Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Производитель
Нижфарм
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Shamchalar
Depantol vaginal suppozitoriylar 100mg + 16mg №10(Nijfarm) haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Xalqaro patentlanmagan nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Depantol
Xalqaro patentlanmagan nomi
yoki guruhlar nomi Deksapentol + Xlorgeksidin
Dori shakli
vaginal suppozitoriylar
Tarkibi
Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
ta'sir etuvchi moddalar dekspantenol – 100 mg, xlorgeksidin biglyukonati - 16 mg (xlorgeksidin biglyunatini 20% li eritma ko‘rinishida – 85,2 mg);
yordamchi moddalar makrogollar aralashmasi (makrogol-400 – 2%, makrogol-1500 – 98%) – 2814,8 mg.
Ta'rifi
Oq yoki kulrang yoki sarg‘ish tusli oq rangli, torpedasimon shaklli voronkasimon chuqursi bo‘lgan suppozitoriylar. Marmarlik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
To‘qimalar reparatsiyasini stimulyatori.
ATX kodi G01AX.
Farmakologik xususiyatlari
Depantol - regeneratsiya qiluvchi, antiseptik, metabolik ta'sir ko‘rsatuvchi mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy preparatdir. Preparatning tarkibiga kiruvchi xlorgeksidin grammusbat va grammanfiy bakteriyalar Treponema pallidum, Chlamidi spp., Ureaplasma spp., Neisseria gonorrhoeae, Gardnerella vaginalis, Bacteroides fragilis, Escherichia coli, Staphylococcus sp., Streptococcus spp.; achitqilar, dermatofitlar, sodda hayvonlarga (Trichomonas vaginalis) nisbatan faol. Preparatga Pseudomonas spp., Proteus spp. ning ayrim shtammlari kuchsiz sezgir, shuningdek bakteriyalarning kislotaga chidamli shakllari, bakteriyalarning sporalari chidamli. Preparatning tarkibiga kiruvchi dekspantenol shilliq qavatlarining regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, xujayra metabolizmini normallashtiradi, mitozni tezlashtiradi va kollagen tolalarning mustahkamligini oshiradi.
Depantol laktobatsillalarning funktsional faolligini buzmaydi. Qon, yiring bor joyda faolligini (garchi biroz pastroq bo‘lsada) saqlab turadi.
Qo‘llanilishi
O‘tkir va surunkali vaginitlarni; endo/ekzotservitsitlarni, shu jumladan bachadon bo‘ynining asoratlangan ektopiyalarini davolash.
Bachadon bo‘ynining spetsifik etiologiyali haqiqiy eroziyalarini davolash (majmuaviy davolash tarkibida).
Preparat destruktiv davolash usullaridan (diatermokoagulyatsiyalar, kriodestruktsiyalar, lazerodestruktsiyalar) keyin, operatsiyadan keyingi, tug‘ruqdan keyingi davrda bachadon bo‘yni va qinni shilliq qavatini regeneratsiyasini yaxshilash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Depantolni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llashga ruxsat berilgan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qin ichiga qo‘llanadi. Qo‘llashdan oldin suppozitoriy kontur o‘ramdan chiqarilib olinadi.
1 suppozitoriydan sutkada 2 marta, 7-10 kun davomida kiritiladi. Zarurati tug‘ilganida davolash kursini 20 kungacha uzaytirish mumkin.
Nojo‘ya ta'siri
Preparat bekor qilinganidan keyin o‘tkinchi allergik reaktsiyalar, qichishish, achishish bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Depantol anion guruhini saqlovchi detergentlar (saponinlar, natriy laurilsulfati, natriy karboksimetiltsellyuloza) va sovunlar bilan, agar ular qin ichiga kiritiladigan bo‘lsa, nomutanosib.
Chiqarilish shakli
Vaginal suppozitoriylar 100 mg+16 mg. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda, 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylanadi.
Yaroqlilik muddati
2 yil. O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.