Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Metronidazol tab. 250mg №20 MR
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метронидазол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
250 мг
Производитель
MERRYMED FARM, Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Metronidazol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) metronidazol
Chiqarilish shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda metronidazol 250 mg.
yordamchi moddalar talk, stearin kislotasi, poliviinil spirti, kartoshka kraxmali Ta'rifi oq rangli yashil-sariq tusli yassa silindrik riskali va faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Protozoylarga qarshi vositalar.
ATX kodi J01XD01
Farmakologik xususiyatlari
Metronidazolning ta'sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va soddalarning hujayra ichki transport oqsillarining 5-nitroguruhini biokimyoviy tiklanishiga bog‘liq. Tiklangan 5-nitroguruhi mikroorganizmlar hujayrasining DNK si bilan o‘zaro ta'sir qilib, ularning nuklein kislotalarini sintezini ingibitsiya qilib, bu bakteriyaning nobud bo‘lishiga olib keladi. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Gardnerella vaginalis, Giardia intestinalis hamda obligat anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron), Fusobacterium spp., Veillonela spp., Prevotella (P.bivia, P.buccae, P.disiens), va ayrim grammusbat mikroorganizmlarga (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.) ga nisbatan faol.
Amoksitsillin bilan birga Helicobacter pylori ga nisbatan (amoksitsillin metronidazolga chidamlilik rivojlanishini bostiradi) faollik namoyon qiladi.
Metronidazolga ayrim aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar sezgir emas, ammo aralash flora borligida (aeroblar va anaeroblar) metronidazol antibiotiklar bilan oddiy aeroblarga qarshi samarali sinergik ta'sir qiladi.
O‘smalarning nurlanishga sezgirligini oshiradi, alkogolga sensibilizatsiya (disulfiramsimon ta'sir) chaqiradi, reparativ jarayonlarni rag‘batlantiradi.
Farmakokinetikasi
Metronidazol me'da-ichak yo‘llaridan (MIY) tez so‘riladi (kamida 80%).
Ovqat metronidazolning so‘rilish tezligi va qondagi maksimal kontsentratsiyasini pasaytiradi. Metronidazol organizmning ko‘pchilik to‘qimalari va suyuqliklarida taqsimlanadi. Shuningdek yo‘ldosh to‘sig‘idan va ko‘krak sutiga oson o‘tadi. Biologik yarimparchalanish davri 6-8 soatni tashkil qiladi.
Jigar faoliyati buzilgan bemorlarda metronidazolning yarimparchalanish davri uzayishi mumkin.
Metronidazol va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi, shuning uchun siydik to‘q yoki qizil-jigarrang rangga bo‘yalishi mumkin.
Metronidazol organizmdan gemodializ yo‘li bilan chiqarilishi mumkin.
Qo‘llanilishi
Protozoy infektsiyalari ichakdan tashqari amyobiaz, shu jumladan jigarning amyobali abstsessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya), trixomoniaz, giardiazis, balantidiaz, lyamblioz, teri leyshmaniozi, trixomonadali vaginit, trixomonadali uretritda qo‘llanadi.
Bacteroides spp. (shu jumladan B.fragilis, B.distasonis, B.ovatus, B.thetaiotaomicron, B.vulgatus) chaqirgan infektsiyalar suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari, markaziy nerv tizimining (MNT) infektsiyalari, shu jumladan meningit, miya abstsessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, o‘pka empiyemasi va abstsessida qo‘llanadi.
Bacteroides turlari, shu jumladan B.fragilis guruhi, Slostridium, Peptococcus va Peptostreptococcus turlari chaqirgan infektsiyalar qorin bo‘shlig‘ining infektsiyalari (peritonit, jigar abstsessi), chanoq a'zolarining infektsiyalari (endometrit, endomiometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlar abstsessi, jarrohlik operatsiyalaridan keyingi qin ravog‘i infektsiyalari), teri va yumshoq to‘qimalarining infektsiyalari, sepsisda qo‘llanadi.
Soxtamembranoz kolit (antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq).
Helicobacter pylori bilan bog‘liq bo‘lgan gastrit yoki o‘nikki barmoq ichak yarasi.
Operatsiyadan keyingi asoratlarni (ayniqsa chambar ichak, to‘g‘ri ichak atrofi sohasidagi aralashuvlar, appendektomiya, ginekologik operatsiyalar) oldini olish.
O‘smalari bo‘lgan bemorlarda nur bilan davolashda - o‘smaning chidamliligi o‘sma hujayralaridagi gipoksiya bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, radiosensibillovchi vositasi sifatida.
Atsetaldegidrogenazani susaytirib, qonda atsetaldegid miqdorini oshiradi va organizmni alkogolli ichimliklar ta'siriga sensibilizatsiya qiladi. Alkogolizmi bo‘lgan bemorlarni davolashda qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Trixomoniaz
Diqqat! Davolanish bir vaqtda ikkala jinsiy sherikda o‘tkazilishi kerak.
Ayollar - peroral 250 mg dan kuniga ikki marta (1 tabletka 250 mg) ertalab va kechqurun ovqatlanish vaqtida, 10 kun davomida qo‘llanadi.
hayz ko‘rish davrida davolashni to‘xtatish kerak emas.
Erkaklar - peroral odatda kuniga 2 marta 250 mg dan (1 tabletka 250 mg) ertalab va kechqurun ovqatlanish vaqtida, 10 kun davomida buyuriladi.
Amebiaz
Kattalar peroral 750 mg dan (3 tabletka 250 mg) kuniga 3 marta, 5-10 kun davomida buyuriladi.
Bolalar peroral sutkada tana vazniga 35-50 mg/kg dan 3 ga taqsimlangan dozada, 10 kun davomida buyuriladi.
Lyamblioz
Peroral qo‘llanadi.
Bolalar 2 dan 5 yoshgacha 250 mg li 1/2 tabletka kuniga 2 marta (sutkalik doza 250 mg); 6 dan 10 yoshgacha 250 mg li 1/2 tabletka kuniga 3 marta (sutkada 375 mg); 10 yoshdan oshgan 250 mg li 1 tabletka kuniga 2 marta (sutkada 500 mg).
Preparat odatda ertalab va kechqurun 5-10 kun davomida qabul qilinadi. Agarda zarurati bo‘lsa, davolashni 4-6 hafta o‘tgach takrorlash mumkin.
Anaerob bakteriyalari chaqirgan infektsiyalar
Metronidazolni monoterapiyada yoki boshqa antibakterial vositalari bilan birga qo‘llash mumkin. O‘rtacha davolash davri 7 kundan oshmasligi kerak.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar 250 mg li 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta ovqatlanish vaqtida yoki keyin buyuriladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar tana vazniga 7,5mg/kg dan kuniga 3 marta ovqatlanish vaqtida yoki keyin buyuriladi.
Anaerob bakteriyalar chaqirgan infektsiyalarni oldini olish (qorin bo‘shlig‘idagi, ginekologiya va akusherlikdagi xirurgik operatsiyalardan oldin)
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar avval 1 g (250 mg li 4 tabletka) bir martalik dozada, so‘ng 250 mg li 1 tabletkadan kuniga 3 marta ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin, operatsiyadan oldingi ochlik vaqtigacha.
5 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar 125 mg dan har 8 soatda 2 kun davomida.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar tana vazniga 5 mg/kg har 8 soatda 2 kun davomida.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan diareya, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, ichak sanchig‘i, qabziyatlar, og‘izda «metall» ta'mi, og‘izni qurishi, glossit, stomatit, pankreatit.
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, harakat koordinatsiyasini buzilishi, ataksiya, ongni chalkashishi, ta'sirchanlik, depressiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, holsizlik, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, gallyutsinatsiyalar, periferik neyropatiya.
Qon yaratish tizimi tomonidan qaytuvchi neytropeniya, leykopeniya.
Allergik reaktsiyalar eshakemi, teri toshmasi, terini giperemiyasi, burunni bitishi, isitma, artralgiyalar.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan dizuriya, sistit, poliuriya, siydikni tutib turaolmaslik, kandidoz, siydikni qizil-jigar rangga bo‘yalishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, leykopeniya (shu jumladan anamnezdagi), markaziy nerv tizimining organik shikastlanishlari (shu jumladan tutqanoq), jigar yetishmovchiligi, (katta dozalarda buyurilgan holda), homiladorlik (I uch oyligi), laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan - homiladorlik (II-III uch oyliklari), buyrak/jigar yetishmovchiligida qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bilvosita antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi, bu protrombin hosil bo‘lishi vaqtini uzayishiga olib keladi.
Davolanish davrida etanolni qabul qilish mumkin emas (disulfiramga xos reaktsiyalar rivojlanishi mumkin qorinda spastik og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzga to‘satdan qon oqib kelishi).
Simetidin metronidazolning metabolizmini ingibirlaydi, bu qon zardobida uning kontsentratsiyasini oshishiga va nojo‘ya ta'sirlarining rivojlanishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.
Jigar mikrosomal oksidlanish fermentlarini rag‘batlantiruvchi (fenobarbital, fenitoin) preparatlarni bir vaqtda buyurish, metronidazolning chiqarilishini tezlashtirishi mumkin, buning natijasida uning plazmadagi kontsentratsiyasi pasayadi.
Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, plazmadagi litiy kontsentratsiyasini oshishi va intoksikatsiya belgilari rivojlanishi mumkin.
Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar (vekuroniy bromidi) bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Sulfanilamidlar metronidazolning mikroblarga qarshi ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda amoksitsillin bilan majmuada qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Uzoq muddat davolashda qon manzarasini nazorat qilish kerak.
Leykopeniyada davolashni davom ettirish infektsion jarayonning rivojlanish xavfiga bog‘liq.
Ataksiya, bosh aylanishi va bemorlarda boshqa har qanday nevrologik holatlarning yomonlashishi davolashni to‘xtatilishini talab qiladi.
Ayollardagi trixomonadali vaginitini va erkaklardagi trixomonadali uretritini davolashda jinsiy hayotdan saqlanish kerak. Davolash hayz ko‘rish vaqtida to‘xtatilmaydi. Trixomaniazni davolashdan keyin hayz ko‘rishning navbatdagi uch sikli oldidan va keyin nazorat sinamalarini o‘tkazish lozim. Lyambliozni davolashdan keyin, agarda kasallik belgilari saqlansa, 3-4 haftadan keyin bir necha kun oralig‘ida ahlatning 3 marta tahlilini o‘tkazish lozim (ayrim muvaffaqiyatli davolangan bemorlarda invaziya chaqirgan laktozani o‘zlashtiraolmaslik bir necha hafta yoki oylar davomida, lyamblioz belgilarini eslatib saqlanishi mumkin).
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi.
Laktatsiya davrida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, ataksiya.
Davolash me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir buyurish, gemodializ o‘tkazish. Metronidazol va uning metabolitlari gemodializda yaxshi chiqariladi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 250 mgdan kontur uyali o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan saqlangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«MERRYMED FARM» MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangantumani, Bog‘ishamol KFY, Sherbulok ko‘ch., 1 uy. tel (8369) 226-68-38.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.