Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Эспумизан капли эмульсия д/приема внутрь 100мг/мл 30мл (33026A##2 395) |
UZS 63 900
Stokda yetarli (6)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Симетикон
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Germaniya
Dozasi
30 мл
Производитель
Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Berlin-Chemie AG
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Espumizan kapli ichga qabul qilish uchun emul'siya 100mg/ml 30ml haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Espumizan kapli
Ta'sir etuvchi modda (XPN) cimetikon
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun emul'siya
Tarkibi
1 ml quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100 mg simetikon;
yordamchi moddalar makrogol stearati, glitserin monostearati 40–55, sorbin kislotasi, natriy gidroksidi (pH qiymatini tartibga solish uchun), natriy xloridi, karbomerlar, natriy sitrati, sukraloza, tozalangan suv.
Ta'rifi och-sariq rangli past qovushqoq emulьsiya. Bu preparat uchun suyuqlikning asta sekin sarg‘ayishi xos.
Farmakoterapevtik guruhi
me'da-ichak vositasi, polisiloksan, ko‘pik so‘ndiruvchi. Me'da-ichak yo‘lining funktsional buzilishlarini davolash uchun qo‘llaniladigan boshqa preparatlar. Silikonlar
ATX kodi A03AX13
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Espumizan kapli preparati tarkibida barqaror, yuzaki faol polidimetilsiloksan hisoblangan simetikon ta'sir etuvchi moddasi saqlanadi. U me'da-ichak yo‘lining ozuqa massalari va shilimshiq moddasidagi gaz pufakchalarining yuzasi tortilishini o‘zgartiradi va shu tarzda ularni parchalaydi.
Bunda erkinlikka chiqadigan gazlar ichak devori tomonidan so‘rilishi hamda uning peristalьtikasida chiqarilishi mumkin.
Simetikon fizikaviy darajada ta'sir qiladi va kimyoviy yoki fermentativ reaktsiyalarga kirishmaydi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin simetikon so‘rilmaydi, me'da-ichak yo‘lidan o‘tganidan keyin o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Mustaqil ravishda davolash uchun vosita sifatida
- Meteorizm yoki haddan tashqari ko‘p gaz hosil bo‘lishi kabi gaz hosil bo‘lishi tufayli yuzaga kelgan me'da-ichak yo‘li tomonidan buzilishlarda mavjud bo‘lganida simptomatik davolash uchun.
Shifokor kuzatuvi ostida
- Operatsiyalardan keyin meteorizm yoki haddan tashqari ko‘p gaz hosil bo‘lishi kabi me'da-ichak yo‘li tomonidan buzilishlarda mavjud bo‘lganida simptomatik davolash uchun.
- Qorin bo‘shlig‘i sohasida o‘tkaziladigan diagnostika muolajalari tayyorgarlikda yordamchi vosita sifatida (masalan, rentgenografiyada gazlardan qorayishlar hosil bo‘lishining oldini olish uchun, UTT, endoskopik tekshiruvlar hamda kontrast vositalarning suspenziyalariga qo‘shimcha sifatida) qo‘llaniladi.
Espumizan kapli preparati chaqaloqlar, bolalar, o‘smirlar va kattalarda qo‘llanishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash
Preparatni tomchili dozator yoki millilitrlarga ajratilgan o‘lchov qalpoqchasi yordamida dozalash mumkin.
25 ta tomchi 1 ml (yoki 100 mg simetikon) ga to‘g‘ri keladi.
Espumizan kapli preparatini operatsiyalardan keyin (shifokor nazorati ostida) qabul qilish mumkin.
Qo‘llash usuli va qabul qilishning davomiyligi
Qo‘llashdan oldin yaxshilab chayqating!
Tomchilarda aniq dozalashga erishish uchun flakonni vertikal tarzda, tomchili dozatorni pastga qaratgan holda ushlash kerak.
O‘lchov qalpoqchasi (dozalovchi uskuna) millilitrlarga bo‘lingan o‘yiqchali, 30-ml flakon-tomizgichning buraladigan tiqiniga mahkamlangan. Zarurat bo‘lganida (masalan, 25 tomchi va undan ko‘p doza zarur bo‘lganida) uni chiqarib olish va tomchili dozator o‘rniga dozani o‘lchash uchun qo‘llash mumkin.
Izoh Yutish xavfi borligi uchun o‘lchov qalpoqchasini bolalarning qo‘li yetmaydigan joyda saqlash kerak.
Gaz hosil bo‘lishi tufayli kelib chiqqan me'da-ichak yo‘li tomonidan buzilishlarda mavjud bo‘lganida mustaqil davolash uchun vosita sifatida
Espumizan kapli preparati ovqatlanish paytida yoki undan keyin hamda zaruratga qarab uyqudan oldin qabul qilinadi.
Qo‘llash davomiyligi simptomlarning dinamikasiga bog‘liq.
Zarurat bo‘lganida Espumizan kapli preparatini shuningdek uzoq vaqt davomida qabul qilish mumkin.
Tasvirga olinadigan tekshiruvlarga tayyorlanish uchun
Espumizan kapli preparati tekshiruvdan bir sutka oldin va tekshiruv kuni ertalab tavsiya qilingan dozada qabul qilinadi.
Izoh
Yangi shikoyatlar paydo bo‘lganida va/yoki mavjud shikoyatlar 14 kun davomida saqlanib turganida, klinik tekshirishni o‘tkazish zarur.
Agar Siz Espumizan kapli preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Siz bu dozani istalgan paytda to‘ldirishingiz mumkin.
Agar Siz Espumizan kapli preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Buzilishlar yana paydo bo‘lishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Simetikon saqlovchi dori vositalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan eshakemi, eritema, toshma, qichima, allergik dermatit va boshqa teri reaktsiyalari haqida ma'lumot berilgan. Mavjud ma'lumotlar asosida uchrash tez-tezligini baholash imkoni yo‘q (tez-tezligi noma'lum).
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush reaktsiyalar haqidagi xabarlar
Dori preparatini ro‘yhatdan o‘tkazilgandan keyin bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar haqidagi xabarlar muhim rolь o‘ynaydi va ushbu dori vositasiga nisbatan «foyda/xavf» mutanosibligini kuzatib borishni davom ettirishga imkon beradi.Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlaridan quyidagi manzil bo‘yicha O‘zbekistondagi “Berlin-Xemi AG” Kompaniyasining Vakolatxonasiga har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar haqida xabar berish talab etiladi Toshkent sh., 100031, Afrosiyob ko‘ch., 12a (biznes-markaz).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ta'sir etuvchi moddaga yoki «
Tarkibi
» bo‘limida keltirilgan preparat komponentlarining istalgan biriga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Xozirgi vaqtgacha aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ushbu dori preparatida 1 ml ga 1 mmoldan (23 mg) kam natriy saqlanadi, buni amalda “natriy saqlamaydi” deb hisoblasa bo‘ladi.
Fertillik, homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik davrida Espumizan kapli preparatining ta'siri haqida klinik ma'lumotlar yo‘q. Homilador ayollarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Alohida ehtiyot choralari talab etilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtga qadar simetikondan foydalanganda intoksikatsiya holatlari yuzaga kelishi ma'lum emas.
Me'da-ichak yo‘li orqali o‘tayotganda simetikon so‘rilmaydi va kimyoviy yoki fermentativ aylanishlarga duchor bo‘lmaydi. Shu sababli, intoksikatsiya imkoniyati deyarli istisno etiladi. Espumizan kapli preparati hatto ko‘p miqdorda qabul qilinganida ham simptomlarni keltirib chiqarmaydi.
Xavfsizlik bo‘yicha klinik oldi ma'lumotlar
Simetikon kimyoviy jihatdan inert bo‘lib, ichak yo‘lidan so‘rilmaydi. Shu sababli, tizimli toksik samaralar yuz berishidan xavotir olmasa ham bo‘ladi.
Espumizan kapli preparati bo‘yicha noklinik ma'lumotlar mavjud emas. Takroriy dozalarning toksikligi, kantserogen faollik va reproduktsiya a'zolariga nisbatan toksiklik bo‘yicha o‘tkazilgan cheklangan tadqiqotlarga asoslangan simetikon bo‘yicha klinikagacha bo‘lgan ma'lumotlarga ko‘ra odam uchun reproduktiv tizim tomonidan biror-bir xavf aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Yorliqli 30 ml hajmli jigarrang shisha flakonlar, dozator tomizgichli, buraladigan qopqoq va biriktirilgan o‘lchov qopqoqchasi bilan. Tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida
Saqlash sharoitlari
30°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Sovitilmasin va muzlatilmasin.
Ushbu dori vositasini bolalarning qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
Hech qanday dori preparatlarini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlamang. Keraksiz dori preparatini qanday utilizatsiya qilish borasida dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Ushbu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Espumizan kapli preparati flakonini birinchi marta ochilganidan keyin 6 oy davomida barqarorligini saqlaydi.
Ushbu dori vositasini tashqi o‘rami va etiketkasida “goden do” so‘zlaridan keyin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llamang.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga taaluqlidir.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
Berlin-Xemi AG (Menarini Grupp)
Gliniker Veg 125
12489 Berlin, Germaniya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.