Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
ОРСА р-р для приема внутрь 100мл (N0360824##2 369) |
UZS 11 900
Stokda yetarli (31)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Производитель
ORSA
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
ORSA ichga qabul qilish uchun eritma 100ml haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Orsa
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) glyukoza+natriy, xloridi+kaliy, xloridi+natriy, sitrat digidrati.
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun eritma
Tarkibi
1000 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar suvsiz glyukozaga qayta hisoblanganda glyukoza - 13,5 g, natriy xloridi - 2,6 g, kaliy xloridi - 1,5 g, natriy sitrat digidrati - 2,9 g.
yoyordamchi moddalar xlorid kislotasi 7M, in'ektsiya uchun suv - 1000 ml gacha.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Ichga qabul qilish uchun regidratatsion vosita.
ATX kodi A07SA
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Orsa eritmasi qo‘llash uchun tayyor, gipoosmolyar oral regidratatsion eritma hisoblanadi. Diareya va degidratatsiya vaqtida suv-tuz muvozanatini tiklash uchun, elektrolit va suyuqlikni yo‘qolishini to‘g‘rilash uchun qo‘llanadi. Glyukoza elektrolitlar so‘rilishiga yordam beradi, sitratlar diareya va degidratatsiyada paydo bo‘ladigan metabolik atsidozda kislota-ishqor muvozanatini muvofiqlashtirish yordam beradi. Orsa eritmasini osmolyarligi 245 mmol/l tashkil qiladi, rN kuchsiz kislotali 5,0-6,0.
Orsa komponentlarig/l ORSA ionli tarkibimmol/l
Natriya xloridi2,6Natriy75
Suvsiz glyukoza13,5Xlorid65
Kaliya xloridi1,5Suvsiz glyukoza75
Suvsiz natriya sitrat digidrati
2,9Kaliy20
Sitrat10
osmolyarlik yig‘indisi245
Orsa eritmasi JSST tavsiyalari bo‘yicha ishlab chiqilgan. Osmolyarligi kamaytirilgan regidratatsiya uchun eritmalar samaraliroq hisoblanishi isbotlangan; natriyning pasaygan kontsentratsiyasi gipernatriyemiyani rivojlanishini oldini olish uchun kaliyni yuqori darajada mavjudligi esa - kaliy darajasini tezroq tiklanishi uchun zarur. Orsa eritmasining osmolyarligini kamaytirilganligi va ichakda suv va elektrolitlarni yaxshi o‘zlashtirilishi tufayli, diareyani davom etishini va xajmini qisqartiradi.
Eritmada sitratlar mavjudligi tufayli, Orsa kislota-ishqor muvozanatini tiklaydi, metabolik atsidozni rivojlanishini oldini oladi.
Farmakokinetikasi
Peroral qo‘llangandan keyin glyukoza karbonati angidridi gazi (SO2) va suv (N2O) gacha metabolizmga uchraydi, qolgan komponentlar esa asosan siydik va faqat kam miqdorda ter yoki axlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• o‘tkir diareyada regidratatsion peroral davolash;
• kuchli terlash (issiqlik va jismoniy yuklamalar, gipertermiya) natijasida paydo bo‘ladigan suv-elektrolit buzilishlarini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Orsa preparati regidratatsion davolash uchun ishlatishga tayyor eritma hisoblanadi. Eritma ichga qabul qilinadi (peroral).
Preparatni ta'sirini buzmaslik uchun eritmaga hech qanday boshqa komponentlarni qo‘shish va suyultirish mumkin emas.
Flakon ochilgandan keyin ichidagisini 24 soat davomida qo‘llash kerak.
Peroral regidratatsion davolash ikki bosqichdan tashkil topgan suv-elektrolit yo‘qotilishini to‘ldirish bosqichi va bir maromda ushlab turuvchi davolash.
3-4 soat davom etuvchi peroral regidratatsion davolashning birinchi bosqichida yo‘qotilgan suyuqlik xajmini to‘ldirish zarur.
Yengil darajadagi eksikozda ichga yuborish uchun suyuqlik xajmi sutkada 30 dan 50 ml/kg gachani, o‘rtacha darajadagi eksikozda esa – sutkada 60 dan 80 ml/kg gachani tashkil qiladi.
Ichga qabul qilish uchun birinchi 3 -4 soat davolashda eritma xajmi hisobini taxminan yo‘qotilgan suyuqlik xajmiga teng eritma xajmida bo‘lishi kerakligini e'tiborga olish kerak.
Bir maromda ushlab turuvchi davolash suyuqlikni patologik yo‘qolishi to‘xtagunicha o‘tkaziladi.
Ichga yuboriladigan eritmalarni sutkalik xajmi sutkalik fiziologik talab xajmi yig‘indisiga va patologik yo‘qolgan xajmga teng.
Orsa eritmasi emizikli bolalar va kichik yoshdagi bolalar uchun tana vazniga 150 ml/kg hisobidan va 20-40 ml/kg– o‘rta va katta yoshdagi bolalar va kattalar uchun tana vazniga buyuriladi.
Ko‘ngil ayniganda yoki qusishda eritmani sovutilgan ko‘rinishda qaytariluvchi dozalarda bergan afzal. Shuningdek shifokor kuzatuvi ostida nazogastral zonddan foydalanish mumkin.
Orsa eritmasi bilan davolashni diareya to‘xtagunicha o‘tkazish kerak.
Bu davrda yuboriladigan eritma xajmi diareya natijasida organizm tomonidan yo‘qotilgan suyuqlik xajmiga muvofiq bo‘lishi kerak. Talab qiluvchi davolovchi eritmani miqdorini kerakli sub'ektiv ko‘rsatkichi chanqoqlik hisoblanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Orsaning tavsiya etilgan dozalariga rioya qilganda nojo‘ya ta'sirlarining ehtimoli kam. Allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Natriy kontsentratsiyasini pasayganligi tufayli, peroral regidratsiya uchun gipoosmolyar tuzli eritmalar bilan davolash odatda asimptomatik va qisqa muddatli hisoblanuvchi giponatriyemiya bilan assotsiatsiyalangan bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
• o‘tkir yoki surunkali buyrak yetishmovchiligi;
• xushsiz xolat;
• umumiy anesteziya rejalashtirilgan patsiyentlarda yoki jarroxlik arlashuvlaridan oldin patsiyentlarda;
• gipovolemik shokda;
• ichak tutilishida;
• to‘xtovsiz qusish;
• giperkaliyemiya;
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• ichakda uglevodlarni so‘rilishini buzilishlari (tug‘ma monosaxaridli malabsorbtsiya);
• metabolik alkalozda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak
• qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda;
• yurak yetishmovchiligi va arterial gipertenziyali patsiyentlarda;
• buyrak faoliyati buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lgan suv-elektrolit muvozanatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Orsa preparatini dorilar bilan o‘zaro ta'siri o‘rganilmagan.
Eritma kuchsiz kislotali reaktsiyaga ega, shuning uchun ularning so‘rilishi me'daning rN muhitiga bog‘liq dori preparatlarini samaradorligiga ta'sir qilishi mumkin.
Ingichka yoki yo‘g‘on ichakda taqsimlanadigan, yoki metabolizmida ichak-jigar retsirkulyatsiyasi o‘rin tutadigan ko‘pgina preparatlarning dori so‘rilishiga diareya o‘z o‘zidan o‘zgartirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Og‘ir degidratatsiyani ( >10% tana vaznini yo‘qotilishi, anuriya) vena ichiga yuboriladigan regidratatsiya uchun eritmalar bilan muvofiqlashtirish kerak, faqat shundan keyingina Orsani buyurish mumkin.
Davolashni boshlashdan oldin yo‘qotilgan tana vaznini va degidratatsiya darajasini baxolash uchun patsiyentni vaznini o‘lchash kerak.
Patsiyentni oziqlantirish yoki bolani emizishni regidratatsion davolashni peroral o‘tkazish vaqtida to‘xtatish mumkin emas yoki regidratatsiya o‘tkazgandan keyin darhol davom ettirish kerak.
Yog‘ va oddiy uglevodlarga boy ovqatlardan saqlanish tavsiya etiladi.
Ozuqani darhol regidratatsiyadan keyin berish mumkin. Qusishda 10 minut kutish va eritmani asta-sekin, kichik xo‘plamlar bilan ichishga tavsiya etiladi.
Buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet yoki kislota-ishqor, elektrolit yoki uglevod muvozanatini buzilishlari kuzatiladigan boshqa surunkali kasalliklar fonida degidratatsiya rivojlangan patsiyentlarga Orsa preparati bilan davolashni o‘tkazishdagi sinchikov monitoring talab qilinadi. Emizikli bolalarda Orsa preparatini qo‘llaganda ozuqlanish tartibini o‘zgartirish talab qilinmaydi. Orsani kichik portsiyalar bilan emizishlar orasida berishni davom ettirish mumkin.
Onasi emizmaydigan bolalar ozuqlanishni normal tartibiga 6-12 soat o‘tgach qaytishlari mumkin.
Kichik va katta yoshdagi bolalarga yoshiga mos keladigan (masalan, kartoshka, guruch, banan) polimer uglevodlar saqlovchi ozuqani berish kerak.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Tavsiya etilgan dozalarda Orsa ichga qabul qilish uchun eritmasini homilador va laktatsiya davrida buyurish mumkin.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Gipergidratatsiya, elektrolit muvozanatini buzilishi, giperglikemiya.
Ichga yuboriladigan suyuqlik xajmini oshishi qusish va shish kabi asoratlarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Orsa glyukozo-elektrolit eritmasi qo‘llanganda, tasdiqlangan yoki latent-kechuvchi qandli diabetli patsiyentlarda qonda qand miqdori diabetik koma xolatigacha oshirib yuborishi mumkin.
Orsa eritmasini katta xajmda yoki xaddan ziyod kontsentratsiyada yuborilganda asimptomatik yoki qisqa muddatli hisoblanuvchi giponatriyemiya rivojlanishi mumkin.
Buyrak faoliyati buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda metabolik alkalozni rivojlanishi mumkin, bu o‘pka ventilyatsiyasini susayishi, nerv-mushak qo‘zg‘aluvchanligi va tetanik tirishishlar bilan namoyon bo‘ladi.
Davolash ahamiyatli darajada dozani oshirib yuborilish xollarida shifokor nazorati talab qilinadi.
Suv-elektrolit muvozanatini muvofiqlashtirish laborator tekshiruvlar ma'lumoti asosida o‘tkazish kerak.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Orsa avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Chiqarilish shakli
100 ml, 250 i 500 ml dan polipropilen flakonlar.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Ochilgandan keyin eritmani salqin joyda sovutgichda saqlash (+2-+80S haroratda) va 24 soat davomida qo‘llash kerak!
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
"Jurabek Laboratories" MChJ QK
O‘zbekiston Respublikasi, 100003, Toshkent sh., Olmazar ko‘ch. 165,
tel/faks (99871) 1500303
Web www.jurabek.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.