Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Диампа таблетки 25мг №14 (121FB6##2 539) |
UZS 113 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
эмпаглифлозин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Pokiston
Dozasi
25 мг
Производитель
Getz Pharma (Pvt) Limited
Chiqarilish shakli
Таблетки
Diampa 25 mg tabletkalar №14 haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Diampa 10, 25
Ta’sir etuvchi modda (XPN) empagliflozin
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda empagliflozin - 10 mg, 25 mg.
yordamchi moddalar farmatoza DCL 11 (Laktoza monogidrati), avitsel RN-102 (mikrokristall sellyuloza), natriy krosskarmellozasi, klutsel EXF farm (gidroksipropil sellyuloza), aerosil 200 (kolloidli kremniy dioksidi), magniy stearati, pharmacoat 606 (gipromeloza 6cps), titan dioksidi, talk tozalangan, PEG 6000 (makrogol), temir II oksidi sariq.
Ta’rifi
10 mg dozalash uchun bir tomonida "GP" gravirovkali va boshqa tomonida riskali, silliq, plyonka qobiq bilan qoplangan, och sariq rangli, ikki tomoni qabariq, dumaloq shaklli tabletkalar.
25 mg dozalash uchun ikki tomonida riskali, silliq, plyonka qobiq bilan qoplangan, och sariq rangli, ikki tomoni qabariq, cho‘zinchoq shakldagi tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Diabetga qarshi vosita.
ATX kodi A10VK03
Farmakologik xususiyatlar
Empagliflozin fermentning faolligini 50% ingibitsiya qilish (IC50) uchun kerak kerak bo‘ladigan konsentratsiya qiymati 1,3 nmolga teng bo‘lgan glyukozani natriyga bog‘liq tashuvchisining 2-turini orqaga qaytuvchan yuqori faol selektiv va raqobatli ingibitori hisoblanadi. Empagliflozinning selektivligi ichakda glyukozaning so‘rilishiga javobgar bo‘lgan 1-tur natriyga bog‘liq glyukoza tashuvchisining selektivligidan 5000 martaga yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, empagliflozin turli to‘qimalarda glyukoza gomeostazi uchun javobgar glyukozaning boshqa tashuvchilariga nisbatan yuqori selektivlikka egaligi aniqlangan.
2-tur natriyga bog‘liq glyukoza tashuvchisi qon oqimidan qayta buyrak koptokchalaridan glokazaning qayta so‘rilishi uchun javobgar bo‘lgan asosiy oqsil-tashuvchi hisoblanadi. Empagliflozin buyraklarda glyukozaning qayta so‘rilishini kamaytirish yo‘li bilan 2-tur qandli diabeti (QD 2) bo‘lgan patsiyentlarda glikemik nazoratni yaxshilaydi. Ushbu mexanizm yordamida buyraklar orqali ajratib chiqariladigan glyukozaning miqdori qonda glyukoza konsentratsiyasi va KFT ga bog‘liq. QD 2 va giperglikemiya bo‘lgan patsiyentlarda 2-tur glyukozaning natriyga bog‘liq tashuvchisining ingibitsiya qilinishi buyraklar orqali glyukozaning ortiqchasini ajralib chiqarilishiga olib keladi.
4-haftalik klinik tadqiqotlar davomida, QD 2 bo‘lgan patsiyentlarda empagliflozinning birinchi dozasini qo‘llashdan so‘ng darhol buyraklar orqali glyukozaning chiqarilishi oshganligi aniqlangan; bu samara 24 soat davomida davom etgan. Buyraklar orqali glyukozaning chiqarilishini oshishi empagliflozinni kuniga 1 marta 25 mg dozada qo‘llashda o‘rtacha taxminan 78 g/kun tashkil qilib davolashning oxirigacha saqlanib qolgan. QD 2 bo‘lgan patsiyentlarda buyraklar orqali glyukozaning chiqarilishini oshishi qon plazmasida glyukoza konsentratsiyasining darhol pasayishiga olib kelgan.
Empagliflozin (10 va 25 mg dozalarda) och qoringa qabul qilinganda qanday bo‘lsa, ovqat iste’mol qilingandan keyin ham xuddi shunday qon plazmasida glyukozaning konsentratsiyasini kamaytirgan.
Empagliflozinning ta’sir mexanizmi me’daosti bezi beta-hujayralarning funksional holatiga va insulinning metabolizmiga bog‘liq emas, bu gipoglikemiyaning rivojlanish ehtimolining xavfini pasaytirishga imkon tug‘diradi. Empagliflozinning beta-hujayralarning faoliyatini surrogat markerlariga, shu jumladan HOMA-β indeks (gomeostaz-V ni baholash uchun model) va insulinni insulinga nisbatiga ijobiy ta’siri qayd qilingan. Bundan tashqari, buyraklar orqali glyukozani qo‘shimcha chiqarilishi kaloriyalarni yo‘qotilishini chaqiradi, bu yog‘ to‘qimasining hajmini pasayishi va tana vaznining pasayishi bilan kuzatib boriladi.
Empagliflozinni qo‘llash vaqtida kuzatiladigan glyukozuriya, AB ning o‘rtacha pasayishiga imkon tug‘diradigan diurezning uncha yuqori bo‘lmagan oshishi bilan kuzatib boriladi.
Monodavolash, metformin bilan majmuaviy davolash, QD 2 birinchi aniqlangan patsiyentlarda metformin bilan majmuaviy davolash; sulfonilmochevina hosilalari bilan metformin bilan majmuaviy davolash, pioglitazon +/- metformin bilan majmuaviy davolash, QD 2 birinchi aniqlangan patsiyentlarda linagliptin bilan majmuaviy davolash, metformin bilan davolashga qo‘shiladigan linagliptin bilan majmuaviy davolash, linagliptin va metforminni qabul qilish fonida o‘xshash bo‘lmagan glikemik nazorati bo‘lgan patsiyentlarda platsebo qabul qilish bilan taqqoslash bo‘yicha linagliptin bilan majmuaviy davolash, glimepirid bilan taqqoslash bo‘yicha metformin bilan majmuaviy davolash (2-yillik tadqiqotlarning ma’lumotlari); insulin +/- metformin bilan majmuaviy davolash (insulinning ko‘p martalik inyeksiyalari tartibi), bazal insulin bilan majmuaviy davolash; DPP-4 ingibitori, metformin +/- boshqa gipoglikemik peroral dori vositalari bilan majmuaviy davolash ko‘rinishida empagliflozin qo‘llaniladigan klinik tadqiqotlarda HbA1c ning statistik ahamiyatli pasayishi, och qorinda plazmada glyukoza konsentratsiyasining pasayishi, hamda AB va tana vaznining pasayishi isbotlab berilgan.
Klinik tadqiqotlar davomida QD 2 va yurak-qon tomir xavfi yuqori bo‘lgan patsiyentlarda yurak-qon tomir hodisalari tez-tezligiga preparatning ta’siri o‘rganilgan (quyidagi kasalliklar va/yoki holatlarning hech bo‘lmaganda birining mavjudligi kabi aniqlanganda YUIK (anamnezda miokard infarkti, koronar arteriyalarni shuntlash, bir koronar qon tomirni shikastlash bilan YUIK, bir nechta koronar qon tomirlari shikastlanishi bilan YUIK), anamnezda ishemik yoki gemmoragik insult, simptomatikasi yoki usiz periferik arteriyalarning kasalliklari), ular o‘z ichiga gipoglikemik preparatlarni va yurak-qon tomir kasalliklarini davolash uchun preparatlarni olgan. Birlamchi yakuniy nuqta sifatida yurak-qon tomir o‘limi, o‘lim oqibatisiz miokard infarkti va o‘lim oqibatisiz insult holatlari baholangan. Oldindan aniqlangan qo‘shimcha yakuniy nuqtalar qilib yurak-qon tomir o‘limi, umumiy o‘lim, nefropatiya rivojlanishi yoki nefropatiyaning rivojlanayotgan yomonlashishi, yurak yetishmovchiligi sababi bo‘yicha gospitalizatsiya tanlangan.
Empagliflozin yurak-qon tomir o‘lim hodisalarini pasaytirish hisobiga umumiy yashab qolishlikni yaxshilagan. Empagliflozin yurak yetishmovchiligi sababi bo‘yicha gospitalizatsiya xavfini pasaytirgan. Shu bilan birga klinik tadqiqot davomida preparat nefropatiya vujudga kelish yoki nefropatiyaning rivojlanayotgan yomonlashuvi xavfini pasaytirganligi ko‘rsatib berilgan.
Boshlang‘ich makroalbuminuriyasi bo‘lgan patsiyentlarda preparat platsebo bilan taqqoslash bo‘yicha turg‘un me’yor- yoki mikroalbuminuriyaga sezilarli ko‘proq olib kelganligi aniqlangan (xavflar nisbati 1,82; 95% DI 1,4–2,37).
Empagliflozin farmakokinetikasi sog‘lom ko‘ngillilarda va QD2 bo‘lgan patsiyentlarda har tomonlama o‘rganib chiqilgan.
So‘rilishi. Empagliflozin ichga qabul qilingandan keyin tez so‘rilgan, empagliflozinning qon plazmasidagi Cmax 1,5 soatdan keyin erishilgan. Keyin empagliflozinning plazmadagi konsentratsiyasi ikki fazaga pasaygan. Empagliflozinni kuniga 1 marta 25 mg dozada qabul qilingandan keyin plazmada Css davrida AUC o‘rtacha qiymati 4740 nmol·soat/l ni, Cmax qiymati esa - 687 nmol/l ni tashkil qilgan.
Empagliflozin farmakokinetikasi sog‘lom ko‘ngillilarda va QD2 bo‘lgan patsiyentlarda, umuman, bir xil bo‘lgan.
Ovqat qabul qilinishi empagliflozin farmakokinetikasi klinik ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmagan.
Taqsimlanishi. Css plazma davrida Vd taxminan 73,8 l ni tashkil qilgan. Nishonlangan empagliflozinni [14C] sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan peroral qabul qilingandan keyin plazma oqsillari bilan bog‘lanish 86,2% ni tashkil qilgan.
Metabolizmi. Odamda empagliflozinning metabolizmining asosiy yo‘li - UDF-GT (UGT2B7, UGT1A3, UGT1A8 va UGT1A9) ishtirokida glyukuronidatsiya. Empagliflozinning ancha tez-tez aniqlanadigan metabolitlari 3 ta glyukuron kon’yugat (2-O, 3-O va 6-O glyukuronid) hisoblanadi. Har bir metabolitning tizimli ta’siri katta emas (empagliflozinning umumiy ta’siridan 10% dan kam).
Chiqarilishi. T1/2 taxminan 12,4 soatni tashkil qiladi. Empagliflozinni kuniga 1 marta qo‘llash holatida plazmada Css ga beshinchi dozadan keyin erishilgan. Nishonlangan empagliflozinni [14C] sog‘lom ko‘ngillilarda peroral qo‘llashdan keyin dozaning taxminan 96% chiqarib yuborilgan (ichaklar orqali 41% va buyraklar orqali 54%).
Nishonlangan preparatning katta qismi ichaklar orqali o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqarilgan. Buyraklar orqali o‘zgarmagan ko‘rinishda faqat nishonlangan preparatning yarmi chiqarilgan.
Patsiyentlarning maxsus populyatsiyalarida farmakokinetika
Buyrak faoliyatining buzilishi. Yengil (60 <KFT<90 ml/daq/1,73 m2), o‘rtacha (30<KFT<60 ml/daq/1,73 m2), og‘ir (KFT<30 ml/daq/1,73 m2) darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda va buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichda bo‘lgan patsiyentlarda empagliflozinning AUC qiymati buyraklar faoliyati me’yorda bo‘lgan patsiyentlar bilan taqqoslash bo‘yicha muvofiq tarzda taxminan 18, 20, 66 va 48% ga ko‘tarilgan. O‘rtacha og‘irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda va buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichda bo‘lgan patsiyentlarda plazmada empagliflozinning Cmax buyraklar faoliyati me’yorda bo‘lgan patsiyentlardagi muvofiq qiymatlar bilan o‘xshash bo‘lgan. Yengil va og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda plazmada empagliflozinning Cmax buyrak faoliyati me’yorda bo‘lgan patsiyentlarga qaraganda taxminan 20% ga yuqori bo‘lgan. Populyatsion farmakokinetik tahlilning ma’lumotlari empagliflozinning umumiy klirensi KFT pasayib borishi bo‘yicha kamaygan, bu preparatning ta’sirining oshishiga olib kelgan.
Jigar faoliyatining buzilishi. Yengil, o‘rtacha va og‘ir darajada jigar faoliyatining buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda (Chayld-Pyu tasniflanishigi binoan) empagliflozinning AUC qiymati muvofiq tarzda taxminan 23, 47 va 75% ga, Cmax qiymati esa muvofiq tarzda taxminan 4, 23 va 48% ga oshgan (jigar faoliyati me’yorda bo‘lgan patsiyentlar bilan taqqoslash bo‘yicha).
Tana vazni indeksi (TVI), jins, irq va yosh empagliflozinning farkamokinetikasiga klinik ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmagan.
Bolalar. Bolalarda empagliflozin farmakokinetikasining tadqiqoti o‘tkazilmagan.
Qo‘llanilishi
2-tur qandli diabet
- ko‘taraolmaslik sababli metformin buyurilishi imkonsiz bo‘lgan o‘xshash bo‘lmagan glikemik nazorati bo‘lgan patsiyentlarda faqat parhez va jismoniy mashg‘ulotlar fonida monodavolash sifatida;
Quyidagilarni pasaytirish maqsadida yurak-qon tomir kasalliklarini standart davolash bilan majmuada 2-tur qandli diabeti va yuqori yurak-qon tomir xavfi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilgan
- yurak-qon tomir o‘limini pasaytirish hisobiga umumiy o‘lim;
- yurak-qon tomir o‘limi yoki yurak yetishmovchiligi sababli gospitalizatsiyada qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, kunning har qanday vaqtida, ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar.
Monodavolash yoki majmuaviy davolash
Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza kuniga 1 marta 10 mg (1 tabl. 10 mg) ni tashkil qiladi.
Agar sutkalik doza 10 mg to‘g‘ri glikemik nazoratni ta’minlamayotgan holatda, doza 25 mg gacha oshirilishi mumkin (1 tabl. 25 mg kuniga 1 marta). Maksimal sutkalik doza 25 mg ni tashkil qiladi.
Dori preparatining bir yoki bir nechta dozalarini qabul qilishda o‘tkazib yuborishning ta’siri. Doza o‘tkazib yuborilganida patsiyent bu haqda yodga olgan vaqtda darhol preparatni qabul qilishi kerak. 1 kunda ikkilangan dozani qabul qilish kerak emas.
Patsiyentlarning maxsus guruhlari
KFT 45 ml/min/1,73 m2 dan kam bo‘lgan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. KFT 45 ml/min/1,73 m2 dan yuqori bo‘lgan patsiyentlarga dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Jigar funksiyasi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Nojo‘ya ta’sirlari
Empagliflozin yoki klinik tadqiqotlarda platsebo qabul qilgan patsiyentlarda nojo‘ya holatlarning umumiy tez-tezligi o‘xshash bo‘lgan. Empagliflozinni sulfonilmochevina hosilalari yoki insulin bilan majmuada qo‘llashda qayd qilingan gipoglikemiya ancha tez-tez nojo‘ya reaksiya bo‘lgan (alohida nojo‘ya reaksiyalar tavsifiga qarang).
Platsebo-nazoart qilinadigan tadqiqotlarda empagliflozinni qabul qilgan patsiyentlarda kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar ularning mutloq tez-tezligini ko‘rsatish bilan quyida taqdim etilgan (nojo‘ya reaksiyalar a’zolar va tizimlar bo‘yicha va MedDRA ma’qul ko‘riladigan terminlar bilan muvofiqlikda tasniflangan). Tez-tezlik toifalari quyidagi tarzda aniqlanadi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha) yoki juda kam hollarda (<1/10000); tez-tezligi noma’lum bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar ham ajratib beriladi (mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga asosan baholanishi mumkin emas).
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan tez-tez - vaginal kandidoz, vulvovaginit, balanit va boshqa genital infeksiyalar, siydik chiqarish yo‘llari infeksiyasi.
Modda almashinuvi va oziqlanish tomondan juda tez-tez - gipoglikemiya (sulfonilmochevina hosilasi yoki insulin bilan birgalikda qo‘llashda).
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan tez-tez - qichishish.
Qon tomir buzilishlari tez-tez emas - gipovolemiya.
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan tez-tez - tezlashgan siydik chiqarish; tez-tez emas - dizuriya.
Umumiy buzilishlar tez-tez - tashnalik.
Alohida nomaqbul ta’sirlar tavsifi
Gipoglikemiya. Gipoglikemiyaning rivojlanish tez-tezligi qo‘llanilayotgan kuzatib borilayotgan gipoglikemik davolashga bo‘lgan va monodavolash ko‘rinishida, hamda metforminni empagliflozinga qo‘shish holatida, pioglitazonga empagliflozinni qo‘shish holatida (+/- metformin) va linagliptin + metforminga empagliflozinni qo‘shish holatida empagliflozin yoki platseboni qabul qilgan patsiyentlar bilan o‘xshash bo‘lgan. Empagliflozinni metformin va sulfonilmochevina hosilasi bilan majmuada va insulin bilan va empagliflozinni insulin bilan majmuada (+/- metformin va +/- sulfonilmochevina hosilalari) qo‘llanilish holatida gipoglikemiyaning rivojlanish tez-tezligi xuddi shunday majmuada platseboni qo‘llashda yuqoriroq bo‘lgan.
Og‘ir gipokaliyemiya (tibbiy aralashuvni talab qiladigan holat). Og‘ir gipoglikemiya holatining rivojlanish tez-tezligi past bo‘lgan (<1%) va monodavolash, hamda empagliflozinni metforminga qo‘shish holatida, empagliflozinni pioglitazonga (+/- metformin) qo‘shish holatida va empagliflozinni linagliptinga + metformin qo‘shish holati ko‘rinishida empagliflozin va platsebo qabul qilgan patsiyentlarda o‘xshash bo‘lgan. Empagliflozinni metformin va sulfonilmochevina hosilasi bilan majmuada, insulin bilan majmuada (+/− metformin va +/− sulfonilmochevina hosilasi) qo‘llash holatida gipoglikemiyaning rivojlanishi xuddi shunday majmuada platseboni qo‘llashga qaraganda yuqoriroq bo‘lgan.
Tezlashgan siydik chiqarish. Tezlashgan siydik chiqarish tez-tezligi (pollakiuriya, poliuriya, nikturiya kabi bo‘lgan simptomlar baholangan) platseboni qo‘llash holatiga qaraganda (1,4%) empagliflozinni qo‘llash holatida yuqoriroq bo‘lgan (10 mg dozada - 3,5%, 25 mg dozada - 3,3%). Nikturiyaning rivojlanish tez-tezligi empagliflozinni qabul qilgan guruhda va platsebo qabul qilgan guruhda (1% kam) qiyoslanuvchi bo‘lgan. Ushbu nojo‘ya samaralarning jadalligi sust yoki o‘rtacha bo‘lgan.
Siydik chiqaruvchi yo‘llar infeksiyalari. Siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalarini rivojlanish tez-tezligi 25 mg empagliflozin va platsebo qo‘llash holatida o‘xshash bo‘lgan (muvofiq tarzda 7 va 7,2%), ammo 10 mg empagliflozinni qo‘llash holatida yuqori bo‘lgan (8,8%). Platseboni qo‘llash holatidigidek, empagliflozinni qabul qilish fonida siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari anamnezda siydik chiqarish yo‘llarining surunkali va rivojlanayotgan infeksiyalari bo‘lgan patsiyentlarda tez-tez qayd qilingan. Siydik chiqarish yo‘llarini infeksiyalarining jadalligi empagliflozin va platsebo qabul qilgan patsiyentlarda o‘xshash bo‘lgan. Siydik chiqaruvchi yo‘llarning infeksiyasi ko‘pincha ayollarda kuzatilgan.
Genital infeksiyalar. Vaginal kandidoz, vulvovaginit, balanit va boshqa genital infeksiyalar kabi bunday nojo‘ya hodisalarning rivojlanish tez-tezligi platsebo qabul qilishga qaraganda (1%) empagliflozinni qo‘llash holatida yuqori bo‘lgan (10 mg dozada - 4%, 25 mg dozada - 3,9%). Genital infeksiyalar ko‘pincha ayollarda kuzatilgan. Genital infeksiyalarning jadalligi yengil yoki o‘rtacha bo‘lgan.
Gipovolemiya. Gipovolemiyaning rivojlanish tez-tezligi (u AB pasayishi, ortostatik arterial gipotenziya, degidratatsiya, xushni yo‘qotishda yaqqol ko‘ringan) empagliflozinni (10 mg dozada - 0,6%, 25 mg dozada - 0,4%) va platsebo (0,3%) qo‘llash holatida o‘xshash bo‘lgan. 75 yoshdan katta patsiyentlarda gipovolemiyaning rivojlanish tez-tezligi 10 mg dozada empagliflozinni (2,3%) va platsebo (2,1%) qabul qilgan patsiyentlarda qiyoslanuvchi bo‘lgan, ammo 25 mg dozada empagliflozinni qabul qilgan patsiyentlarda yuqoriroq bo‘lgan (4,3%).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
1-tur qandli diabet;
diabetik ketoatsidoz;
kam irsiy buzilishlar (laktaza tanqisligi, laktoza ko‘taraolmasligi, glyukoz-galaktoz malabsorbsiya);
KFT 1,73 m2 ga <45 ml/daq da buyrak yetishmovchiligi;
85 yoshdan kattalar;
GSP-1 analoglari bilan majmuada qo‘llash (samaradorlik va xavfsizlik bo‘yicha ma’lumotlarning mavjud emasligi munosabatida);
homiladorlik;
emizish davri.
18 yoshgacha bolalar yoshi (samaradorlik va xavfsizlik bo‘yicha ma’lumotlarning mavjud emasligi munosabatida).
Ehtiyotkorlik bilan gipovolemiya rivojlanishi xavfi bo‘lgan patsiyentlar (anamnezda arterial gipotenziya holati bilan gipotenziv preparatlarni qo‘llash); suyuqlikni yo‘qotilishiga olib keladigan MIY kasalliklari, 75 yoshdan kattalar; sulfonilmochevina hosilalari yoki insulin bilan majmuada qo‘llash; siydik chiqarish tizimlarining infeksiyalari; tarkibida uglevodlar kam bo‘lgan parhezlar; anamnezda diabetik ketoatsidoz; me’da osti bezining beta-hujayralarining past sekretor faolligi.
Dorilarning o‘zaro ta’siri
Farmakodinamik o‘zaro ta’sirlar
Diuretiklar. Empagliflozin tiazidli va halqali diuretiklarning diuretik samarasini kuchaytirishi mumkin, bu, o‘z navbatida, degidratatsiya va arterial gipotenziyaning rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Insulin va uning sekretsiyasini oshiradigan preparatlar. Insulin va uning sekretsiyasini oshiradigan sulfonilmochevina hosilalari preparatlari gipoglikemiya xavfini oshirishi mumkin. Shuning uchun empagliflozinni insulin va uning sekretsiyasini oshiradigan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llashda, gipoglikemiya rivojlanish xavfidan saqlanish maqsadida ularning dozasini pasaytirish talab etilishi mumkin.
Farmakokinetik o‘zaro ta’sirlar
Dori o‘zaro ta’sirlarning baholanishi in vitro. Empagliflozin CYP450 izofermentlarini ingibitsiya qilmaydi, qayta faollashtirmaydi va indutsiya qilmaydi. Odamda empagliflozin metabolizmining asosiy yo‘li UDF-GT (UGT2B7, UGT1A3, UGT1A8 va UGT1A9) ishtirokida glyukuronidatsiya hisoblanadi. Empagliflozin UGT1A1, UGT1A3, UGT1A8, UGT1A9 yoki UGT2B7 larni ingibitsiya qilmaydi. Empagliflozin va CYP450 va UGT izofermentlari substratlari hisoblanadigan dori vositalarini dori o‘zaro ta’sirlari kam ehtimolli hisoblanadi. Empagliflozin P-gp va BCRP ni aniqlashtirib beradigan oqsil uchun substrat hisoblanadi, ammo davolash dozalarida ushbu oqsillarni ingibitsiya qilmaydi. in vitro tadqiqotlarida olingan ma’lumotlarga asosan empagliflozinning P-gp uchun substratlari hisoblanadigan preparatlar bilan o‘zaro ta’sirlarga qirishish qobiliyati kam ehtimolli hisoblanadi. Empagliflozin organik anion tashuvchilar uchun substrat hisoblanadi OAT3, OATP1B1 va OATP1B3, ammo organik anion tashuvchilar 1 uchun (OAT1) va organik kation tashuvchilari 2 uchun (OST2) substrat hisoblanmaydi. Biroq empagliflozinning yuqorida tavsiflangan tashuvchi-oqsillar uchun substrat hisoblanadigan preparatlar bilan dori o‘zaro ta’sirlari kam ehtimolli hisoblanadi.
Dori o‘zaro ta’sirlarning baholanishi in vivo. Empagliflozinning boshqa tez-tez qo‘llaniladigan dori preparatlari bilan birgalikda qo‘llashda klinik ahamiyatli farmakokinetik o‘zaro ta’sirlar kuzatilmagan. Farmakokinetik tadqiqotlarning natijalari Djardins® preparatining tez-tez qo‘llaniladigan dori preparatlari bilan uning bir vaqtda qo‘llanilishida ushbu preparatning dozasini o‘zgartirish zarurati mavjud emasligi haqida dalolat beradi.
Empagliflozin farmakokinetikasi sog‘lom ko‘ngillilarda uning metformin, glimepirid, pioglitazon, sitagliptin, linagliptin, varfarin, verapamil, ramipril, simvastatin bilan birga qo‘llash holatida va QD2 bo‘lgan patsiyentlarda torasemid va gidroxlorotiazid bilan birgalikda qo‘llash holatida o‘zgarmaydi.
Empagliflozinning gemfibrozil, rifampitsin va probenetsid bilan birgalikda qo‘llashda empagliflozinning AUC qiymatini muvofiq tarzda 59, 35 va 53% ga oshishi qayd etilgan, biroq ushbu o‘zgarishlar klinik ahamiyatli hisoblanmagan.
Empagliflozin metformin, glimepirid, pioglitazon, sitagliptin, linagliptin, varfarin, digoksin, ramipril, simvastatin, gidroxlorotiazid, torasemid va sog‘lom ko‘ngillilarda peroral kontratseptiv preparatlarning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni 1-turdagi qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda va diabetik ketoatsidozni davolash uchun qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Diabetik ketoatsidoz. 2-tur natriyga tobe glyukoza tashuvchilari ingibitorlarini, jumladan empagliflozin qo‘llashda diabetik ketoatsidozning kam hollarda uchraydigan holati haqida xabar berilgan. Ushbu holatlardan ba’zilarida ko‘rinishlar atipik bo‘lganlar va qonda glyukoza konsentratsiyasining o‘rtacha oshishida namoyon bo‘lgan (14 mmol/l (250 mg/dl) ortiq emas).
Diabetik ketoatsidozning rivojlanish xavfi ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahaning yo‘qligi, qorindagi og‘riq, yaqqol ko‘rinuvchan tashnalik, nafas olishning qiyinlashishi, oriyentatsiyaning buzilishi, besabab charchoqlilik yoki uyquchanlik kabi g‘ayritabiiy simptomlarning paydo bo‘lishida inobatga olinishi kerak.
Agar bunday simptomlar rivojlanayotgan bo‘lsa, patsiyentlar qonda glyukozaning konsentratsiyasigi bevosita ketoatsidozga nisbatan zudlik bilan tekshiruvdan o‘tishlari kerak. Toki tashhis o‘rnatilib bo‘lmagunicha preparatni qo‘llanilishi bekor qilinishi yoki vaqtinchalik to‘xtatilishi kerak.
Diabetik ketoatsidoz rivojlanish xavfi ancha yuqori bo‘lish ehtimoli bo‘lgan patsiyentlarning qatoriga tarkibida uglevodlar miqdori juda past bo‘lishli parhezda bo‘lgan patsiyentlar (bunday holatda preparatlarning ushbu majmuasi organizmda ketonlarning ishlab chiqarilishini yanada ko‘proq oshirishi mumkin), yuqori degidratatsiyasi bo‘lgan patsiyentlar, anamnezda ketoatsidozi bo‘lgan patsiyentlar yoki me’da osti bezining beta-hujayralari sekretor faolligi past bo‘lgan patsiyentlar taaluqli bo‘ladi. Bunday patsiyentlarda preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak. Insulinni dozasini pasaytirishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
10 mg dozalashdagi preparat tarkibida 162,5 mg laktoza va 25 mg dozada 113 mg laktoza saqlanadi, shuning uchun preparatni laktaza tanqisligi, laktozani ko‘taraolmasligi, glyukoza-galktoz malabsorbatsiya kabi noyob irsiy buzilishlarga ega bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas.
Empagliflozin bilan davolash yurak-qon tomir xavfini oshishiga olib kelmasligini klinik tadqiqotlar ko‘rsatib berdi.
25 mg dozada empagliflozinni qo‘llanilishi QT oralig‘ining uzayishiga olib kelmaydi.
Preparatning sulfonilmochevina hosilalari yoki insulin bilan birgalikda qo‘llashda gipoglikemiya rivojlanishi xavfi sababli sulfonilmochevina hosilalari/insulinni dozasini pasaytirish talab etilishi mumkin.
Gipoglikemik preparatlarining o‘rganilmagan majmualari Empagliflozin GSP-1 o‘xshashlari bilan majmuada o‘rganilmagan.
Buyraklar faoliyatining monitorlanishi. Djardins® preparatining samaradorligi buyraklar faoliyatiga bog‘liq. Shuning uchun uni buyurishdan avval va davolash vaqtida davriy (yilda kamida 1 marta), hamda buyraklar faoliyatiga salbiy ta’siro qilishi mumkin bo‘lgan hamroxlikdagi davolashni buyurishdan avval buyraklar faoliyatini nazorat qilish tavsiya qilinadi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga (KFT 45 ml/daq/1,73 m2 dan kam), preparatni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar. 75 yosh va undan katta yoshdagi patsiyentlarda suvsizlanishning yuqori xavfi mavjud, shuning uchun preparatni ushbu toifa patsiyentlariga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak bo‘ladi. Empagliflozinni qabul qilgan bunday patsiyentlarda ancha tez-tez (platsebo qabul qilgan patsiyentlar bilan taqqoslash bo‘yicha) gipovoliyemiyani chaqirgan nojo‘ya reaksiyalar qayd etilgan.
85 yoshdan katta patsiyentlarda empagliflozinni qo‘llash tajribasi chegaralangan, shuning uchun 85 yoshdan katta patsiyentlarga preparatni buyurish tavsiya qilinmaydi.
Gipovolemiya rivojlanishi xavfi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash. Ta’sir mexanizmiga binoan, preparatni qabul qilinishi AB ning o‘rtacha pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun AB ning pasaytirilishi maqsadga muvofiq bo‘lmaydigan holatlarda, masalan, yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, gipotenziv preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarni (anamnezda arterial gipotenziya holati bilan), hamda 75 yoshdan katta patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak bo‘ladi.
Agar preparat qabul qilayotgan patsiyentlarda suyuqlikni yo‘qotishga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar rivojlangan holda (masalan, MIY kasalliklarida), patsiyent holatini, AB sinchkovlik bilan monitorlash, hamda gematokritni va elektrolit muvozanatni nazorat qilish kerak bo‘ladi. Preparat qabul qilinishini vaqtinchalik, suv muvozanati tiklangunicha, to‘xtatish talab etilishi mumkin.
Siydik chiqaruvchi yo‘llar infeksiyalari. Siydik samarasi infeksiyasi kabi bunday nojo‘ya samaralarning rivojlanish tez-tezligi, 25 mg dozada empagliflozinning va platseboning qo‘llanilishida va 10 mg dozada empagliflozinning yuqori qo‘llanilishida qiyoslanuvchi bo‘lgan.
Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari (jumladan piyelonefrit va urosepsis kabi siydik chiqarish yo‘llarining jiddiy infeksiyalari) empagliflozin va platsebo qabul qilgan patsiyentlardagi qiyoslangan tez-tezlik bilan qayd etilgan. Siydik chiqaruvchi yo‘llarning asoratlangan infeksiyalarining rivojlanish holatida empagliflozin bilan davolashni vaqtinchalik to‘xtatish zarur.
Siydikning laborator tahlili. Preparatni qabul qilayotgan patsiyentlarda ta’sir mexanizmiga binoan, siydikda glyukoza aniqlangan.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirlari. Empagliflozinning transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirlari bo‘yicha klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Patsiyentlarga transport vositalari va mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparatni qo‘llashda (ayniqsa sulfonilmochevina hosilalari va/yoki insulin bilan majmuada) gipoglikemiya rivojlanishi mumkin.
Chiqarilish shakli
7 tabletkadan kontur-uyali o‘ramda.
2 kontur-uyali o‘ram karton qutida tibbiyotda qo‘llanilishga doir yo‘riqnomasi bilan birga joylashtiriladi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Getz Pharma (Pvt) Limited», Pokiston
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e’tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“PHARMREGISTER” XK
100041 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo-Ulugbek tumani, Moylisoy ko‘ch, 71
Tel +99893 5553020
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.