Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Анзибел классик таблетки для рассасывания № 30 (ТAPA04AC##2 309) |
UZS 51 200
UZS 53 400
-4%
Экономия UZS 2 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Хлоргексидин, бензокаин, эноксолон
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Dozasi
12 мг
Производитель
Nobel-Pharmsanoat
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Аnzibel klassik shimish uchun tabletkalar № 30 haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Anzibel®
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) xlorgeksidin gidroxloridi, benzokain, enoksolon
Dori shakli
shimish uchun tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar xlorgeksidin gidroxloridi - 5 mg, benzokain - 4 mg, enoksolon - 3 mg;
yordamchi moddalar
asal va limon ta'mli – sorbitol, kaliy atsesulfami, magniy stearati, asal va limon aromatizatorlari;
mentol ta'mli – sorbitol, kaliy atsesulfami, magniy stearati, mentol aromatizatori;
qizilmiya ta'mli – sorbitol, kaliy atsesulfami, magniy stearati, qizilmiya aromatizatori;
zanjabil ta'mli – sorbitol, kaliy atsesulfami, magniy stearati, titan dioksidi, talk, zanjabil quruq ekstrakti.
Ta'rifi
Oq rangidan sarg‘ish rangligacha bo‘lgan, marmar yuzali, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida « » gravirovkali, asal va limon ta'mli tabletkalar.
Oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida « » gravirovkali, mentol ta'mli va hidli tabletkalar.
Oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida « » gravirovkali, qizilmiya ta'mli va hidli tabletkalar.
Oq rangli va yuzasida sezilarsiz dog‘lari bo‘lgan, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida « » gravirovkali, zanjabil ta'mli va hidli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
LOR a'zolarining kasalliklarini davolash uchun vositalar.
ATX kodi R02AA20
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat. Preparat xlorgeksidinning antiseptik ta'siri, enoksolonni lunjlar va halqumning shilliq qavatiga yallig‘lanishga qarshi samarasi, shuningdek benzokainning mahalliy anesteziyalovchi samarasiga ega. Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning shilliq qavatlarining ta'sirlanishini yoki qurishini chaqirmaydi. Preparat grammusbat va grammanfiy bakteriyalarni ko‘pchilik shtammlariga nisbatan bakteritsid va bakteriostatik ta'sirga ega. Achitqi zamburug‘larga, dermatofitlar, lipofil viruslarga nisbatan ham faol.
Farmakokinetikasi
Benzokain shilliq qavat va shikastlangan teri orqali yaxshi so‘riladi, qon plazmasi va kam darajada jigar esterazalari bilan gidrolizlanadi.
Xlorgeksidin teri, shilliq qavat va boshqa to‘qimalar bilan yaxshi bog‘lanadi va shuning uchun kam so‘riladi. Ichga qabul qilingandan keyin qonda aniqlanmaydi.
Enoksalon kortizolni faolsizlantiruvchi fermentni susaytiradi, bu orqali birga qo‘llanganda gidrokortizonning teriga ta'sirini kuchaytiradi.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq va halqumning infektsion-yallig‘lanish jarayonlarning (engil va o‘rtacha) mahalliy belgilarini qisqa muddatli yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llashusuli va dozalari
Tabletkalarni chaynamasdan og‘izda sekin shimish lozim.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun tavsiya qilinadigan doza - 1 tabletkadan buyuriladi. Qabul qilish o‘rtasidagi oraliq 2-3 soatni tashkil qiladi . Maksimal sutkalik doza 8 tabletkani tashkil qiladi.
6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 tabletkadan. Qabul qilish o‘rtasidagi oraliq 4-5 soatni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza 6 tabletkani tashkil qiladi .
Tavsiya qilinadigan davolash kursi 7 kunni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Juda kam hollarda - allergik reaktsiyalar (teri toshmasi) va ovqat hazm qilish buzilishlari (ko‘ngil aynishi, epigastriyada og‘riq) kuzatiladi. Patsiyentlarning tishlarida dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin.
Kam hollarda - davolashni davom ettirilganida o‘tib ketuvchi ta'mning buzilishi paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga va boshqa mahalliy anesteziyalovchi preparatlarga yuqori sezuvchanlik.
Fenilketonuriyasi bo‘lgan, fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Xlorgeksidin boshqa antiseptiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularni faolsizlanishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sportchilarda qo‘llanganida preparatningtarkibiga benzokain kirishini hisobga olish kerak, uning bo‘lishi doping-nazoratda ijobiy natija berishi mumkin. Preparatni samaradorligi organik substantsiyalar (qon plazmasi) va fosfolipidlar ishtirokida qisman pasayishi mumkin.
Preparatni bolalarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Har bir tabletka shirin ta'm beruvchi sifatida sorbitol saqlaydi. Sorbitol ayrim xollarda me'daning ta'sirlanishini va diareyani chaqirishi mumkin. Shirin ta'm beruvchi sifatida kaliy atsesulfami saqlashi tufayli, kaliyning so‘rilishi buzilgan patsiyentlarga buyurish havfli.
Peroral qabul qilinganida kaliyning miqdorini oshishi me'daning ta'sirlanishini va diareyaning sababchisi bo‘lishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishida yoki uzoq muddat qo‘llanganida shishlar va gipertenziya paydo bo‘lishi mumkin.
Chiqarilish shakli
«Anzibel®», asal va limon ta'mli shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30.
«Anzibel®», mentol ta'mli shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30.
«Anzibel®», qizilmiya ta'mli shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30.
«Anzibel®», zanjabil ta'mli shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
MChJ "NOBEL PHARMSANOAT" CHEK
Dori vositasining sifati bo‘yicha iste'molchilarning fikr-mulohazalari, e'tirozlari va dori preparatining nojo‘ya ta'sirlari yoki samarasini yo‘qligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzilga yuborish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘ch., 5 "A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99;
E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.