Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Belarusiya
Dozasi
50 мг
Производитель
Борисовский завод
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Tabletkalar
Furazolidon tab. 0.05g №10 (Borisovskiy zavod) haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Furazolidon
Ta'sir etuvchi modda (XPN) furazolidon (furazolidone)
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda furazolidon – 50 mg;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kaltsiy stearati, kartoshka kraxmali.
Ta'rifi sariqdan to yashil-sariq rangligacha bo‘lgan, yassitsilindrik, faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
mikroblarga qarshi va antiseptik vositalar, kortikosteroidlar bilan majmuasi bundan mustasno.
ATX kodi G01AX06.
Qo‘llanilishi
Dizenteriya, paratif, ovqat toksikoinfektsiyalari, lyamblioz, trixomonadali kolpitlar va boshqa furazolidonga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan kasalliklarni davolash uchun buyuriladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi. Dizenteriya, paratif, paratifoz xarakterli ovqat toksikoinfektsiyalarida 100-150 mg dan (2-3 tablektalar) (kattalar) sutkada 4 marta 5-10 kun davomida. Preparat 5 yoshdan oshgan bolalarga 25-50 mg dan (½–1 tabletka) kuniga 4 marta buyurilishi mumkin. Davolash davomiyligi infektsiyaning xarakteri va og‘irligiga bog‘liq. Furazolidonni 10 kundan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Furazolidon bilan diareyani davolashda terapevtik samara davolashning 2-5 kun davomida rivojlanadi. Ba'zi hollarda patsiyentlarga davolashni uzoqroq muddat talab etilishi mumkin.
Agar 7 kun davomida kutilgan klinik javob olinmasa, bu qo‘zg‘atuvchini furazolidonni ta'siriga chidamliligini bildiradi va preparatni qabul qilishni to‘xtatish lozim. Boshqa antibakterial vositalar yoki vismut tuzlari bilan qo‘shimcha davolash mumkin. (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qarang). Agar furazolidon tavsiya etilgan dozalardan ko‘pyoki besh kundan ortiq buyurilsa, shifokor monoaminlar oksidaza ingibitorlarini to‘planishi bilan bog‘liq bo‘lgan gipertonik krizni rivojlanishi xavfini baholash lozim. Gipertonik krizlarni rivojlanishiga olib keladigan dori vositalari va ovqat mahsulotlari haqida patsiyentlar ma'lumot olishlari lozim.
Lyambliozda kattalarga 100 mg (2 tabletka) dan kuniga 4 marta; bolalarga – sutkada
10 mg/kg hisobida buyuriladi. Sutkalik dozani 3-4 qabullarda buyurish lozim.
Kattalar uchun ichga yuqori dozalar bir martalik - 200 mg, sutkalik – 800 mg.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ichga qabul qilinganida furazolidon ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani pasayishini nisbatan tez-tez chaqiradi. Alohida hollarda allergik reaktsiyalar (ekzantemalar va enantemalar) bo‘lishi mumkin. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi arterial bosimni pasayishi, eshakemi, tana haroratini oshishi va artralgiya bilan rivojlanishi mumkin. Bu reaktsiyalar preparat bekor qilinganida o‘tib ketadi. Qabul qilish vaqtida ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, umumiy holsizlik, dozani dozani kamaytirishda yo‘qolishi yoki preparatni bekor qilishda kuzatilishi mumkin.
Furazolidon qabul qilgan shaxslarda alkogolga disulfiramsimon reaktsiya rivojlanishi mumkin teri qoplamlarini qizarishi, tana haroratini ahamiyatsiz oshishi, hansirash, ayrim xollarda ko‘krak qafasida siqilish hissi.
Nojo‘ya reaktsiyalarini kamaytirish uchun preparatni ko‘p miqdordagi suyuqlik bilan ichish va zarurati bo‘lganida dozani kamaytirish; gistaminga qarshi preparatlar, kaltsiy xloridi, V guruhi vitaminlarini buyurish tavsiya qilinadi.
Yaqqol nojo‘ya ko‘rinishlarda preparatni qabul qilish to‘xtatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, homiladorlik, laktatsiya davri, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalarida buyurilmasin.
Ehtiyotkorlik choralari
Nevritlarni oldini olish uchun uzoq muddat qo‘llanganida V guruhi vitaminlari qabulini qo‘shish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aminoglikozidlar va tetratsiklinlar furazolidonni mikroblarga qarshi xususiyatini kuchaytiradi.
Organizmni alkogolga sensibilizatsiyalaydi.
Xloramfenikol va ristomitsin fonida furazolidon qon yaratishni susaytirishini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Surunkali buyrak yetishmovchiligida, nerv tizimining kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Furazolidon monoaminooksidaza ingibitori ekanligini hisobga olish kerak; u qo‘llanganida monoaminooksidaza ingibitorlari ishlatilganidagi kabi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilinishi kerak.
Furazolidon organizmni alkogolning ta'siriga sensibilizatsiya qilish qobiliyatiga ega va boshqa vositalarning samaradorligi yetarlicha bo‘lmaganida yoki ularni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘lganida, alkogolizmni davolash uchun ishlatiladi. Furazolidon qabul qilgandan keyin (10-12 kun davomida) odatda alkogolli ichimlikka salbiy shartli reflektor reaktsiya hosil bo‘ladi. Furazolidon fonida alkogol qabul qilish yuz va bo‘yin sohasida qizish hissi, butun tanada achishish, ensa sohasida og‘irlik chaqiradi, bundan tashqari puls tezlashadi, arterial bosim pasayadi.
Avtomobilni haydash va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri furazolidon terapevtik dozalarda avtomobilni haydash va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari o‘tkir toksik gepatit, gematotoksiklik, neyrotoksiklik (polinevrit).
Davolash preparatni bekor qilish, ko‘p miqdorda suyuqlik qabul qilish, simptomatik davolash, antigistamin dori vositalari, V guruhi vitaminlari.
Chiqarilish shakli
Kontur uyasiz o‘ramda №10x1;
Kontur uyali o‘ramda №10x1, №10x2, №10x5
Saqlash sharoiti
Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Borisovskiy zavod meditsinskix preparatov» ochiq aktsionerlik jamiyati,
Belarus Respublikasi, Minsk vil., Borisov sh., Chapayev ko‘ch. 64,
tel/faks +375 (177) 735612, 731156.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.