Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lizobakt tabletkalar № 30
Nomi | Narx | |||||
Лизобакт табл № 30 (9826##2 375) |
UZS 54 900
Stokda yetarli (6)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Kelib chiqqan mamlakat
Bosniya va Gertsegovina
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Bosnalijek JSC
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Lizobakt
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) lizotsim gidroxloridi-piridoksin gidroxloridi
Dori shakli
shimish uchun tabletkalar
Tarkibi
Shimish uchun bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
20,00 mg lizotsim gidroxloridi;
10,00 mg piridoksin gidroxloridi;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati – 155,40 mg, tragakant kamedi – 10,00 mg, magniy
stearati – 4,00 mg. natriy saxarinati – 0,50 mg, vanilin — 0,10 mg.
Ta'rifi dumaloq, ok yoki sarg‘ish oq rangli, taxminan 8 mm diametrli, bir tomonida
ajratuvchi riskasi va ikkala tomonida faskasi bo‘lgan tabletkalar. Qora nuqta ko‘rinishidagi kiritmalar bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
tomoq kasalliklarini davolash uchun preparatlar. antiseptik vosita.
ATX kodi RO2AA20
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat bo‘lib, ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlariga bog‘liq.
Lizotsim oqsil tabiatli ferment hisoblanadi, antiseptik sifatida qo‘llanadi. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalarni, hamda zamburug‘larni hujayra devorida lizis chaqiradi. Virusga qarshi faollikka ega. Mahalliy nospetsifik immunitetni boshqarishda ishtirok etadi. Organizmning tabiiy himoya omillariga tegishli.
Piridoksin — og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatiga himoyalovchi (aftozga qarshi samara ko‘rsatadi) ta'sir ko‘rsatadi. Lizotsimning farmakodinamik hususiyatlariga ta'sir qilmaydi.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini, milklarni va hiqildoqni infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini gingivit, stomatit, yuqori nafas yo‘llarining ko‘plab va aniqlanmagan lokalizatsiyali o‘tkir infektsiyalari (o‘tkir laringofaringit, yuqori nafas yo‘llarining ko‘p lokalizatsiyali boshqa o‘tkir infektsiyalari, yuqori nafas yo‘llarining aniqlanmagan o‘tkir infektsiyalari), aftozli yaralanish, gerpesli shikastlanishlar (kompleks davo tarkibida), og‘ir bo‘shlig‘i shilliq qavatining har qanday etiologiyali eroziyalarini davolashda qo‘llaniladi.
Izoh bakterial infektsiyaning umumiy belgilari bo‘lganida tizimli antibakterial davolashni ko‘rib chiqish kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat mahalliy qo‘llanadi. Tabletkalarni chaynamasdan, tabletkani erigan massasini og‘iz bo‘shlig‘ida uzoqroq to‘liq erib ketgunicha ushlab turgan holda sekin shimish lozim.
3-7 yoshdagi bolalarga odatda 1 tabletkadan sutkada 3 marta, 7-12 yoshdagi bolalarga —
1 tabletkadan sutkada 4 marta buyuriladi. Kattalarga va 12 yoshdan katta bolalarga —
2 tabletkadan sutkada 3-4 marta buyuriladi.
Davolash kursi 8 kun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar angionevrotik shish (Kvinke shishi), eshakemi, bronxospazm, kam hollarda – ko‘p shaklli ekssudativ eritema kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- o‘ta yuqori sezuvchanlik, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar
- laktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, laktozani tanqisligi yoki glyukozo-galaktozani mal'babsorbtsiyasi. Tovuq oqsiliga allergiya kuzatilganda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
- Lizotsim antibiotiklarni, shu jumladan penitsillinlarni, xloramfenikolni, nitrofurantoinni ta'sirini kuchaytiradi.
- Estrogen, estrogen saqlovchi kontratseptivlar — piridoksinga ehtiyojni oshishi.
- Levodopa — parkinsokizmga qarshi faollikni susayishi, piridoksin levodopani dekarboksillanishini tezlashtiradi (levodopa+karbidopa majmuasi samarasini pasaytirmaydi).
- Diuretiklar – piridoksin bilan majmuaviy qo‘llanganda diuretiklarni ta'siri kuchayadi.
- Izoniazid – piridoksin izoniazid va boshqa tuberkulyozga qarshi preparatlarni qo‘llanganda kuzatiladigan toksik ko‘rinishlarni, shu jumladan jigarni shikastlanishi, oldini oladi yoki kamaytiradi.
- Penitsillamin, pirazinamid, immunosupressorlar piridoksin bilan bir vaqtda qo‘llanganda oxirgini samarasi kamayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Allergik reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Lizobakt homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llanishi mumkin.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini o‘ziga xosligi
Avtotransportlarni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Lizobakt preparati bilan o‘tkir dozani oshirib yuborilish hollari aniqlanmagan. Piridoksinni terapevtikdan ahamiyatli darajada oshadigan yuqori dozalarini (sutkada ˃200 mg) uzoq vaqt davomida qo‘llanganda (bir necha oy yoki yil), karaxtlanish hissi, sanchiqni sezish, hamda oyoq-qo‘llarda sezuvchanlikni yo‘qotish bilan xarakterlanadigan sensor neyropatik simptomlarini chaqirish mumkin. Bu simptomlar qaytuvchan va davolash to‘xtagandan keyin o‘tib ketadi.
Davolash preparatni bekor qilish, ko‘p suyuqlik ichish (kuchaytirilgan diurez).
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan PVX/alyuminiy fol'gali blisterda.
1 yoki 3 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C gacha yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Uramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi.
Bosnalek AJ, Bosniya va Gertsegovina
Yukicheva ko‘ch. 53,71000 Sarayevo.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.