Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Нимесулид
Chiqarilish shakli
Ichishga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun granulalar
Nimesulid suspenziya tayyorlash uchun kukun 100mg/2g №1, paketcha haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Nimesulid
Ta'sir etuvi modda (XNP) Nimesulid
Dori shakli
Suspenziya tayyorlash uchun kukun.
Tarkibi
faol modda Nimesulid - 100 mg.
yordamchi moddalar saxaroza, qand-rafinad, maltodekstrin, ovqat xushbo‘yi, limon kislotasi, makrogoltsetostearil efiri.
Ta'rifi Oqdan to sariq tusli oq rangligacha bo‘lgan, maxsus xushbo‘y xidli, shirin ta'mli kukun.
Farmakoterapevtik guruxi Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.
Farmakologik xususiyatlari
Nimesulid - metansulfonanilidlar guruhi nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositasi (NYaQV), yaqqol yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Terapevtik samarasi uning araxidon kislotasining metabolizmiga ta'siri va yallig‘lanish o‘chog‘ida prostaglandinlarni biosintezini, SOG ni ingibirlash yo‘li orqali pasayishi bilan bog‘liq. SOG-2 ga selektiv ta'siri hisobiga, preparat me'da shilliq qavatida sitoprotektor samaraga ega bo‘lgan prostaglandinlar sintezini buzmaydi, bu nojo‘ya samaralarining rivojlanishi xavfini pasaytiradi. Bundan tashqari, preparat gemostazga va fagotsitozga ta'sir qilmasdan, lipidlarning perekisli oksidlanishini susaytiradi, shuningdek neytrofil granulotsitlar tomonidan superoksid anionlarning hosil bo‘lishini kamaytiradi va yallig‘lanishda hosil bo‘ladigan erkin radikallarning hosil bo‘lishini susaytiradi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) 1-2 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 95%. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 2-3 soatni, ta'sir davomiyligi esa, taxminan 6-8 soatni tashkil qiladi. Jigarda to‘qima monooksigenazalari tomonidan biotransformatsiyalanadi. Asosiy metaboliti bo‘lib farmakologik faol gidroksinimesulid hisoblanadi. Preparatning taxminan 98% organizmdan asosan buyraklar orqali 24 soat davomida chiqariladi. Uzoq muddat qo‘llanganida organizmda to‘planmaydi.
Qo‘llanilishi
Revmatoid artrit, osteoartrit, osteartroz, sinovit, bursit, tendinit, tendovaginit, spondiloartrit, Bexterov kasalligi, og‘riqlar (shu jumladan bosh, tish, operatsiyadan keyingi va jarohatlardan keyingi og‘riqlar), isitma sindromi (infektsion- yallig‘lanish, ginekologik, urologik va tomirli kasalliklaridagi). Shuningdek yumshoq to‘qimalarni va tayanch harakat apparatini travmatik yallig‘lanish, nevralgiya, mialgiya, algodismenoreyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozasi
Preparatni kattalarga ichga ovqatdan keyin buyuriladi. Paketchaning ichidagisi bir stakan suvda eritiladi. O‘rtacha bir martalik doza 100 mg sutkada 2 martani tashkil qiladi. Keksa patsiyentlarda preparatning dozasi shaxsiy tanlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, ammo davolash kursining boshida yoki katta dozalarda quyidagi buzilishlar kuzatilishi mumkin.
Markaziy nerv tizimi tomonidan kam - bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, entsefalopatiya, (Reye sindromi), qo‘rquv hissi, asabiylik, dahshatli tush ko‘rishlar. Doza kamaytirilganida va keyinchalik doza yanada ehtiyotkorlik bilan oshirilganida bu holatlar o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.
Me'da-ichak yo‘llarining a'zolari tomonidan kam - diareya, ko‘ngil aynishi, qusish; ba'zida - qabziyat, meteorizm, gastrit; juda kam - dispepsiya, moysimon axlat, me'da-ichakdan qon ketishlar, me'da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi va perforatsiya.
Nafas a'zolari tomonidan kam- hansirash, bronxospazm.
Yurak-tomir tizimi tomonidan kam- taxikardiya, gipertenziya, gemorragiya.
Sezgi a'zolari tomonidan juda kam-ko‘rishni buzilishi.
Teri qoplamalari tomonidan giperergik reaktsiyalar (qichishish, terini qizarishi, teri toshmasi), terlash, kam-eritema, dermatit, juda kam-eshakemi, yuzni shishi, Stivens-Djonson sindromi, angionevrotik shish.
Jigar va o‘t-safro chiqarish tizimi tomonidan kam-gepatit, sariqlik, xolestaz, jigar fermentlarining ko‘rsatkichlarini oshishi mumkin.
Buyraklar va siydik-chiqarish tizimi tomonidan kam-dizuriya, gematuriya, siydikni tutilishi, juda kam-buyrak yetishmovchiligi, oliguriya, interstitsial nefrit.
Qon yaratish tizimi tomonidan kam- anemiya, eozinofiliya, juda kam-trombotsitopeniya, pantsitopeniya, purpura.
Preparatning barcha nojo‘ya samaralari to‘g‘risida shifokorga xabar qilish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan preparatning har qanday komponentiga, atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa NYAQV larga);
-O‘tkir me'da-ichak qon ketishlari;
-Me'da yoki o‘n ikki barmoq ichakning zo‘rayishi bosqichidagi yara kasalligi;
-Bosh miyaga qon quyilishlari;
-Aspirinli astma;
-Buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) 30 ml/mindan kam);
-Qon ivishini og‘ir buzilishlari;
-Jigar yetishmovchiligi;
-12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
-Homiladorlik;
-Laktatsiya davri (ko‘krak bilan emizish);
Extiyotkorlik bilan arterial gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, II tur qandli diabet.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni ko‘pchilik dori vositalarini plazma oqsillari bilan bog‘lanish joyidan siqib chiqarishi va qonda erkin fraktsiyalarni oshishi oqibatida ularning samaradorligi va toksikligini oshirishi mumkin (muntazam shifokor nazorati kerak).
Preparat bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ivishini kamaytiruvchi dori vositalarining samaralari kuchayadi, bunda litiyning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshishi kuzatiladi.
Preparatni qo‘llash furosemidning ta'sirini pasaytirishi mumkin. Shuningdek metotreksat qabul qilinganida nojo‘ya ta'sirlarni yuz berishi extimolini oshishi kuzatilishi mumkin.
Nimesulidni plazma oqsillari bilan yuqori darajasida bog‘lanishi tufayli, bir vaqtda gidantoin va sulfanilamidlar bilan davolanayotgan patsiyentlar, qisqa vaqt oralig‘ida tekshirishdan o‘tgan holda shifokorning kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak.
Preparat siklosporinning nefrotoksik ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Keksa yoshdagi patsiyentlarda, yurak-tomir kasalliklarida, shu jumladan arterial gipertenziyada, qon ketishga moyillikda, me'da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limini buzilishlarida, buyraklar faoliyatining buzilishlarida (dozani kamaytirish tavsiya qilinadi), antikoagulyantlar va antiagregantlar bilan davolash fonida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Ko‘rishni buzilishi paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni darhol to‘htatish va okulistga murojaat qilish lozim. Uzoq muddat qo‘llanganida jigar va buyraklarning faoliyatini muntazam nazorat qilish kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar va past kaloriyali parhezga rioya qiladigan patsiyentlar preparatning tarkibiga saxaroza kirishini hisobga olishlari kerak.
Transport vositalarini haydovchilari va kasbi diqqatni yuqori jamlash bilan bog‘liq odamlarda ishlash vaqtida extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari apatiya, letargiya, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish (odatda bemorlarga tutib turuvchi parvarish ko‘rsatilganda qaytuvchi), epigastriya sohasida og‘riqlar, me'da-ichak qon ketishlari, arterial gipertenziya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, nafasni susayishi, anafilaktik reaktsiyalar, koma.
Davolash maxsus antidoti yo‘q. Agarda dozani oshirib yuborilishi ohirgi 4 soat davomida yuz bergan bo‘lsa, qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish (katta odam uchun 60-100 g), osmotik surgilarni qo‘llash kerak. Jadallangan diurez, gemodializ preparatni oqsillar bilan yuqori bog‘lanishi tufayli samarasiz. Simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Oral eritmani tayyorlash uchun kukun 2 g dan qog‘oz paketchalarda.
Paketlar 5-10 ta qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
IIChK “RADIKS”,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50,
tel 273-92-31, faks 273-80-58.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.