Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dyufaston tab. 10 mg №20
Nomi | Narx | |||||
Дюфастон таб. 10мг №20 (373534##2 233) |
UZS 175 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Дюфастон таб. 10мг №20 (373534##2 238) |
UZS 175 200
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Дюфастон таб. 10мг №20 (373534##2 254) |
UZS 163 000
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Дидрогестерон
Страна производитель
Нидерланды
Дозировка
10 мг
Производитель
Abbott Healthcare Products B.V.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Ozarbayjon Respublikasi: +994124974401; O‘zbekiston Respublikasi
Preparatning savdo nomi
Dyufaston®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) didrogesteron
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 10 mg didrogesteron;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, gipromelloza, makkajo‘xori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.
qobig‘i oq Opadri OY-1-7000 (gipromelloza, polietilenglikol 400, titan dioksidi (E171)).
Ta'rifi dumaloq, ikki tomoni qavariq, oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan, chetlari kesilgan, bir tomonida riskali, riskaning ikkala tomonida “155” gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar.
Bo‘lish chizig‘i faqat tabletkani bo‘lishni yengillashtirish va yutishni yengillashtirish uchun mo‘ljallangan, biroq ikkita bir xil dozaga bo‘lish uchun emas.
Farmakoterapevtik guruhi
Siydik tanosil tizimiga ta'sir etuvchi vositalar va jinsiy gormonlar. Progestagen.
ATX kodi G03DV01
Farmakologik xususiyatlari
Didrogesteron ichga qabul qilinganda faol sintezlangan progesteronni analogi. Peroral qabul qilingan didrogesteron endometriyga selektiv ta'sir qilib va uning to‘liq sekretor transformatsiyasini chaqiradi, shu orqali estrogenlar tomonidan induktsiya qilingan endometriyning giperplaziyasini va/yoki kartserogenezini rivojlanish xavfini oshishidan saqlaydi.
Didrogesteron estrogen, androgen, anabolik va glyukokortikosteroid faollikka ega emas. Didrogesteron ovulyatsiya jarayonini susaytirmaydi. Bu tug‘ruq yoshidagi ayollarda Dyufaston® qabul qilinganda ham urug‘lanish imkonini saqlanishini bildiradi.
Postmenopauza davridagi ayollarda bachadonda estrogenlar bilan o‘rinbosar davolash endometriy giperplaziyasini va endometriy kartsinomasi rivojlanishi xavfini oshiradi. Progestagenni qo‘shish qo‘shimcha xavfning oldini oladi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Peroral qabul qilgandan keyin didrogesteron tez so‘riladi. Tmax 0,5 va 2,5 soatlar oralig‘ida namoyon bo‘ladi. Didrogesteronni mutloq biokiraolishligi (7,8 mg vena ichi infuziyasi bilan solishtirganda 20 mg peroral doza) 28% ni tashkil qiladi.
Quyidagi jadval 10 mg didrogesteronni bir martalik dozasini qabul qilgandan keyin didrogesteronning (D) va 20α digidrodidrogesteronning (DHD) farmakokinetik ko‘rsatkichlarini aks ettiradi
Didrogesteron DGD
Smax maksimal kontsentratsiya (ng/ml)2,153,0
AUC “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (ng*s/ml)7,7322,0
Taqsimlanishi
Didrogesteronni vena ichiga qo‘llanganida taqsimlanish hajmi barqaror kontsentratsiyada taxminan 1400 ml ni tashkil qiladi. Didrogesteronning va digidrogesteronning (DHD) 90% dan ortig‘i plazma oqsillari bilan bog‘lanadi.
Metabolizmi
Peroral qabul qilingandan keyin didrogesteron tez metabolizmga uchraydi va DHD ga aylanadi. Doza qabul qilinganidan keyin taxminan 1,5 soatdan so‘ng, asosiy faol metaboliti - DHD ning plazmadagi darajasi cho‘qqi kontsentratsiyasini ko‘rsatdi. Plazmada DHD ni darajasi, didrogesteronga nisbatan ancha yuqori. DHD va didrogesteronning AUC va Smax ga nisbati muvofiq 40 va 25 ni tashkil qiladi. Didrogesteron va DHD o‘rtacha yakuniy yarim chiqarilish davri muvofiq ravishda 5 soatdan 7 soatgacha va 14 soatdan 17 soatgacha o‘zgarib turadi. Barcha metabolitlarning umumiy xarakteristikasi oxirgi modda 4,6-diyen-2-ona strukturasini tutilishi va 17α-gidroksillanishining yo‘qligidir. Bu didrogesteronning estrogen va androgen samarasini yo‘qligini tushuntiradi.
Chiqarilishi
Nishonlangan didrogesteron peroral qabul qilinganidan keyin, dozaning o‘rtacha 63% siydik bilan chiqariladi. Plazmadan umumiy klirens minutiga 6,4 litrni tashkil qiladi. 72 soat davomida chiqarilishi tugaydi, DHD siydikda asosan ikki glyukuronkislotasi ko‘rinishida aniqlanadi.
Doza va vaqtga bog‘liqligi
Bir martalik va ko‘p martalik dozaning farmakokinetikasi 2,5 dan 10 mg gacha peroral qabul qilish uchun dozalash diopazonida bir xil hisoblanadi. Bir martalik va ko‘p martalik dozani kinetik solishtirishda didrogesteron va DHD ning farmakokinetikasi takroriy dozadan keyin o‘zgarmasligini ko‘rsatdi. Davolashning uchinchi kunidan keyin muvozanat holatiga erishiladi.
Qo‘llanilishi
-Hayz siklini boshqarish uchun;
-endometrioz;
-hayz ko‘rish oldi sindromi;
-dismenoreya;
-lyutein yetishmovchiligi bilan bog‘liq bepushtlik;
-progesteron yetishmovchiligi oqibatidagi homila tashlash xavfi;
-progesteron yetishmovchiligi oqibatidagi odatiy bola tashlashda qo‘llanadi.
Intakt bachadon bilan bo‘lgan ayollar uchun estrogenlar bilan davolashda siklik qo‘shimcha sifatida 10 mg Dyufaston® ishlatish mumkin
-postmenopauza davrida endometriy giperplaziyasini rivojlanishini oldini olish uchun;
-disfunktsional bachadondan qon ketishlarda;
-ikkilamchi amenoreyada.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash
Dyufaston® preparati bilan davolashda quyidagi dozalash tartiblari tavsiya etiladi. Dozalar kasallikning og‘irlik darajasi va davolashga patsiyentning shaxsiy javobiga mos ravishda tanlash kerak.
Siklni boshqarish
Siklning 11-nchi kunidan 25-nchi kunigacha kuniga 1 tabletkadan qabul qilib, siklni 28 kun davom etishiga erishish imkoniyati mavjud.
Endometrioz
Siklning 5-nchi kunidan 25-nchi kunigacha kuniga 1-3 tabletkadan yoki umumiy sikl
davomida uzluksiz tartibda buyuriladi. 10 mg karrali dozalarni bir necha marta qabul qilishni mo‘ljallab kun davomida teng taqsimlash kerak. Davolashni eng yuqori dozadan boshlash tavsiya etiladi.
Hayz ko‘rish oldi sindromi
Hayz ko‘rish siklini ikkinchi yarmida keyingi siklni birinchi kunigacha 10 mg dan kuniga 2 marta buyuriladi. Davolash boshlangan kun va davolash kunlarni soni hayz ko‘rishni siklini shaxsiy davomiyligiga bog‘liq.
Dismenoreya
Siklning 5-nchi kunidan 25-nchi kunigacha kuniga 1-2 tabletkadan buyuriladi. 10 mg li dozalarni bir necha marta qabul qilishni kun davomida teng taqsimlash kerak. Davolashni eng yuqori dozadan boshlash tavsiya etiladi.
Lyuteinyetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan bepushtlik
Siklning 14-nchi kunidan 25-nchi kunigacha kuniga 1 tabletkadan buyuriladi.
Davolashni kamida ketma-ket 6 sikl davomida davom ettirish lozim. Davolashni odatiy bola tashlash uchun ko‘rsatilgan dozalarda, homiladorlikning birinchi oyi davomida ham davom ettirish maqsadga muvofiqdir.
Bola tashlash xavfi
Boshlang‘ich doza birdaniga 4 ta tabletka, so‘ngra 1 tabletkadan har 8 soatda buyuriladi. 10 mg karrali dozalarni bir necha marta qabul qilishni mo‘ljallab kun davomida teng taqsimlash kerak. Davolashni eng yuqori dozadan boshlash tavsiya etiladi.
Agar simptomlar saqlansa yoki davolash vaqtida takrorlansa, har 8 soatda 1 tabletkagacha oshirish lozim.
Simptomlar to‘xtaganidan keyin, samarali dozani bir hafta davomida tutib turish lozim; dozani asta-sekin pasaytirish mumkin bo‘ladi. Agar simptomlar takrorlansa, davolashni samarali dozani qo‘llash bilan darhol yangidan boshlash lozim.
Odatiy homila tashlash
Homiladorlikning 20-haftasigacha kuniga 1 tabletkadan buyuriladi; doza asta-sekin kamaytirilishi mumkin.
Davolashni urug‘lanishdan oldin boshlash afzalroqdir.
Agar bola tashlash xavfining simptomlari davolash vaqtida paydo bo‘lsa, davolashni ushbu buzilishlar uchun muvofiq ko‘rsatmalar bo‘yicha davom ettirish lozim.
Bachadondan disfunktsional qon ketishlari
5-7 kun davomida kuniga 2 tabletkadan qabul qilinganda qon ketish to‘xtaydi. Bir necha kun davomida qon yo‘qotish ancha kamayadi. Davolash tugaganidan keyin bir necha kundan so‘ng bekor qilish oqibatida qon ketishi paydo bo‘ladi, bu haqida patsiyentni ogohlantirish kerak.
Keyinchalik qon ketishlarni paydo bo‘lishini oldini olish uchun siklning 11-nchi kunidan 25-nchi kunigacha kuniga 1 tabletkadan buyuriladi. Zarurati bo‘lganida Dyufaston® estrogen bilan majmuada siklni birinchi yarmida 2-3 sikl davomiyligida buyuriladi. Shundan so‘ng patsiyentda sikl normallashganiga ishonch hosil qilish uchun davolashni to‘xtatish mumkin.
Ikkilamchi amenoreya
Endogen yoki ekzogen estrogenlar tomonidan tayyorlangan, endometriyning optimal sekretor transformatsiyasi uchun siklning 11-nchi kunidan 25–nchi kunigacha kuniga 1-2 tabletkadan buyuriladi.
Menopauza davrida endometriy giperplaziyasini rivojlanishini oldini olish
Har bir 28 kunlik sikl vaqtida estrogen bilan davolashda birinchi 14 kun estrogenni alohida, keyingi 14 kunida esa estrogen bilan davolashga qo‘shimcha 10 mg didrogesteronni 1-2 tabletkadan kuniga 1 marta qabul qilinadi.10 mg li 2 tabletkadan foydalanishda tabletkalar kun davomida teng taqsimlanishi lozim.
Didrogesteronni qabul qilishda odatda bekor qilish qon ketishi kelib chiqadi.
Ayollarga hayz ko‘rishdan keyin estrogen/progesteron bilan majmuaviy davolash qo‘llanganida davolashni minimal samarali dozagacha cheklash va terapevtik maqsadlarga erishish uchun qisqa davr zarur bo‘lib, bunda har bir konkret ayol uchun xavfni muntazam baholash kerak (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang).
Didrogesteronni birinchi hayzgacha ishlatish haqida ma'lumotlar mavjud emas. Didrogesteronni 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Qo‘llash usuli
Peroralqo‘llash uchun buyuriladi.
Preparatni yuqoriroq dozalarda buyurilganida preparatni kun davomida teng taqsimlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Estrogenni qo‘llanmasdan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda didrogesteron bilan davolanayotgan patsiyentlarda juda ko‘p ro‘y bergan quyidagi noxush samaralar metrorragiya, sut bezlarida og‘riq/ ularni sezuvchanligini oshishi va migren/bosh og‘rig‘i to‘g‘risida xabar berilgan.
Estrogenni ishlatmasdan didrogestogenni qo‘llash bilan o‘tkazilgan (n=3483) klinik tadqiqotlarda quyida keltirilgan tez-tezlik bilan qayd etilgan bo‘lib, ular haqida spontan xabarlar olingan
MedDRA ma'lumotlari bazasiga muvofiq a'zolar sinfiTez-tez
≥1100, <110Tez emas
≥11,000, <1100Kam hollarda
≥110,000, <11,000
Xavfsiz, xavfli va aniqlanmagan o‘smalar, (shu jumladan kistalar va poliplar)Progesteronga bog‘liq o‘smalarni o‘sishi (masalan meningoma)*
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlarGemolitik anemiya*
Ruhiyat tomonidan buzilishlarDepressiya
Immun tizimi tomonidan buzilishlarYuqori sezuvchanlik
Nerv tizimi tomonidan buzilishlarMigren/bosh og‘rig‘iBosh aylanishiUyquchanlik
Me'da-ichak yo‘llari tizimi tomonidan buzilishlarKo‘ngil aynishiQusish
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlarJigar faoliyatini buzilishi (sariqlik, asteniya yoki holsizlik, va qorin sohasida og‘riqlar bilan)
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlarAllergik dermatit (masalan toshma, qichishish, eshakemi)Angionevrotik shish*
Jinsiy a'zolar va sut bezi tomonidan buzilishlarHayz siklini buzi-lishlari (shu jumla-dan metrorragiya, menorragiya, oligo-/amenoreya, dismenoreya va nomuntazam hayz ko‘rish)
Og‘riq/sut bezlari sezgirligini oshishiSut bezlarini shishi
Umumiy xarakterdagi buzilishlar va yuborish joyida reaktsiyalarShish
Laborator va instrumental ma'lumotlarTana vaznini oshishi
* Spontan xabarlar sifatida olingan, lekin klinik tadqiqotlarni o‘tkazishdaqayd etilmagan nohush samaralar, kutilgan tez-tezlikning 95% li ishonchli intervalining yuqori chegarasi 3/x yuqori emasligini nazarda tutib, “kam hollarda” deb tasniflanadi, x=3483 (bu klinik tadqiqotda ishtirok etgan patsiyentlarning umumiy soni).
Estrogen-progesteron bilan davolash vaqtida yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush samaralar (shuningdek “
Maxsus ko‘rsatmalar
” va estrogen preparatlarining farmatsevtik preparatlar haqida ma'lumot qismiga qarang)
-sut bezi raki, endometriy giperplaziyasi, endometriy kartsinomasi, tuxumdonlar raki;
-venoz tromboemboliya;
-miokard infarkti, yurak ishemik kasalligi, ishemik insult.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Didrogesteronga yoki preparatni xar qanday yordamchi komponentlariga ma'lum bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlik;
-jinsiy gormonlarga bog‘liq bo‘lgan ma'lum yoki gumon qilinayotgan xavfli o‘smalar (masalan, meningioma);
-noaniq etiologiyali vaginal qon ketishlarida qo‘llash mumkin emas;
-hozirgi vaqtda yoki anamnezdagi jigarning jiddiy kasalliklari bor bo‘lib estrogenlarni didrogesteron kabi progestagenlar bilan majmuada qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarni hisobga olish kerak (jigar faoliyatini laboratoriya ko‘rsatkichlari normalashishiga qadar)
Dorilarning o‘zaro ta'siri
In vitro sharoitlarida o‘tqazilgan tadqiqotlarning ma'lumotlari, asosiy metabolizm yo‘li odamning sitozolida aldo-keto reduktaza 1S (AKR 1C) tomonidan katalizga uchraydigan farmakologik jihatdan asosiy metaboliti 20α – digidrodidrogesteron (DGD) ni xosil bo‘lishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Navbatdagi metabolik o‘zgarishlar sitoxrom R450 (CYPs) izofermentlar tizimi deyarli faqat CYP3A4 izofermenti tomonidan amalga oshadi, turli axamiyatsiz metabolitlari hosil bo‘lishiga olib keladi. Asosiy faol metabolit DGD CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolik transformatsiya uchun substrat hisoblanadi.
Shunday qilib, tirishishga qarshi vositalar (masalan fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, infektsiyaga qarshi preparatlar (masalan rifampitsin, rifabutin, nevirapin, efavirents) va dalachoy (hypericum perforatum) saqlovchi o‘simlik preparatlari kabi ushbu izofermentlarni induktsiya qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, ma'lum moddalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida didrogesteronning metabolizmi tezlashishi mumkin.
Ritonavir va nelfinavir – sitoxrom fermentining ma'lum bo‘lgan kuchli ingibitorlari hisoblanadi, biroq, haqiqatdan steroid gormonlarni yondosh qo‘llanganda ferment induktsiya qiluvchi ta'sirini namoyon qiladi.
Didrogesteron metabolizmining klinik oshishi davolash samarasini kamayishiga olib kelishi mumkin.
In vitro sharoitdagi tadqiqotlar, didrogesteron va digidrogesteron klinik ahamiyatli kontsentratsiyalarda dori preparatlarini metabolizmida ishtirok etuvchi sitoxrom R450 fermentlarini susaytirmasligi va induktsiya qilmasligini ko‘rsatdi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bachadondan disfunktsional qon ketishi yuzasidan didrogesteron bilan davolashga o‘tishdan oldin, organik sababni inkor etish lozim.
Davolashning birinchi oylari davomida shiddatli qon ketishlari va qon surkalmalari paydo bo‘lishi mumkin. Agar shiddatli qon ketishlari va qon surkalmalari davolash davri davomida yoki davolashni to‘xtatilgandan keyin ham davom etsa, xavfli o‘smalarni istisno qilish maqsadida zarurati bo‘lsa, endometriyni biopsiya qilish yo‘li bilan sababni aniqlash lozim.
Agar birinchi marta qo‘llash vaqtida quyidagi simptomlardan biri paydo bo‘lsa yoki yomonlashsa, davolashni to‘xtatish mumkinligini ko‘rib chiqish lozim
-haddan tashqari kuchli bosh og‘rig‘i, migren yoki bosh miyaning ishemiyasidan dalolat beruvchi simtomlar;
-arterial bosimni ahamiyatli oshishi;
-venoz tromboemboliyani ko‘rinishlari.
Odatiy bola tashlash yoki bola tashlash xavfi bo‘lgan hollarda, homilaning hayotiy qobiliyatini aniqlash, shuningdek davolash davomida homiladorlik davom etayotganini va embrion tirikligini nazorat qilib turish zarur.
Kuzatuvni talab qiluvchi holatlar.
Ma'lumki, jinsiy gormonlar quyidagi kam uchraydigan, homiladorlik vaqtida yoki jinsiy gormonlar qo‘llanganida paydo bo‘lishi va yomonlashishi mumkin bo‘lgan xolestatik sariqlik, homiladorlar gerpesi, kuchli qichishish, otoskleroz va porfiriya. holatlariga ta'sir qiladi.
Anamnezida depressiyasi bo‘lgan patsiyentlar qat'iy nazorat ostida bo‘lishlari lozim; agar og‘ir depressiya qaytadan yuz bersa, gidrogesteron bilan davolashni to‘xtatish zarur.
Boshqa holatlar.
Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza–galaktozani so‘rilishini buzilishi kabi – kam uchraydigan nasliy holatlari bo‘lgan patsiyentlar, ushbu dori vositasini qabul qilishlari mumkin emas.
“Menopauza davrida endometriy giperplaziyasini rivojlanishini oldini olish” ko‘rsatmasi bo‘yicha Dyufaston® preparatini ishlatishga taalluqli ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari.
Estrogen uchun tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ogohlantirishga ham qarang.
Postmenopauzal simptomlarini davolash uchun o‘rinbosar gormonal davolashni (O‘GD), faqat ushbu simptomlar hayot sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatgan holatdagina qo‘llash mumkin. Barcha hollarda o‘rinbosar gormonal terapiyaning foyda va xavfini bir yilda kamida bir marta sinchiklab baholash lozim. O‘rinbosar gormonal davolashni, faqat foyda xavfdan yuqori bo‘lgan holatdagina davom ettirish mumkin.
Tibbiy ko‘riklar/keyingi kuzatuv.
O‘rinbosar gormonal davolashga (O‘GD) kirishishdan yoki tanaffusdan keyin uni qaytadan boshlashdan oldin, to‘liq tibbiy anamnez (shu jumladan oilaviy) ni yig‘ish lozim. Anamnez, qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar va ogohlantirishlarni hisobga olgan holda, ob'ektiv tekshiruvlar (jumladan ginekologik ko‘rik va sut bezlarini ko‘ruvi) o‘tkazilgan bo‘lishi lozim. Davolash vaqtida chastotasi va xarakteri jihatidan patsiyentning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan muntazam ko‘riklarni o‘tkazib turilishi tavsiya etiladi. Sut bezlaridagi qanday o‘zgarishlari borligi to‘g‘risida o‘zlarining shifokorlariga xabar berishlari lozimligi haqida ayollarni xabardor qilish lozim (quyidagi “Sut bezi raki” paragrafiga qaralsin).
Mammografiya kabi vizualizatsiya usullarni o‘z ichiga olgan sut bezlarini ko‘rigini, aynan shu ayolning holatini e'tiborga olgan holda o‘tkaziladigan skriningni o‘tkazish uchun joriy tavsiyalarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Endometriy giperplaziyasi va kartsinoma.
Progesteronlarni qo‘shmasdan estrogenlarni uzoq muddat qo‘llash endometriy giperplaziyasini va bachadoni saqlab qolingan ayollarda endometriy kartsinomasini rivojlanish xavfini oshiradi. Davolash davomiyligi va estrogenning dozasiga qarab ushbu, xavf estrogen qabul qilmayotgan ayollarga nisbatan, 2-12 marta yuqori bo‘lishi mumkin. Estrogen bilan davolash tugaganidan keyin, xavf yana kamida 10 yil davomida saqlanib qoladi. Ushbu qo‘shimcha xavfni, 28 kunlik siklda oyiga kamida 12 kun davomida estrogen bilan davolashni didrogestagen kabi progestagenni qabul qilish bilan birga o‘tkazgan holda oldini olish mumkin.
Davolashning birinchi oylari davomida navbatdan tashqari qon ketishlari va qon surkalmalari yuz berishi mumkin. Agar shiddatli qon ketishlari va qon surkalmalari davolanish davri davomida saqlanib qolsa yoki davolash tugaganidan keyin ham davom etsa, xavfli o‘smani istisno qilish maqsadida zarurati bo‘lsa endometriyni biopsiyasi yo‘li bilan sababini aniqlash kerak.
Sut bezi raki.
Barcha mavjud ma'lumotlar, O‘GD sifatida estrogen + progestagen kompleks davolash va ehtimol, O‘GD sifatida faqat estrogen qabul qilayotgan ayollarda sut bezi rakining yuqori xavfi haqida dalolat beradi. Ushbu xavf davolashning davomiyligiga bog‘liq.
Estrogen va progestagen bilan kompleks davolash
Randomizatsiya qilingan platsebo – nazoratli tadqiqot (Women’s Health Initiative Study (WHI)) va epidemiologik tadqiqotlar, 3 yil va undan ortiq vaqt davomida qo‘llangandan keyin sut bezi rakining yuqori xavfi mavjud bo‘lishini isbotladi. Davolash to‘xtatilgandan keyin ushbu qo‘shimcha xavf maksimum 5 yil davomida saqlanadi. O‘rinbosar gormonal davolash ayniqsa estrogen-progestagen bilan kompleks davolash, mammografik tasvirning zichligini oshiradi, bu sut bezi rakini radiologik usullar orqali aniqlashga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Tuxumdonlar raki.
Tuxumdonlar raki, sut bezi rakiga nisbatan kamroq uchraydi. Yirik metatahlil natijasida olingan ma'lumotlar estrogen bilan monoterapiya yoki estrogenni O‘GD sifatida progestagen bilan majmuada qo‘llayotgan ayollarda xavfni biroz oshishini ko‘rsatdi, u 5 yil davomida qo‘llanilganida namoyon bo‘ladi va davolash to‘xtatilgandan keyin vaqt o‘tishi bilan kamayadi. Ayrim boshqa tadqiqotlar, shu jumladan WHI tadqiqoti majmuaviy O‘GD ni qo‘llash xuddi shunday yoki biroz pastroq xavf bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Venoz tromboemboliya
O‘rinbosar gormonal davolash venoz tromboemboliyani (VTE), ya'ni chuqur venalari trombozi yoki o‘pka emboliyasini, kelib chiqish xavfini 1,3–3 marta oshishi bilan bog‘liqdir. Ushbu hodisaning o‘rinbosar davolashning keyingi yillarga nisbatan, birinchi yilida yuz berish ehtimoli ko‘proqdir.
Aniqlangan trombofiliyasi bo‘lgan patsiyentlar VTE paydo bo‘lishini yuqori xavfi guruhida bo‘ladi, bunda O‘GD ushbu xavfni qo‘shimcha ravishda oshirishi mumkin. Shu sababli ushbu patsiyentlarga O‘GD ni buyurish mumkin emas.
VTE paydo bo‘lishi umum qabul qilingan xavf omillari - estrogenlarni qo‘llanishi keksalik yoshi, yirik operativ aralashuvlari,uzoq muddatli immobilizatsiya, semizlik (BMI > 30 kg/mg), homiladorlik / tug‘ruqdan keyingi davr, tizimli qizil yugurik (SLE) va rak. VTE ni ro‘y berishida venalarning varikoz kengayishining mumkin bo‘lgan roli to‘g‘risida bir to‘xtamga kelinmagan.
Operatsiyadan keyin barcha patsiyentlar uchun xirurgik aralashuvlvrdan keyin VTE ni oldini olish uchun choralarini qo‘llashni ko‘rib chiqish lozim. Agar rejali operativ aralashuvlardan keyin davomli immobilizatsiya rejalashtirilgan bo‘lsa, operatsiyadan 4–6 hafta oldin O‘GD ni qo‘llashni to‘xtatish tavsiya etiladi. Davolashni ayollarning mobilligi to‘liq tiklangandan keyingina mumkin.
Shaxsiy anamnezida venoz tromboemboliyasi bo‘lmagan ayollarga, biroq qarindoshlarining anamnezida yoshligida birinchi darajali trombozi bo‘lganida, uning chegaralarini mulohaza qilgandan keyin, skriningni qo‘llashni tavsiya qilish mumkin (trombofilik anomaliyaning faqat ayrim miqdorigina skrining yordamida aniqlanishi mumkin). Agar oila a'zolarida trombofilik siljish trombozga olib kelganligi aniqlangan bo‘lsa yoki jiddiy anomaliyalarga (masalan antitrombin, S oqsili yoki S oqsili tanqisligi yoki buzilishlarning birga bo‘lishiga) olib kelsa, O‘GD larni qo‘llash mumkin emas. Antikoagulyant terapiyani qabul qilayotgan ayollar uchun, O‘GD ni buyurish foyda va xavfini sinchkov baxolash lozim.
Agar VTE, davolash boshlangandan keyin rivojlansa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish lozim. Tromboemboliya simptomlari (masalan, oyoqlarning og‘riqli shishi, ko‘krakda to‘satdan og‘riq, nafas yetishmovchiligi) paydo bo‘lganida darxol shifokorga murojaat qilish zarurligi haqida patsiyentlarni xabardor qilish kerak.
Yurak ishemik kasalligi (CHD)
Randolizatsiyalangan, nazoratli tadqiqotlarda estrogen–progesteron kompleks davolashni yoki faqat estrogen bilan o‘rinbosar gormonal davolashni qabul qilayotgan, yurak ishemik kasalligi bo‘lgan yoki usiz ayollarda miokard infarktidan himoya qilinishi to‘g‘risida dalillar aniqlanmagan.
Estrogen va progestagen bilan kompleks davolash
O‘GD ni estrogen va progestagen bilan majmuada o‘tkazilganda yurak ishemik kasalligini yuz berishini nisbiy xavfi biroz oshadi. Yurak ishemik kasalligini ro‘y berishining asosiy mutloq xavfi yoshga ahamiyatli darajada bog‘liqligi tufayli, ayollarda menopauza boshlanishidan oldin estrogen–progesteronni qo‘llash natijasida yurak ishemik kasalligini qo‘shimcha ro‘y berish holatlari soni juda ham kam, lekin yosh o‘tishi bilan bu ko‘rsatkich oshib boradi.
Ishemik insult.
Majmuaviy o‘rinbosar gormonal davolashni yoki faqat estrogen bilan o‘rinbosar gormonal davolashni qo‘llash, ishemik insultni kelib chiqish xavfini 1,5 baravar oshishiga olib keladi. Nisbiy xavf yosh yoki menopauza boshlangunicha o‘tgan vaqtga qarab o‘zgarmaydi. Biroq, SVA ning asosiy xavfi ahamiyatli darajada yoshga bog‘liq bo‘lganligi tufayli, mutloq xavf yosh o‘tgani sayin oshadi.
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlik
9 milliondan ortiq homilador ayollar didrogesteronni qabul qilingani taxmin qilinadi. Hozirgi kunga kelib, homiladorlik vaqtida didrogesteronning zararli ta'siri xaqida ma'lumotlar yo‘q. Adabiyotda ayrim progesteronlarni qo‘llanishi gipospadiyalarni kelib chiqish xavfini oshishiga olib kelishi aniqlangan tadqiqot natijalari ta'riflanadi. Biroq, hozirgi vaqtgacha boshqa tadqiqotlarda aniq tasdiq olinmaganligi tufayli, progesteronlarni gipospadiyani yuz berishiga ta'siri yuzasidan yakuniy xulosaga kelish mumkin emas.
Homiladorlikning birinchi bosqichida didrogesteron bilan davolangan cheklangan sondagi ayollar qatnashgan klinik tadqiqotlar xavfni oshishini ko‘rsatmadi. Hozirgi paytda boshqa epidemiologik ma'lumotlar yo‘q.
Klinika oldi tadqiqotlarda embrio–fetal va postnatal rivojlanishga bo‘lgan qayd etilgan samaralar, farmakologik yo‘nalishiga mos kelgan. Noxush samaralar faqat odam uchun maksimal ekspozitsiyadan ancha yuqori ekspozitsiya hollaridagina yuz bergan. Didrogesteronni homiladorlik vaqtida, agar buning uchun aniq ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsaginaqo‘llash mumkin.
Laktatsiya
Didrogesteron ko‘krak sutiga o‘tishi noma'lum. Didrogesteronni ko‘krak sutiga chiqarilishi to‘g‘risidagi masala o‘rganilmagan. Boshqa progesteronlarni qo‘llash tajribasi, progesteronlar va ularning metobolitlari oz miqdorda ko‘krak sutiga o‘tishini ko‘rsatadi. Bola uchun xavfning bor yoki yo‘qligi noma'lum. Shuning uchun emizish vaqtida didrogesteronni qo‘llash mumkin emas.
Fertillik
Didrogesteronni fertillikka ta'siri haqidagi ma'lumotlar mavjud emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Didrogesteron avtomobilni boshqarish va turli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga biroz ta'sir ko‘rsatadi.
Kam hollarda, asosan qabul qilgandan keyin birinchi soatlarda, yengil uyquchanlik va/yoki bosh aylanishini chaqirishi mumkin. Shunday qilib, transport vositasini boshqarishda va turli mexanizmlarni ishlatishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Didrogesteron – juda kam zaharli moddadir. Ko‘ngil aynishi, qusish, uyquchanlik va bosh aylanishi dozani oshirib yuborilganda nazariy jihatdan yuz berishi mumkin bo‘lgan simptomlar hisoblanadi. Didrogesteronning dozasini oshirib yuborish hollari zararli ta'sirga olib kelishi xaqidagi ma'lumotlar mavjud emas.
Davolash
Maxsus davolash talab qilinmaydi. Doza oshirib yuborilgan hollarda simptomatik davolash mumkinligini ko‘rib chiqish lozim.
Chiqarilish shakli
20 tabletka alyumin folga va PVX plyonka blisterda. 1 blisterdan qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, original o‘ramda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Ebbott Biolodjikalz B.V., Niderlandiya/Abbot Biologicals B.V., The Netherlands.
Manzili
Veyerveg 12,8121 AA Olst, Niderlandiya/Veerweg 12,8121 AA Olst, The Netherlands.
Siz dori preparatining noxush ko‘rinishlari yoki sifatiga shikoyatlarni telefon bo‘yicha (sutka davomida) Ebbottga xabar qiling
Ozarbayjon Respublikasi +994124974401; O‘zbekiston Respublikasi
+998711290550.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.