Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Deksatobrom ko‘z tomchilari, steril suspenziya 5ml
Nomi | Narx | |||||
Декса Тобром сусп. гл. кап.5мл (2315041##2 106) |
UZS 49 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Декса Тобром сусп. гл. кап.5мл (2315031##2 108) |
UZS 49 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Ruminiya
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Rompharm Company SRL, Румыния
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Глазные капли
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Deksatobrom
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tobramitsin, deksametazon
Dori shakli
ko‘z tomchilari, steril suspenziya
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 0,300 g tobramitsin, 0,100 g deksametazon;
yordamchi moddalar tiloksopol, gipromelloza (NRMS 4000 sR), natriy sulfati (suvsiz), natriy xloridi, dinatriy edetati, dinatriy edetat digidrati, benzalkoniy xloridi, 0,5M sulfat kislotasi eritmasi yoki 1M natriy gidroksidi eritmasi, tozalangan suv.
Farmakoterapevtik guruhi
asosan oftal'mologiyada qo‘llanadigan vosita (yallig‘lanishga va mikroblarga qarshi).
ATX kodi S01CA01.
Frmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Oftalьmologiyada mahalliy qo‘llash uchun antibakterial va yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega majmuaviy preparat. Tobramitsin – aminoglikozidlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol Staphylococcus spp. (shu jumladan Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis/shu jumladan penitsillinga rezistent shtammlari ham); Steptococcus spp. (shu jumladan A guruhining ayrim b-gemolitik turlari, Steptococcus pneumoniae ning ayrim nogemolitik turlari va ba'zi shtammlari), Pseudomonas aeruginosa, Escherichia coli, Klebsiella pneumonia, Enterobacter aerogenes, Proteus mirabilis, Morganella morganii, Proteus vulgaris ning ko‘pchilik turlari, Haemophilus influenzae, Haemophilus aegyptius, Moraxella lacunata, Acinetobacter calcoaceticus (Herellea vaginacola), shuningdek Neisseria ning ayrim turlari.
Deksametazon glyukokortikosteroid (GKS). Kuchli yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va desensibilizatsiya qiluvchi ta'sir ko‘rsatadi. Deksametazon eozinofillar tomonidan yallig‘lanish mediatorlarining ajratib chiqarilishini, semiz hujayralarning migratsiyasini susaytirib va kapillyar o‘tkazuvchanligini kamaytirib, yallig‘lanish jarayonlarini faol susaytiradi. Mineralokortikoid faollikka ega emas.
Qo‘llanilishi
- ko‘z va paraorbital sohaning infektsion kasalliklari, shu jumladan blefarit, kon'yunktivit, blefarokon'yunktivit; keratit (epiteliyni shikastlanishisiz);
- oftal'mologik jarrohlikda operatsiyadan keyingi infektsiyalarni oldini olish uchun iyshllanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat shikastlangan ko‘z (yoki ko‘zlar) ning kon'yunktiva bщshlig‘iga har 4-6 soatda 1-2 tomchidan tomiziladi. Birinchi 24-48 soatda dozani har 2 soat o‘tgach 1-2 tomchigacha oshirilishi mumkin.
Har safar foydalangandan so‘ng flakonni yopish lozim. Eritmaning sterilligini saqlab qolish uchun, pipetka uchi bilan ko‘zga tegib ketish mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat qo‘llanganida mahalliy reaktsiyalar kuzatilishi mumkin ko‘z yoshi ajralishini qisqa muddatli oshishi, achishish yoki tomizilganidan so‘ng bevosita sanchiq.
Preparatni qo‘llash chaqirgan nojo‘ya reaktsiyalar glyukokortikoid (deksametazon) ham, antibiotik (tobramitsin) bilan ham, shuningdek ularning majmuasi bilan ham chaqirishi mumkin.
O‘ta yuqori sezuvchanlik va mahalliy allergik reaktsiyalar (qichishish, qovoqlarning shishi, kon'yunktivani qizarishi) bo‘lishi mumkin.
Ushbu preparatni 14 sutkalik kurs bilan qo‘llash qator ahamiyatli nojo‘ya reaktsiyalarini paydo bo‘lishiga olib keladi.
Keyinchalik glaukomani rivojlanish xavfi bilan ko‘z ichki bosimi oshishi mumkin (DEKSATOBROM ko‘z tomchilari 7 kundan ko‘proq vaqt davomida qo‘llanganida ko‘z ichki bosimini muntazam o‘lchash kerak), buning natijasida ko‘ruv nervining xarakterli shikastlanishi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi va ko‘rish maydonini pasayishi, orqa subkapsulyar kataraktani shakllanishi (dori vositasi 3 oydan ko‘proq qo‘llanganida), jarohatlarni bitish jarayonini sekinlashishi (glyukokortikoidlarning ta'siri bilan ifodalanadi) rivojlanadi.
Shox parda yoki skleraning yupqalashishini chaqiradigan kasalliklarda fibroz parda teshilishi mumkin. Juda kam hollarda – gerpetik va bakterial infektsiyalar tarqalishi mumkin.
DEKSATOBROM preparati qo‘llanganidan so‘ng (glyukokortikoid va antibiotikning majmuasi sifatida) bemor organizmining himoya reaktsiyalari bostirilishi oqibatida ikkilamchi infektsiya kuzatilishi mumkin. Ko‘zlarning o‘tkir yiringli kasalliklarida glyukokortikoidlar mavjud bo‘lgan infektsion jarayonni niqoblashi yoki kuchaytirishi mumkin.
Shox pardani zamburug‘li shikastlanishi (shox pardaning mikozlari) glyukokortikoidlar uzoq muddat qo‘llanganida (uch oydan ko‘p), ayniqsa paydo bo‘lishiga moyillik mavjud. Glyukokortikoidlarni saqlovchi preparatlar bilan uzoq muddat davolashdan so‘ng shox pardada bitmaydigan yaralarni paydo bo‘lishi zamburug‘li invaziyaning rivojlanganidan dalolat berishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- Herpes simplex chaqirgan epitelial keratit (daraxtsimon keratit);
- shox parda va kon'yunktivaning virusli kasalliklari (shu jumladan suvchechak);
- ko‘zning mikobakterial infektsiyalari;
- ko‘zning zamburug‘li kasalliklari;
- eshituv nervining nevriti;
- surunkali buyrak yetishmovchiligi;
- miasteniya;
- parkinsonizm;
- homiladorlik (preparat homilaning qaytmas karligiga sababchi bo‘lishi mumkin) da qo‘llash mumkin emas.
Preparat shox pardadan yot jismni asoratsiz olib tashlanganidan so‘ng buyurilmaydi.
Ehtiyotkorlik bilan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
DEKSATOBROM preparatini dorilar bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
DEKSATOBROM faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan (in'ektsiya uchun qo‘llanmaydi).
GKS saqlovchi preparatlar 10 kundan ortiq qo‘llanganida ko‘z ichki bosimini muntazam o‘lchash kerak. DEKSATOBROM preparati tizimli qo‘llash uchun aminoglikozidlar guruhi antibiotiklar bir vaqtda buyurilganida, qon zardobida torbamitsinning kontsentratsiyasini nazorat qilish lozim.
Allergik reaktsiyalar rivojlanganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim.
Qo‘llashdan oldin flakon ichidagisini chayqatish lozim.
Pediatriyada qo‘llanishi
Hozirgi vaqtda preparatning bolalarda qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik, emizish vaqtida va bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba yo‘q. Homilador ayollarda DEKSATOBROMNI qo‘llash mumkin emas, chunki homilaning qaytmas karligiga sababchi bo‘lishi mumkin. Davolash vaqtida emizishni to‘xtatish lozim.
Avtotransportni boshqarish va maxsus jihozlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
DEKSATOBROMni qo‘llash kuchli charchoqlik va ko‘rish qobiliyatini buzilishini chaqirmaydi, shuning uchun avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. Applikatsiya qilingandan so‘ng, ko‘rish aniqligi vaqtinchalik yo‘qolgan patsiyentlarga preparat tomizilishi bilanoq mashina haydash yoki murakkab texnika bilan ishlash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtda DEKSATOBROM preparati dozasini oshirib yuborish hollari to‘g‘risida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
5 ml flakon-tomchilagichda
Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 15-25°C haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Flakon ochilganidan so‘ng tomchilar 4 hafta davomida ishlatilishi kerak.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ROMFARM KOMPANI, Otopen', Rumyniya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.