Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Zolmigren tab. 2,5mg №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Золмитриптан
Страна производитель
Украина
Дозировка
2,5 мг
Производитель
ПАО «Фармак»
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Zolmigren
Tasir etuvchi modda (XPN) Zolmitriptan
Dori shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100 % moddaga qayta hisoblaganda zolmitriptan 2,5 mg;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza 102, natriy kraxmalglikolyati (A turi), magniy stearati;
plyonka qobig‘i Sepifilm 752 Blanc (gidroksipropilmetiltsellyuloza, mikrokristall sellyuloza, polietilenglikol (makrogol 40), titan dioksidi (E 171)), temir II oksidi (E 172).
Tarifi dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, och jigarrang sariq rangli plyonka bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruxi Migrenda qo‘llaniluvchi vositalar. Serotoninni 5NT1- retseptorlarining selektiv agonistlari. Zolmitriptan.
ATX Kodi N02CC03
Farmakoligik xususiyatlari
Farmakodinamika
Zolmitriptan odam qon-tomirlar serotonin rekombinant 5-NT1B\1D–retseptorlarining selektiv agonisti hisoblanadi. Serotonin 5-NT 1A – retseptorlari bilan o‘rtacha o‘xshashlikka ega, 5NT2-, 5NT3-, 5NT4- serotonin retseptorlari, α1–, α2–, β1– adrenergik retseptorlari, N1–, N2– gistamin retseptorlari, M–xolin retseptorlari, D1-, D2-dofaminergik retseptorlarga nisbatan ahamiyatli affinlikka yoki farmakologik faollikka ega emas. Preparat asosan kranial qon-tomirlar vazokonstruktsiyasini chaqiradi, neyropeptidlar, xususan vazodilyatatsiyani chaqiruvchi migren patogenezi asosini tashkil qiluvchi reflektor qo‘zg‘alishning asosiy effektor transmitteri hisoblangan vazofaol intestinal peptid ajralishini bloklaydi. Migren rivojlanishini bevosita analgetik ta'sir ko‘rsatmagan holda to‘xtatadi. Migrenoz hurujini kamaytirish bilan birgalikda ko‘ngil aynishi, qusish ( ayniqsa, chap tomonlama hujumlarda), foto- va fonofobiyani kamaytiradi. Periferik tasirga qo‘shimcha tarzda migren bilan bog‘liq bo‘lgan bosh miya o‘zagi markaziga tasir ko‘rsatadi, bu bitta patsiyentdagi bir nechta migren hurujlari ketma-ketligini davolashda turg‘un takroriy samara ko‘rsatishligini anglatadi. Migrenoz holatini(2-5 sutka davom etuvchi bir qancha og‘ir, ketma-ket migren xurujlari) majmuaviy davolashda yuqori samaradorlikka ega. Hayz vaqti bilan assotsiatsiyalangan migrenni bartaraf etadi. Yuqori dozalari sedativ tasir ko‘rsatadi va uyquchanlik chaqiradi.
Preparatning tasiri qabul qilingan 15-20 minutdan so‘ng boshlanadi va 1 soatdan keyin maksimumga erishadi. Maksimal samara huruj rivojlangan vaqtda qabul qilingandan kuzatiladi.
Farmakokinetikasi
Peroral qabul qilingan keyin ovqat hazm qilish yo‘llarida yaxshi so‘riladi. Preparatning so‘rilishi ovqat qabul qilishga bog‘liq emas. O‘rtacha mutloq biokiraolishligi taxminan 40% ni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 25%. Maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti 1 soatni tashkil qiladi, plazmadagi terapevtik kontsentratsiyasi keyingi 4- 6 soat davomida tutib turiladi. Takroriy qabul qilingandan preparat kumulyatsiyasi kuzatilmaydi. Jigarda boshlang‘ich birikmaga nisbatan 2–6 marta yuqori farmakologik faollikka ega bo‘lgan N-desmetil hosila va bir qator nofaol metabolitlar hosil bo‘lishi bilan jadal biotransformatsiyaga uchraydi.
Organizmdan asosan buyraklar orqali metobolitlar ko‘rinishida, taxminan 30% -ichak orqali o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Zomitriptanning uch asosiy metaboliti malum indolsirka kislotasi (asosiy metoboliti plazma va siydikda), N-oksid- va N-desmetilanaloglar. N-desmetillangan metabolit – faol, ikki boshqa metobolitlar esa – nofaoldir.
Zolmitriptanning o‘rtacha yarim chiqarilishi davri(T1/2) 2,5-3 soatni tashkil qiladi. Ayollarda preparatning maksimal kontsentratsiyasi va biokiraolishligi erkaklarga nisbatan yuqori, klirens esa past bo‘ladi. O‘rtacha va yaqqol buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda zolmitriptan va uning metobolitlarining buyrak klirensi, xuddi shunday sog‘lom ko‘ngillilarinikiga nisbatan 7-8 barobar past, yarim chiqarilishi davri bir soatga uzayadi (3-3,5 soatgacha), shu bilan bir vaqtda zolmitriptan va uning faol metobolitining biokirishaolishiligi faqat 16% va 35% ga oshadi. Jigar yetishmovchiligida zolmitriptan metobolizmi uning darajasiga proportsional ravishda pasayadi.
Qo‘llanilishi
Aura bilan yoki aurasiz migren hurujlarini susaytirishda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat migren hurujlarini oldini olish maqsadida qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Zolmigren migren huruji paydo bo‘lgandan keyin imkon qadar erta qo‘llanishi kerak.
Kattalarga 1 tabletkadan (2,5 mg zolmitriptan) buyuriladi. Samara bo‘lmaganda yoki og‘riq qaytalanganda takroran 1 tabletka qabul qiilnishi mumkin. Zarur bo‘lganda, takroriy dozani birinchi dozadan keyin eng kamida 2 soatdan so‘ng qabul qilish mumkin.
2,5 mg doza yetarli darajada samarador bo‘lmaganda, bir martalik dozani 5 mg (maksimal bir martalik doza) gacha oshirishga ruxsat beriladi. Maksimal sutkalik doza - 10 mg.
Yengil va o‘rtacha darajadagi jigar funktsiyasi buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Og‘ir darajadagi jigar funktsiyasi buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar uchun preparatning sutkalik dozasi 5 mg dan oshmasligi kerak.
Kreatinin klirensi minutiga 15 ml dan ko‘p bo‘lganda, dozaga tuzatish kiritish zaruriyati yo‘q.
Keksa yoshdagi (65 yoshdan katta) patsiyentlarga qo‘llanilmasin.
Bolalar
Preparat bolalarni davolash uchun qo‘llanilmasin.
Nojo‘ya tasirlari
Nojo‘ya samaralar odatda yengil, o‘tib ketuvchi xarakterga ega, preparat qabul qilgandan keyin 4 soat davomida paydo bo‘ladi, uni takroriy qo‘llangandan so‘ng tez uchramaydi va qo‘shimcha davolashsiz o‘z–o‘zidan yo‘qoladi.
Immun tizimi tomonidan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan eshakemi, anginevrotik shish va anafilaktik reatsiyalar.
Yurak tomonidan yurak urishini his qilish, taxikardiya, miokard infarkti, stenokardiya, koronarospazm.
Qon-tomirlar tomonidan arterial bosimni ahamiyatsiz oshishi, arterial bosimni vaqtinchalik oshishi.
Nerv tizimi tomonidan sezuvanlikning buzilishi, bosh aylanishi, bosh og‘rishi, giperesteziya, paresteziya, uyquchanlik, issiqlik his qilish.
Meda ichak yo‘llari tomonidan qorin og‘rig‘i, ko‘ngil anishi, qusish, og‘iz qurishi, disfagiya, ishemiya yoki infarkt (masalan, intestinal ishemiya, intestinal infarkt, taloq infarkti), bular qon aralash diareya yoki qorin bo‘shlig‘idagi og‘riq ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin.
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan poliuriya, siyish tez–tezligini oshishi, siyishga imperativ qistovlar.
Skelet–mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan mushak kuchsizligi, mushaklarda og‘riq.
Umumiy buzilishlar asteniya, og‘irlik hissi, bosim hissi, tomoq, bo‘yin, ko‘krak qafasi va qo‘l oyoqlarda og‘riq yoki bosim.
Ayrim simptomlar migrenning o‘ziga tegishli bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
• O‘rtacha yoki og‘ir arterial gipertenziya, shuningdek kuchsiz ifodalangan nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial bosimningoshishi.
• Yurak ishemik kasalligi yoki shunga o‘xshash simptomlar, jumladan anamnezida miokard infarkti.
• Angiospastik stenokardiya (Printsmetal stenokardiyasi) da.
• Anamnezida serebrovaskulyar buzilishlar va tranzitor ishemik hujumi (TIH).
• Kreatinin klirensi minutiga 15 ml dan past bo‘lganda.
• Ergotamin, ergotamin hosilalari (jumladan metisergid), sumatriptan, naratriptan yoki 5NT 1B\1D retseptorlarining boshqa agonistlari bilan birga qabul qilish.
• Periferik qon-tomirlar kasalliklarida.
• Keksa yoshdagi patsiyentlarda ( 65 yoshdan katta) qo‘llash mumkin emas.
Dori vositalari bilan o‘zaro tasiri
Preparatni kofein, paratsetamol, metoklopramid, pizotifen, fluksetin, rifampitsin va propranolol bilan birgalikda qo‘llash mumkin.
Sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokida olingan malumotlarni inobatga olgan holda, zolmitriptan va ergotamin o‘rtasida hech qanday farmakokinetik o‘zarota'sirlar yoki klinik ahamiyatga ega har qanday ta'sirlar kuzatilmagan.
Nazariy jihatdan koronaspazm paydo bo‘lishi xavfni oshishi tufayli, zolmigren preparatini ergotamin saqlagan preparatlar qo‘llanilgandan keyin kamida 24 soatdan so‘ng qabul qilish tavsiya qilinadi. Va aksincha, ergotamin saqlagan preparatni Zolmigren qo‘llaganidan keyin kamida 6 soatdan so‘ng qabul qilish tavsiya etiladi.
Maxsus MAO – A ingibitori – moklobemidni qabul qilgandan keyin, zolmirtriptiptan uchun AUC(egri chiziq ostidagi maydoni) ning ahamiyatsiz oshishi (26%) va faol metabolit uchun AUC ning uch barobar ortishi kuzatilgan. Shuning uchun MAO – A ingibitorlarini qabul qilgan patsiyentlar zolmitriptanni sutkada 5 mg dan ko‘p bo‘lmagan dozada qabul qilishi tavsiya etiladi. Preparatlarni moklobemid qabul qilish vaqtida sutkada 150 mg dan ortiq dozada bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
Umumiy R450 ingibitori – simetidin qabul qilgandan keyin, zolmitriptanning yarim chiqarilish davri 44%, AUC esa 48% ga oshgan. Undan tashqari, simetidin faol N-dimetillangan metabolitning (183S91) yarim chiqarilish davri va AUC ni ikki barobar oshirgan. Simetidin qabul qilayotgan patsiyentlarga zolmitriptanni sutkada 5 mg dan yuqori bo‘lmagan dozada qabul qilish tavsiya etiladi.
O‘zarota'sirlarning umumiy profilidan kelib chiqib, CYP 1A2 spetsifik ingibitorlari bilan o‘zaro ta'sirlashish ehtimolini istisno qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun fluvoksamin va xinolonlar (masalan, siprofloksatsin) kabi shunga o‘xshash birikmalar qo‘llanilganda, dozalashlarni kamaytirish tavsiya etiladi.
Farmakokinetika nuqtai nazaridan, selegilin (MAO-V ingibitori) va fluksetin (SQQSI) zolmitriptan bilan o‘zaro ta'sirlashmaydi.
Triptanlar va serotoninni qayta qamrab olish selektiv ingibitorlari (SQQSI) yoki serotonin va noradrenalinni qayta qamrab olish ingibitorlari (SvaNQQSI) bir vaqtda qo‘llanilgandan keyin serotoninli sindrom paydo bo‘lishi (jumladan, ruhiy xolatning o‘zgarishi, vegetativ labillik, nerv-mushak anomaliyalari) haqida xabarlar bo‘lgan.
5NT1B\1D retseptorlarining boshqa agonistlari kabi, zolmitriptan boshqa dori vositalarining so‘rilishini sekinlashtirishi mumkin.
Zolmitriptanni boshqa 5NT1B\1D agonistlari bilan 24 soat davomida va aksincha bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish zarur.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat migren tashxisi aniq tasdiqlangan holatdagina qo‘llanishi kerak. Bosh og‘rig‘ini davolashni boshlashdan oldin, ilgari migren tashhisi qo‘yilmagan hamda migren tashhisi tasdiqlangan, atipik simptomlarikuzatilayotgan patsiyentlarda boshqa nevrologik holatlarini istisno qilish zarur.
Preparat gemiplegik, bazilyar va oftalmoplegik migrenda qo‘llash mumkin emas.
5NT1B\1D agonistlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda insult va boshqa serebrovaskulyar buzilishlar paydo bo‘lishi mumkin. Migrendan aziyat chekayotgan patsiyentlar, serebrovaskulyar buzilishlarning yuqori xavfiga egaligi inobatga olish kerak.
Zolmigrenni Volf-Parkinson-Uayt sindromi simptomatikasi yoki yurakning boshqa qo‘shimcha o‘tkazuvchi yo‘llari bilan bog‘liq aritmiyasi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas.
Yakka holatlarda, boshqa 5NTIB\ID agonistlari qo‘llaganidagi kabi, koronospazm, stenokardiya va miokard infarkti ehtimoli mavjud. Zolmigrenni yurak ishemik kasalligi rivojlanishining xavfli omillari (masalan, chekish, arterial bosimning ortishi, giperlipidemiya, qandli diabet, irsiy buzilishlar) bo‘lgan patsiyentlarda, yurak qon-tomir tizimi tomonidan kasalliklar mavjudligini oldindan tekshirmasdan turib qo‘llash mumkin emas. Bunday xavfli omillari bo‘lgan postmenopauza davridagi ayollar va 40 yoshdan oshgan erkaklarga alohida etibor qaratish kerak. Biroq tekshiruvlar yurak kasalliklari bo‘lgan har bir patsiyentni aniqlash imkonini bermaydi, shuning uchun anamnezida yurak qon-tomir buzilishlari bo‘lmagan patsiyentlarda ham yakka holatlarda jiddiy yurak muammolari kuzatilgan.
Boshqa 5NTIB\ID agonistlari qo‘llaganidagi kabi, zolmitriptan qabul qilgandan keyin og‘irlik, bosim yoki yurak sohasida siqilish hissi paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘krak qafasida og‘riq yoki yurak ishemik kasalligiga xos simptomlar paydo bo‘lganda, Zolmigren preparatini qo‘llashni to‘xtatish va patsiyentni tekshiruvdan o‘tkazish kerak.
Boshqa 5NTIB\ID agonistlari qo‘llanganidagi kabi, anamnezida ham yuqori arterial bosimga, ham normal arterial bosimga ega bo‘lgan patsiyentlarda, arterial bosimning tarnzitor oshishi kuzatilishi mumkin. Juda kam hollarda arterial bosimning bunday oshishi jiddiy klinik alomatlar bilan birga kechgan. Zolmigren preparatini tavsiya qilingan dozasidan oshirish mumkin emas.
Triptan va dalachoy saqlagan dorivor o‘simlik birikmalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda, nojo‘ya tasirlarning uchrash tezligi oshishi mumkin.
Triptanlar va serotoninni qayta qamrab olish seletiv ingibitorlari (SQQOSI) yoki serotonin va noradrenalin qayta qamrab olish ingibitorlari (SvaNQQOI) bilan bir vaqtda qo‘llanilgandan keyin, serotoninli sindrom (jumladan, ruhiy holatning o‘zgarishi, vegetativ labillik, nerv-mushak anomaliyalari) paydo bo‘lishi haqida xabar berilgan. Ushbu reaktsiyalar og‘ir kechishi mumkin. Agar zolmitriptan va SQQOSI va SvaNQQOI ni bilan bir vaqtda qo‘llash klinik jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lsa, patsiyentda tegishli tekshiruvlarni o‘tkazish, ayniqsa davolashning boshida, dozani oshirib borish yoki boshqa serotoninergik vositani qo‘llash bilan amalga oshirish tavsiya etiladi.
Bosh og‘rig‘ida istalgan og‘riq qoldiruvchi vositani uzoq muddatga qo‘llash og‘riqni kuchaytirishi mumkin. Bunday holatda davolashni to‘xtatish va shifokorga murojat qilish zarur. Haddan ziyod ko‘p davolanish ortidan chaqirilgan bosh og‘rig‘i tashhisi, dori vositalarini muntazam qo‘llaganda ham og‘riq kamaymaydigan tez-tez yoki har kuni bosh og‘rig‘i bo‘lgan patsiyentlarda shubha tug‘dirishi kerak.
Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik yoki laktatsiya davrda qo‘llanishi
Homiladorlik
Zolmitriptanni homiladorlik davrida qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar bevosita teratogen samarani aniqlamagan. Lekin embriotoksiklik bo‘yicha ayrim tadqiqot malumotlari embrion yashovchanligining pasayishidan dalolat beradi. Homiladorlik davrida Zolmigren preparatini faqatgina ona uchun kutilayotgan terapevtik samara xomila\go‘dak uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgadagina qo‘llash mumkin.
Emizish
Tadqiqotlar zolmitriptan emizikli hayvonlar sutiga kirishini namoyon etgan. Zolmitriptan ko‘krak sutiga kirishi haqida malumotar yo‘q. Shuning uchun emizish davridagi ayollar preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llashlari kerak. Prepratning go‘dakka tasirini kamaytirishi lozim, buning uchun preparat qabul qilingandan keyin eng kamida 24 soatdan so‘ng emizish kerak.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqaruvda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Preparatni kichik guruxdagi sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan 20 mg gacha dozada qabul qilinganda, psixomotor sinov natijalariga ahamiyatli tasiri aniqlanmagan.
Biroq transport vositalari haydovchilari va faoliyati diqqatni yuqori kontsentratsiyasi bilan bog‘liq shaxslarni migren hurujlari paydo bo‘lgan holatda uyquchanlik va boshqa simptomlar rivojlanishi mumkinligi haqida ogohlanitirish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Zolmitriptanni bir martalik 50 mg dozada qabul qilgan sog‘lom ko‘ngillilarda, sedativ samara kuzatilgan.
Zolmitriptanning yarim chiqarilish davri 2,5 soatdan 3 soatgachani tashkil etadi, shuning uchun doza oshirib yuborilgandan keyin kamida 15 soat davomida yoki simptomlar yo‘qolgunga qadar patsiyentlarni kuzatish kerak. Maxsus antidot mavjud emas.
Og‘ir zaharlanish holatlarida intensiv davolash muolajalari, jumladan nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini taminlash, adekvat oksigenatsiya va ventilyatsiya, yurak qon-tomir tizimi funktsiyasini monitoring va bir maromda tutib turish tavsiya etiladi.
Gemodializ va peritoneal dializ qon zardobidagi zolmitriptan kontsentratsiyasiga qanday tasir qilishi noma'lum.
Chiqarilish shakli
2 yoki 10 tabletkalar blisterda. 1 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida.
Saqlash shartlari
Original o‘ramda, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng preparat qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.