Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tonzipret tab. №50
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Перец стручковый, гваяковое дерево, лаконос американский
Страна производитель
Германия
Производитель
Bionorica SE
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки для рассасывания
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tonzipret®
Dori shakli
shimish uchun gomeopatik tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka Tonzipret® quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
Capsicum annuum (achchiq qalampir) Dil.D3- 75 mg,
Guaiacum (Gvayak daraxti) Dil.D3 - 75 mg,
Phytolacca americana (amerika lakonosi) Ø- 50 mg;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, magniy stearati.
Ta'rifi och-sarg‘ish, dumaloq, yassi yuzali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
og‘iz-halqumning yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun gomeopatik dori vositasi.
ATX kodi R02AN20.
Farmakologik xususiyatlari
Ta'siri preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan bog‘liq bo‘lgan majmuaviy gomeopatik preparatdir.
Farmakokinetikasi
Taqdim qilinmagan.
Qo‘llanilishi
Og‘iz halqumning yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun gomeopatik dori vositadir. Gomeopatik qo‘llash doirasi sohasi o‘z ichiga tomoq yoki bodomsimon bezlarining o‘tkir yallig‘lanishi (tonzilit) ni oladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Agar shifokor boshqacha buyurmagan bo‘lsa odatdagi dozalari quyidagicha
YoshiO‘tkir kasalliklarSurunkali kasalliklar
Kattalar va 12 yoshdan
oshgan bolalar1 tabletkadan har 30 yoki 60 minutda, ammo kuniga 12 martadan ko‘p emas1 tabletkadan kuniga
1–3 marta
6-11 yoshdagi bolalar1 tabletkadan kuniga 8 martadan ko‘p emas1 tabletkadan kuniga
2 martadan ko‘p emas
1-5 yoshdagi bolalar1 tabletkadan kuniga 6 martadan ko‘p emas1 tabletkadan kuniga
1–2 martadan ko‘p emas
Tabletkani og‘izda to‘liq erigunicha asta-sekin shiming. Qo‘llash davomiyligi kasallikning kechishiga bog‘liq. Agar shikoyatlar preparatni 1-2 hafta qabul qilgandan keyin yo‘qolmasa, iltimos, shifokor bilan maslahatlashing.
Nojo‘ya ta'sirlari
Barcha dori vositalari kabi Tonzipret® tabletkalari ham nojo‘ya samaralarga ega bo‘lishi mumkin, ular har doim ham paydo bo‘lmaydi.
Nojo‘ya samaralarni baholashda asos sifatida ularni paydo bo‘lish tez–tezligi bo‘yicha quyidagi ma'lumotlar olinadi
Juda tez–tez Davolangan 10 patsiyentdan 1 nafaridan ko‘pida.
Tez–tez Davolangan 100 patsiyentdan 1 nafaridan 10 nafarigachasida.
Ba'zida Davolangan 1000 patsiyentdan 1 nafaridan 10 nafarigachasida.
Kam hollarda Davolangan 10000 patsiyentdan 1 nafaridan 10 nafarigachasida.
Juda kam hollarda Davolangan 10000 patsiyentdan 1 nafaridan kamida.
Noma'lum Mavjud ma'lumotlardan tez–tezligini aniqlash mumkin emas.
Izoh quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.
Ko‘ngil aynishi, me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar va allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Tez-tezligi noma'lum.
Gomeopatik preparat qabul qilish mumkin bo‘lgan xolatlardagi shikoyatlarni (dastlabki yomonlashish) yomonlashishini chaqirishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Preparatning ta'sir etuvchi yoki yordamchi komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
-Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sir hollari noma'lum.
Umumiy izoh
Nosog‘lom turmush tarzi, shuningdek ta'sirlovchi moddalar va stimulyatorlarni iste'mol qilish gomeopatik medikamentlarning samarasiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Qo‘shimcha preparatlarni qabul qilganda shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Doimiy, noaniq simptomlar mavjud bo‘lganda yoki yangi simptomlar paydo bo‘lganda, shuningdek tana xaroratining ko‘tarilishi uch kundan ortiq saqlansa yoki 39°S dan yuqori bo‘lsa, shifokorga murojaat etish kerak.
Ushbu dori vositasi laktoza saqlaydi va shuning uchun ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlar, preparatni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qabul qilishlari lozim.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar Tonzipret® tabletkalari o‘rtacha 0,3 g o‘zlashtiriladigan uglevodlarni saqlashini hisobga olishlari lozim.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” ga qarang.
Bolalar
Tonzipret® tabletkalarini 1 yoshdan kichik bolalar qabul qilishi mumkin emas, chunki bu yosh guruhida qabul qilinishi to‘g‘risida muvofiq tadqiqotlar yo‘q.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar dori vositasi ko‘p miqdorda qabul qilingan bo‘lsa, laktozani o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlarda me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar yoki diareya paydo bo‘lishi mumkin. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
25 tabletkadan blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptciz.
Ishlab chiqaruvchi
BIONORIKA SE
Kershenshtaynershtrasse ko‘ch. 11-15
92318 Noymarkt Germaniya
Telefon 09181 231–90
Telefaks 09181 231–265
Internet www.bionorica.de
E-pochta info@bionorica.de
O‘zbekiston Respublikasi xududida mahsulot (tovar) ning sifati bo‘yicha iste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi korxona manzili
«Bionorica SE /Bionorika SE/» vakolatxonasi
Toshkent sh., Bosh Pochtamt, a/q 95
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.