosib. Shuning uchun Angal Limon pastilkalari qo‘llash va tishlarni tozalash orasida kamida yarim soat vaqt o‘tishi kerak. Pastilkalarni bevosita ovqatlanishdan oldin yoki ovqatlanish vaqtida qabul qilinmaydi.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda mahalliy qo‘llash.
Qo‘llash usuli
Bitta pastilka og‘izda sekin shimiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tana haroratini oshishi bilan kechuvchi bakterial infeksiyalarda maxsus davolashni o‘tkazish zarur; bunday holatlarda Angal Limon pastilkalari tomoqda og‘riqni yengillashtirish uchun qo‘shimcha preparat sifatida qo‘llanadi.
Dimlangan yurak yetishmovchiligi yoki jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda ushbu preparatni qo‘llaganda, shuningdek lidokain analoglarini (I sinf antiaritmik preparatlar) birga qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bunday holatlarda lidokainning noxush samaralari kuchayishi kuzatilishi mumkin.
Allergik reaksiyalarga moyillik bo‘lganida Angal Limon pastilkalari ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
O‘z-o‘zini davolash uchun ushbu preparatni haddan tashqari tez-tez yoki uzluksiz 3-4 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas. Preparatni qo‘llash davomiyligini tomoqda yallig‘lanish chaqirgan og‘riq va ta’sirlanishni yengillashtirish uchun zarur bo‘lgan davr bilan cheklanishi kerak. Agar ushbu preparatni uch-to‘rt kun davomida qo‘llagandan keyin holat yaxshilanmasa, qo‘shimcha davolashni buyurish kerak.
Bitta pastilka 1,2 g sorbitol (E420), 5 mg aspartam (E951) va 0,000024 mg etanol saqlaydi.
Tarkibi
da sorbitol (E420) mavjudligi tufayli, fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan odamlar preparatni qabul qilmasliklari kerak. Sorbitol 10 g yoki undan ortiq miqdorda yengil surg‘i ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Sorbitolning kaloriyasi 2,6 kkal/g ni tashkil qiladi.
Preparat fenilalanin manbai bo‘lib hisoblangan aspartam (E951) saqlaydi. U fenilketonuriyasi bo‘lgan odamlarga zarar yetkazishi mumkin.
Preparat oz miqdorda, aynan bitta pastilkada 100 mg dan kamroq etanol (spirt) saqlaydi.
Bolalar
5 yoshdan kichik bolalarni davolash uchun Angal Limon pastilkalari qo‘llash mumkin emas.
Qandli diabeti bo‘lgan pasientlar
Preparat qand (saxaroza) saqlamaydi, shuning uchun qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda qo‘llash uchun mos keladi.
Qo‘llash davomiyligi
Angal Limon pastilkalari uch-to‘rtta kundan ortiq, shuningdek haddan tashqari tez-tez qo‘llash mumkin emas.
Agar ushbu preparatni qo‘llash vaqtida pasientning holati yaxshilanmasa yoki pasientda tana haroratini oshishi bilan kechuvchi bakterial infeksiya bo‘lsa, infeksiyani qo‘shimcha davolash zarur.
Nojo‘ya ta‘sir
lari
Og‘iz bo‘shlig‘ida va tomoqda qisqa vaqt davomida va tavsiya etilgan dozalarda mahalliy qo‘llanilganda dori preparati yaxshi o‘zlashtiriladi.
Nojo‘ya samaralar tasnifi MedDRA a’zolar tizimi sinfi va ularning tez-tezligini shartli belgilari bo‘yicha keltirilgan.
Juda tez-tez (≥ 1/10) Tez-tez (≥1/100 va <1/10) Tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100) Kam hollarda (≥1/10000 va <1/1000) Juda kam hollarda (<1/10000)
Tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida tez-tezligini aniqlab bo‘lmaydi).
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma’lum metgemoglobinemi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez yuqori sezuvchanlikning teri reaksiyalari.
Kam hollarda yuqori sezuvchanlikning og‘ir darajadagi reaksiyalari, shu jumladan anafilaktik shok.
Tez-tezligi noma’lum sekinlashgan tipdagi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (kontakt allergiya, fotosezuvchanlik) yoki teri tomonidan boshqa reaksiyalar, shuningdek ularni birga kuzatilishi.
Ruhiy buzilishlar
Tez-tezligi noma’lum xavotirlik, bezovtalik, eyforiya.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma’lum uyquchanlik, bosh aylanishi, dezorientatsiya, ongni chalkashishi (shu jumladan nutqni chalkashishi), tremor, psixoz, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, paresteziya, uvishish, tirishishlar, hushdan ketish va koma.
Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma’lum ko‘rishni buzilishi, shu jumladan ko‘rishni noaniqligi yoki ko‘zlarda ikkilanish.
Eshitish a’zosi va muvozanat tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma’lum quloqlarda shovqin.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma’lum hansirash, respirator distress sindrom, nafasni susayishi, nafasni to‘xtashi.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez ko‘ngil aynashi, qusish, qorinda og‘riq.
Tez-tezligi noma’lum yutganda qiyinchiliklar, og‘iz bo‘shlig‘ida yaralar.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda kontakt dermatit.
Tez-tezligi noma’lum lixenoid reaksiya.
Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma’lum mushak tortishishlari yoki tremor.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Tez-tezligi noma’lum asteniya, ta’m bilishni o‘tuvchan buzilishlari va tilda achishish hissi, sovush yoki qizish hissi.
Butun og‘iz bo‘shlig‘iga sepish bilan xlorgeksidinni uzoq vaqt va uzluksiz qo‘llaganda tishlarni vaqtincha to‘qlashishi kuzatilishi mumkin. Tishlarni bunday to‘qlashishini bartaraf etish mumkin. Hozirgi vaqtgacha preparatni halqumga mahalliy qo‘llaganda tishlarni to‘qlashishi haqida xabarlar kelib tushmagan.
Bolalar
Bolalarda nojo‘ya samaralarni rivojlanishi tez-tezligi va og‘irlik darajasi kattalardagiga o‘xshash bo‘lishi kutiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Preparatning ta’sir etuvchi moddalari yoki yordamchi moddalariga yoki amid tipidagi mahalliy anestetiklarga yuqori sezuvchanlik;
• 5 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Lidokain CYP1A2 fermentining ingibitori va kamroq darajada - 2D6 va 3A4 izofermentlarining ingibitori bo‘lib hisoblanadi, shunga qaramasdan, preparatni yuqorida ta’riflangan fermentlarning substratlari bilan birga qo‘llaganda o‘zaro ta’sirlarga muvofiq klinik ahamiyatli emas. Lidokainni og‘ir metallarni saqlovchi boshqa dezinfeksiya qiluvchi eritmalar bilan majmuada qo‘llash mumkin emas. Vazofaol moddalar bilan birga o‘tkazilayotgan ionoforez lidokainni transdermal yetkazilishiga ta’sir qilishi mumkin.
Lidokainni quyidagi preparatlar bilan klinik ahamiyatsiz o‘zaro ta’sirlari ta’riflangan miorelaksantlar, boshqa aritmiyaga qarshi preparatlar, gidantoinlar (tutqanoqqa qarshi vositalar), epinefrin, opioid preparatlar, beta-blokatorlar, simetidin, antiaritmik preparat meksiletin bilan. Shuningdek kokainni qabul qilish chaqirgan miokard infarkti bo‘lgan pasientlarda ham ahamiyatsiz o‘zaro ta’sirlar kuzatilgan.
Angal Limon preparatini xolinesteraza ingibitorlari (masalan neostigmin, distigmin, piridostigmin) yoki miasteniya gravisni davolash uchun qo‘llanadigan boshqa dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Ushbu preparat bilan davolash vaqtida tomoqni dezinfeksiya qilish uchun boshqa mahalliy antiseptiklarni qo‘llash mumkin emas. Bu Angal spreyiga taalluqli emas, u pastilkaga o‘xshash xlorgeksidin va lidokain saqlaydi. Pastilkalarning bir martalik dozasi spreyning bir martalik dozasini o‘rnini bosadi. Sprey va pastilkalarni birga qo‘llaganda yo‘l qo‘yiladigan sutkalik dozani oshirish mumkin emas.
Bolalarni davolaganda Angal sprey va pastilkalari bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Xlorgeksidin saqlovchi eritmalar ayrim sovunlar va boshqa anion moddalar (masalan alginatlar, tragakantom, kaolin kabi erimaydigan kukunlar va kalsiy, magniy yoki ruxning erimaydigan birikmalari) bilan nomutanosib, ular ko‘pincha tish pastalari tarkibiga kiradi. Shuning uchun tish pastasini qo‘llash va Angal Limon pastilkalari qo‘llash orasida kamida 30 minut vaqt o‘tishi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya vaqtida qo‘llanishi
Homiladorlik davri
Homiladorlikda lidokainning farmakokinetikasi va (yoki) farmakodinamikasini buzilishlari toksik samaralar paydo bo‘lishi sababi bo‘lishi mumkin. Homiladorlik vaqtida ishonchli va nazoratlanmagan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Emizish davri
Lidokain metabolitlari ko‘krak sutiga kiradi, ammo emizikli bolalarda noxush reaksiyalar kuzatilmagan. Xlorgeksidinni ko‘krak sutiga kirishi haqida ma’lumotlar mavjud emas.
Shunga qaramasdan, kutilgan foyda xavfdan yuqori bo‘lgan holatlardan tashqari holatlarda homiladorlik va emizish davrida Angal Limon pastilkalari qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Fertillik
Lidokain va xlorgeksidinni odam fertilligiga ta’siri haqida ma’lumotlar yo‘q.
Avtotransportni boshqarishga ta’siri
Ushbu preparatni transport vositalarini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi yoki juda kuchsiz ta’sir qiladi.
Dozani oshirib yuborilishi
Ushbu dori preparati ikkita faol moddaning to‘liq toksik dozasini saqlamasligi va og‘iz bo‘shlig‘ida mahalliy qo‘llanilishiga qaramasdan, yanglishish yoki ehtiyotsizlik oqibatida preparatni haddan tashqari yuqori dozasini yutib yuborish ehtimoli mavjud. Bu ayniqsa bolalarga taalluqli.
Xlorgeksidin me’da-ichak yo‘llaridan ahamiyatsiz darajada so‘riladi. Lidokain tezroq so‘riladi, ammo uning biokiraolishligi faqatgina 35% ni tashkil qiladi. Agar qon plazmasida lidokainning konsentratsiyasi 6 mg/l dan oshsa, lidokainning toksik samaralari yuzaga keladi.
Preparatni haddan tashqari yuqori dozalari (sutkada 20 pastilkadan ko‘proq) qo‘llanilganda ayrim holatlarda yutishni buzilishi kuzatilishi mumkin (yutish refleksini nazorat qilishni susayishi).
Markaziy nerv tizimi va yurak-qon tomir tizimiga ta’siri natijasida tizimli intoksikatsiya yuzaga keladi.
Dozani oshirib yuborilishi
ning birinchi simptomlari markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Tizimli intoksikatsiyada quyidagi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin
• Markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Bosh og‘rig‘i, gallyutsinatsiya, bosh aylanishi, uyquchanlik, qo‘zg‘alish, quloqlarda shovqin (tinnitus), paresteziya, nutq yoki eshitishni buzilishlari, og‘iz sohasida uvishish, metabolik atsidoz, nistagm, mushak tremori, psixozlar, konvulsiyalar, nafasni to‘xtashi, koma, tirishishlar, ong darajasini pasayishi.
• Yurak-qon tomir tizimiga ta’siri
Qon-tomirlarni yetishmovchiligi, og‘ir darajadagi bradikardiya, yurak aritmiyalari (sinus tugunini to‘xtashi, taxiaritmiya), yurakni to‘xtashi.
Shuningdek xlorgeksidin dozasini oshirib yuborilishining alohida holatlari haqida ma’lum. Bunday holatlarda quyidagi samaralar kuzatilgan faringeal shish, qizilo‘ngachni nekrotik shikastlanishlari, qon zardobida aminotransferaza darajasini oshishi (hatto normadan 30 marta yuqori darajagacha), qusish, me’da va o‘n ikki barmoq ichak eroziyalari (shu jumladan faol atrofik gastrit), eyforiya, ko‘rishni buzilishi va ta’m bilishni to‘liq (8 soat davom etuvchi) yo‘qolishi.
Ikkala moddalarning o‘tkir, nimo‘tkir va surunkali toksikligi haqida ma’lumotlarga asoslanib, to‘g‘ri qo‘llanilganda va faol moddalar pastilkalardagi o‘xshash konsentratsiyalarda qo‘llaganda lidokainning asosan tizimli samaralarini yuzaga kelishi xavfi juda past va faqat preparatni qabul qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarni ahamiyatli buzishlar bilan bog‘liq.
Tizimli intoksikatsiyada davolash
Intoksikatsiya simptomlari paydo bo‘lganda preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish kerak. Qusishni chaqirish va me’dani yuvish kerak. Anion moddalarni qo‘llash ko‘rsatilgan. Og‘irroq holatlarda nafas va qon aylanishini tutib turish uchun, shuningdek degidratatsiyani oldini olish uchun pasientni gospitalizatsiya qilish kerak. Tirishishlarni davolash uchun tanlov preparati bo‘lib diazepam hisoblanadi.
Chiqarilish shakli
12 pastilkadan blisterda (PVX/PXTFE yoki PVX/ PE/PVDX va alyumin folga). 24 pastilkadan qutida.
O’rami
12 pastilkadan blisterda (PVX/PXTFE yoki PVX/ PE/PVDX va alyumin folga). 24 pastilkadan qutida.
Saqlash sharoiti
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Pastilkalarni namlikdan himoyalash uchun original o‘ramida 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O‘rami
da ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalarda berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Lek d.d., Verovshkova 57, Lyublyana, Sloveniya
Kvalifar N.V., Bornem, Belgiya bilan hamkorlikda.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi
Lek d.d., Verovshkova 57, Lyublyana, Sloveniya.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e’tiroz (taklif) larni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Sandoz Farmasyutikals d. d.» vakolatxonasi
100015, Toshkent sh., Oybek ko‘ch., 24 uy. Telefon +99878-147-03-35
Iste’molchilarning e’tirozlari quyidagi el.pochta manziliga yuborilsin drugsafety.cis@novartis.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.