Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Тобрамицин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Iordaniya
Производитель
Amman Pharmaceutical Industries Co. Ltd
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Глазные капли
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tobratsin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tobramitsin
Dori shakli
ko‘z tomchilari.
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda tobramitsin – 3,0mg;
yordamchi moddalar borat kislotasi, Tvin 80, natriy sulfati, natriy xloridi, benzalkoniy xloridi, xlorid kislotasi yoki natriy gidroksidi, tozalangan suv.
Ta'rifi rangsizdan och sariq ranggacha bo‘lgan tiniq rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Oftalmologiyada qo‘llanadigan vosita. Aminoglikozidlar guruhiga mansub antibiotik.
ATX kodi S01AA12
Farmakologik xususiyatlari
Aminoglikozidlar guruhiga mansub bo‘lgan keng ta'sir doirali antibiotik. Kichik kontsentratsiyalarda bakteriostatik (ribosomalarning 30S-subbirliklarini bloklaydi va oqsillar sintezini buzadi), yuqori dozalarda esa – bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi.
Staphylococcus spp. (shu jumladan, Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis / koagulaza-manfiy va koagulaza-musbat / shuningdek penitsillinga chidamli shtammlari); Streptococcus spp. (shu jumladan, a-b-gemolitik turlari, ba'zi gemolitik bo‘lmagan turlari, Streptococcus pneumonia) Pseudomonas aeruginosa Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Serratia spp., Providencia spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Enterobacter aerogenes, Proteus mirabilis (indol-manfiy) va Proteus spp. ni indol-musbat turlar, Hemophilius influenzae, Hemophilius aegyptius, Moraxella lacunata, Acinetobacter calcoaceticus (Herellea vaginacola), Neisseria spp. ayrim turlariga (shu jumladan Neisseria gonorrhoeae) larga nisbatan yuqori faollikka ega.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida tizimli absorbtsiyasi past.
Qo‘llanilishi
Ko‘zning Tobratsinga sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan yuzaki bakterial infektsiyalarini davolash uchun qo‘llanadi
• blefarit, kon'yunktivit, keratokon'yunktivit, blefarokon'yunktivit, keratit, endoftalmit, dakriotsistit, meybomit;
• oftalmologiyada jarrohlik operatsiyalaridan keyingi infektsion asoratlarni oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Og‘ir bo‘lmagan infektsion jarayonda preparat shikastlangan ko‘z (yoki ko‘zlar) ning kon'yunktivasiga 1-2 tomchidan har 4 soatda tomiziladi.
Og‘ir darajadagi o‘tkir infektsion jarayon rivojlanganida preparat har 30-60 minutda tomiziladi.
Yallig‘lanish kamayishi bilan preparatni tomizish (instillyatsiya) chastotasi ham kamaytiriladi
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergiya, ko‘z yoshini kuchli oqishi, kon'yunktival shish, ko‘z og‘rig‘i, ko‘zni ta'sirlanishi, keratit, ko‘rishni xiralashishi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tobramitsinga yoki boshqa aminoglikozidlarga, yoki preparatning biron-bir boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tobratsin ko‘z tomchilari aminoglikozidlar guruhiga mansub bo‘lgan tizimli antibiotiklari bilan bir vaqtda buyurilganida, tizimli nojo‘ya samaralar (nefrotoksik, ototoksik ta'siri, minerallar almashinuvini va gemopoezni buzilishi) kuchayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tobratsin preparatini qo‘llash vaqtida kontakt linzalarni taqish tavsiya etilmaydi. Preparatga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni rivojlanish xavfi borligi tufayli, uzoq vaqt davomida qo‘llashdan saqlanish kerak.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Kutilgan terapevtik samara nojo‘ya ta'sirlarni potentsial rivojlanish havfidan ustun bo‘lgan holdagina, Tobratsin ko‘z tomchilarini homilador ayollarga va emizadigan onalarga qo‘llash mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
2 oylikkacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llashni xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat ko‘rishni vaqtinchalik buzilishini chaqirishi mumkin, shuning uchun preparat tomizilganidan (instillyatsiya) so‘ng avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari nuqtali keratit, eritema, ko‘z yoshini ko‘p oqishi, qovoqlarni qichishishi va shishi.
Davolash simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
10 ml dan tomchilagich-dozator va qalpoqchasi bo‘lgan oq rangli plastik flakonda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Flakon ochilganidan keyin preparat 1 oy davomida ishlatilsin!
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
«Amman Pharmaceutical Industries Co. Ltd.», Iordaniya.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«MED-MARKETING» OK,
Toshkent sh., M.Ulug‘bek tumani, TTZ-4 mavzesi, 5 uy 18 xonadon
Tel. (998 71) 264 09 73, www.medmark.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.