Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Фузидовая кислота
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Iordaniya
Производитель
Amman Pharmaceutical Industries Co. Ltd
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Ko‘z tomchilari
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
Preparatning savdo nomi
Optifutsin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) fuzidin kislotasi
Dori shakli
1% li ko‘z tomchilari
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda fuzidin kislotasi – 10,0 mg;
yordamchi moddalar karbomer 980, mannitol, benzalkoniy xloridi, dinatriy edetati, natriy gidroksidi, tozalangan suv.
Ta'rifi oq rangli qovushqoq suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi
Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Mikroblarga qarshi vositalar.
ATX kodi S01AA13
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Fuzidin kislotasi – politsiklik strukturali antibiotik bo‘lib, ta'sir mexanizmi elongatsiya G faktori bilan o‘zaro ta'sir qilishi orqali bakteriyalardagi oqsillar sintezini ingibitsiya qilishga asoslangan. Bunda guanozintrifosfatlarning gidrolizi izdan chiqadi, bu peptid zanjirini uzayishini to‘xtashiga olib keladi. Fuzidin kislotasi bakteriostatik, va juda yuqori dozalarda esa bakteritsid faollikka ega.
Fuzidin kislotasi grammusbat mikroorganizmlarning keng doirasiga, xususan Staphylococcus aureus ga nisbatan faoldir. In vitro sharoitlarida fuzidin kislotasining ko‘z tomchilari faollik namoyon qilgan boshqa mikroorganizmlarning turlariga Streptococcus, Neisseria, Haemophilus, Moraxella va Corynebacteria lar kiradi.
Farmakokinetikasi
Preparatning dori shakli qovushqoq ko‘z tomchilari bo‘lib, kon'yunktiva bilan uzoq vaqt davomida kontaktda bo‘lishni ta'minlaydi. Preparatni sutkada 2 marta qo‘llash ko‘zning barcha to‘qimalarida fuzidin kislotasining kontsentratsiyasini yetarli darajada bo‘lishini ta'minlaydi. Fuzidin kislotasi ko‘z suyuqligiga yaxshi o‘tadi.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan bakterial kon'yunktivitni davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llashdan oldin ko‘z tomchilarini chayqatish kerak.
Optifutsin shikastlangan ko‘zning kon'yunktivasiga 1 tomchidan sutkada 2 marta tomiziladi. Davolashni shikastlangan ko‘zning holati normallashganidan so‘ng kamida 48 soat davomida davom ettirish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya samaralarning uchrash tezligi quyidagi tarzda aniqlangan tez-tez (≥1/100, ammo <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, ammo <1/100), kam hollarda (≥1/10000, ammo <1/1000), uchrash tezligi noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlar asosida rivojlanish tezligini aniqlash imkoni yo‘q).
Immun tizimi tomonidan kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Ko‘rish a'zolari tomonidan tez-tez – ko‘zlarni achishishi, sanchishi, diskomfort, ta'sirlanishi, qichishishi, og‘riq, qurishi, ko‘rishni o‘tkinchi xiralashishi; tez-tez emas – ko‘z yoshini oqishi; uchrash tezligi noma'lum – kon'yunktivitni zo‘rayishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan uchrash tezligi noma'lum – qichishish, periorbital shish, toshma, eshakemi, angionevrotik shish bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Fuzidin kislotasiga/natriy fuzidatiga yoki preparatning biror-bir komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni dorilar bilan o‘zaro ta'siri bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Optifutsin preparatini qo‘llash vaqtida kontakt linzalarni taqish tavsiya etilmaydi, chunki fuzidin kislotasining mikrokristallari linzalarda yoki shox pardada tirnalishini chaqirishi mumkin.
Optifutsin ko‘z tomchilari tarkibida benzalkoniy xloridini saqlaydi, u ko‘zni ta'sirlanishini chaqirishi va yumshoq kontakt linzalarni rangsizlantirishi mumkin.
Fuzidin kislotasi qo‘llanganida bakterial rezistentlik rivojlanganligi xaqida xabar berilgan. Barcha antibiotiklar qo‘llanganida bo‘lgani kabi, Optifutsinni ham uzoq muddat yoki takroran qo‘llanishi bakterial rezistentlikni rivojlanish havfini oshirishi mumkin. Har safar ishlatilganidan so‘ng flakonni yaxshilab yopish kerak. Pipetkaning uchini ko‘zlarga yoki biror-bir boshqa yuzalarga tekkazish mumkin emas.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Fuzidin kislotasini homiladorlikka ta'sir qilishi yuzasidan klinik ma'lumotlar cheklangan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar va fuzidin kislotasini tizimli hamda mahalliy qo‘llashning ko‘p yillik tajribasi, fuzidin kislotasi teratogen samaraga ega emasligini ko‘rsatdi. Demak, homila uchun havfni rivojlanish ehtimoli kam, chunki fuzidin kislotasi ko‘z tomchilari mahalliy qo‘llanganida moddaning juda kichik dozalari ishlatiladi. Zarurat bo‘lganida preparat homiladorlik vaqtida qo‘llanishi mumkin.
Laktatsiya davri
Go‘daklarga ta'siri kutilmaydi, chunki emizadigan onaga fuzidin kislotasining tizimli ta'siri ahamiyatsiz hisoblanadi. Fuzidin kislotasi ko‘z tomchilari laktatsiya davrida qo‘llanishi mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
Optifutsin ko‘z tomchilari pediatriya amaliyotida qo‘llanishi mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat qo‘llanganidan so‘ng ko‘z o‘tkirligi vaqtinchalik yo‘qotadigan patsiyentlar diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi potentsial havfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam.
Fuzidin kislotasiga yoki yordamchi moddalaridan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi bo‘lmasa, ko‘z tomchilari bexosdan yutib yuborilganida uni ziyon yetkazish ehtimoli kam. Bir flakonda fuzidin kislotasining umumiy miqdori (50 mg) fuzidin kislotasining tasdiqlangan umumiy sutkalik peroral dozasidan oshmaydi. Yordamchi moddalarining kontsentratsiyasi havfli ta'sir qilishi uchun juda past hisoblanadi.
Chiqarilish shakli
5 g dan ko‘z tomchisi uchun plastik burunchasi va oq rangli qalpoqchasi bo‘lgan alyumin tubada. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish taribi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
«Amman Pharmaceutical Industries Co. Ltd.», Iordaniya.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«MED-MARKETING» OK,
Toshkent sh., M.Ulug‘bek tumani, TTZ-4 mavzesi, 5 uy 18 xonadon
Tel. (998 71) 264 09 73
www.medmark.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.