Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Бромгексин 4 Берлин-Хеми р-р 4мг/мл 60мл (42014A##2 266) |
UZS 27 600
UZS 28 800
-4%
Экономия UZS 1 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Бромгексин 4 Берлин-Хеми р-р 4мг/мл 60мл (42021A##2 318) |
UZS 25 800
UZS 26 900
-4%
Экономия UZS 1 100
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Germaniya
Производитель
Berlin-Chemie AG (Menarini Group)
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Ichish uchun eritma
Bromgeksin 4 Berlin-Hemi ichish uchun eritma 4mg/ml 60ml haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Bromgeksin 4 Berlin-Hemi
Ta'sir etuvchi modda (XPN) bromgeksin gidroxloridi
Dori shakli
ichish uchun eritma
Tarkibi
Bir o‘lchov qoshik (5 ml) Bromgeksin 4 Berlin-Xemi eritmasi tarkibida quyidagilarni saqlaydi
faol modda 4 mg bromgeksin gidroxloridi;
yordamchi moddalar mal'titol (E965), benzoy kislotasi (E210), o‘rik xushbo‘yi kukuni, suvsiz limon kislotasi, tozalangan suv.
Ta'rifi shaffof, rangsiz, sal quyuqroq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
yo‘tal va shamollash kasalliklarida qo‘llaniladigan preparatlar, mukolitiklar.
ATX kodi; R05CBO2.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Bromgeksin – o‘simlikdan olinadigan faol modda - vazitsinning sintetik hosilasidir. U bronxial trakt darajasida sodir bo‘ladigan sekretolitik va sekretomotor ta'sirga ega. Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalarda bu preparat bronxial sekretdagi seroz komponentning ulushini oshirishi ko‘rsatib berildi. Tukli epiteliy ishining faollashuvi va shilimshiqni yopishqoqligining pasayishi uning transportini osonlashtiradi deb hisoblanadi.
Bromgeksinni qo‘llash fonida balg‘am va bronxial sekretlarda antibiotiklardan amoksitsillin, eritromitsin va oksitetratsiklin kontsentratsiyasining ortishi kuzatiladi. Ushbu ta'sirning klinik ahamiyati aniq emas.
Farmakokinetika
Ichilgandan so‘ng, bromgeksin deyarli to‘liq so‘riladi; uning yarim chiqarilish davri taxminan 0,4 soatni tashkil qiladi. Ichilganda Tiax 1 soatni tashkil qiladi. Jigar orqali birinchi o‘tishning ta'siri taxminan 80% ni tashkil qiladi. Bunda biologik faol metabolitlar hosil bo‘ladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanish 99% ni tashkil qiladi.
Plazmadagi kontsentratsiyasining pasayishi ko‘p bosqichli jarayondir. Ta'siri to‘xtaydigan yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil qiladi. Bundan tashqari, yarim chiqarilishning yakuniy davri taxminan 16 soatni tashkil qiladi. Bu to‘qimalarda oz miqdordagi bromgeksinning qayta taqsimlanishidan kelib chiqadi. Taqsimot hajmi tana vaznining har bir kg ga taxminan 7 litrni tashkil qiladi. Bromgeksin organizmda to‘planmaydi.
Bromgeksin platsenta to‘sig‘i orqali o‘tadi, shuningdek, orqa miya suyuqligi va ona sutiga o‘tadi.
Chiqarilishi asosan jigarda hosil bo‘lgan metabolitlar shaklida buyraklar orqali sodir bo‘ladi, Bromgeksinning oqsil bilan bog‘lanishining yuqori darajasi va uning katta taqsimot hajmi, shuningdek, to‘qimalardan qonga sekin qayta taqsimlanishi tufayli preparatning biron bir salmoqli qismini dializ yoki majburiy diurez bilan chiqarish ehtimoli past.
Jigarning og‘ir kasalliklarida boshlang‘ich moddaning klirensi pasayishi mumkin. Og‘ir buyrak yetishmovchiligida bromgeksin metabolitlarining yarimchiqarilish davrining uzayishi istisno qilinmaydi. Fiziologik sharoitda oshqozonda bromgeksin nitrozlanishi mumkin.
Qo‘lllanilishi
Shilliqning hosil bo‘lishi va chiqarilishining buzilishi bilan kechadigan bronxlar va o‘pkaning o‘tkir va surunkali kasalliklari uchun sekretolitik terapiyada qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalan
Agar o‘zga tartib buyurilmagan bo‘lsa, Bromgeksin 4 Berlin-Xemi preparatini quyidagicha dozalash tavsiya etiladi
Kattalar va 14 yoshdan oshgan o‘smirlar Bromgeksin 4 Berlin-Xemi dan sutkasiga 3 marta 2-4 o‘lchov qoshiqlaridan qabul qilishadi (sutkasiga 24-48 mg bromgeksin gidroxloridiga to‘g‘ri keladi).
6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar, shuningdek, vazni 50 kg dan kam bo‘lgan bemorlarga sutkasiga 3 marta 2 o‘lchov qoshiqlaridan Bromgeksin 4 Berlin-Xemi buyuriladi (sutkasiga 24 mg bromgeksin gidroxloridiga to‘g‘ri keladi).
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 3 marta 1 o‘lchov qoshiqdan bromgeksin 4 Berlin-Xemi buyuriladi (kuniga 12 mg bromgeksin gidroxloridiga to‘g‘ri keladi). 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Bromgeksin 4 Berlin-Xemi preparatini qo‘llash faqat shifokor nazorati ostida ruxsat etiladi.
Bemorlarning maxsus guruhlari uchun ko‘rsatmalar
Buyrak funktsiyasi buzilgan yoki og‘ir darajadagi jigar kasalligi bo‘lsa, Bromgeksin 4 Berlin-Xemi juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi lozim, ya'ni, qabullar orasidagi oraliq uzoqroq yoki dozalar miqdori pastroq bo‘lishi kerak.
Qo‘llash usuli
Ichish uchun eritma.
Suyuqlikni yetarli mikdorda iste'mol qilish foydali ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Davolashning davomiyligi ko‘rsatmalarga va kasallikning kechishiga qarab individual ravishda belgilanadi. Bromgeksin 4 Berlin-Xemi preparatini shifokor bilan maslahatlashmasdan 4-5 kun dan ortiq qabul qilmaslik lozim.
Agar Siz Bromgeksin 4 Berlin-Xemi ni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
O‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirish uchun ikki martali doza miqdorini qabul qilish kerak emas.
Agar Siz Bromgeksin 4 Berlin-Xemi ni qabul qilishni unutib qo‘ysan yoki kerakli dozadan pastroq dozani qabul qilgan bo‘lsangiz, keyingi safar buyurilgan odatdagi dozani qabul qiling.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lish tez-tezligiga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi
Juda tez-tez ≥1/10.
Tez-tez ≥1/100 dan ˂1/10 gacha.
Ba'zan ≥1/1000 dan ˂1/100 gacha.
Kamdan kam ≥1/10 000 dan ˂1/1 000 gacha.
Juda kam <1/10 000.
Noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida tez-tezligini baholab bo‘lmaydi).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kamdan kam yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (masalan, qiynalib nafas olish).
Noma'lum anafilaktik reaktsiyalar, jumladan, anafilaktik shok, angionevrotikshish vaqichishish.
Me'da-ichak yo‘li tomonidan buzilishlar
Ba'zida ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i, qusish, diareya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Kamdan kam toshma, eshakemi.Noma'lum teri tomonidan og‘ir nojo‘ya reaktsiyalar (jumladan, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Jonson sindromitoksik epidermal nekroliz va o‘tkir umumiy ekzantematoz pustulez).
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reakuiyalar
Ba'zan tana haroratining ko‘tarilishi.
Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, anafilaktik reaktsiyalar yoki teri va shilliq qavatlardagi yaqinda paydo bo‘lgan o‘zgarishlari yuzaga kelsa, darhol shifokorga murojaat qilish va, bromgeksinni qabul qilishni to‘xtatish lozim.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar haqidagi xabarlar
Dori preparatini ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar haqidagi xabarlar muhim rol' o‘ynaydi va ushbu dori vostasiga nisbatan "foyda xavf" mutanosibligini kuzatib borishni davom ettirishga imkon beradi. Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlaridan quyidagi manzil bo‘yicha O‘zbekistondagi "Berlin-Xemi AG" Kompaniyasining Vakolatxonasiga har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar haqida xabar berish talab etiladi Toshkent sh., 100031, Afrosiyob ko‘ch., 12a (biznes-markaz).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Faol moddaga yoki xar qanday yordamchi moddalaridan biriga yuqori sezuvchanlik.
Bromgeksin 4 Berlin-Xemi ni laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'sirlari
Bromgeksin 4 Berlin-Xemi preparatini va yo‘talga qarshi vositalarni (yo‘talni bestiruvchi vositalar) birgalikda qo‘llaganda, yo‘tal refleksini bostirish tufayli — xavf tug‘diruvchi sekret to‘planishiga olib kelishi mumkin, bu esa bunday ko‘rsatmalar ushbu kombinatsiyalangan davolashda ayniqsa diqqat bilan ko‘rib chiqilishi lozimligini anglatadi.
Me'da-ichak yo‘lini ta'sirlanishini keltirib chiqaradigan preparatlar bilan bir vaktda qo‘llaganda ularning oshkozon shilliq qavatini ta'sirlash xususiyati o‘zaro kuchayishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish alomatlari
Insonda xavfli bo‘lgan dozani oshirib yuborish holatlari hozirgi paytgacha ma'lum emas.
Dozani oshirib yuborish holatlari bo‘yicha tadqiqot e'lon qilingan, unga ko‘ra bromgeksinni haddan tashqari oshirib yuborishning 25 ta holatdan 4 tasida qusish kuzatilgan uch nafar yosh boladaongning xiralashuvi, ataksiya,diplopiya, yengil jarajadagi metabolik atsidoz va taxipnoe kuzatilgan. Yosh bolalarda bromgeksinni 40 mg gacha bo‘lgan mikdorda qabul qilgandan so‘ng, ushbu moddani tanadan chiqarish bo‘yicha choralar ko‘rilmaganda ham, alomatlar mavjud bo‘lmagan.
Insonda surunkali zaharlanish isboti mavjud emas.
Dozani oshirib yuborishdagi terapevtik chora-tadbirlar
Doza ancha oshirib yuborilganida qon aylanishini nazorat qilish va zarur bo‘lganda simptomatik davolash buyuriladi. Bromgeksinning past toksikligi tufayli, odatda, so‘rilishini kamaytirish yoki uning tanadan chiqarilishini tezlashtirish uchun invazivligi baland choralarga ehtiyoj qolmaydi. Bundan tashqari, farmakokinetik xususiyatlari (katta taqsimot hajmi, qayta taqsimlash jarayonlarining sekinligi va oqsillar bilan ancha bog‘lanishi) tufayli dializ va jadallashtirilgan diuryoz moddaning tanadan chiqarilishiga sezilarli ta'sir ko‘rsatmaydi.
2 yoshdan oshgan bolalar odatda preparatni ancha mikdorda qabul qilgandan keyin ham faqat yengil alomatlar kuzitalgani sababli, 80 mg gacha bromgeksin gidroxloridi (masalan, Bromgeksin 4 Berlin-Xemi preparatining 100 ml) qabul qilinganda bromgeksinni tanadan chiqarish choralarini ko‘rishning hojati yo‘q; yosh bolalarda bu chegara 60 mg bromgeksin gidroxloridi (6 mg/kg tana vazniga) ni tashkil qiladi.
Eslatma
Preparatni yanada yuqorirok dozalarda qabo‘l qilganda, yordamchi moddalarning ta'sirini ham hisobga olish kerak.
Xavfsizlik bo‘yicha klinikagacha ma'lumotlari
Surunkali toksiklik
Har xil hayvon turlarida (kalamushlar, sichqonlar, itlar) moddani juda yuqori dozalarda va uzoq vaqt davomida qo‘llash bilan olib borilgan tadqiqotlarda normal terapevtik foydalanish paytida insonlar uchun biron alohida toksiklik aniqlanmadi.
Mutagen va kantserogen potentsiali
in vitro (Eyms testi) va in vivo/in vitro sharoitdagi (sut emizuvchi vositachisi bilan sinov) tajribalarida mutagen ta'sir aniqlanmadi. Kalamushlarda o‘tkazilgan kantserogenlik tadqiqotlarida bromgeksinning kantserogenligi xususida hech qanday dalil topilmadi.
Reproduktiv tizimga nisbatan toksiklik
Bromgeksin platsenta to‘sig‘ini kesib o‘tadi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalarda kalamushlar, sichqonlar va quyonlarda bromgeksinning teratogen ta'siriga dalillar tepilmadi. Terapevtik dozalarda bromgeksin naslning rivojlanishida va xulq-atvor reaktsiyalarida buzilishlarga olib kelmadi. Bromgeksin fertilikka ta'sir qilmagan.
Chiqarilish shakli
Bolalar ochishidan himoyalangan plastmassa qopqoqli jigarrang shisha flakonlar va o‘lchov qoshig‘i bilan. O‘lchov qoshig‘i polipropilendan tayyorlangan va 1,25 ml (¼), 2,5 ml (½) va 5 ml (qoshiq chetigacha) uchun belgilangan.
60 ml uchun original o‘ram.
Saqlash sharoiti
30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Hech qanday dori preparatlarini kanalizatsiya yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yubormang. Kerak bo‘lmagan dori preparatini qanday utilizatsiya qilish to‘g‘risida dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhit himoyasiga yordam beradi.
Yaroqlilik muddati
Ochilmagan o‘ramda 3 yil.
O‘ram birinchi marta ochilgandan so‘ng boy.
Bromgeksin 4 Berlin-Xemi ni yorliqda va tashqi karton o‘ramda "goden do" so‘zlarigacha keltirilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng ishlatmang. Ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni yaroqlilik muddati tugaydigan sana hisoblanadi.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Qayd etish guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
Berlin-Xemi AG (Menarini Grupp)
Gliniker Veg 125
12489 Berlin, Germaniya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.