Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Betadin vag.sham. 200mg №14
Nomi | Narx | |||||
Бетадин ваг.супп. 200мг №14 (5189A0124##2 130) |
UZS 95 600
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Повидон йод
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
200 мг
Производитель
Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Суппозитории
Ko'rsatmalar
Betadin vaginalniye suppozitorii
(povidon-yod)
Ushbu dori vositasini qo‘llashni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma'lumot saqlaydi.
Bu dori preparatini qat'iy ushbu yo‘riqnomaga muvofiq yoki shifokor yoki farmatsevtning ko‘rsatmasiga rioya qilib qo‘llash kerak.
• Bu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana bir marta o‘qib chiqish talab qilinishi mumkin.
• Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
• Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki agar Siz bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarini sezsangiz, davolovchi shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.
• Agar Sizning kasalligingizni simptomlari bir necha kun davomida yaxshilanmasa yoki aksincha yomonlashsa, albatta davolovchi shifokoringizga xabar bering.
Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma'lumotni saqlaydi
1.Betadin vaginal suppozitoriylari preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi.
2.Betadin vaginal suppozitoriylari preparatini qo‘llashni boshlashgacha nimani bilish kerak
3.Betadin vaginal suppozitoriylari preparatini qanday qo‘llash kerak.
4.Mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari.
5.Betadin vaginal suppozitoriylari preparatini qanday saqlash kerak.
6.
Yaroqlilik muddati
.
7.
Dorixonalardan berish tartibi
.
8.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar.
1. Betadin vaginal suppozitoriylari preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
Elementar yod mikroorganizmlarni yo‘qotadi. U tez bakteriyalarni, zamburug‘larni, sporalarni, viruslarni, sodda hayvonlarni (bir xujayrali organizmlar) yo‘qotadi.
Qo‘llanilishi
• o‘tkir va surunkali vaginal infektsiyalar (kolpit)
• aralash infektsiyalar
• nospetsifik infektsiyalar (bakterial vaginoz, Gardenerella vaginalis)
• zamburug‘li infektsiyalar
• antibiotiklar va steroid preparatlar bilan davolashdan keyin paydo bo‘lgan vaginal infektsiyalar
• trixomoniaz
Qindagi xirurgik operatsiyalar va tashhis muolajalaridan oldin va keyin hamda operatsiyadan keyingi ishlov berishda qo‘llanadi.
2. Betadin vaginal suppozitoriylari preparatini qo‘llashni boshlashgacha nimani bilish kerak
Betadin vaginal suppozitoriylari preparatini quyidagi hollarda qo‘llamang
• yodga yoki 8 bo‘limda ko‘rsatilgan boshqa yordamchi moddalarga allergiya (yuqori sezuvchanlik)
• qalqonsimon bezining yuqori faoliyati (gipertireoz)
• qalqonsimon bezining boshqa o‘tkir kasalliklari
• gerpesga o‘xshash terining yallig‘lanishi (gerpetiform Dyuring dermatiti)
• qalqonsimon bezining kasalliklarini davolashdan va radiofaol yodni qo‘llash bilan izotopli tekshirishdan (stsintigrafiya) oldin va keyin.
• Betadin vaginal suppozitoriylari preparatini o‘smirlik yoshigacha bo‘lgan bolalarda.
Betadin vaginal suppozitoriylari preparatini tibbiyotda qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Betadin vaginal suppozitoriylari preparatini qo‘llashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
• Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda muntazam qo‘llanganida, Betadin vaginal suppozitoriylari preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
• Litiy preparatlarini qabul qilayotgan bemorlarda Betadin vaginal suppozitoriylari preparatini muntazam qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparatni qo‘llash terining ta'sirlanishini, kam hollarda esa - teri tomonidan og‘ir reaktsiyalar chaqirishi mumkin. Mahalliy ta'sirlanish yoki sezuvchanlik paydo bo‘lganida, uni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Qo‘llash oldidan Betadin vaginal suppozitoriylari preparatini isitmang.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash kerak.
Qalqonsimon bezining kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, masalan, bo‘qoq, tugunli bo‘qoq yoki qalqonsimon bezining boshqa o‘tkir bo‘lmagan kasalliklarida, yodning ahamiyatli miqdorlarini yuborish gipertireoz chaqirishi mumkin. Bunday patsiyentlarda Betadin vaginal suppozitoriylari preparatini qo‘llash vaqt bo‘yicha cheklangan bo‘lishi kerak.
Agar davolash kursi vaqtida gipertireozning simptomlari paydo bo‘lsa, qalqonsimon bezining faoliyatini tekshirish kerak.
Preparatni stsintigrafiyadan oldin va keyin, shuningdek qalqonsimon bezining kartsinomasini radiofaol yod bilan davolash vaqtida qo‘llash mumkin emas.
Bolalar va o‘smirlar
Betadin vaginal suppozitoriylari preparatini o‘smirlik yoshigacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Betadin vaginal suppozitoriylari preparatini tasodifan og‘izga tushishidan yoki uni yutishdan saqlanish kerak.
Boshqa dori vositalari va Betadin vaginal suppozitoriylari preparati
• Organizmga shikastlanmagan yoki shikastlangan shilliq qavati orqali tushayotgan yod, qalqonsimon bezining faoliyatini tekshirish natijalariga ta'sir qilishi mumkin.
• Povidon-yodning izlari ahlat yoki siydikda qonni, shuningdek siydikda glyukozani aniqlash uchun tekshirishlarning ayrim turlarini soxta-musbat natijalarga olib kelishi mumkin.
Shifokoringizga yoki farmatsevtga Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari haqida xabar bering.
Homiladorlik, emizish va reproduktiv faoliyat
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik va emizishda povidon-yodni qo‘llash mumkin emas, chunki so‘rilgandan keyin yodid ionlari yo‘ldosh orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Bundan tashqari, homila va yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun yodga yuqori sezuvchanlik xarakterli. Shuningdek, yodidlar ko‘krak sutida to‘planadi. Povidon-yodni qo‘llash qalqonsimon bezining faoliyatini o‘tuvchan pasayishini chaqirishi mumkin (gipotireoz). Bolada qalqonsimon bezining faoliyatini tekshirish zarurati paydo bo‘lishi mumkin. Preparatni tasodifan bolalarning og‘ziga tushishiga yoki uni tasodifan yutilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Reproduktiv faoliyat
Suppozitoriylar spermatsid ta'sirga (erkaklar jinsiy xujayralarini yo‘qotish) ega bo‘lishi mumkin, shuning uchun homiladorlik rejalashtirilganida ularni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki bola emizsangiz, har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Betadin vaginal suppozitoriylari preparati bunday ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
3. Betadin vaginal suppozitoriylari preparatini qanday qo‘llash kerak
Bu preparatni qat'iy ushbu yo‘riqnomaga muvofiq yoki davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash kerak. Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Dozalash tartibi
Preparatning tavsiya qilingan dozasi og‘ir bo‘lmagan infektsiyalarda davolashning tavsiya etiladigan davomiyligi 7 kun, og‘irroq infektsiyalarda yoki davolashga qoniqarsiz javobda - keyingi 7 kunlar davomida, kuniga bir marta. Uzoq davom etuvchi infektsiyalarda davolash davomliroq bo‘lishi, suppozitoriylar kuniga ikki marta qo‘llanishi mumkin.
Qo‘llash usuli
Preparat mahalliy qin ichiga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Betadin preparati qobiqdan chiqarib olinadi va yaxshilab xo‘llanganidan keyin chuqur qin ichiga kiritiladi. Suppozitoriylarni suv bilan xo‘llash faol moddani maksimal chiqishi va mahalliy ta'sirlanishdan saqlanishni ta'minlaydi. Agar davolanish vaqtida hayz ko‘rish yuz bersa, unda davolashni tanafussiz, buyurilgan vaqt davomida o‘tkazish kerak.
Suppozitoriylar bilan davolanish vaqtida gigiyenik tagliklarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Agar Siz Betadin preparatini keragidan ko‘p qo‘llagan bo‘lsangiz (dozani oshirib yuborilishi)
Suppozitoriyni olib tashlang.
Agar Siz Betadin ni qo‘llashni unutgan bo‘lsangiz
O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun ikkilangan dozani qo‘llamang.
Agar Siz Betadin vaginal suppozitoriylar preparatini ishlatishni muddatidan oldin to‘xtatgan bo‘lsangiz
Dastlabki shikoyatlarning qaytalanishini oldini olish uchun, infektsiyani butunlay yo‘qotish kerak. Shuning uchun Betadin® suppozitoriylarini qo‘llashni, hatto agar Sizning o‘zingizni his qilishingiz yaxshilansa ham, shifokor buyurgan vaqtgacha to‘xtatmaslik kerak!
Agar Siz davolashni to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, doimo davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
4. Tibbiy qo‘llashda mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar
Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya reaktsiyalar chaqirishi mumkin, lekin ular hamma patsiyentlarda ham paydo bo‘lmaydi.
Nojo‘ya samaralarining tez-tezligini quyida ishlatilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan
• kam 10000 patsiyentlardan 1-10 da uchraydi
• juda kam 10000 patsiyentlarda 1 dan kamida uchraydi
• tez-tezligi noma'lum mavjud ma'lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas
Kam
• yuqori sezuvchanlik, terini yallig‘lanishi (kontakt dermatit, masalan, terini qizarishi, qichishish, mayda pufakchalarni paydo bo‘lishi)
Juda kam
• anafilaktik reaktsiya (og‘ir allergik reaktsiya, u nafas olishni qiyinlashishni/hansirashni, bosh aylanishini va arterial bosimni tushishini chaqirishi mumkin)
• ilgari qalqonsimon bezining kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda gipertireoz (qalqonsimon bezining faoliyatini oshishi, u ishtahani oshishi, tana vaznini kamayishi, ko‘p terlash, yurak urishini tezlashishini yoki bezovtalikni chaqirishi mumkin)
• angionevrotik shish (yuz va tomoqning shishi bilan og‘ir allergik reaktsiya)
Tez-tezligi noma'lum
• uzoq muddat qo‘llanganida gipotireoz (qalqonsimon bezining faoliyatini pasayishi, u charchoqlik, tana vaznini oshishi, yurak urishini sekinlashishini chaqirishi mumkin) rivojlanishi mumkin
• buyrak faoliyatini buzilishi
• terining kimyoviy kuyishlari (patsiyentni jarrohlik operatsiyasiga tayyorlashda yuz berishi mumkin, odatda, agar, patsiyent preparat eritmasida “xo‘llansa”
• elektrolit muvozanatini buzilishi, metabolik atsidoz (organizmda kislotalilikni oshishi), o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, qonning osmolyarligini buzilishi (povidon-yodning ahamiyatli miqdori so‘rilganida rivojlanishi mumkin)
Har qanday, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralari aniqlanganda, iltimos shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling
Dozani oshirib yuborilishi
Yodning ahamiyatli miqdori so‘rilsa, bo‘qoq, qalqonsimon bezining faoliyatini oshishi yoki pasayishi rivojlanishi mumkin. Yodni so‘rilishi ko‘p sonli noxush samaralar chaqirishi mumkin og‘izda metall ta'mi, ko‘p so‘lak ajralishi, og‘iz yoki tomoqda achishish yoki og‘riq hissi, ko‘zlarning ta'sirlanishi va shishi, teri reaktsiyalari, me'dani to‘lib ketishi hissi, ich ketishi, nafasni qiyinlashishi, o‘pka shishi, moddalar almashinishini buzilishi (metabolik atsidoz va qonda natriyning miqdorini oshishi), buyrak faoliyatini buzilishi.
Dozani oshirib yuborilishi
ga gumon bo‘lganida shifokorga murojaat qiling.
5. Betadin vaginal suppozitoriylarini qanday saqlash kerak
Quruq, salqin (5°C–15°C) joyda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
Agar Siz uning sifatini o‘zgarganini ko‘rinarli belgilarini aniqlasangiz, Betadin vaginal suppozitoriylari preparatini ishlatmang.
Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash zarurati bo‘lsa, farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitning ifloslanishini oldini olishga yordam beradi.
6. Yaroqlilik muddat
Yaroqlilik muddati
o‘ramida ko‘rsatilgan.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparatni ishlatmang.
Yaroqlilik muddati
ni o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
7.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumot
Betadin vaginal suppozitoriylari preparati nima saqlaydi
Ta'sir etuvchi modda povidon-yod, har bir suppozitoriyda 200 mg.
Yordamchi moddalar makrogol 1000.
Betadin vaginal suppozitoriylari preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Torpedasimon, to‘q-jigarrang rangli, yod hidli gomogen suppozitoriylar.
O‘rami
200 mg dan 7 vaginal suppozitoriylari blisterga joylangan; 1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.