Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Brovensin sirop 100 ml. flakon №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бромгексин, тербуталин, гвайфенезин
Страна производитель
Турция
Дозировка
100 мл
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Brovensin
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) bromgeksin gidroxloridi, terbutalin sulfati, gvayfenezin
Dori shakli
sirop.
Tarkibi
100 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar bromgeksin gidroxloridi – 8 mg; terbutalin sulfati – 2,5 mg; gvayfenezin – 100 mg;
yordamchi moddalar benzoy kislotasi, limon kislotasi monogidrati, glitserin, kaliy sorbati, propilenglikol, ponso 4R, makrogol, natriy saxarini, kristallanmaydigan sorbitol eritmasi, “Malina” aromatizatori, mentol, tozalangan suv.
Ta'rifi pushti rangli, qovushqoq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
majmuaviy balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar (yo‘talga qarshi preparatlar bilan majmuadan tashqari).
ATX kodi R05C
Farmakologik xususiyatlari
Brovensin yo‘tal va shamollash kasalliklarida qo‘llanadigan majmuaviy dori vositasi bo‘lib, terapevtik ta'siri uning tarkibidagi komponentlarning farmakologik hususiyatlari bilan ifodalanadi.
Bromgeksin gidroxloridi – balg‘am ko‘chiruvchi ta'sirga ega bo‘lgan mukolitik vositadir. Bronxial sekretda mavjud bo‘lgan kislotasi polisaxaridlarni depolyarizatsiyasi va bronxlarning shilliq qavatida, neytral polisaxaridlarni saqlagan sekretni ishlab chiqaruvchi sekretor hujayralarni rag‘batlantirishi hisobiga bronxial sekretning qovushqoqligini pasaytiradi. Bromgeksin nafas jarayonida alveolyar hujayralarning barqarorligini ta'minlovchi endogen surfaktantni ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.
Terbutalin sulfati – adrenomimetik vosita, bronxlardagi 2-adrenoretseptorlarni selektiv rag‘batlantiradi, shu tufayli bronxlarni kengaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, mukotsiliar klirensni oshiradi, bronxlarning shilliq qavati shishini kamaytiradi.
Gvayfenezin – balg‘am ko‘chiruvchi vosita bo‘lib, uning ta'siri balg‘amning sirt tarangligini pasaytirishga va balg‘amni bronxlarning shilliq qavatiga yopishishini kamaytirishga asoslangan. Bronxlardagi kipriksimon epiteliyning ta'sirini kuchaytiradi va balg‘amni nafas yo‘llaridan chiqarilishini yengillashtiradi. Gvayfenezin anksiolitik ta'sirga ega.
Farmakokinetikasi
Preparatning ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning birgalikdagi ta'siri bilan bog‘liq, shuning uchun farmakokinetik tadqiqotlarni o‘tkazish ilojisi yo‘q.
Qo‘llanilishi
-bronxospazm bilan kechuvchi yo‘talni simptomatik davolash;
-o‘tkir respirator kasalliklarni (laringit, traxeobronxit, obstruktiv bronxit, bronxial astma) majmuaviy davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Brovensin ichga ovqatdan so‘ng 30 minutdan keyin qabul qilinadi. Preparatni suv yoki mevali sharbat bilan aralashtirish mumkin. Siropni dozalash uchun 5 ml, 10 ml, 15 ml ga bo‘lingan o‘lchov stakani ishlatiladi.
Brovensin quyidagicha buyuriladi
0 dan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2,5 ml dan sutkada 3 marta;
2-6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 ml dan sutkada 3 marta;
6 yoshdan boshlab bolalarga – 10 ml dan sutkada 3 marta;
kattalarga – 15-20 ml dan sutkada 3 marta buyuriladi.
Davolash kursining davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Markaziy nerv tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, diareya, kam hollarda – peptik yarani zo‘rayishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan yurakni urishini his etish, taxikardiya.
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, tremor, uyquchanlik.
Juda kam hollarda allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
yurak ritmini buzilishi;
jigar faoliyatini buzilishi;
me'da va o‘n ikki barmoqni peptik yarasi;
qon ketishlariga moyillik;
homiladorlikning I uch oyligi, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat simpatomimetiklar va teofillin bilan bir vaqtda qo‘llanganida preparatning tarkibiga kiruvchi terbutalinning ta'siri kuchayadi va nojo‘ya reaktsiyalarini rivojlanish ehtimoli oshadi.
Bir vaqtda qo‘llanganida gvayfenezin markaziy nerv tizimi (MNT) ning faoliyatiga susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatuvchi vositalar, shuningdek etanolning ta'sirini kuchaytiradi.
Bromgeksin antibiotiklar (amoksitsillin, eritromitsin, sefaleksin, oksitetratsiklin), sulfanilamid dori vositalarni o‘pka to‘qimasiga o‘tishiga yordam beradi.
Yurak glikozidlari, kortikosteroidlar, bronxodilatatorlar, diuretiklarni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Balg‘am ko‘chishi jarayoniga qarshilik ko‘rsatuvchi, tarkibida kodein saqlovchi dori vositalar bir vaqtda qo‘llanganida brovensinni buyurish mumkin emas.
Preparat gipertireoz, qandli diabet, yurak-qon tomir tizimini og‘ir darajadagi kasalliklari, arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Preparatni -adrenoblokatorlar bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Brovensin preparatini homiladorlikning I uch oyligi va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlikning II-III uch oyliklarida ona uchun kutilgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan holatdagina preparatni qo‘llash mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llanadi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat bilan davolanish vaqtida transport vositalarini boshqarish va potentsial havfli mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari taxikardiya, ongni buzilishi, tirishishlar, ekstrasistoliya, gipotenziya, gipokaliyemiya bo‘lishi mumkin.
Davolash me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish kerak. Davolash simptomatik bo‘ladi.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun sirop 100 ml dan buraladigan qopqoqli sariq rangli shisha flakonda.
1 flakon o‘lchov stakani va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(“World Medicine Ilaç San. ve Tic. A.Ş.”, Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Zentiva Saglik Yuryunleri Sanayi ve Tidjaret A.Sh.», Turkiya
(Kyuchyukkarshtran Mevkii, 39780 Lyuleburgaz, Kirklareli)
“Zentiva Sağlık Ürünleri Sanayi ve Ticaret A.Ş.”, Turkey
(Küçükkarıştıran Mevkii, 39780 Lüleburgaz, Kırklareli).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.