Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
L-Deksopt ko‘z tomchilari 5ml
Nomi | Narx | |||||
Л-Дексопт капли глазные 5мл (2312421##2 131) |
UZS 74 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Левофлоксацин, дексаметазон
Страна производитель
Румыния
Дозировка
5 мг/мл+1 мг/мл
Производитель
S.C. Rompharm Company S.r.l.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Глазные капли
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
L-Deksopt
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) levofloksatsin, deksametazon fosfati
Dori shakli
ko‘z tomchilari, eritma
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar levofloksatsin – 5,0 mg (levofloksatsin gemigidrati ko‘rinishida) va
1 mg – deksametazon fosfati (deksametazon natriy fosfati ko‘rinishida);
yordamchi moddalar benzalkoniy xloridi, metabisulfit natriy (E223), polisorbat 80, kreatinin, natriy sitrati, dinatriy edetati, natriy xloridi, natriy gidroksidi, eritma/xlorid kislotasi, eritma (rN to‘g‘rilash uchun), tozalangan suv.
Ta'rifi deyarli mexanik kiritmalarsiz, och-sariqdan to yashil tusli och-sariq rangligacha bo‘lgan tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruxi oftalmologiyada qo‘llanadigan vosita.
ATX kodi S01CA01.
Farmakodinamik xususiyatlari
Deksametazon fosfat natriy
Kortikosteroidlar yallig‘lanishga qarshi samaraga siklooksigenaza I va II molekulalarini birikishi va sitokinlarning ekspressiyasi oqibatida tomirlarning endotelial hujayralarini susayishi hisobiga erishadilar. Bu ta'sir maksimumiga, yallig‘lanishga qarshi mediatorlarning ekspressiyasini kamayishi va tomirlarning endoteliyiga aylanib yuruvchi leykotsitlarning birikishini susayishi, shu bilan ko‘zning yallig‘langan to‘qimalariga ularning migratsiyasini oldini olish natijasida yetadi. Deksametazon, boshqa steroidlar bilan solishtirganda mineralokortikoid faolligi past bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi faollik ko‘rsatgan, va eng yuqori faol yallig‘lanishga qarshi vositalardan biri hisoblanadi.
Levofloksatsin
Ftorxinolonlar sinfi antibakterial preparat sifatida levofloksatsin bakterial DNK giraza-topoizomeraza II va topoizomeraza IV ni bloklaydi. Levofloksatsin, asosan grammanfiy bakteriyalarda DNK giraza va grammusbat bakteriyalarda topoizomeraza IV uchun mo‘ljallangan.
Antibakterial spektri. Quyida kon'yunktivit kabi faqat ko‘proq ko‘zning yuzaki infektsiyalariga javob beruvchi mikroorganizmlar turi keltirilgan.
Antibaterial ta'sir doirasi – EUCAST (Antimikrob Sezuvchanlikni Testlash bo‘yicha Yevropo Qo‘mitasi) ga muvofiq moyillik mezoni va rezistentlik ko‘rinishini xarakteristikasi.
I toifa ko‘zning yuzaki infektsiyalariga ko‘proq javob beruvchi mikroorganizmlar
Aerob grammusbat mikroorganizmlar
Staphylococcus aureus, metitsillinga sezgir shtammlar
Staphylococcus pneumoniae
Staphylococcus pyogenes
Viridans group of streptococci
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar
Escherichia coli
Hemophilus influenzae
Moraxella catarralis
Pseudomonas aeruginosa│(mikroorganizm shtammlari)
Boshqa mikroorganizmlar
Clanydia trachomatis│(Xlamidiyali kon'yunktivitni davolash yondosh tizimli antibakterial davolashni talab qiladi)
II toifa orttirilgan rezistentlik muammo bo‘lishi mumkin bo‘lgan shtammlar
Aerob grammusbat mikroorganizmlar
Staphylococcus aureus, metitsillinga sezgir shtammlar
Staphylococcus epidermidis
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar
Pseudomonas aeruginosa│(statsionar shtammlari)
Farmakokinetikasi
Levofloksatsin
Ko‘zga yuborilgandan keyin, Levofloksatsin ko‘z yoshi pardasida yaxshi saqlanadi.
Konservant sifatida benzalkoniy xloridili, ko‘p dozali konteynerdagi, Levofloksatsinning o‘rtacha kontsentratsiyasi 5 mg/ml, ko‘z tomchilarini tekshirishlar vaqtida, sog‘lom ko‘ngillilarda mahalliy yuborishdan keyin 4 va 6 soat o‘tgach o‘lchashda ko‘z yoshi pardasida muvofiq 17,0 mkg/ml va 6,6 mkg/ml bo‘lgan. Olti patsiyentdan beshtasida doza yuborilganidan keyin 4 soat o‘tgach levofloksatsinning kontsentratsiyasi 2 mkg/ml va yuqori bo‘lgan. Olti patsiyentdan to‘rttasi bu kontsentratsiyani 6 soatgacha tutib turgan.
Ko‘p dozali konteynerdagi Levofloksatsin 5 mg/ml ko‘z tomchilari va Ofloksatsin 3 mg/ml ko‘z tomchilari qo‘llangandan keyin, kataraktani olib tashlash bo‘yicha operatsiya o‘tkazgan 35 patsiyentlarda ko‘z suyuqligida kontsentratsiyalar tekshirilgan. Levofloksatsinning kontsentratsiyasi, Ofloksatsinning kontsentratsiyasiga qaraganda taxminan ikki marta katta bo‘lgan.
15 sog‘lom katta ko‘ngillilarda Levofloksatsin 5 mg/ml, ko‘z tomchilari, eritmasi bilan 15 kunlik davolash kursi davomida turli vaqtlarda plazmada Levofloksatsinning kontsentratsiyasi o‘lchangan. Levofloksatsinning maksimal kontsentratsiyalari 1 kungi
0,94 ng/ml dan 15 kuni 2,15 ng/ml gacha oshgan, bu Levofloksatsinning standart peroral dozalaridan keyingi kontsentratsiyalariga qaraganda 1000 marta past. Shikastlangan ko‘zgaLevofloksatsin mahalliy yuborilganidan keyin faol moddaning plazmadagi kontsentratsiyasini erishiladigan qiymati hozircha noma'lum.
Deksametazon fosfat natriy
Ko‘zga mahalliy yuborilganidan keyin, Deksametazon fosfati ko‘z suyuqligi, shox, rangdor parda, tomirli parda, siliar tana va to‘r parda tomonidan so‘riladi. Deksametazon fosfati faqat ahamiyatli yuqori dozalarda yoki pediatrik davolashda so‘rilishi va tizimli samaralar namoyon qilishi mumkin. Deksametazon fosfati peroral qo‘llanganda 90% gacha so‘riladi; ichga qabul qilingandan keyin 1 dan 2 soatgacha chegaralarda qon plazmasida maksimal kontsentratsiyalarga erishiladi va keng shaxsiy variatsiyalar ko‘rsatadi.
Deksametazon fosfat natriy qon oqimida tez deksametazonga o‘tadi. Deksametazon 77% gacha plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Deksametazonning plazmadagi yarim parchalanish davri 3,6±0,9 soatni tashkil qiladi.
Xayvonlarning to‘qimalarida taqsimlanishini tekshirishlari, deksametazonni jigar, buyrak va buyrak usti bezlarida so‘rilishini ko‘rsatadi; taqsimlanish xajma 0,58 l/kg bo‘lgan. Odamda aylanib yuruvchi steroidlarning 60% dan ko‘prog‘i organizmdan siydik bilan 24 soat davomida, asosan kon'yugatsiyalanmagan steroidlar ko‘rinishida chiqariladi.
Deksametazon onaga qaraganda homila va yangi tug‘ilgan chaqaloq qon oqimidan tezroq chiqariladi. Deksametazonning homila va ona plazmasidagi darajalari 0,321 nisbatida topilgan.
Xavfsizlik bo‘yicha klinikagacha bo‘lgan tekshirishlarning sharxi
Toksiklikning tizimli profili faol moddalar uchun alohida yaxshi aniqlangan. Levofloksatsin va deksametazon fosfatining klinikagacha bo‘lgan samaralari faqat, odam organizmiga yetarlicha o‘ta yuqori maksimal ta'siri va odamda ishlatishga nisbatan kam aloqaga ega bo‘lgan dozalarda ishlatilganligi tan olingan.
Qo‘llanilishi
Kortikosteroidlarni qo‘llash ko‘rsatilgan, steroidlar bilan davolashga javob beruvchi ko‘zning yallig‘lanish kasalliklari, unda ko‘zlarni yuzaki bakterial infektsiyalari yoki bakterial ko‘z infektsiyalarining xavfi mavjud bo‘ladi.
Steroidlar bulbar va parabulbar kon'yunktiva, shox parda va ko‘zning oldingi bo‘limini yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi, unda ayrim infektsion kon'yunktivit va steroidlarni ishlatishga xos bo‘lgan xavflar,shish va yallig‘lanishni kamaytirish uchun ma'qullanadi.
Kortikstenoidlar shuningdek surunkali oldingi uveitlar va shox pardani kimyoviy, nurli yoki termik kuyishlaridan keyingi shikastlanishlarida, shuningdek yot tanalar kirganida ko‘rsatilgan.
Yallig‘lanishlarni oldini olish va davolash va kattalarda kataraktani olib tashlash bo‘yicha operatsiyalar bilan assotsiatsiyalangan bakterial infektsiyalarni oldini olish qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar
Patsiyentlarning xamma turlari uchun, ikkala shikastlangan ko‘zga har 2 soatda, birinchi 2 sutka davomida, sutkada 8 martagacha, so‘ngra, 3-5 sutka davomida sutkada 4 martagacha tomiziladi.
Davolash 14 sutka davomida davom etishi kerak va maksimum 24 sutkadan oshmasligi kerak. Davolash davomidagi dozalarning takrorlanishi, klinik belgilar bilan tasdiqlanganidek, asta-sekin kamaytirilishi kerak. Davolashni muddatidan oldin to‘xtatish kerak emas.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
L-Deskopt 5 mg/ml + 1 mg/ml, ko‘z tomchilari, eritma preparatining xavfsizligi va samaradorligi, bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda xozirgi vaqtgacha aniqlanmagan.
Qo‘llash usuli
Mahalliy qo‘llash uchun bir necha oftalmologik preparatlar bir vaqtda ishlatilganida, tomizishlar orasida 5 minutlik intervalga rioya qilish kerak.
2 minut davomida burun ko‘zyoshi yo‘li okklyuziyasi yoki qovoqni bekitish ishlatilganida, tizimli so‘rilish pasayadi. Bu tizimli nojo‘ya samaralarini kamayishiga va lokal faollikni oshishiga olib kelishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya ta'sirlari namoyon bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha tasniflanadi va quyidagi mezonlar ishlatiladi
-juda tez-tez nojo‘ya ta'sirlari (10 odamdan 1 nafaridan ko‘pida namoyon bo‘ladi);
-tez-tez nojo‘ya ta'sirlari (10 odamdan 1 nafaridan kamida namoyon bo‘ladi);
-tez-tez bo‘lmagan nojo‘ya ta'sirlari (100 odamdan 1 nafaridan kamida namoyon bo‘ladi);
-kam hollardagi nojo‘ya ta'sirlari (1000 odamdan 1 nafaridan kamida namoyon bo‘ladi);
-tez-tezligi noma'lum nojo‘ya ta'sirlari (bor bo‘lgan ma'lumotlar asosida ularni baholash mumkin emas).
Deksametazon natriy fosfati
Deksametazon natriy fosfati 1 mg/ml ko‘z tomchilari, eritmani yuborish, kam hollarda ko‘zlarni sanchilishi, achishishi, qizarishi yoki ko‘z yoshini oqishini chaqirishi mumkin.
Yuqori dozalarda kortikosteroidlar bilan davomli davolash, kam hollarda subkapsulyar katarakta bilan bog‘liq bo‘ladi. Shox parda, sklerani yupqalashishini yoki ko‘z soqqasini perforatsiyasini chaqiruvchi kasalliklar namoyon bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, uzoq muddatli ishlatishda, ko‘ruv nervini shikastlanishi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi va ko‘rish maydonini nuqsonlari paydo bo‘lishi mumkin.
Kortikosteroidlar uchun xarakterli bo‘lgan tizimli samaralari, steroidli ko‘z tomchilari ko‘p ishlatilganida namoyon bo‘lishi mumkin.
Levofloksatsin
Taxminan 10% bemorlarda nojo‘ya reaktsiyalarning ko‘rinishlarini kutish mumkin. Reaktsiyalar odatda yengil yoki o‘rtacha sifatida tasniflanadi, qisqa muddat namoyon bo‘ladi va odatda, faqat ko‘z soxasi bilan cheklanadi.
Quyidagi noxush reaktsiyalari ehtimolli va davolash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin sifatida baholanadi, va levofloksatsin saqlovchi ko‘z tomchilari bilan klinik sinovlar va postmarketing tajriba davomida kuzatilgan.
Immun tizimi tomonidan
Kam hollarda tashqi ko‘z allergik reaktsiyalar, toshma
Juda kam hollarda noma'lum nojo‘ya ta'sirlar (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha) anafilaksiya
Nerv tizimi tomonidan
Tez-tez bo‘lmagan nojo‘ya ta'sirlari bosh og‘rig‘i
Ko‘zli buzilishlar
Tez-tez bo‘lmagan qisqa muddatli achishish, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, cho‘ziluvchan shilliqni paydo bo‘lishi
Kam nojo‘ya ta'sirlari qovoqlarni yopishishi, xemo, papillyar kon'yunktivit reaktsiyalari, qovoqlarni shishi, ko‘zda noxush tuyg‘ular, ko‘zda qichishish, ko‘zda og‘riq, kon'yunktiva giperemiyasi, kon'yunktivada follikulalarni paydo bo‘lishi, quruq ko‘z sindromi, qovoqlar eritemasi, ko‘z yoshini oqishi, yorug‘likdan qo‘rqish.
Klinik tekshirishlarda shox pardani pretsipitatsiyasi kuzatilmagan.
Respirator, ko‘krak va ko‘ks oralig‘i buzilishlari
Tez-tez bo‘lmagan nojo‘ya ta'sirlari rinit
Noma'lum nojo‘ya ta'sirlari (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha) laringeal shish.
Gumon qilingan nojo‘ya ta'sirlari
Dori preparati qayd etilganidan keyingi taxmin qilingan nojo‘ya ta'sirlarida shish, muhim ahamiyatga ega. Bu dori preparatini foyda/xavf balansi monitoringini davom ettirish imkoniyatini beradi. Tibbiyot mutaxassislari hisobotning milliy tizimi orqali har qanday gumon qilinadigan nojo‘ya reaktsiyalar xaqida xabar berish so‘raladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Faol komponentlarga (levofloksatsin, deksametazon fosfati) yoki boshqa xinolonlarga, yoki har qanday boshqa yordamchi moddaga yuqori sezuvchanlik.
Oddiy gerpetik keratit.
Chechak vaktsinalari, suvchechak va shox parda va kon'yunktivaning boshqa virusli kasalliklari.
Mikobakterial ko‘z infektsiyalari.
Ko‘z strukturalarini zamburug‘li kasalliklari.
Ko‘zning davolanmagan yiringli infektsiyasi.
Homiladorlik vaqti va emizish davrida.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirini tekshirishlari o‘tkazilmagan. Mahalliy qo‘llash uchun bir necha oftalmologik preparatlar bir vaqtda ishlatilganida, tomizishlar orasida 5 minutlik intervalga rioya qilish kerak.
Mahalliy qo‘llash uchun steroidlar va mahalliy qo‘llash uchun NYaQV bir vaqtda ishlatilganida, shox pardani bitishiga muammolar uchun potentsial oshishi mumkin.
Nomutanosiblik
Qo‘llanmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
L-Deksopt 5 mg/ml + 1 mg/ml, ko‘z tomchilari, mahalliy qo‘llash uchun oftalmologik eritma, lekin in'ektsiyalar yoki peroral qo‘llash uchun emas. Eritmani bevosita ko‘zning oldingi kamerasiga yuborish kerak emas.
Ftorxinolonlarni tizimli qo‘llash, xatto doza bir marta qabul qilinganidan keyin xam, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasiga olib kelishi mumkin. Agar levofloksatsinga allergik reaktsiya namoyon bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Boshqa antibakterial vositalar bilan davolashdagi kabi, levofloksatsinni davomli qo‘llash, rezistent mikroorganizmlarni xaddan tashqari o‘sishiga, zamburug‘li infektsiyalarni xam qo‘shib, olib kelishi mumkin. Agar infektsiyani yomonlashishi kuzatilsa, yoki ma'lum muddat davomida klinik yaxshilanish kuzatilmasa qo‘llashni to‘xtatish va muqobil davolashni buyurish kerak. Klinik davolash sharoitlarida, patsiyent magnifikatsiya, masalan, tirqish lampa yordami bilan biomikroskopiya, shuningdek, zarurati bo‘lganida, fluoretsein bilan bo‘yash, yordamida ko‘rilgan bo‘lishi lozim.
Maxalliy qo‘llash uchun oftalmologik kortikosteroidlarni davomli ishlatish (ya'ni, klinik tekshirishlarda ishlatilgan maksimal davomlikdan [24 kun] ko‘p) ko‘z gipertenziyasi/ko‘rish nervini shikastlanishi va ko‘rish o‘tkirligini pasayishi bilan glaukomaga, ko‘rish maydonining nuqsonlariga olib kelishi mumkin, shuningdek orqa subkapsulyar katarakta xosil bo‘lishiga xam olib kelishi mumkin.
Ko‘z ichki bosimini oshishi va/yoki kataraktani shakillanishi kabi kortikosteroidlarning xavflari, moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, qandli diabeti bo‘lgan) oshadi.
Davomli qo‘llash, shuningdek patsiyentda organizm reaktsiyasini bostirilishi xisobiga ikkilamchi ko‘z infektsiyasiga olib kelishi mumkin. Kortikosteroidlar organizmning qarshiligini kamaytirishi va bakterial, virusli yoki zamburug‘li infektsiyalar rivojlanishiga yordam berishi va xatto infektsiyaning klinik belgilarini niqoblashi mumkin.
Zamburug‘li infektsiyalarga shox pardani doimiy yaralanishi bo‘lgan patsiyentlarda yo‘l qo‘yiladi. Zamburug‘li infektsiya paydo bo‘lgan xolda, kortikosteroidli davolashni to‘xtatish kerak.
Mahalliy qo‘llash uchun oftalmologik kortikosteroidlar, shox pardaning jaroxatlarini bitishini sekinlashtirishi mumkin. Shuningdek maxalliy qo‘llash uchun NYaQV ni щlldash tuzalishni sekinlashtirishi yoki kechiktirishi ma'lum. Maxalliy qo‘llash uchun NYaQP ni maxalliy qo‘llash uchun steroidlar bilan birga qo‘llash, bitishda muammolar potentsialini oshirishi mumkin.
Bunday kasalliklarda, shox pardani yupqalashishi xam yoki shox pardani teshilishi xam kuzatilgan, buni maxalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlarni uzoq muddat ishlatishda yuz berishi ma'lum.
Bu preparatda konservant sifatida ishlatiladigan benzalkoniy xloridi, keratopatiya – nuqtali/yoki toksik yarali keratopatiyaning sababi bo‘lishi mumkin. Benzalkoniy xloridi ko‘zlarning ta'sirlanishini chaqirishi va yumshoq kontakt linzalarni rangsizlantirishi mumkin.
Yumshoq kontakt linzalar bilan kontaktdan saqlanish kerak. Ko‘z infektsiyasi yoki yallig‘lanishni davolash vaqtida kontakt linzalarni ishlatish tavsiya etilmaydi. Agar davolash vaqtida patsiyentga kontakt linzalarni taqishga ruxsat berilsa, ular L-Deksopt 5 mg/ml + 1 mg/ml ko‘z tomchilari, eritma preparatini tomizish oldidan linzalarni olib qo‘yishlari, va xech bo‘lmaganda, takroriy yuborishgacha 15 minut kutishlari kerakligi xaqida ma'lumot olgan bo‘lishlari kerak.
L-Deksopt 5 mg/ml + 1 mg/ml, ko‘z tomchilari, eritma, metabisulfit natriy saqlaydi kam o‘ta yuqori sezuvchanlikning jiddiy reaktsiyalari va bronxospazm chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
L-Deksopt 5 mg/ml + 1 mg/ml preparatini odamda xomiladorlik davrida ishlatish bo‘yicha ma'lumotlar, mumkin bo‘lgan noxush reaktsiyalarini baxolash uchun yetarli emas.
Kortikosteroidlar yo‘ldosh orqali o‘tadi. Xayvonlarda teratogen samaralar kuzatilgan. Shunga qaramasdan, odam organizmida teratogen samaralar namoyon bo‘lishi mumkinligiga xech qanday isbotlar yo‘q. Kortikosteroidlar tizimli qo‘llanganidan keyin, yuqoriroq dozalarda, xomilaga/yangi tug‘ilgan chaqaloqqa ta'siri qayd etilgan (ona qornida rivojlanishni ingibirlanishi, buyrak usti bezlari po‘stlog‘i faoliyatini bostirilish). Lekin bu ma'lumotlar xaqida maxalliy oftalmologik ishlatishda xabar berilmagan.
Xozirgi vaqtda, xomilador ayollarda levofloksatsinni ishlatish xaqidagi ma'lumotlar miqdori cheklangan. Hayvonlardagi tekshirishlar noxush reproduktiv toksiklikni ko‘rsatmaydi. Odamlarda ma'lumotldar bo‘lmagani va eksperimental ma'lumotldar o‘suvchi organizmda ftorxinolonlarni qo‘llash oqibatida tog‘ayning shikastlanishi xavfini ko‘rsatishi tufayli, levofloksatsin xomiladorlik vaqtida ishlatilmasligi kerak.
Mahalliy qo‘llangandan keyin levofloksatsin va deksametazon fosfatini juda past tizimli ta'siriga qaramasdan, L-Deksopt 5 mg/ml – 1 mg/ml, ko‘z tomchilari, eritma preparati, agar homilador ayol uchun potentsial foyda, xomila uchun potentsial xavfni oqlamasa, xomiladorlik vaqtida tavsiya etilmaydi.
Emizish
Deksametazon fosfati ko‘krak sutiga chiqariladi. Qo‘llash usuli va erishilishi mumkin bo‘lgan tizimli darajalarini xisobga olib, chaqaloqqa samaralari kutilmaydi.
Emizish davrida levofloksatsinni qo‘llash mumkin emas. Levofloksatsinni ko‘krak sutiga chiqarishili bo‘yicha ma'lumotlar yetarli emas, ammo, boshqa ftorxinolonlar odam ko‘krak sutiga chiqariladi. Odamda eksperimental ma'lumotlar yo‘qligi va eksperimental ma'lumotlar ftorxinolonlarni qo‘llash oqibatida o‘suvchi organizmda tog‘ayni shikastlanish xavfini ko‘rsatishi tufayli, homilador ayollarda emizish davrida levofloksatsinni qo‘llash mumkin emas.
Shunday qilib, L-Deksopt 5 mg/ml + 1 mg/ml, ko‘z tomchilari, eritmasini emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Fertillik davri
L-Deksopt 5 mg/ml + 1 mg/ml, ko‘z tomchilari, eritmasi maxalliy qo‘llash uchun preparatini odamdagi fertillika ta'sirini baxolsh uchun tekshirishlar o‘tkazilmagan.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta'siri bo‘yicha xech qanday tekshirishlar yo‘q. Lekin xar qanday ko‘z tomchilari, ko‘rishni vaqtinchalik buzilishi yoki ko‘rishni boshqa buzilishlari avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga noxush ta'sir qilishi mumkin. Agar ko‘rishni buzilishi paydo bo‘lsa, patsiyent ko‘rish ravshanlashgunicha kutishi va faqat keyin avtotransportni xaydashi va/yoki mexanizmlarni boshqarishga o‘tishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Bir konteyner ko‘z tomchilarida saqlanuvchi levofloksatsin va deksametazon fosfatining umumiy miqdori, tasodifiy peroral qabul qilishdan keyin toksik samaralar chaqirishi uchun juda kam. Agar bu zarur deb xisoblansa, patsiyent klinik kuzatilishi va qo‘shimcha choralar ko‘rilishi mumkin.
L-Deksopt 5 mg/ml + 1 mg/ml, ko‘z tomchilari, eritma preparati bilan mahalliy doza oshirilib yuborilganidan keyin, odatda, ko‘z toza iliq suv bilan yuvilishi kerak.
Chiqarilish shakli
5 ml dan kam bo‘lmagan eritma himoya xalqali polimer qopqoq bilan yopilgan 5 ml sig‘imli oq polimer flakon-tomchilagichda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda original o‘ramida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Flakon birinchi ochilganidan keyin, steril oftalmologik eritma 16 kun davomida ishlatilishi kerak.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Utilizatsiya uchun ehtiyotkorlikning alohida choralari
Ishlatilmagan dori preparati yoki chiqindilar talablarga muvofiq taqsimlangan bo‘lishi kerak.
Savdo belgisining egasi
S.K. Romfarm Kompanii S.R.L.
Yeroilor ko‘ch., № 1A, Otopen, Ruminiya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
S.K. Romfarm Kompani S.R.L.
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Niyozbek yo‘li ko‘ch., 2
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.