Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lineks Forte kaps. №14
Nomi | Narx | |||||
Линекс Форте капс №14 (NG9162##2 224) |
UZS 84 600
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Линекс Форте капс №14 (NG9162##2 234) |
UZS 84 600
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Линекс Форте капс №14 (NG9162##2 240) |
UZS 84 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Линекс Форте капс №14 (NP3971##2 252) |
UZS 84 600
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Линекс Форте капс №14 (NG9162##2 266) |
UZS 84 600
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Лактобактерии ацидофильные, бифидобактерии бифидум
Страна производитель
Словения
Производитель
Sandoz d.d., Словения произведено: Lek d.d.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
TARKIBI
Bir kapsula quyidagi liofilizatsiya qilingan sut kislotasi hosil qiluvchi bakteriyalarni
• Lactobacillus acidophilus ning kamida 1х109 koloniya hosil qiluvchi birliklarini va
• Bifidobacterium animalis subsp. lactis. ning kamida 1x109 koloniya hosil qiluvchi birliklarini saqlaydi.
- To‘ldiruvchi Beneo Sinerdji 1 (inulin (90-94%) va oligofruktoza (6-10%) (glyukoza+fruktoza+saxaroza) saqlaydi), magniy stearati, maltodekstrin.
Bo‘yovchilar bilan gidroksipropilmetiltsellyulozali kapsula titan dioksidi (E171) va temir (II) oksidi (E172).
ISHLAB CHIQARISH SHAKLI
Kapsulalar
TA’RIFI
Kapsulalarning tashqi ko‘rinishi oq korpus, sariq qopqoq.
Kapsulaning ichidagisi och jigar rangdan och pushti ranggacha oralatib to‘qroq tus berilgan kukun.
FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI
Diareyaga qarshi ta'sirga ega mikroorganizmlar, sut kislotasi hosil qiluvchi bakteriyalar.
ATX Kodi A07FA01.
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Farmakodinamika
Lineks forte odam ichagi normal mikroflorasi vakillari bo‘lgan ikkita Lactobacillus acidophilus va Bifidobacterium animalis subsp. lactis probiotik sut kislotasi hosil qiladigan bakteriyalar shtammlarini saqlaydi.
Bir nechta potentsial mexanizmlar mavjud bo‘lib, ular yordamida Lactobacillus acidophilus va Bifidobacterium animalis subsp. lactis himoya va davolash ta'sirini ko‘rsatadi.
Ular quyidagilar hisobiga patogen bakteriyalar o‘sishini ingibitsiya qiladi
• ichakda rN darajasini pasaytirish (Lactobacillus acidophilus ning sut kislotasini, Bifidobacterium animalis subsp. lactis ning esa sut kislotasidan tashqari sirka va qahrabo kislotalarini ham ishlab chiqishga qodirligi natijasida);
• patogen bakteriyalar (H2O2 mahsuloti) uchun toksik bo‘lgan metabolitlarni ishlab chiqish;
• mikrobga qarshi moddalarni, bakteriotsinlarni ishlab chiqish (Lactobacillus acidophilus bakteriyalar (jumladan Helicobacter pylori) va zamburug‘lar) o‘sishini ingibitsiya qiluvchi keng ta'sir doirasiga ega bakteriotsin bo‘lgan atsidotsinni ishlab chiqaradi);
• patogen bakteriyalar bilan ozuqa moddalari uchun raqobatlashish;
• enterotsitlarda adgeziv retseptorlarni blokada qilish, bu boshqa potentsial patogen mikroorganizmlar tomonidan egallab olinishiga to‘sqinlik qiladi.
Ushbu ikki bakteriya shtammi ichak motorikasini rag‘batlantiradi, uning o‘tkazuvchanlik xususiyatini va shilliq ajralishini yaxshilaydi.
Ular shuningdek immun tizimining spetsifik va nospetsifik bo‘g‘inini ham rag‘batlantiradi.
Ichak mikroflorasi muvozanatini buzilishi (masalan, virusli va bakterial me'da-ichak infektsiyalarida, keng ta'sir doirasidagi antibiotiklar va boshqa sintetik mikrobga qarshi preparatlar qo‘llanganida, qorin bo‘shlig‘i va tos a'zolarini nurlantirishda, uzoq sayohatlarda) yoki go‘daklarda doimiy flora rivojlanishining kechikib qolishi ovqat hazm qilishni buzilishlarini (meteorizm, diareya va qabziyat kabi) keltirib chiqarishi mumkin.
Lactobacillus acidophilus va Bifidobacterium animalis subsp. lactis ni muntazam qabul qilish ichak mikroflorasi disbalansi bilan bog‘liq bo‘lgan ovqat hazm qilishni buzilishining yengil va o‘rtacha simptomlari namoyon bo‘lishi tez-tezligini va og‘irligini samarali pasaytiradi, ichakning muntazam ravishda bo‘shatilishini qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek Helicobacter pylori infektsiyasini standart eradikatsiyali davolash natijalarini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Lactobacillus acidophilus va Bifidobacterium animalis subsp. lactis probiotik bakteriyalari me'da-ichak yo‘liga mahalliy ta'sir ko‘rsatadi. Peroral qo‘llanganida preparatni tizimli so‘rilishi yuz bermaydi. Lactobacillus acidophilus va Bifidobacterium animalis subsp. lactis ni me'da shirasi kislotasiga va safroga barqarorligi me'da va o‘n ikki barmoq ichak orqali o‘tganida ushbu bakteriyalarning katta qismi tirik qolishiga imkon beradi. Har ikkala shtamm ichakning shilliq qavatiga o‘rnashadi. Mazkur bakteriyalar peristaltika va defekatsiya hisobiga bosqichma-bosqich chiqariladi.
QO‘LLANILISHI
Lineks forte ichak mikroflorasi faoliyatini va muvozanatni o‘rnatishga vabir maromda saqlashga yordam beradi.
Lineks forte kattalar, o‘smirlar va bolalarda diareya, meteorizm va boshqa ovqat xazm qilish kasalliklarning oldini olish va qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida qo‘llaniladi
• bolalarda va kattalarda me'da-ichak yo‘llarining virusli va bakteriyali infektsiyalari (rotavirusli infektsiyalar, sayyohlar diareyasi kabi);
• mikrobga qarshi preparatlar (antibiotiklar va boshqa sintetik mikrobga qarshi preparatlar) bilan davolash;
• qorin bo‘shlig‘i va tos a'zolarini nurlantirish keltirib chiqargan diareyada, meteorizmda va ovqat hazm qilishning boshqa buzilishlarida qo‘llaniladi.
Lineks fortedan kattalarda va 12 yoshdan katta o‘smirlarda
• Helicobacter pylori infektsiyasini standart eradikatsiyali davolash vaqtida qo‘llab-quvvatlovchi vosita sifatida;
• qabziyatda holatni yaxshilash uchun foydalaniladi.
DOZALARI VA QO‘LLASH USULI
Dozalari
Diareya, meteorizm va ovqat hazm qilishning boshqa buzilishlarida profilaktik va tutib turuvchi vosita sifatida qo‘llanadi
Kattalar va 12 yoshdan katta o‘smirlarda kuniga bir-uch marta (simptomlarning og‘irligiga bog‘liq ravishda) bitta kapsula.
2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kuniga bir-ikki marta (simptomlarning og‘irligiga bog‘liq ravishda) bitta kapsula.
1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kuniga bir marta bitta kapsula.
Lineks forte kapsulalarini simptomlar yo‘qolishiga qadar qabul qilish mumkin.
Agar diareya ikki kundan ortiq davom etsa yoki holat yaxshilanmasa, shifokorga murojaat qilish zarur.
• Diareyani patsiyentning o‘zi tomonidan davolanganida yo‘qotilgan suyuqlik va elektrolitlarni o‘rnini to‘ldirish juda muhim hisoblanadi.
• 6 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda diareyani davolash tibbiy nazorat ostida o‘tkaziladi.
1 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga Lineks forte kapsulalarini qabul qilish tavsiya etilmaydi. Ushbu yosh guruhi uchun preparatni maqbul shakllarini qabul qilish tavsiya etiladi.
Helicobacter pylori infektsiyasini standart eradikatsiyali davolash vaqtida samarani bir maromda saqlovchivosita sifatida va qabziyatda holatni yaxshilash uchun foydalanish
Kattalar va 12 yoshdan katta o‘smirlarda kuniga uch marta bir kapsula.

Agar qabziyat bilan bog‘liq muammolar yetti kundan oshsa, shifokorga murojaat qilish zarur.
Qabziyatda yetarli miqdorda oziq-ovqat tolalarini saqlovchi muvozanatlangan sog‘lom oziq-ovqatlarni iste'mol qilish, yetarli miqdorda suyuqlikni ichish, jismoniy faol turmush tarzini olib borish va sutkaning aynan bir vaqtida ich kelishi odatiga o‘rganish tavsiya etiladi.
Qo‘llash usuli
Ichga qabul qilinadi.
Ovqatlanish vaqtida qabul qilish lozim. Bu preparatning maksimal samaradorligini ta'minlaydi.
Lineks forteni antibiotik qabul qilinganidan keyin kamida 3 soat o‘tgach qabul qilish tavsiya etiladi.
Alkogol va issiq ichimliklar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
Kapsulani yutishni bilmaydigan yoki yuta olmaydiganlar uchun kapsula ochiladi, uning ichidagi modda qoshiqqa solinadi va kam miqdordagi suyuqlik bilan aralashtiriladi.
Preparatni qabul qilish o‘tkazib yuborilgan taqdirda o‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini qoplash uchun preparatning ikki dozasini qabul qilmang.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ta'sir etuvchi yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda.
Ovqat hazm qilish yo‘llarini tutilib qolishi.
Ovqat hazm qilish yo‘llarini teshilishida yoki teshilish rivojlanishi xavfida qo‘llash mumkin emas.
MAXSUS KO‘RSATMALAR VA EHTIYOTKORLIK CHORALARI
Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing, agar
- tana harorati 38°C dan yuqori bo‘lsa;
- axlatda qon yoki shilliq mavjud bo‘lsa;
- diareya ikki kundan ortiq davom etsa;
- diareya og‘ir xarakterga ega va suvsizlanish va tana vaznini kamayishi bilan kechsa;
- diareya qorinda kuchli og‘riqlar bilan kechsa;
- diareya yuzaga kelsa va og‘ir kasalliklar mavjud bo‘lsa (kritik kasalliklar, yurakning struktur anomaliyalari mavjud bo‘lsa, markaziy venoz kateter mavjud bo‘lsa);
- immun tizim faoliyatini buzilishlari mavjud bo‘lsa (masalan OITV infektsiyasi yoki immunosupressiv davolash o‘tkazish oqibatida);
- ichak to‘sig‘ining buzilishlari bo‘lsa (masalan qisqa ichak sindromida).
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Helicobacter pylori infektsiyasini standart eradikatsiyali davolash vaqtida samarani bir maromda saqlovchi vosita sifatida va qabziyatda holatni yaxshilash uchun Lineks forte kapsulalarini qabul qilish mumkin emas.
Boshqa maxsus ko‘rsatmalar «
Qo‘llash usuli va dozalari
» bo‘limida keltirilgan.
Yordamchi moddalarga taalluqli ehtiyotkorlik choralari
Lineks forte glyukoza, fruktoza va saxarozani saqlaydi. Fruktoza ta'sirini o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza so‘rilishini buzilishi sindromi yoki saxaroza-izomaltoza yetishmovchiligi kabi kam uchraydigan nasliy patologiyasi bo‘lgan shaxslar mazkur preparatni qabul qilmasliklari lozim.
• Lineks forte allergik reaktsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sut oqsillari qoldiqlarini saqlashi mumkin.
•
BOSHQA DORI VOSITALARI BILAN O‘ZARO TA'SIRI VA BOSHQA TURDAGI O‘ZARO TA’SIRLAR
Probiotik bakteriyalar antibiotiklarga ta'sirchan. Shu sababli Lineks forte kapsulalarini antibiotiklar qabul qilingandan so‘ng eng kamida 3 soatdan keyin qabul qilish tavsiya etiladi.
•
HOMILADORLIK VA LAKTATSIYA DAVRIDA
Homiladorlik va laktatsiya davrida Lineks forteni qo‘llash oqibatida kelib chiqadigan nomaqbul reaktsiyalar haqida xabar berilmagan. Shunga qaramay, homiladorlik va laktatsiya davrida o‘tkir diareya yuz berganida suyuqlik va elektrolitlarning yetishmovchiligi, shuningdek ona qornida bolaga yoki homilador ayolga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan boshqa nomaqbul reaktsiyalar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Homiladorlik va laktatsiya davrida diareya holatida qo‘llanilishi tibbiy nazorat ostida o‘tkazilishi kerak.
TRANSPORT VOSITALARINI BOSHQARISH VA MEXANIZMLAR BILAN ISHLASH QOBILIYATIGA TA'SIRI
O‘rganilmagan.
NOJO‘YA TA’SIRLARI
Nojo‘ya reaktsiyalarning tez-tezligi MedDRA mezonlariga muvofiq aniqlanadi juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 va <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100), kam hollarda (≥1/10000 va <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI
Dozani oshirib yuborilishi
hollari bayon qilinmagan.
JOYLASH
O‘ramida 14 yoki 28 kapsuladan alyuminiyli blisterlarda.
Saqlash sharoiti
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda original o‘ramida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.