Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Алгелдрат, Магния гидроксид
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Italiya
Производитель
Sanofi Aventis S.p.A.
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Maaloks susp. 15 ml sashe №1, sashe haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Maaloks®
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) algeldrat + magniy gidroksidi
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun suspenziya
Tarkibi
100 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar magniy gidroksidi (gel ko‘rinishida) – 4,00 g; alyuminiy gidroksidi (gel ko‘rinishida) – 3,50 g;
yordamchi moddalar 10% xlorid kislotasi, limon kislotasi monogidrati, qalampir yalpiz efir moyi, mannitol, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, natriy saxarinati, 70% li sorbitol, 30% li vodorod peroksidi, tozalangan suv.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq, yalpiz hidli sutni eslatuvchi suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash uchun vosita (antatsid).
ATX kodi A02AX.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Alyuminiy gidroksidi va magniy gidroksidi me'da shirasining erkin xlorid kislotasini, uning ikkilamchi gipersekretsiyasini chaqirmay neytrallaydi. Bundan tashqari, Maaloks® preparati qabul qilinganida me'da shirasining rN ni oshishi, me'da shirasidagi pepsinning faolligini pasayishiga olib keladi. Preparat shuningdek adsorbtsiyalovchi va o‘rab oluvchi ta'sirga ega, ular tufayli qizilo‘ngach va me'daning shilliq qavatiga shikastlovchi omillarning ta'siri kamayadi.
Farmakokinetikasi
Magniy gidroksidi va alyuminiy gidroksidi mahalliy ta'sirga ega antatsidlar hisoblanadi. Kam so‘rilishi tufayli tizimli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Qo‘llanilishi
-Me'da va o‘n ikki barmoq ichakning zo‘rayish bosqichidagi yara kasalligi.
-O‘tkir gastroduodenit, zo‘rayish bosqichidagi normal yoki yuqori sekretor faoliyatli surunkali gastroduodenit.
-Diafragmaning qizilo‘ngach teshigini churrasi, reflyuks-ezofagit.
-Diskomfort, gastralgiya, jig‘ildon qaynashi (alkogol, kofe, nikotinni xaddan tashqari ko‘p iste'mol qilish, dorilarni qabul qilish, parhezdagi buzilishlari keyingi) kabi dispeptik holatlar.
-Parhezdagi buzilishlar, spirtli ichimliklar, kofe, nikotin va hokazolarni haddan tashqari ko‘p iste'mol qilishdan keyingi diskomfort yoki epigastriyada og‘riq, jig‘ildon qaynashi, nordon kekirishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qo‘llanadi. Qo‘llashdan oldin flakonni chayqatish kerak.
Kattalar va 15 yoshdan oshgan o‘smirlar 15 ml (1 osh qoshiq) dan sutkada 3-4 marta ovqatdan keyin va kechasiga buyuriladi. Doza sutkada 6 osh qoshiqdan oshmasligi lozim.
Reflyuks-ezofagitda preparat ovqatdan keyin qisqa vaqtdan so‘ng qabul qilinadi. Davolash kursi 2-3 oydan oshmasligi kerak. Epizodik qo‘llanganida (masalan, parhezdagi xatoliklardan keyingi diskomfortda) 15 ml dan bir marta qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Tavsiya qilingan dozalash tartibiga rioya qilinganida nojo‘ya samaralari kam uchraydi.
Nojo‘ya ta'sirlarini rivojlanishining uchrash tez-tezligini belgilash uchun quyidagi Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining tasnifi qo‘llaniladi
–kam tarqalgan ≥0,1% va <1%;
–tarqalish tez-tezligi noma'lum (keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra uchrash tez-tezligini baholash imkoniyati yo‘q).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Uchrash tez-tezligi noma'lum qichishish, eshakemi, angionevrotik shish va anafilaktik reaktsiya kabi gipersezuvchanlik reaktsiyalari.
Me'da-ichak yo‘llari tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas qabziyat, diareya.
Moddalar almashinuvini va oziqlanishni buzilishlari
Uchrash tez-tezligi noma'lum gipermagniyemiya, giperalyuminemiya, gipofosfatemiya (uzoq muddat qo‘llanganida yoki yuqori dozalarda qabul qilinganida, ayniqsa ovqatda fosfatlarning miqdori past bo‘lsa), bu esa o‘z o‘rnida suyak to‘qimasining rezorbtsiyasiga, giperkaltsiuriya va osteomalyatsiyaga olib kelishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Og‘ir buyrak yetishmovchiligi;
-Preparatning faol moddalariga va boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
-Fruktozani o‘zlashtiraolmaslik (preparatning tarkibida sorbitol borligi tufayli).
-15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar.
-Gipofosfatemiya.
Ehtiyotkorlik bilan
-Alyuminiy gidroksidi qabziyatni rivojlanishiga olib kelishi mumkin, magniy tuzlarining dozasini oshirib yuborish ichak peristaltikasini susayishiga olib kelishi mumkin; yuqori xavfli guruh bemorlarda (buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar, keksa yoshli bemorlar) preparatni yuqori dozalarda qabul qilish ichaklar obstruktsiyasi va ichak tutilishini keltirib chiqarishi mumkin.
-Alyuminiy gidroksidi me'da-ichak yo‘llarida yomon so‘riladi, shuning uchun buyrak faoliyati normal bo‘lgan bemorlarda kamdan-kam hollarda tizimli ta'sir etadi. Uzoq muddat davolash, preparatni haddan tashqari katta dozalarda qo‘llash yoki normal dozalarda ovqatda fosfatlarning miqdori past bo‘lgan holatlar bilan birga qo‘llash (fosfat yetishmovchiligini rivojlanish xavfi), bu esa suyak to‘qimasini rezorbtsiyasini va osteomalyatsiya xavfini rivojlantiruvchi giperkaltsiyuriyani kuchaytirishi mumkin. Fosfat yetishmovchiligini rivojlanish xavfi bo‘lgan bemorlarni davolashda yoki preparatni uzoq muddat davomida qo‘llashni albatta tibbiy kuzatuv ostida o‘tkazish kerak.
-Buyrak yetishmovchiligida uzoq vaqt qabul qilinganida magniy va alyuminiyning plazmadagi kontsentratsiyalari oshishi mumkin. Bu patsiyentlarda preparat yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida entsefalopatiya, dementsiya, mikrotsitar anemiyasi yoki dializ orqali chaqirilgan osteomalyatsiyani chuqurlashishi rivojlanishi mumkin.
-Gemodializdagi porfiriyasi bo‘lgan patsiyentlarda; homiladorlik va emizish davrida («Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi» ga qarang).
-Altsgeymer kasalligida.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Xinidin bilan
Xinidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida xinidinning zardobdagi kontsentratsiyalarini oshishi va xinidinning dozasi oshirib yuborilishi mumkin.
N2-gistamin retseptorlarining blokatorlari, propranolol, atenolol, sefdinir, sefpodoksim, metoprolol, xloroxin, prostatsiklin, diflunisal, digoksin, bisfosfonatlar, etambutol, izoniazid, ftorxinolon, natriy ftoridi, glyukokortikosteroidlar (prednizolon va deksametazon uchun ta'riflangan), indometatsin, ketokonazol, linkozamidlar, fenotiazin neyroleptiklari, penitsillamin, rozuvastatin, temir tuzlari, levotiroksin
Maaloks® bilan bir vaqtda qabul qilinganida yuqorida keltirilgan preparatlarning me'da-ichak yo‘llarida so‘rilishi pasayadi. Maaloks® preparati va bu preparatlarni qabul qilish orasidagi 2 soatlik interval va Maaloks® preparati bilan ftorxinolonlarni qabul qilish orasidagi 4 soatlik interval bo‘lganida ko‘pchilik hollarda ushbu noxush o‘zaro ta'sirga yo‘l qo‘yilmaslik mumkin.
Polistirolsulfonat (kayeksalat) bilan
Maaloks® preparatini polistirolsulfonat (kayeksalat) bilan bir vaqtda qabul qilinganida kaliyni qatron bilan bog‘lanish ta'sirini susayish ehtimoli borligi va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda metabolik alkaloz rivojlanishi (alyuminiy gidroksid va magniy gidroksid uchun) hamda ichak obstruktsiyasi (alyuminiy gidroksid uchun) rivojlanishini oldini olish maqsadida ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish lozim.
Sitratlar bilan
Alyuminiy gidroksidi sitratlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida alyuminiyning plazmadagi kontsentratsiyalari, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda oshishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Maaloks® preparati va boshqa preparatlarni qo‘llash orasidagi 2 soatlik intervalga va Maaloks® preparati va ftorxinolonlarni qabul qilish orasidagi intervalga rioya qilish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” qarang).
Buyrak faoliyatini buzilishlarida Maaloks® preparatini uzoq vaqt buyurishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Alyuminiy gidroksidi ovqatda fosfatlarning miqdori kam bo‘lganida organizmda fosfat yetishmovchiligini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun alyuminiy gidroxloridi qo‘llanganida fosfatlarni ovqat bilan yetarli miqdorda tushishini ta'minlash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Hayvonlarda alyuminiy gidroksidi va magniy gidroksidida teratogen samarani borligiga oid aniq ko‘rsatmalar olinmagan. Maaloks® preparati homiladorlik vaqtida ishlatilganida hozirgi vaqtda xech qanday spetsifik teratogen samaralari aniqlanmagan, biroq, klinik tajribaning yetarli emasligi tufayli, uni homiladorlik vaqtida faqat, agarda ona uchun uni qo‘llashdan olinadigan potentsial foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Yo‘riqnoma asosida qo‘llanilganda alyuminiy gidroksid va magniy tuzlarining majmuasini onada so‘rilishi chegaralangan, shunga ko‘ra Maaloks® preparatini qabul qilish vaqtida emizishni to‘xtatish talab qilinmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Alyuminiy gidroksidi va magniy tuzlarining majmuasining o‘tkir dozasini oshirib yuborish holatlarida diareya, qorindagi og‘riq va qusish kabi simptomlari kuzatiladi.
Yuqori xavf guruhidagi bemorlarda preparatni yuqori dozalarini qo‘llash ichak obstruktsiyasini yoki ichak tutilishini rivojlantirishi yoki chuqurlashtirishi mumkin (“Ehtiyotkorlik bilan” bo‘limiga qarang).
Davolash
Alyuminiy va magniy siydik orqali chiqariladi. O‘tkir dozani oshirib yuborish holatlari yo‘qotilgan suyuqlikni o‘rnini to‘ldirish va jadallashgan diurez yordamida davolanadi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun gemodializ va peritoneal dializ o‘tkazish zaruriyati bor.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun suspenziya.
250 ml dan preparat alyuminiy qopqoqchali to‘q shisha flakonda.
1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga qog‘oz qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25◦S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Qayd etish guvohnomasining egasi
SANOFI-AVENTIS FRANS (Frantsiya)
SANOFI-AVENTIS FRANCE (France)
Manzili Prospekt Raspay, 82, Jentilli 94250, Frantsiya
82 avenue Raspail, 94250 Gentilly, France
Ishlab chiqaruvchi
Sanofi-Aventis S.p.A., Italiya
Sanofi-Aventis S.p.A., Italy
Manzili Viale Europa, 11-21040, Oridjio, Italiya
Viale Europa, 11, 21040 Origgio (Va) – Italy
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.