Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Opefera kaps. №28
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Лактобактерии рамнозус, лактобактерии плантарум, термофильный стрептококк, лактобациллы
Страна производитель
Болгария
Производитель
Dr.Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi, Турция произведено: Kendi Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Opefera
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) liofilizatsiya qilingan bakteriyalar, dorivor moychechakning quruq ekstrakti, inulin.
Dori shakli
kapsulalar.
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
liofilizatsiya qilingan bakteriyalar 1,94 × 109 KHB
Lactobacillus rhamnosus0,5×109 KHB;
Lactobacillus plantarum0,2×109 KHB;
Streptococcus thermophilus 0,5×109 KHB;
Lactobacillus acidophilus 0,5×109 KHB;
Bifidobacterium spp.0,24×109 KHB;
Saccharomyces boulardii65 mg;
Dorivor moychechakning quruq ekstrakti 50 mg;
Inulin 200 mg;
yordamchi moddalar magniy stearati.
kapsula qobig‘ining tarkibi titan dioksidi, jelatin.
Ta'rifi oq rangli, №00 o‘lchamli, tarkibida jigarrang dog‘lari bo‘lgan kulrang-sariq rangli kukun saqlovchi qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Ichak mikroflorasidagi muvozanatni boshqaruvchi diareyaga qarshi biologik preparatlar. Sut kislotasini ishlab chiqiruvchi mikroorganizmlarni saqlovchi preparatlar.
ATX kodi A07FA01.
Farmakologik hususiyatlari
Opefera – organizmning faoliyatini optimallashtiradigan majmuaviy probiotik bo‘lib, ichak mikroflorasidagi muvozanatni boshqaradi va uning tarkibini normallashtiradi.
Opefera preparatining tarkibiga kiruvchi laktobakteriyalar uglevodlarni parchalab, sut kislotasini hosil qiladi. Ular hosil qilgan kislotalik muhit odam organizmidagi ichak mikroflorasini 85-95% tashkil etuvchi bifidobakteriyalarni rivojlanishiga yordam beradi. Lactobacillus plantarum ning kulturasi va bifidobakteriyalar birgalikda ichak epiteliysining himoya faoliyatini kuchaytiradi va uning o‘tkazuvchanligini pasaytiradilar, fermentatsiya yo‘li bilan allergenlarni modifikatsiya qiladilar, shu bilan mahalliy immun javobni shakllantiradilar va ovqat allergiyasini rivojlanish tez-tezligini pasaytiradilar. Lactobacillus acidophilus, Lactobacillus rhamnosus, Lactobacillus plantarum va Streptococcus thermophilus bevosita kuchli antimikrob va antitoksik tas'irlarga ega. Streptococcus thermophilus maksimal laktaza faolligiga ega va laktobakteriyalar uchun ozuqa muhiti hisoblangan polisaxaridlarni sintezlaydi, buning oqibatida ushbu bakteriyalarning turlari simbioz namoyon qiladilar, bir-birining metabolizmini kompensatsiya qiladi va o‘zaro ko‘payishni rag‘batlantiradi.
Saccharomyces boulardii patogen va shartli patogen mikroorganizmlarning ko‘pchilik turlariga nisbatan bevosita antagonistik ta'sirga ega, antitoksik ta'sir ko‘rsatadi (ayniqsa bakterial sito- va enterotoksinlarga nisbatan). Saccharomyces boulardii ichakning fermentativ faoliyatini yaxshilaydi va antibiotiklarga nisbatan tabiiy chidamlilikka ega.
Dorivor moychechak ekstrakti yallig‘lanishga qarshi va gastroprotektor ta'sir ko‘rsatadi, to‘qimalar regeneratsiyasi jarayonlarini yaxshilaydi, meteorizmning simptomlarini bartaraf qiladi.
Inulin – o‘simlik polisaxaridi bo‘lib, D-fruktoza polimeridir, kaltsiy va magniyni so‘rilishini kuchaytiradi, lipidlar va uglevodlar almashinuvini normallashishiga yordam beradi, qonda xolesterin va glyukozaning kontsentratsiyasini kamaytiradi. Inulin ichak florasiga ijobiy ta'sir qiladi va bifidobakteriyalarni ko‘payishini rag‘batlantiradi.
Bifidobakteriyalar va laktobakteriyalar patogen va shartli patogen mikroorganizmlarning keng doirasiga qarshi yuqori antagonistik faollikka ega, tillarang stafilokokklar, shigellalar, rotaviruslar, protey, enteropatogen ichak tayoqchalari, ba'zi achitqisimon zamburug‘larning hayot faoliyatini susaytiradilar, ularni ichak shilliq qavatiga adgeziya bo‘lishiga to‘sqinlik qiladilar. Lakto- va bifidobakteriyalar ichakda foydali mikroflora rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi, ichak mikroflorasining fiziologik muvozanatini tutib turadi va boshqaradi, me'da-ichak yo‘llarida (MIY) mikrobiotsenozni normallashishiga yordam beradi. Lakto-va bifidobakteriyalar organizmning nospetsifik rezistentligini oshiradi, immunomodulyatsiya qiluvchi ta'sirga ega.
Opeferaning tarkibiga kiruvchi normal mikroflora bakteriyalari ovqatni ichak devorida hazm bo‘lishini faollashtiradi, oqsillar, yog‘lar, uglevodlarni fermentativ parchalanishida, o‘t kislotalari va xolesterinni metabolizmi jarayonlarida ishtirok etadi (gipoxolesterinemik ta'sir ko‘rsatadi). Lakto- va bifidobakteriyalar aminokislotalar, pantotenat kislotasi, K vitamini va V guruhi vitaminlarini sintezlaydi, temir, kaltsiy D vitaminini so‘rilishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
• ichak mikroflorasini tiklash va normallashtirish, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilash;
• gastroenterit, dispepsiyani davolash;
• antibiotiklarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan diareya, kasalxona ichidagi diareyani oldini olish va davolash;
• ichak faoliyatini, ovqat ratsionini o‘zgarishi, sayohatlar va boshqa sabablar bilan bog‘liq bo‘lgan tranzitor buzilishi (diareya kabi qabziyat ham) ni davolash;
• laktaza yetishmovchiligini davolash;
• atopik kasalliklar (allergik rinit, astma yoki ekzema) ni oldini olish va ularni majmuaviy davolash tarkibida davolash;
• organizmning immunitetini va turli kasalliklarga nisbatan qarshiligini oshirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Opefera ichga ovqatdan so‘ng ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga va kapsulani butun holda yuta olmaydigan patsiyentlarga kapsulani ochish, ichidagisini qoshiqqa to‘kish va ko‘p bo‘lmagan suyuqlik bilan aralashtirish kerak.
1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar 1 kapsuladan kuniga 2 marta qabul qilinadi;
3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar 1 kapsuladan kuniga 3 marta qabul qilinadi;
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar 1-2 kapsuladan kuniga 3 marta qabul qilinadi.
Davolash davomiyligi disbakteriozni rivojlanish sababi va organizmning individual hususiyatlariga bog‘liq.
Nojo‘ya ta'sirlari
Komponentlaridan birontasiga nisbatan sezuvchanlikni oshishi oqibatida allergik reaktsiyalar (juda kam hollarda) rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Komponentlaridan birortasiga ma'lum bo‘lgan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dori vositalari bilan o‘zaro ta'sir qilganida noxush reaktsiyalar yoki nojo‘ya samaralar yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Probiotik davolash quyidagi patsiyentlar guruhi uchun faqat shifokorning nazorati ostida o‘tkaziladi
• immun tizimi buzilgan yoki susaygan patsiyentlar, ayniqsa OITS ning kechki bosqichlari bo‘lgan patsiyentlar yoki allotransplantantlari bo‘lgan, shuningdek kimyoterapiya oladigan patsiyentlar;
• endo- yoki miokardit bilan xastalangan, yo‘g‘on ichakda yoki og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarda operatsiya o‘tkazgan patsiyentlar;
• me'da osti bezi faoliyatini o‘tkir buzilishi bo‘lgan patsiyentlar, shu jumladan insulinga qaram diabetiklar. Probiotiklar qandni o‘zlashtirish jarayonini yaxshilash hususiyatiga ega, shu sababli patsiyentlarda insulinli shokni chaqiradi. Probiotiklarni qabul qilganda qondagi glyukozaning darajasi doimo o‘lchanishi, va insulinning dozasi muvofiq ravishda kamaytirilishi kerak.
• qisqa ichak sindromi bo‘lgan, D-laktat atsidoz bilan xastalangan bolalar. Bakteriyalarning shtammlari tomonidan D-laktat ishlab chiqarilishini oldini olish uchun choralarni ko‘rish kerak.
• qonli diareya bilan xastalangan patsiyentlar.
Quyidagi sanab o‘tilgan barcha holatlarda probiotiklarning ijobiy ta'siri kuzatilishi mumkin bo‘lgan havfdan ustun turadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Davolovchi shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng preparatni homilador va emizuvchi ayollarda qo‘llash mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
1 yoshdan boshlab bolalarda shaxsiy ichak mikroflorasini rivojlantirish maqsadida, probiotik preparatlarni ushbu toifadagi bemorlarda shifokorning qat'iy ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Opefera avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtda Opefera preparatining dozasini oshirib yuborilish holatlari yuzasidan xabarlar berilmagan.
Chiqarilish shakli
28 kapsula flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Namlikdan himoyalangan joyda 18oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Flakon ochilganidan so‘ng sovutgichda saqlansin va bir oy davomida ishlatilsin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Dr Sertus Ilach Sanayi ve Tidjaret Limited Shirketi», Turkiya
(“Dr Sertus İlaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi”, Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Kendi Ltd», Gurmazovskoye shossesi 8, 2227 Bojurishte, Bolgariya
(“Kendy Ltd”, 8 Gurmazovsko shose, 2227 Bozhurishte, Bulgaria).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.