Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Амилметакрезол, дихлорбензиловый спирт
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Hindiston
Производитель
Shreya Life Sciences Pvt. Ltd
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
So‘rish uchun tabletkalar
Suprima Lor Med limon xushbo‘yli №16 haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
SUPRIMA-LOR
Ta'sir etuvchi modda (XPN) 2,4-dixlorbenzil spirti, amilmetakrezol
Dori shakli
Ananasli yoki malinali yoki mentolli so‘rish uchun tabletkalar; apelsin xushbo‘yi, yoki limon xushbo‘yi, yoki asal va limon xushbo‘yi, qulupnay xushbo‘yi, yoki evkalipt hidili shimish uchun tabletkalar.
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
2,4-dixlorbenzil spirti ………………….1,2 mg,
amilmetakrezol………………………….…0,6 mg
yordamchi moddalar
SUPRIMA-LOR malinali qand S/30 asosi, dekstroza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, azorubin, malina xushbo‘yi;
SUPRIMA-LOR ananasli qand S/30 asosi, dekstroza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, quyosh botishi sarig‘i va xinolin sarig‘i bo‘yovchilari,ananas xushbo‘yi;
SUPRIMA-LOR mentolli qand S/30 asosi, dekstroza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, brilliant ko‘ki, yalpiz moyi;
SUPRIMA-LOR apelsin xushbo‘yli qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, quyosh botishi sarig‘i FCF bo‘yovchisi,apelsin xushbo‘yi;
SUPRIMA-LOR limon xushbo‘yli qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, quyosh botishi sarig‘i FCF, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi,limon xushbo‘yi;
SUPRIMA-LOR asal va limon xushbo‘yli qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi,asal xushbo‘yi, limon xushbo‘yi;
SUPRIMA-LOR qulupnoy xushbo‘yli qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, ponso 4R bo‘yovchisi qulupnoy xushbo‘yi;
SUPRIMA-LOR evkalipt xidili qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, brilliant ko‘ki bo‘yovchisi FCF, evkalipt xushbo‘yi.
Ta'rifi
SUPRIMA-LOR malinali qizil-malina rangli, malina hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR ananasli Sariq rangli, ananas hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR mentolli Och-xavorang rangli, mentol hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR apelsin xushbo‘yli Zarg‘aldoq rangli, apelsin hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR limon xushbo‘yli Sariq rangli, limon hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR asal va limon xushbo‘yli Och-sariq rangli, asal va limon xidili, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekkis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR qulupnoy xushbo‘yli Qizil rangli, qulupnoy hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR evkalipt hidli Och-havorang rangli, mentol va evkalipt hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
antiseptik vosita.
ATX kodi R02AA20
Farmakologik xususiyatlari
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy antiseptik preparat. Mikroblarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol. Past tizimli so‘rilishi tufayli, SUPRIMA-LOR preparatining farmakokinetikasi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini simtomatik davolash uchun qo‘llanadi. Preparatning samaradorligi keng ta'sir doirasiga ega ikki antibakterial komponentlarini bo‘lishi bilan bog‘liq.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Ogohlantirish
Ko‘rsatilgan doza oshirilmasin.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga buyurishda, preparatni qand saqlanishi hisobiga olish kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga tavsiya qilinadi. Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq yallig‘lanishining birinchi simptomlari paydo bo‘lganida tavsiya etiladi
Kattalarga 1 tabletkadan har 2 soatda.
Maksimal sutkalik doza - 8 tabletka.
6 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletkadan har 4 soatda.
Tabletkani butunlay erigunicha so‘rish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Davolash simptomatik.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
SUPRIMA-LOR preparatini boshqa guruh dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Nojo‘ya ta'siri
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatilishi bo‘yicha tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida preparatning nojo‘ya ta'siri aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Ananasli, yoki malinali, yoki mentolli so‘rish uchun tabletkalar; apelsin xo‘shbo‘yli, yoki limon xushbo‘yli, yoki asal va limon xushbo‘yli, yoki qulupnay xushbo‘yli, yoki evkalipt hidili so‘rish uchun tabletkalar.
4tabletkadan alyumin stripda.
4 yoki 25 ta striplar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25oS yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparatni ishlatmang.
Ishlab chiqaruvchi
«Shreya Layf Sayensiz Pvt., Ltd.» Hindiston.
Shreya Xaus, 301/A. Pereira Xil Roud, Anderi (Ist.), Mumbay- 400099.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.