Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аmbroksol tab. 30mg №20 Radiks
Nomi | Narx | |||||
Амброксол таб. 30мг №20 Radiks (090923##2 158) |
UZS 4 400
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Амброксол таб. 30мг №20 Radiks (090923##2 266) |
UZS 4 400
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Амброксол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
30 мг
Производитель
Radiks,ЧНПП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ambroksol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ambroksol
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda ambroksol gidroxloridi – 30 mg;
yordamchi moddalar sut qandi (laktoza), kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati, aerosil (kremniy dioksidi).
Ta'rifi oq - sarg‘ish tusli oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
balg‘am ko‘chiruvchi vosita
ATX kodi R05CB06
Farmakologik xususiyatlari
Mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
Sekretomotor, sekretolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta'sirga ega.
Ambroksol bronxlarni shilliq qavati xilpillovchi epiteliysi kiprikchalarining xarakat faolligini rag‘batlantiradi (mukokinetik yoki sekretomotor ta'siri).
Bronx epiteliysini kiprikchali (tsiliar) hujayralarining spirali bo‘ylab peristaltik qisqarishlar bronxlardan shilliqni chiqaradi (mukotsiliar transport yoki mukotsiliar klirens). Ambroksol mukotsiliar transportni ahamiyatli yaxshilaydi. Ambroksol bronxlarning shilliq qavatlari bezlarining seroz hujayralarini rag‘batlantiradi, balg‘amning shilliq komponentini tarkibini oshiradi va balg‘amning shilliq va seroz komponentlari buzilgan nisbatini normallashtiradi. Gidroliz qiluvchi fermentlarni faollashtirib va Klark hujayralaridan lizosomalarni ajralib chiqishini kuchaytirib, balg‘amning qovushqoqligini va uning adgeziv xususiyatini pasaytiradi (mukolitik yoki sekretolitik ta'siri).
Ambroksol al'veolalar va bronxlarda sirt - faol moddasi (surfaktantni) sintezi va sekretsiyasini oshiradi.
Bu mexanizmlar natijasida balg‘amning qovushqoqligi pasayadi va uning ko‘chishi ahamiyatli yaxshilanadi.
Ichga qabul qilgandan so‘ng ta'siri 30 minutdan keyin boshlanadi va 6-12 soat davom etadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi – yuqori (yuborishning har qanday yo‘lida), maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti – 2 soat, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 80%. Gematoentsefalik to‘siqdan, yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi, ko‘krak suti bilan chiqariladi.
Jigarda metabolizmga uchrab, dibromantranil kislotasini va glyukuron kon'yugatlarini hosil qiladi. Yarim chiqarilish davri – 7-12 soat. Buyrak orqali chiqariladi 90% suvda eruvchan metabolitlar ko‘rinishida, 5% o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Yarim chiqarilish davri og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligida oshadi, jigar funktsiyasi buzilishida o‘zgarmaydi.
Qo‘llanilishi
Qovushqoq balg‘amni ajralishi bilan kechuvchi, nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari
- o‘tkir va surunkali bronxit;
- pnevmoniya;
- o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi;
- balg‘am ko‘chishini qiyinlashishi bilan kechuvchi bronxial astma;
- bronxoektatik kasalligida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga, ovqatdan keyin ko‘p miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar – 1 tabletka (30 mg) dan sutkada 3 marta buyuriladi.
Zarurat bo‘lganida terapevtik samarani kuchaytirish uchun 2 tabletka (60 mg) dan sutkada 2 marta buyurish mumkin.
Kasallikni og‘ir hollarida dozani davolash kursi davomida kamaytirilmaydi.
12 yoshdan kichik bolalarga sirop shaklida buyuriladi.
Preparatni shifokor maslahatisiz 5 kundan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish, alohida hollarda – allergik kontakt dermatit, anafilaktik shok.
Kam hollarda – umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i, diareya, dizuriya, ekzantema, rinoreya, qabziyat.
Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganda – gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik (I uch oylik), 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (12 yoshdan kichik bolalarga sirop shaklida buyuriladi) qo‘llash mumkin emas.
Laktozani o‘zlashtiraolmaslikda (glyukoza/galaktozani so‘rilishini buzilishi sindromida yoki saxaroza/izomal'toza yetishmovchiligida) preparat tarkibiga laktoza kirishini e'tiborga olish kerak.
Jigar yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, homiladorlik (II-III uch oylik), laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Yo‘talga qarshi dori vositalar bilan birga qo‘llanganida, yo‘talni kamayishi oqibatida balg‘amni ajralib chiqishini qiyinlashishiga olib keladi.
Amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin va doksitsiklinning bronxial sekretiga o‘tishini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Balg‘am ajralishini qiyinlashtiruvchi yo‘talga qarshi dori vositalari bilan majmuada qo‘llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya.
Davolash qusishni chaqirish, preparatni qabul qilgandan so‘ng ilk 1-2 soatlarda me'dani yuvish; yog‘ saqlovchi mahsulotlarni qabul qilish.
Chiqarilish shakli
30 mg dan tabletkalar 10 donadan kontur uyasiz o‘ramda, kontur uyali o‘ramlar tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” MChJ
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
"RADIKS" MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, 100054, Toshkent sh. Lutfiy ko‘ch., 50
Tel. (+99871) 273-43-98, faks (+99871) 273-80-58.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.