Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Enterofuril kaps. (Nifuroksazid) 200mg №16
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Нифуроксазид
Страна производитель
Босния и Герцеговина
Дозировка
200 мг/5 мл 90 мл
Производитель
Bosnalijek JSC
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Enterofuril®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) nifuroksazid
Dori shakli
kapsulalar
100 mg li dozasining tarkibi
№2 bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100,0 mg nifuroksazid;
yordamchi moddalar 41,12 mg makkajo‘xori kraxmali, 36,00 mg saxaroza, 5,10 mg kukunsimon sellyuloza, 3,78 mg magniy stearati;
kapsula qobig‘ining tarkibi titan dioksidi (E 171) – 1,3333%, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi
(E 104) – 0,7664%, azorubin bo‘yovchisi (E 122) – 0,0022%, to‘q qizil bo‘yovchisi [Ponso 4R]
(E 124) – 0,0077%, jelatin – q.s 100% gacha.
200 mg li dozasining tarkibi
№0 bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda 200,0 mg nifuroksazid;
yordamchi moddalar 65,9 mg makkajo‘xori kraxmali, 68,0 mg saxaroza, 9,0 mg kukunsimon sellyuloza, 7,1 mg magniy stearati;
kapsula qobig‘ining tarkibi titan dioksidi (E 171) – 2,9500%, temir (II) oksidi (E 172) – 1,0000%, jelatin – q.s 100% gacha.
Ta'rifi tiniq bo‘lmagan qattiq jelatinli sariq (100 mg li doza – №2) va jigar rangli (200 mg li doza – №0) kapsulalar, ular sariq rangli granulyatlar yoki yengilgina bosilganida maydalanib ketadigan sariq rangli biroz presslangan granulyatlar bilan to‘ldirilgan.
Farmakoterapevtik guruhi
Diareyaga qarshi preparatlar. Ichakda mikroblarga qarshi va yallig‘lanishga qarshi preparatlar. Ichakda mikroblarga qarshi boshqa preparatlar. Nifuroksazid.
ATX kodi A07AX03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Nifuroksazid – mikroblarga qarshi keng ta'sir doirasidagi vosita, 5-nitrofuran hosilasi.
Degidrogenazalar faolligini bloklaydi va nafas olish zanjirlarini susaytiradi, patogen bakteriyalarda oqsillar sintezini, trikarbon kislotalar siklini va qator boshqa biokimyoviy jarayonlarni buzadi. Mikrob hujayrasi membranasini buzadi, mikroorganizmlar tomonidan toksinlar ishlab chiqilishini pasaytiradi.
Grammusbat mikroorganizmlarga (Staphylococcus aureus, Streptococcus pyogenes, Clostridium perfringens), grammanfiy enterobakteriyalarga (Escherihia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Vibrio cholerae, Campylobacter jejuni, Edwarsiella, Citrobacter, Yersinia enterocolitica) nisbatan faoldir.
Nifuroksazid saprofit floraga ta'sir ko‘rsatmaydi, normal ichak mikroflora muvozanatini buzmaydi. O‘tkir bakterial diareyada ichakda eubiozni tiklaydi. Enterotrop viruslar bilan infektsiyalanganida bakterial superinfektsiya rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Farmakokinetikasi
Peroral qo‘llanilganidan keyin nifuroksazid ichak yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi va faqat ichak bo‘shlig‘ida o‘zining antibakterial ta'sirini namoyon qiladi. Nifuroksazidning 20% o‘zgarmagan ko‘rinishda, qolgan miqdori kimyoviy o‘zgargan holda me'da-ichak yo‘li orqali to‘liq chiqariladi. Chiqarilish tezligi preparatning dozasiga ham, ichak yo‘llarining motorikasiga ham bog‘liq.
Qo‘llanilishi
Umumiy holat yomonlashishisiz, tana harorati oshishisiz va intoksikatsiyasiz kechuvchi o‘tkir bakterial diareyada qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi.
100 mg li kapsulalar
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar 200 mg nifuroksazid (2 kapsula) sutkada 3 marta qo‘llaniladi (qabul qilishlar orasidagi interval 8 soat). Umumiy sutkalik dozasi 600 mg nifuroksazidni tashkil etadi.
6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar 200 mg nifuroksazid (2 kapsula) sutkada 3-4 marta qo‘llaniladi (qabul qilishlar orasidagi interval 6-8 soat). Umumiy sutkalik dozasi 600-800 mg nifuroksazidni tashkil etadi.
Kattalar 200 mg nifuroksazid (2 kapsula) sutkada 4 marta qo‘llaniladi (qabul qilishlar orasidagi interval 6 soat). Umumiy sutkalik dozasi 800 mg nifuroksazidni tashkil etadi.
200 mg li kapsulalar
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar 200 mg nifuroksazid (1 kapsula) sutkada 3 marta qo‘llaniladi (qabul qilishlar orasidagi interval 8 soat). Umumiy sutkalik dozasi 600 mg nifuroksazidni tashkil etadi.
6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar 200 mg nifuroksazid (1 kapsula) sutkada 3-4 marta qo‘llaniladi (qabul qilishlar orasidagi interval 6-8 soat). Umumiy sutkalik dozasi 600-800 mg nifuroksazidni tashkil etadi.
Kattalar 200 mg nifuroksazid (1 kapsula) sutkada 4 marta qo‘llaniladi (qabul qilishlar orasidagi interval 6 soat). Umumiy sutkalik dozasi 800 mg nifuroksazidni tashkil etadi.
Davolash kursining davomiyligi 5-7 kun, ammo 7 kundan ortiq emas. Agar qabul qilishning birinchi 3 kunida holatni yaxshilanishi yuz bermasa, u holda shifokorga murojaat qilish lozim. Preparatni faqat yo‘riqnomada ko‘rsatilgan qo‘llash usuliga va dozalarga muvofiq qo‘llang. Zarurat bo‘lganida, preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, eshakemi, Kvinke shishi, anafilaktik shok). Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi chuqurlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Nifuroksazidga, nitrofuran hosilalariga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (mazkur farmatsevtik shakl uchun);
• fruktozani o‘zlashtiraolmaslikda, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiya sindromida, saxaraza va izomaltaza yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Disulfiramga o‘xshash reaktsiyalarni keltirib chiqaradigan preparatlar, markaziy nerv tizimi faoliyatini susaytiruvchi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi. Agar Siz Enterofuril® kapsulalari preparatini qo‘llashdan oldin boshqa dori preparatlarini (shu jumladan retseptsiz dori preparatlarini) qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokor bilan maslahatlashing.
Maxsus ko‘rsatmalar
Diareya bir vaqtda nifuroksazid bilan davolash amalga oshirilgan holda davolanganida, regidratatsion davolashni o‘tkazish zarur. Tizimli shikastlanishlar belgilari (umumiy holatning yomonlashishi, tana haroratini oshishi, intoksikatsiya yoki infektsiya simptomlari) bo‘lgan bakterial diareyada tizimli ta'sir etuvchi antibakterial preparatlarni qo‘llash haqidagi masalani hal etish uchun shifokorga murojaat qilish lozim.
Yuqori sezuvchanlik simptomlari (hansirash, toshma, qichishish) paydo bo‘lganida preparat qo‘llanilishini to‘xtatish lozim. Nifuroksazid bilan davolash vaqtida alkogolni iste'mol qilish taqiqlanadi.
100 mg li kapsulalar
Enterofuril® preparatining har bir kapsulasi 36 mg saxaroza saqlaydi, muvofiq ravishda bir martalik dozada (bir kapsulada) 0,0030 «non birligi» (NB), ikkita kapsuladan iborat bo‘lgan bir martalik dozada esa 0,0060 NB saqlanadi. Saxarozaning NB da kunlik dozasi sutkada 4 marta ikki kapsula qabul qilinganida kattalar va 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 0,024 NB ni va sutkada 3 marta ikki kapsula qabul qilinganida bolalar uchun 0,018 NB ni tashkil etadi.
200 mg li kapsulalar
Enterofuril® preparatining har bir kapsulasi 68 mg saxarozani saqlaydi, muvofiq ravishda bir martalik dozada (bir kapsulada) 0,0056 «non birligi» (NB) saqlanadi.
Saxarozaning NB da kunlik dozasi sutkada 4 marta bitta kapsula qabul qilinganida kattalar va 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 0,0224 NB ni va sutkada 3 marta bir kapsula qabul qilinganida bolalar uchun 0,0168 NB ni tashkil etadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda teratogen samarasi aniqlanmagan. Hayvonlarda hech qanday teratogen samaralar va rivojlanish nuqsonlari namoyon bo‘lmaganligi sababli, odam organizmi uchun bunday ta'sir shuningdek kutilmaydi.
Klinik tadqiqotlarda homiladorlik davrida Enterofuril® kapsula preparati qo‘llanilishi vaqtida rivojlanishning ehtimol qilingan tug‘ma nuqsonlarini yoki nifuroksazidning embriotoksik ta'sirini baholash uchun biron-bir ma'lumotlar taqdim etilmagan.
Lekin, ehtiyot chorasi sifatida homiladorlik davrida nifuroksazidni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Laktatsiya davrida preparat bilan qisqa davolash kursi o‘tkazilganida emizishni davom ettirish mumkin. Shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi simptomlari noma'lum. Simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarish shakli
Enterofuril®, 100 mg li kapsulalar.
10 kapsuladan PVX plyonkali va alyumin folgali blisterda. 3 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Enterofuril®, 200 mg li kapsulalar.
8 kapsuladan PVX plyonkali va alyumin folgali blisterda. 2 yoki 4 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/Ro‘yxatdan o‘tkazilganligi guvohnomasining egasi
Bosnalek AJ, Bosniya va Gertsegovina
Yukichev ko‘chasi, 53-uy, 71000 Sarayevo.
Iste'molchilarning e'tirozlari Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonaga quyidagi manzil bo‘yicha yo‘naltirilsin
Savvinskiy sohilbo‘yi ko‘chasi, 11-uy, 119435 Moskva, Rossiya,
tel/faks +7(495) 771-76-32, www.bosnalijek.eu
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
100015, Toshkent sh., Afrosiyob ko‘ch., 4 B, tel. (71) 256-95-27, www/unipharm.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.