Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Fransiya
Производитель
Джонсон & Джонсон, ООО, Россия произведено: Famar Orleans
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Aerozol
Geksoral aerozol 0.2% 40ml haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
GEKSORAL®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) geksetidin
Dori shakli
mahalliy qo‘llash uchun aerozol
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda geksetidin – 2,0 mg;
yordamchi moddalar polisorbat 80, limon kislotasi monogidrati, natriy saxarinati, levomentol, evkalipt xivichsimon barglari moyi, natriy kaltsiy edetati, 96% li etanol, natriy gidroksidi, tozalangan suv, azot.
Ta'rifi tiniq, rangsiz, yalpiz hidli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
antiseptik vosita.
ATX kodi A01AV12.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
GEKSORAL® preparatining mikroblarga qarshi ta'siri bakteriyalarning metabolizmini oksidlanish reaktsiyalarini susaytirishi bilan bog‘liq (tiamin antagonisti). Preparat antibakterial va zamburug‘larga qarshi ta'sir, xususan grammusbat bakteriyalar va Candida oilasi zamburug‘lariga nisbatan keng ta'sir doirasiga ega, ammo GEKSORAL® preparati, masalan Pseudomonas aeruginosa yoki Proteus spp. chaqirgan infektsiyalarni davolashda ham samara ko‘rsatishi mumkin. 100 mg/ml kontsentratsiyada preparat bakteriyalarning ko‘pchilik shtammlarini susaytiradi. Chidamlilikni rivojlanishi kuzatilmagan. Geksetidin shilliq qavatga kuchsiz og‘riqsizlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Geksetidin shilliq qavatga yaxshi yopishadi (adgeziya) va deyarli so‘rilmaydi.
Faol modda bir marta qo‘llanganidan keyin uning qoldiqlari milklarning shilliq qavatida 65 soat davomida aniqlanadi. Tish karashida faol kontsentratsiyalar qo‘llanganidan keyin 10-14 soat davomida saqlanadi.
Qo‘llanilishi
Simptomatik vosita sifatida.
• Og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoq infektsion yallig‘lanish kasalliklarida simptomatik davolash
tonzillit, angina (shu jumladan Plaut-Vintsent anginasi yonbosh valiklar anginasi), faringit, gingvit, stomatit, glossit, paradontoz;
zamburug‘li kasalliklar
• Jarohatlarda og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoq xirurgik aralashuvlardanavval yoki keyin va jarohatlarda infektsion asoratlarni oldini olish, shu jumladan tishlar olinganidan keyin alveolalarni infektsiyalanishi oldini olish.
• Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi, shuningdek og‘izdagi yoqimsiz hidni bartaraf qilish uchun.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy qo‘llaniladi.
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar preparatni tibbiy xodim bilan maslahatlashgan keyin qo‘llash mumkin.
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar shikastlangan sohani nafasni tutib turib ishlov beriladi, 1-2 sekund davomida sutkada 2 marta purkaladi.
Geksetidin shilliq qavatga yopishadi va shu tufayli turg‘un samara beradi. Shu sababli preparatni ovqatdan keyin qo‘llash kerak.
Yuborish bo‘yicha umumiy tavsiyalar
Preparat og‘iz bo‘shlig‘i yoki tomoqqa purkaladi. Aerozol yordamida shikastlangan sohalarga yengil va tez ishlov berish mumkin. Quyidagi harakatlarni bajarish kerak
• aerozol ballonga purkagich–uchlik o‘rnatiladi;
• purkagich-uchlik og‘iz bo‘shlig‘i yoki tomoqning shikastlangan sohasiga yo‘naltiriladi;
• preparatni yuborish vaqtida, flakonni doimo rasmda ko‘rsatilgan kabi vertikal holatda ushlab turish kerak;
• purkagich-uchlikning boshchasini 1-2 sekund davomida bosib, zarur miqdordagi preparat yuboriladi, aerozolni yuborishda nafas olinmasin.
Davolash davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Dori preparatining ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin qo‘llanganda aniqlangan nojo‘ya reaktsiyalar quyidagi shaklda tasniflanadi juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlarga asoslanib kelib chiqishi tez-tezligini baholash mumkin emas).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (shu jumladan eshakemi), angionevrotik shish.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda agevziya, disgevziya.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar. Kam hollarda yo‘tal, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan hansirash.
Me'da-ichak tizimi tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda og‘iz qurishi, disfagiya, ko‘ngil aynishi, so‘lak bezlarini kattalashishi, qusish.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar. Juda kam hollarda yuborish joyida reaktsiyalar (shu jumladan og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning shilliq qavatida ta'sirlanish, achishish hissi, og‘iz bo‘shlig‘i paresteziyasi, til rangini o‘zgarishi, tishlarni rangini o‘zgarishi, yallig‘lanishi, pufakchalar shakllanishi va yaralanishi).
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya samaralar chuqurlashsa yoki Siz boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning har qanday komponetlariga yuqori sezuvchanlik;
• og‘iz bo‘shlig‘ini shilliq qavatida eroziv-deskvamoz shikastlanishlari;
• 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Maxsus ko‘rsatmalar yo‘q.
Aerozol qo‘llanganida uni nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada yutib yuborilganidan xavf tug‘ilmaydigan yoki og‘izda yot jismga (purkagichga) qarshilik ko‘rsatmaydigan, shuningdek preparat purkalganda nafasni ushlab tura oladigan yoshdan boshlab bolalarga qo‘llash mumkin.
Etanol tarkibi preparatda 5,15% ni tashkil qiladi. Preparatni bitta dozasi 20,3 mg etanol saqlaydi (absolyut spirtga qayta hisoblanganda).
Aerozol ballon ichidagisi bosim ostida bo‘ladi. Agar xattoki ballon bo‘sh bo‘lsa ham, ochilmasin, teshilmasin va siqilmasin.
Agar dori vositasini yaroqsiz holatga kelsa yoki yaroqlilikmuddati tugagan bo‘lsa, uni oqar suvga oqizmang va ko‘chaga tashlamang!
Dori vositasini paketga joylashtiring va ahlat konteyneriga soling. Ushbu choralar, atrof muhitni himoya qilish uchun yordam beradi!
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
“GEKSORAL®” preparatini homiladorlik va emizish davrida noxush samarasi haqida biron-bir xabarlar yo‘q. Shunga qaramasdan, “GEKSORAL®” preparatini homilador va emizuvchi ayollarga buyurishdan oldin shifokor preparatni yo‘ldosh orqali va ona sutiga kirishi haqida yetarli ma'lumotlar mavjud emasligini hisobga olib, davolashning foyda va xavfini sinchiklab baholash kerak.
Transport vositalarini boshqarish va boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'siri
Mahalliy qo‘llash uchun aerozol “GEKSORAL®” dori preparati transport vositalarini boshqarish va boshqa potentsial xavfli turdagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Geksetidinni dori preparatini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga muvofiq qo‘llanganda toksik ta'sirini ko‘rsatishini ehtimoli kam.
Etanol saqlovchi preparatni katta miqdorini yutib yuborish alkogolli intoksikatsiya belgilari/simptomlari paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
ni har qanday holatlari bo‘lsa, tezda shifokor bilan maslaxatlashing. Alkogolli intoksikatsiyadagi kabi, davolash simptomatik. Ortiqcha dozani yutib yuborgandan keyin 2 soat davomida me'dani yuvish lozim.
Chiqarilish shakli
Mahalliy qo‘llash uchun 0,2% li aerozol.
40 ml dan preparat ichi lak bilan qoplangan alyumin aerozol ballonda. 1 aerozol ballondan purkovchi-uchlik va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Aerozol ballon ichidagisini birinchi qo‘llashdan keyin 6 oy davomida qo‘llash mumkin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Famar Orlean», Fransiya
Yuridik manzili
Famar Orleans, 5 avenue de Concyr, 45071 Orleans Cedex 2, France / «Famar Orlean», 5 avenyu de Konsir, 45071 Orlean Sedeks 2, Fransiya
E'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
“Djonson & Djonson” MChJ, Rossiya, 121614, Moskva sh., Krilatskaya ko‘ch., 17-uy, 2 korp.,
tel (495) 726-55-55, el. manzil safetyru@its.jnj.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.