Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nozeylin ko‘z/burun tomchilari 15ml №1
Nozeylin ko‘z/burun tomchilari 15ml №1
Nomi | Narx | |||||
Нозейлин капл гл / назал 15 мл №1 (207001601##1602) |
UZS 32 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Нафазолин, хлорфенамин
Страна производитель
Египет
Дозировка
15 мл
Производитель
World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Глазные / ушные капли
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Nozeylin
Ta'sir etuvchi moddalar nafazolin+xlorfeniramin,
Dori shakli
ko‘z/burun tomchilari
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
nafazolin gidroxloridi0,5 mg;
xlorfeniramin maleati0,5 mg;
yordamchi moddalar natriy sitrati, borat kislotasi, benzalkoniy xloridi, dinatriy edetat, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz, hidsiz eritma.
Farmkoterapevtik guruhi α2-adrenomimetik vosita. N1-gistamin retseptorlarining blokatori. Qon-tomirlarni toraytiruvchi va antigistamin vosita.
ATX kodi S01GA51
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Oftalmologiya va LOR-amaliyotida mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan majmuaviy preparat.
Preparatning tarkibiga kiruvchi alfa-adrenomimetik nafazolin qon-tomirlarni yaqqol davomli toraytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, shish va giperemiyani kamaytiradi. Alfa1- va alfa2-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atadi, qorachiqni toraytiradi, yallig‘lanishga qarshi (shishga qarshi) hususiyatlarga ega. Burun va ko‘zning shilliq qavatiga mahalliy applikatsiya qilinganida qon-tomirlarni toraytiruvchi samarasi bir necha minutdan keyin kuzatiladi va bir necha soat davomida davom etadi. Rinitlarda venoz sinuslarga qon oqimini kamaytirib, burun orqali nafas olishni yengillashtiradi. Tizimli ta'siri AB ni oshishi bilan namoyon bo‘ladi.
Xlorfeniramin, N1-gistamin retseptorlarning blokatori bo‘lib, allergiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, mahalliy ekssudativ ko‘rinishlarning yaqqolligini, burun, burun-xalqum va burunning yondosh bo‘shliqlarining shilliq qavatidagi shishlarni va giperemiyani kamaytiradi, burun va ko‘zlardagi qichishishni, rinoreya, burunni bitishi, ko‘z yoshi oqishini bartaraf qiladi.
Farmakokinetikasi
Nozeylin rezorbtiv ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Preparatning farmakokiyetikasi bo‘yicha ma'lumotlar keltirilmagan.
Preparat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan, tizimli so‘rilishi yuzasidan ma'lumotlar mavjud emas.
Qo‘llanilishi
Nozeylin quyidagilar
• rinitlar (o‘tkir, allergik), sinusitlar;
• burundan qon ketishlarda (tomirlarni toraytiruvchi vosita sifatida) to‘xtatish va rinoskopiya o‘tkazishni yengillashtirish uchun;
• toshmali isitma;
• kon'yunktivitlar (allergik, surunkali);
• astenopik buzilishlar (ko‘rish faoliyati oshganida akkomodatsiyani buzilishi);
• bahorgi kon'yunktivitlar (majmuaviy davolash tarkibida) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Ko‘z tomchilari
Kattalar va 6 yosh hamda undan oshgan bolalarga preparatning tavsiya etiladigan dozasi shikastlangan (yoki har ikkala) ko‘zning kon'yunktivasiga 1-2 tomchidan sutkada 4 martagacha tomiziladi.
Burun tomchilari
Kattalar va 6 yosh hamda undan oshgan bolalarga preparatning tavsiya etiladigan dozasi har bir burun yo‘liga 1-2 tomchidan sutkada 3-4 martagacha tomiziladi.
Flakon-tomchilagichning ichidagisini mikroblar bilan ifloslanishini oldini olish uchun flakonning uchini biror-bir yuzalarga tegishidan saqlanish lozim. Preparatni tomizishlar orasidagi vaqtda flakonni zich yopilgan holda saqlash lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning mahalliy ta'siri bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari midriaz, ko‘z yoshini oqishi, ko‘z ichki bosimini oshishi, giperemiyani kuchayishi, ta'sirlanish, diskomfort, achishish, uzoq vaqt davomida qo‘llanganida – burun shilliq pardasini shishi, atrofik rinit.
Preparatning tizimli ta'siri bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, holsizlik, uyquchanlik, ta'sirchanlik, arterial bosimni oshishi, taxikardiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni quyidagi holatlarda
• preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
• arterial gipertenziya;
• taxikardiya;
• gipertireoidizm;
• yaqqol ateroskleroz;
• yopiq burchakli glaukoma;
• MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish, shuningdek hamda ular bekor qilinganidan keyin 14 kun davomida qo‘llash mumkin emas.
Nozeylinni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Nozeylin mahalliy og‘riq qoldiruvchi dori vositalarining so‘rilishini sekinlashtiradi va yuzaki anesteziyada ularning ta'sirini uzaytiradi.
MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, nafazolinni ta'sirida zahiradagi katexolaminlarni ajralib chiqishi oqibatida, yaqqol arterial gipertenziya kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, MAO ingibitorlarini qabul qilish fonida jigarda xlorfeniraminning metabolizmini sekinlashadi, bu uning ta'sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Nozeylin uzoq vaqt davomida qo‘llanganida taxifilaksiyaning ko‘rinishlari (samarasini pasayishi) rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak. Preparat bilan 5-7 kun davolangandan keyin qisqa tanaffus qilish tavsiya etiladi.
Surunkali rinitlarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Og‘ir darajadagi yurak-qon tomir kasalliklari, shu jumladan, yurak ritmini buzilishi, nazorat qilinishi qiyin bo‘lgan arterial gipertenziya bo‘lgan patsiyentlarga, qandli diabet bilan xastalangan, va ayniqsa ketoatsidozga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparatning tarkibiga kiruvchi benzalkoniy xloridi yumshoq kontakt linzalar tomonidan so‘rilishi mumkin, shuning uchun Nozeylin preparatini tomizishdan oldin linzalarni yechib qo‘yish kerak va preparat instillyatsiya qilingandan so‘ng 15 minut o‘tgach yana taqish mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda va laktatsiya davrida Nozeylin preparatini, ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila yoki go‘dak uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan holatdagina qo‘llash mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan.
Avtomobil va boshqa mexanimlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Psixomotor reaktsiyalar tezligiga preparatni ta'sir qilishi mumkinligini hisobga olib, preparat tomizilgan zahoti ko‘rish o‘tkirligini vaqtinchalik pasayishi mumkinligi tufayli, Nozeylin preparatini avtotransportni boshqaradigan hamda potentsial havfli mexanizmlar bilan ishlaydigan shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyurish tavsiya etiladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish xavfi preparat tasodifan yutib yuborilganida (ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda) yuzaga keladi va quyidagi simptomlar uyquchanlik, tormozlanish, tana haroratini pasayishi, yurak qisqarishlari sonini sekinlashishi bilan namoyon bo‘ladi.
Davolash me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, zarurat bo‘lganida simptomatik davolash buyuriladi.
Chiqarilish shakli
Ko‘z/burun tomchilari 15 ml dan himoya xalqasi bilan mahkamlangan, buraladigan himoya qopqoqli va tiqin-tomchilagichli plastik flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Flakon ochilganidan keyin preparat bir oy davomida ishlatilsin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Ye.I.P.I. Ko., Misr, Tens ov Ramadan Siti,
Birinchi sanoat zonasi V1, a/ya 149 Tens
(«E.I.P.I.CO.» Egypt, Tenth of Ramadan City,
First Industrial Area B1, P.O. box 149 Tenth)
«Uorld Meditsin Oftalmiks», Buyuk Britaniya
(«World Medicine Ophthalmics», Great Britain) uchun ishlab chiqarilgan.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.