Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аpdrops ko‘z tomchilari 0.5% 3 ml
Аpdrops ko‘z tomchilari 0.5% 3 ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Моксифлоксацина гидрохлорид
Страна производитель
Индия
Дозировка
5 мл
Производитель
Аджанта Фарма Лимитед
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Глазные капли
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Apdrops
Ta'sir etuvchi modda (XPN) moksifloksatsin gidroxloridi
Dori shakli
ko‘z tomchilari
Tarkibi
faol modda 5,45 mg moksifloksatsinga ekvivalent bo‘lgan moksifloksatsin gidroxloridi - 5 mg;
yordamchi moddalar borat kislotasi, natriy borati, natriy xloridi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, qattiq zarrachalarsiz, och-sariq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi). Oftalьmologik vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Moksifloksatsin gidroxloridining 0,5% li ko‘z tomchilari – bu steril oftalьmologik eritma. Bu 8-metoksi ftorxinolon, mahalliy oftalьmologik qo‘llash uchun infektsiyaga qarshi vosita.
Xinolonlarning, shu jumladan moksifloksatsinning ta'sir mexanizmi makrolidlar, aminoglikozidlar va tetratsiklinlar ta'siridan farq qiladi. Demak, moksifloksatsin ushbu antibiotiklarga chidamli bo‘lgan patogen mikroorganizmlarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Moksifloksatsin va yuqorida eslatib o‘tilgan sinf antibiotiklari orasida kesishgan chidamlilik yo‘q. Kesishgan chidamlilik tizimli moksifloksatsin va ayrim boshqa xinolonlar orasida kuzatilgan. In vitro sharoitda moksifloksatsinga chidamlilik ko‘psonli mutatsiyalar orqali rivojlangan. Moksifloksatsin quyidagi ko‘pchilik mikroorganizm shtammlariga qarshi ta'sir ko‘rsatdi.
Aerob grammusbat mikroorganizmlar
Corynebacterium, Micrococcus luteus, Staphylococcus aureus, Staphlococcus epidermidis, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus warneri, Staphylococcus pneumoniae, Staphylococcus viridans turlari.
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar
Acinebacter lwoffii, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae.
Boshqa mikroorganizmlar
Chlamydia trachomatis
Quyidagi maьlumotlar in vitro sharoitda olingan, ammo ularning ko‘z infektsiyalarida klinik ahamiyati ma'lum emas. Mikroorganizmlarning ro‘yxati faqat kon'yunktival infektsiyalarni potentsial davolashni baholash uchun qo‘llanma sifatida taqdim qilingan. Moksifloksatsin in vitro sharoitda ko‘zning quyidagi patogen mikroorganizmlarini ko‘pchilik (=90%) shtammlariga qarshi minimal susaytiruvchi kontsentratsiyalarini (MBK) 2 g/m yoki undan kam (uzilishini nazorat nuqtasini tizimli sezuvchanlik) namoyish qilgan.
Aerob grammusbat mikroorganizmlar
Staphylococcus pyogenes
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar
Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Proleus mirabilis.
Anaerob mikroorganizmlar.
Fusobacterium species, Prevotella species.
Qo‘llanilishi
Preparat quyidagi sezgir shtamm organizmlari chaqirgan, bakterial kon'yunktivitni davolash uchun buyuriladi
Aerob grammusbat mikroorganizmlar
Corynebacterium, Micrococcus luteus, Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus warneri, Staphylococcus pneumoniae, Staphylococcus viridans turlari.
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar
Acinebacter lwoffii, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae.
Boshqa mikroorganizmlar
Chlamydia trachomatis
Qo‘llash usuli va dozalari
Shikastlangan ko‘zga 1 tomchidan kuniga 3 marta, 7 kun davomida tomiziladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘proq uchraydigan nojo‘ya ta'sirlaridan kon'yunktivit, ko‘rish o‘tkirligini yomonlashishi, ko‘zlarning quruqligi, keratit, ko‘zning diskomforti, ko‘zni qizarishi, ko‘z og‘rig‘i, ko‘zni qichishi, subkon'yuktival qon quyilishi va ko‘z yoshini oqishi. Ushbu reaktsiyalar taxminan 1-6% patsiyentlarda kuzatilgan. 1-4% bemorlarda ko‘zga bog‘liq bo‘lmagan nojo‘ya ta'sirlari aniqlangan isitma, kuchli yo‘tal, o‘rta otit, faringit, toshma va tumov.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik
1 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas (preparatni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha yetarli ma'lumotlarning yo‘qligi tufayli )
Dorilarning o‘zaro ta'siri
In vitro sharoitdagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, moksifloksatsin SYR3A4, SYR2D6, SYR2S9, SYR2S19, ni ingibitsiya qilmaydi, yoki SYR1A2 ko‘rsatadiki, moksifloksatsin sitoxrom R450 izofermentlari bilan metabolizmga uchramaydigan dori vositalarining farmakokinetikasini o‘zgartirmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
In'ektsiya uchun emas. Moksifloksatsin gidroxloridini subkon'yuktival, shuningdek ko‘zning bevosita oldingi kamerasiga yuborish mumkin emas. Tizimli buyurilgan xinolonlarni, shu jumladan moksifloksatsinni olayotgan bemorlarda, darhol birinchi dozadan keyin o‘ta yuqori sezuvchanlikning (anafilaktik) jiddiy reaktsiyalari kuzatilgan. Ayrim reaktsiyalar yurak-qon tomir yetishmovchiligi, xushdan ketish, angionevrotik shish (shu jumladan xiqildoq, xalqum yoki yuz shishi), nafas yo‘llarining o‘tkazmasligi, hansirash, eshakemi va qichishish bilan birga kechgan. Agar moksifloksatsiyaga allergik reaktsiya kuzatilsa, preparatni qo‘llanilishini to‘xtatish kerak. Jiddiy o‘tkir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari shoshilinch davolashni talab qilishi mumkin. Kislorod va nafas yo‘llarini boshqarish klinik ko‘rsatmalarga qarab buyurilishi kerak.
Boshqa infektsiyalarga qarshi vositalardagi kabi, uzoq muddat qo‘llash chidamli organizmlarni, shu jumladan zamburug‘larni haddan ziyod o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Agar superinfektsiya paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak va muqobil davolashni qo‘llash kerak. Har doim klinik davolash buyurilganida, bemorni tirqishli lampa bilan biomikroskopiya qilib tekshirish, zarurati bo‘lsa, fluorestseinli kontrastlash kerak. Agar bemorda bakterial kon'yunktivit simptomlari kuzatilsa, kontakt linzalarni taqish mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya vaqtida qo‘llanishi
Homiladorlikning S toifasi
Homilador ayollarda preparatni qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Preparatni homiladorlik davrida qo‘llashning zarurati bo‘lgan holda ona uchun kutilayotgan foyda va homila uchun bo‘ladigan xavfi sinchiklab baholanganidan so‘ng mumkin.
Odam sutida moksifloksatsinning miqdori o‘lchanmagan, ularni odam sutida uniajralib chiqishini mumkinligi inobatga olinadi. Emizikli ayollarga preparatni buyurishda xavfsizlik choralarini ko‘rish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Tiniq bo‘lmagan flakonlarda 3 ml
Saqlash sharoiti
Salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
36 oy
Dorixonalarda berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
Adjanta Farma Limited
Adjanta Xaus, Charkop, Kandivli (3)
Mumbay 400067, Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.