Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Производитель
Фармстандарт Леедства ОАО
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Tabletkalar
Pentalgin tab. №12 haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Pentalgin®-ICN
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) metamizol natriy, paratsetamol, kofein, kodein fosfati, fenobarbital.
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar metamizol natriy – 300 mg, paratsetamol – 300 mg, kofein (quruq moddaga qayta hisoblaganda) – 50 mg, kodein fosfati (quruq moddaga qayta hisoblaganda) - 8 mg, fenobarbital – 10 mg;
yordamchi moddalar kartoshka kraxmali – 120 mg, povidon (quyimolekulyar tibbiy polivinilpirrolidon) - 4 mg, stearin kislotasi – 4 mg, kaltsiy stearati – 4 mg.
Ta'rifi oqdan to sariq yoki och-sariq tusli oq rangligacha, ikki tomoni qavariq kapsula shaklli, yon yuzalari yassi, bir tomonida riskali va boshqa tomonida PENTALGIN gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruxi analgetik vosita (og‘riqni qoldiruvchi opioid vosita+ NYaQV+og‘riqni qoldiruvchi nonarkotik vosita+psixostimulyator vosita+barbiturat)
ATX kodi N02BB72
Farmakologik ta'siri
Analgetik, isitmani tushiruvchi, migrenga qarshi ta'sir ko‘rsatuvchi majmuaviy preparatdir.
Paratsetamol – nonarkotik analgetik; og‘riq va termoregulyatsiya markazlariga ta'sir qilib, asosan MNT da sikolooksigenazani bloklaydi; og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Metamizol natriy – yaqqol analgetik samaraga ega bo‘lgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositadir. Kofein bemorlarning o‘zini his qilishini yaxshilaydi va tomir genezli bosh og‘rig‘ini (shu jumladan migrenni) kamaytiradi. Fenobarbital metamizol natriy va paratsetamolning analgetik samaradorligini oshiradi. Kodein antinotsitseptiv tiziminig rag‘batlantirilishi va og‘riqning emotsional his qilishni o‘zgarishiga olib keluvchi MNT turli bo‘limlaridagi opiat retseptorlarni qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riqni qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
“Pentalgin®-ICN” turli genezli kuchsiz va kuchli jadallikdagi og‘riq sindromida (shu jumladan bo‘g‘imlar, mushaklardagi og‘riqlarda, radikulitda, xayz ko‘rish og‘riqlarida, nevralgiyalarda, bosh va tish og‘riqlarida) qo‘llanadi.
“Pentalgin®-ICN” isitma sindromi bilan birga kechuvchi shamollash xolatlarida qo‘llanishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat odatda 1 tabletkadan kuniga 1-3 marta qabul qilinadi. Maksimal sutkalik doza – 4 tabletka. Preparatni shifokorning buyurishi va kuzatuvisiz, og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida 5 kundan ortiq va isitmani tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar (toshma, qichishish, eshakemi), bosh aylanishi, uyquchanlik, yurak urishi, taxikardiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat; leykopeniya, granulotsitopeniya, agranulotsitoz. Uzoq muddat nazoratsiz yuqori dozalarda qabul qilganda – o‘rganib qolish (og‘riqni qoldiruvchi samarasini susayishi), doriga qaramlik (kodein); jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, og‘ir darajali jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, jigar porfiriyasi; bronxial astma, bronxial astma, qaytalanuvchi burun va yondosh bo‘shliqlar polipozi va atsetilsalitsil kislotasi yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni o‘zlashtiraolmaslikni to‘liq yoki noto‘liq birga kechishi; glyukozo-6-fosfatdegidrogenazaning tanqisligi; anemiya, leykopeniya; agranulotsitoz, gemorragik diatez; nafasni susayishi bilan birga kechuvchi holatlar; bosh-miya ichki gipertenziyasi, o‘tkir miokard infarkti; aritmiyalar, alkogolli mastlik, anamnezida opioidlar, trankvilizatorlar, sedativ voitalarni suiiste'mol qilish, gloukoma, homiladorlik, laktatsiya davri, 12 yoshdan kichik bolalar.
Nafas a'zolari patologiyalari (masalan bronxial astma va nafas yo‘llarining boshqa surunkali kasalliklari), tonzillektomiya va adenoidektomiya o‘tkazilgandan keyin, respirator funktsiyani buzilishi, shu jumladan neyro-mushak buzilishlari, yurakning og‘ir kasalliklari, ko‘plab jarohatlar yoki katta jarroxlik operatsiyalari o‘tkazgan bolalar va 12 yoshdan 18 yoshgacha o‘smirlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Sitoxrom R450 (CYPD6) fermentining faolligi yuqori bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash tavsiya etiladi.
Ehtiyotkorlik bilan
Me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (remissiya bosqichidagi), buyrak va jigar funktsiyasini buzilishlari, keksalik yoshi, arterial gipertenziyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
MNT ga susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatuvchi vositalar (shu jumladan sedativ vositalar, trankvilizatorlar) bir vaqtda qo‘llanganida, sedativ samarasining yaqqoligini va nafas markaziga susaytiruvchi ta'sirini kuchayish ehtimoli bor.
Etanolning psixomotor reaktsiyaga ta'sirini kuchaytiradi.
Metamizol natriy siklosporinning kontsentratsiyasini pasaytiradi.
Metamizol natriy peroral gipoglikemik preparatlar, bilvosita antikoagulyantlar, glyukokortikosteroidlar va indometatsinni oqsil bilan bog‘idan siqib chiqarib, ularning faolligini kuchaytiradi.
Tritsiklik antidepressantlar, ichga qabul qilish uchun xomiladorlikka qarshi vositalar, allopurinol jigarda metamizolning metabolizmini izdan chiqaradi va uning toksikligini oshiradi.
Preparatni boshqa nonarkotik analgetiklar bilan bir vaqtda qo‘llash toksik samaralarini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Barbituratlar, fenilbutazon va jigar mikrosomal fermentlarining boshqa induktorlari, metamizolning ta'sirini susaytiradilar.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davomli (1 haftadan ko‘proq) davolashda qonning periferik manzarasini va jigarning funktsional holatini nazorat qilish kerak.
Sportchilarning doping-nazorat tahlillarining natijalarini o‘zgartirishi mumkin.
O‘tkir abdominal og‘riq sindromida tashhis qo‘yishni qiyinlashtiradi. Atopik bronxial astmasi, pollinozlari bo‘lgan bemorlarda, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini rivojlanishining yuqori xavfi bor.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Preparatni emizish davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak. Preparatning tarkibidagi kodeinni emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Uni terapevtik dozalarda qo‘llaganda kodein va uning faol metabolitlari juda past dozalarda ko‘krak sutiga ajralishi mumkin, lekin patsiyentda CYPD6 izoferment faolligi yuqori bo‘lganida organizmda kodein metaboliti – morfinning yuqori kontsentratsiyalari yuzaga kelishi mumkin, u ko‘krak suti bilan ajralishi va juda kam hollarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda opioid toksiklik simptomlariga olib keladi, bu o‘limga olib kelishi mumkin.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Sedativ ta'sirini rivojlanishi mumkinligi tufayli, davolanish vaqtida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor va harakat reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ko‘ngil aynishi, qusish, gastralgiya, taxikardiya, aritmiya, nafas markazini susayishi.
Me'dani yuvish, ichak adsorbentlarini buyurish, zarurati bo‘lganida simptomatik davolashni o‘tkazish ko‘rsatilgan.
Chiqarilish shakli
12 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va bosma laklangan alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
1 kontur o‘ram davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Saqlash sharoiti
25ºS yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Original o‘ramida saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Qayd etish guvohnomasining egasi/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
“Otisifarm” JAJ, Rossiya,
123317, Moskva sh., Testovskaya ko‘ch., 10 uy
Tel. +7 (800) 775-98-19
Faks +7 (495) 221-18-02
www.otcpharm.ru
Ishlab chiqaruvchi
«Farmstandart-Leksredstva» OAJ, 305022, Rossiya, Kursk sh., 2-nchi Agregatnaya ko‘ch., 1a/18, tel./faks (4712) 34-03-13. www.pharmstd.ru
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
100179, Toshkent sh., Olmazor tumani, Chimboy Mavzesi 5 A,
Tel. +99871222709
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.