Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Герпес - Стоп 1% крем для наруж. прим 10г (240403##2 423) |
UZS 58 700
UZS 61 200
-4%
Экономия UZS 2 500
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Герпес - Стоп 1% крем для наруж. прим 10г (240403##2 427) |
UZS 55 600
UZS 58 000
-4%
Экономия UZS 2 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Xitoy
Dozasi
1% 10г
Производитель
Mu Lin Sen
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Krem
Gerpes-Stop 1% sirtga qo‘llash uchun krem 10 g haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Gerpes-Stop®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) pentsiklovir
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun krem
Tarkibi
1 g krem quyidagilarni saqlaydi
faol modda 10 mg pentsiklovir;
yordamchi moddalar propilenglikol, glitserin, poloksamer, natriy gidroksidi, LGP, tozalangan suv, stearin kislotasi, oktadetsil spirti, N- butil stearati, polisorbat 80.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli bir xil krem.
Farmakoterapevtik guruhi
viruslarga qarshi vosita.
ATX kodi D06BB06
Farmakologik xususiyatlari
Organizmda virus faol bo‘lmagan shaklda uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Faollashish vaqtida (masalan toliqish, shamollash, gripp oqibatida) virus ko‘payishni boshlaydi, bu ayniqsa lablarda yoki ular atrofidagi sohalarda kuzatiladi, pufakchalar xosil bo‘lib, isitma chiqishiga olib keladi. Pentsiklovir virusni bloklaydi va uni ko‘payishini to‘xtatadi. Preparatni qo‘llash tezroq sog‘ayishga, og‘riq hislari jadalligini kamayishiga, virus infektsiyasini yuqish xavfi davrini qisqarishiga olib keladi.
Farmakodinamika
si
Pentsiklovir – viruslarga qarshi preparat bo‘lib, 1 va 2 tip Herpes simplex viruslari, Varicella zoster virusiga nisbatan faol. Virus organizmda faol bo‘lmagan shaklda uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Faollashish vaqtida (masalan toliqish, shamollash, gripp oqibatida) virus ko‘payishni boshlaydi, bu pufakchalar ko‘rinishida isitma rivojlanishiga olib keladi, bu ayniqsa lablarda yoki ular atrofidagi sohalarda kuzatiladi. Pentsiklovir virusni bloklaydi va uni ko‘payishini to‘xtatadi. Preparatni qo‘llash tezroq sog‘ayishga, og‘riq hislari jadalligini kamayishiga, virus infektsiyasini yuqish xavfi davrini qisqarishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Preparat sirtga qo‘llanilganda deyarli tizimli so‘rilishga uchramaydi. Gerpes-Stop kremini terapevtik dozalardan bir necha marta yuqori dozalarda qo‘llanilgandan keyin zamonaviy tahlil usullari yordamida sog‘lom ko‘ngillilarning qon yoki siydikda pentsiklovirni aniqlab bo‘lmaydi.
Virus timidinkinazasi ta'siri ostida virus bilan shikastlangan xujayralarga kirib, pentsiklovir monofosfatgacha fosforlanadi, keyinchalik xujayra kinazalari ta'siri ostida pentsiklovir trifosfatga aylanadi va shikastlangan hujayralarda 12 soatgacha saqlanadi. Pentsiklovir trifosfat virus DNK sintezini va virus replikatsiyasini susaytiradi. Pentsiklovir DNK-polimerazasi o‘zgargan HSV virusning chidamli shtammlariga nisbatan faol. Virus timidinkinazasi tanqisligi bilan gerpes virusining atsiklovirga chidamli, shtammlari pentsiklovirga ham rezistent.
Qo‘llanilishi
-lab gerpesi;
-yuz gerpesi;
-genital gerpesda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat sirtga qo‘llanadi.
Davolashni iloji boricha tezroq, infektsiya rivojlanishining birinchi belgilari paydo bo‘lganda boshlash kerak. Shunga qaramasdan, hatto pufakcha bosqichidagi gerpes rivojlanganda Gerpes-Stop kremini qo‘llash sog‘ayish vaqtini qisqartiradi (shikastlangan sohalarni bitkazadi, og‘riq hissini kamaytiradi va virus ta'siri ostida paydo bo‘lgan qatronning kepaklanish davri davomiyligini qisqartiradi).
Kattalarga va 12 yosh va undan katta bolalarga kremning oz miqdori barmoq uchiga siqib chiqariladi va shikastlangan sohaga kuniga 4-5 marta qo‘llanadi. Davolash kursi 4 kun davomida o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mahalliy reaktsiyalar preparat surtilgandan keyinoq achishish, sanchish yoki uvishish hissi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
-pentsiklovir yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Krem uchun hech qanday dorilarning o‘zaro ta'siri noma'lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Immuniteti susaygan patsiyentlarda (OIV-infektsiyasi yuqqan yoki suyak ko‘migi ko‘chirib o‘tkazilgan patsiyentlarda) yoki agar kasallik noaniq xarakterga ega bo‘lsa, dori vositasini qo‘llash zaruratini shifokor individual ravishda hal qiladi.
Kremni surtishdan oldin va surtgandan keyin qo‘llarni sinchkovlik bilan yuvish kerak.
Preparatni faqat lab va og‘iz atrofidagi terining gerpes bilan shikastlangan sohalarida qo‘llash kerak. Kremni og‘iz bo‘shlig‘i, burunning shilliq qavati yoki ko‘z va jinsiy a'zolar sohasiga surtish mumkin emas.
Hatto bir-ikki kun davolagandan keyin infektsiyaning belgilari o‘tib ketsa ham, o‘tkazilayotgan davolashda eng yuqori samaraga erishish uchun 4 kun davomida Gerpes-Stop kremini qo‘llash bilan to‘liq davolash kursini o‘tkazish kerak.
Holat yomonlashganda yoki davolagandan keyin 4 kun o‘tgach yaxshilanish kuzatilmasa, patsiyent davolovchi shifokorga murojaat etishi lozim.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlik davrida ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina qat'iy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Emizish davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida shifokor maslahati talab etiladi.
Bolalar
Preparatni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dori vositasining avtotransport vositalari va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi
Aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat dozasini oshirib yuborish holatlari haqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
10 g dan krem alyumin tubalarda, davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Livzon (Group) Pharmaceutical Factory
Manzili No. 38 ChuangyeRoad North, Liangang Industrial Zone, Zhuhai, Guangdong, Xitoy
Rasmiy distribyutor
«Mu Lin Sen» MChJ, www.mulinsen.ru
O‘zbekiston, Toshkent sh.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.